scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA HAMDA OILADA 1-3 YOSHDAGI BOLALAR HAYOTINI TOʻGʻRI TASHKIL ETISH MUAMMOLARI

Esonova Malohat Akilovna, Jabborova Irodaxon Akmal qizi

Abstract

Ma`rifatparvar Abdulla Avloniy takidlaganidek, Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot: yo najot, yo halokat: yo saodat, yo falokat masalasidir. Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda pedagogik faoliyat ham mavjud bolgan. Insonni dunyoga kelishi, faqat tugilishidan iborat tabiiy-biologik hodisa emas, balki tugilgandan keyin oz zamonasining taraqqiyoti darajasiga kotarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashi, jamiyatda oz ornini belgilab olishi, tarixiy jarayonining faol ishtirokchisiga aylanishi, yani tarbiya olishi kerak. Bu jarayonda katta avlod ozining yashash, kurash va mehnat tajribasini, bilim va malakalarini kichik avlodlarga bera boshlaydi, yani yangi tugilgan odam bolasining rivojlanishi, shakllanishi va voyaga etishi jarayoniga rahbarlik qilingan, boshharilgan. Bu tarbiya deb atalmish ijtimoiy hodisa orqali amalga oshirilgan. Jamiyat rivojlangani sari yetuk, barkamol shaxslarni etishtirish ehtiyoji hamortib borgan hamda ozgarib, yangilanib, jamiyatga xizmat qilgan. Insoniyat jamiyatning turli bosqichlarida talim-tarbiya tashkilotlarini yaratish, yosh avlodlarni oqitish va tarbiyalash sohasidagi tajribalarni nazariy jihatdan anglash, umumlashtirish va hayotga tadbiq qilish jarayonida pedagogika fani paydo bola boshladi.

Full text

REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 23 MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA HAMDA OILADA 1-3 YOSHDAGI BOLALAR HAYOTINI TOʻGʻRI TASHKIL ETISH MUAMMOLARI Esonova Malohat Akilovna1, Jabborova Irodaxon Akmal qizi2 1Qo'qon Davlat Universiteti dotsenti, 2Qoʻqon Davlat Universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17476096 Ma`rifatparvar Abdulla Avloniy takidlaganidek, Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot: yo najot, yo halokat: yo saodat, yo falokat masalasidir. Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda pedagogik faoliyat ham mavjud bolgan. Insonni dunyoga kelishi, faqat tugilishidan iborat tabiiy-biologik hodisa emas, balki tugilgandan keyin oz zamonasining taraqqiyoti darajasiga kotarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashi, jamiyatda oz ornini belgilab olishi, tarixiy jarayonining faol ishtirokchisiga aylanishi, yani tarbiya olishi kerak. Bu jarayonda katta avlod ozining yashash, kurash va mehnat tajribasini, bilim va malakalarini kichik avlodlarga bera boshlaydi, yani yangi tugilgan odam bolasining rivojlanishi, shakllanishi va voyaga etishi jarayoniga rahbarlik qilingan, boshharilgan. Bu tarbiya deb atalmish ijtimoiy hodisa orqali amalga oshirilgan. Jamiyat rivojlangani sari yetuk, barkamol shaxslarni etishtirish ehtiyoji hamortib borgan hamda ozgarib, yangilanib, jamiyatga xizmat qilgan. Insoniyat jamiyatning turli bosqichlarida talim-tarbiya tashkilotlarini yaratish, yosh avlodlarni oqitish va tarbiyalash sohasidagi tajribalarni nazariy jihatdan anglash, umumlashtirish va hayotga tadbiq qilish jarayonida pedagogika fani paydo bola boshladi. Davlat standartining maqsadi — maktabgacha ta’lim tizimini zamonaviy talablarga asoslangan holda tashkil etish, bolalarni sog‘lom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etish hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va jihozlashga, maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lom ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy minimum talablarni joriy etish va nazoratini tashkil etishdan iborat. Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilayotgan TALABLAR JISMONIY RIVOJLANISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINING SHAKLLANISHI Kichik soha: Yirik motorika Talab: Bola o‘z tanasi va uning a’zolarini boshqaradi, maqsadli to‘g‘ri harakatlanadi 0-1 yosh 1-2 yosh 2-3 yosh KUTILAYOTGAN NATIJALAR REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 24 boshi va ko‘kragini ko‘taradi; orqasidan qorniga va qayta o‘giriladi; yordamsiz o‘tiradi; oyoqlarini izlaydi va topib, og‘ziga tortadi; turli yo‘nalishlarda emaklaydi; to‘rt oyoqlab harakatlanadi; tirgakka suyangan holda oyoqda turadi; kattalar yordamida va yordamisiz oyoqda turadi; yura boshlaydi; kichik to‘siqlar ustidan xatlab o‘tadi. kattalar yordamisiz turli yo‘nalishlarda yuradi; tizzasiga o‘tiradi; yuguradi; engashib o‘yinchoqlarni oladi; zinapoyadan yuqoriga qadamba-qadam ko‘tariladi. bir oyoqda turib muvozanatni saqlaydi; mustaqil zinapoyadan ko‘tariladi va tushadi; tepalikdan sirg‘anib tushadi; ikki oyoqlab bir joyda sakraydi, oldinga siljib sakraydi; kichik to‘siqlar ustidan sakrab o‘tadi; yopiq eshikni ochadi, eshikdan kiradi va chiqadi; uch oyoqli velosipedda uchadi. BOLANI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA FAOLIYAT bolani sevimli o‘yinchog‘i yaqiniga emaklab kelishini rag‘batlantirish; bola o‘tirgan holatdan yotgan holatga tushishi va ko‘tarila olishi uchun yumshoq joyni ta’minlash; bolani qorindan orqasiga aylanishini va qorniga o‘girilishini rag‘batlantirish; “men tomon emakla”, “o‘tir” ko‘rsatmalari orqali bola bilan hamkorlikda o‘yinlar tashkil qilish; bola xatlab o‘ta olishi uchun uni “past predmetlar” bilan ta’minlash; vazifani murakkablashtirish maqsadida predmetlar sonini (masalan, kubiklarni)asta-sekin ko‘paytirib borish; bola qiziqayotgan predmetiga emaklab yoki xatlab yetishishi uchun imkoniyat yaratish. bolaga tortish, cho‘zish, ko‘tarish imkonini beruvchi predmetlarni taklif qilish; bola bilan qo‘l va oyoqlarni harakatlantirib va xirgoyi qilib o‘ynash; bola erkin harakatlanishi uchun xavfsiz va mustahkam muhit yaratish; bolaga aravacha, otchalar, kubiklar, yirik o‘yinchoq mashinalar bilan o‘ynashni o‘rgatish; bola bilan to‘g‘ri yo‘nalishda yurish, yugurish, emaklash, predmetlarni otish/ilib olish imkoniyatini beradigan o‘yinlar o‘ynash; ertalabki badantarbiyani ochiq havoda tashkillashtirish. bolaning harakat tajribasini turli xil jismoniy mashqlar bilan boyitish; bola bilan yo‘nalishini topishi va bo‘sh joyda harakatlanishi uchun harakatli o‘yinlar o‘tkazish; bolaga kichik tepalikka chiqish va tushishida ko‘maklashish; bolalarni harakat faolligini tashkil etishda jamoaviy shakllarga jalb etish; tanish harakatlarni birgalikda oson va erkin, bir maromda va kelishgan holda bajarish; polda turli kataklar, yo‘lakchalar, doirachalar chizish hamda bolaga quvonch va xursandchilik bag‘ishlaydigan mashqlar bajarish. Kichik soha: mayda motorika Talab: bola qo‘li va barmoqlarini turli maqsadlarda muvofiqlashtiradi va ishlatadi 0-1 yosh 1-2 yosh 2-3 yosh KUTILAYOTGAN NATIJALAR REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 25 predmetlarni ushlaydi; predmetlarni bir qo‘lidan ikkinchi qo‘liga oladi; bir vaqtda bir necha predmetlarni qo‘lida ushlaydi; barmoqlari bilan turli o‘yinchoqlarni aylantiradi; oddiy o‘yinchoqlarni bo‘laklarga ajratadi va yig‘adi; qarsak chaladi; qo‘lini silkitadi. ko‘pincha bir necha varaqni o‘tkazib, kitob betlarini varaqlaydi; predmetlarni teradi va birlashtiradi (piramida va hokazo); predmetlarni burab qo‘yadi va burab oladi; “barmoqlar o‘yini”ni o‘ynaydi. 5 — 7 halqali piramidani bo‘laklarga ajratadi va yig‘adi; teshik shakliga mos keladigan yassi va hajmli shakldagi predmetlarni joylashtiradi; halqaga arqonni o‘tkazadi; katta hajmli sodda mozaykalarni yig‘adi; oson qurilish konstruksiyalarini quradi Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 1-3 yoshdagi bolalar hayotini toʻgʻri tashkil etish ularning sogʻlom, har tomonlama barkamol va rivojlangan shaxs boʻlib ulgʻayishida muhim ahamiyatga ega. Bu yosh davri bolaning jismoniy, ruhiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishida eng masʼuliyatli bosqich bo‘lib, unda bolaning keyingi rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratiladi. Shu sababli tarbiya jarayonini tashkil etishda bolalarning yosh va individual xususiyatlari, ehtiyojlari hamda qiziqishlari inobatga olinishi lozim. Avvalo, bolalar uchun sogʻlom va xavfsiz muhit yaratish eng muhim vazifalardan biridir. Buning uchun guruh xonalari toza, shamollatilgan, gigiyena talablariga javob beradigan bo‘lishi, har bir bolaning shaxsiy gigiyena vositalari mavjudligi taʼminlanishi lozim. Bolalarning sogʻligini mustahkamlash uchun toza havoda sayr qilish, jismoniy faollikni oshiradigan o‘yinlar o‘tkazish va gigiyenik qoidalarga qatʼiy rioya qilish muhimdir. Bu yoshdagi bolalar bilan ishlashda tarbiyaviy ishlar qiziqarli, qisqa va ularning diqqatini tez jalb qiladigan shaklda tashkil etilishi kerak. Nutqni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilib, bolalarga sheʼr, ertak aytib berish, qo‘shiqlar kuylash va sodda suhbatlar orqali ularning lugʻat boyligini kengaytirish lozim. Sensor rivojlanishga oid faoliyatlar – ranglar, shakllar va hajmlarni farqlashga yoʻnaltirilgan o‘yinlar, mayda motorikani rivojlantiruvchi mashgʻulotlar, masalan, piramida terish, mozaika yigʻish, bo‘yoqlar bilan ishlash katta ahamiyatga ega. Oʻyin faoliyati bu yoshdagi bolalar rivojlanishining asosiy vositasi hisoblanadi. Rolli o‘yinlar, masalan, “Qo‘g‘irchoqni ovqatlantirish”, “Qo‘g‘irchoqni uxlatish”, harakatli o‘yinlar esa bolalarda jismoniy faollikni oshiradi va sogʻlom rivojlanishga yordam beradi. Shuningdek, stol o‘yinlari orqali bolalarda tafakkur, sabr-toqat va mayda motorika rivojlanadi. Tarbiyaviy ishlar jarayonida bolalarning ijtimoiy ko‘nikmalarini shakllantirish ham muhimdir. Bunda navbat kutish, o‘yinchoqlarni bo‘lishish, birgalikda o‘ynash, bir-biriga yordam berish kabi ko‘nikmalar mustahkamlanadi. Bu bolalarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga va kelajakda jamoada ishlashiga poydevor yaratadi. Bundan tashqari, ota-onalar bilan yaqin hamkorlikda ishlash katta ahamiyatga ega. Tarbiyachilar ota-onalarga bolalar tarbiyasi bo‘yicha tavsiyalar berib borishi, bolalarning bog‘chadagi va uy sharoitidagi rivojlanishi haqida muntazam axborot yetkazishi lozim. Otaonalar uchun seminar va suhbatlar tashkil etish ularning tarbiyaviy jarayondagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga yordam beradi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 1-3 yoshdagi bolalar bilan ishlash juda masʼuliyatli jarayon bo‘lib, bu davrda bola jismoniy, ruhiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishining eng muhim REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 26 bosqichini bosib o‘tadi. Bolalar hayotini to‘g‘ri tashkil etish ularning kelgusida sogʻlom, bilimli va ijtimoiy faol shaxs bo‘lib shakllanishi uchun poydevor yaratadi. Ammo ushbu jarayonda turli muammolar yuzaga kelishi mumkin. Ushbu muammolarni aniqlash va ularga to‘g‘ri yechim topish maktabgacha taʼlim tashkilotlarining samarali faoliyat yuritishi uchun muhim hisoblanadi. Asosiy muammolar 1. Sogʻlom va xavfsiz muhit yetarli darajada yaratilmasligi. Baʼzi tashkilotlarda sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq rioya qilinmasligi. Guruh xonalarida shamollatish, tozalik va havo haroratining meʼyorda bo‘lmasligi. Bolalar uchun xavfsizlik choralarining yetarli emasligi, yaʼni o‘tkir burchaklar, baland tokchalar va elektr jihozlarining ochiq holda bo‘lishi. 2. Malakali pedagog va tarbiyachilar yetishmasligi. 1-3 yoshdagi bolalar bilan ishlash alohida pedagogik yondashuvni talab qiladi, ammo baʼzi tashkilotlarda malakali mutaxassislar yetarli emas. Tarbiyachilarning zamonaviy pedagogik metodlar va psixologik yondashuvlardan yetarlicha foydalanmasligi. 3. O‘quv-metodik materiallarning cheklanganligi. Bolalarning yoshiga mos o‘yinchoqlar, didaktik materiallar va rivojlantiruvchi vositalarning yetishmasligi. Bolalarda sensor rivojlanish va mayda motorikani rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan vositalarning yo‘qligi. 4. Bolalarning ijtimoiy moslashuvida qiyinchiliklar. Baʼzi bolalar oiladan ajralishga qiyin moslashadi va bu ularning ruhiy holatiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Guruhda birgalikda o‘ynash va hamkorlik qilish ko‘nikmalarining sustligi. 5. Ota-onalar bilan hamkorlikning yetarli emasligi. Ota-onalarning baʼzida tarbiya jarayoniga yetarlicha eʼtibor bermasligi. Uy va bog‘cha tarbiya uslublarining bir-biriga mos kelmasligi natijasida bolalarda tarbiyaviy qarama-qarshiliklar yuzaga kelishi. Muammolarni bartaraf etish yo‘llari va yechimlar 1. Sogʻlom va xavfsiz muhit yaratish Guruh xonalarini muntazam ravishda tozalash, shamollatish va havo haroratini meʼyorida saqlash. Xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilish: baland tokchalarni olib tashlash, elektr rozetkalarini himoya qilish, o‘tkir buyumlarni bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlash. Bolalar uchun sifatli gigiyena vositalarini taʼminlash va ularning gigiyenik ko‘nikmalarini shakllantirish. 2. Malakali kadrlar bilan taʼminlash. Tarbiyachilar va pedagoglar uchun muntazam malaka oshirish kurslarini tashkil etish. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, jumladan, STEAM yondashuvi va innovatsion metodlarni amaliyotga joriy etish. Tarbiyachilarning bolalarning yosh xususiyatlarini chuqur o‘rganishi va ularga individual yondashishi uchun sharoit yaratish. 3. Metodik va rivojlantiruvchi vositalarni boyitish. Bolalar uchun yoshiga mos o‘yinchoqlar, konstruktiv o‘yinlar va didaktik materiallar bilan taʼminlash. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilib, arzon va sifatli rivojlantiruvchi vositalar xarid qilish. Innovatsion o‘yinlar va raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali bolalarning qiziqishini oshirish. 4. Bolalarning ijtimoiy moslashuvini qo‘llab-quvvatlash. Guruhga yangi kelgan bolalar uchun moslashuv davrini yumshoq tashkil etish, dastlab ota-onasi bilan birgalikda qisqa vaqt bo‘lishiga ruxsat berish. Har xil rolli va hamkorlikka asoslangan o‘yinlar orqali ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish. Tarbiyachilar tomonidan bolalarga mehr-muhabbat va sabr-toqat bilan yondashish. 5. Ota-onalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. Ota-onalar uchun seminar, suhbatlar va maslahatlar tashkil etish. Uy va bog‘chadagi tarbiya uslublarini uyg‘unlashtirish REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 27 bo‘yicha tavsiyalar berish. Bolaning rivojlanish jarayoni haqida ota-onalarni muntazam xabardor qilish. Xulosa. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 1-3 yoshdagi bolalar hayotini to‘g‘ri tashkil etishdagi muammolarni hal qilish, birinchi navbatda, bolalarning sogʻlig‘ini asrash va ularni har tomonlama rivojlantirish uchun qulay muhit yaratishga qaratilishi lozim. Bunda malakali pedagoglar tayyorlash, zamonaviy metodikalarni joriy etish, ota-onalar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda bolalar uchun xavfsiz va qiziqarli muhit yaratish muhim o‘rin tutadi. Muammolarning tizimli ravishda bartaraf etilishi kelajakda barkamol avlodni tarbiyalash uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi Toshkent-2022. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son qarori "O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi". 3. Esonova Maloxatxon Akilovna Maktabgacha pedagogika. Oquv qollanma. Toshkent-2022. 4. Nazirova Guzal Malikovna, , and Mamadjanova Muyassar Nurmatovna. "Basic principles of technology for teaching methodological subjects in preschool education." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 8.071 11.12 (2022): 415-417. 5. Achilova S. Pedagogical opportunities for the upbringing of physical qualities by purposeful development of action potential in preschool children // International Journal of Social Sciences & Interdisciplinary Researc. Vol.11. Date of publication: 04.04.2022, – P.134143.(IF 7.429). 6. Esanova Malohat MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI RIVOJLANTIRUVCHI MARKAZLARGA YO’NALTIRISH USULLARI Actual Problems in Higher Education in the Era of Globalization … 7. Esonova Malohat MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MATEMATIK RIVOJLANISHINING MILLIY VA XORIJIY KONSEPSIYALARI Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects (Spain) 8. Sultonova N Anvarovna Some Aspects of the Maria Montessori Method in the Education of Preschool Children., International Journal of Inclusive And Sustainable Education 1, 2022., p169-173 9. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Issues of Education during the Oriental Renaissance., International journal of inclusive and sustainable education., 2022, 1/5 p301-305