Full text
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 168 DOI: https://10.5281/zenodo.17476578 TIJORAT BANKLARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ZAMONAVIY YO‘NALISHLARI VA ISTIQBOLLARI Masharipova Nozima Ikramjon qizi Fan va texnologiyalar universiteti, Moliya va moliyaviy texnologiyalar kafedrasi o‘qituvchisi E-mail: masharipova.nozim[email protected]om ANNOTATSIYA Mazkur tezisda tijorat banklari faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari va istiqbollari tahlil qilingan. Ilmiy izlanishda bank tizimida raqobatbardoshlikni kuchaytirish, resurslardan samarali foydalanish, innovatsion moliyaviy mahsulotlarni joriy etish hamda raqamli transformatsiyaning ahamiyati yoritilgan. Shu bilan birga, tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, mijozlar ishonchini mustahkamlash va xizmatlar sifatini oshirish orqali iqtisodiyotdagi rolini kuchaytirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan.Tadqiqotda tijorat banklari faoliyati samaradorligi tushunchasi, uni baholovchi asosiy ko‘rsatkichlar hamda O‘zbekiston bank tizimining daromadlilik ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari va aholining sifatli moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida bank faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: bank tizimi, samaradorlik ko‘rsatkichlari, foizli marja, daromadlar, harajatlar, foyda, sof foyda, ROA (aktivlar rentabelligi), ROE (kapital rentabelligi), spred, tijorat banklari, samaradorlik, raqamli transformatsiya, moliyaviy barqarorlik, innovatsiyalar, korporativ boshqaruv, raqobatbardoshlik.
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 169 Bugungi kunda tijorat banklari mamlakat iqtisodiyotining yetakchi harakatlantiruvchi omillaridan biri sifatida strategik ahamiyat kasb etmoqda. Jahon moliya bozorlaridagi kuchayib borayotgan raqobat, global iqtisodiy beqarorlik hamda raqamli texnologiyalarning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi bank tizimi samaradorligini oshirishni dolzarb strategik vazifaga aylantirmoqda. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan moliyaviy islohotlar, jumladan, Prezidentning tijorat banklarini transformatsiya qilishga oid farmon va qarorlari, ularning faoliyatini bozor iqtisodiyoti mexanizmlari asosida tashkil etish, xususiy kapitalni jalb etish hamda korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ijobiy natijalar bermoqda. 1. Bank faoliyatini raqamli ekotizimlar asosida tashkil etish; 2. Kredit portfelining sifat darajasini yaxshilash va risk-menejment tizimini takomillashtirish; 3. Mijozlarga yo‘naltirilgan xizmatlar madaniyatini yuksaltirish; 4. Innovatsion moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar bozorini diversifikatsiya qilish; 5. Xodimlar malakasini oshirish hamda korporativ madaniyatni rivojlantirish. Shu orqali tijorat banklari nafaqat moliyaviy samaradorlikni ta’minlaydi, balki iqtisodiy barqarorlik va jamiyatdagi ijtimoiy ishonchni mustahkamlashga ham hissa qo‘shadi. Har qanday mamlakat iqtisodiy tizimining asosiy ustunlaridan biri – moliyaviy jihatdan barqaror va samarali faoliyat yurituvchi bank tizimidir. 2020–2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasida samaradorlikni oshirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. Banklar tadbirkorlik sub’ektlari sifatida faoliyat yuritib, asosiy maqsad sifatida risk darajasini minimallashtirgan holda aksiyadorlar kapitalini ko‘paytirishga intiladi. Tijorat banklari samaradorlik ko‘rsatkichlarining shakllanishi va rivojlanishini tahlil qilishda bir qator muhim jihatlar mavjud: birinchidan, samaradorlik ko‘rsatkichlari bank aktivlarining miqdoriy va sifat o‘zgarishlarini ifodalaydi; ikkinchidan, ular bank-moliya tizimining yuqori pog‘onasidagi institutlar tomonidan nazorat va baholash jarayonlarida asosiy ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi;
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 170 uchinchidan, samaradorlik ko‘rsatkichlari bank tizimining investitsiyaviy salohiyatini baholashda muhim rol o‘ynaydi. J.K. Van Xorn va J.M. Vaxovich ta’kidlaganidek, rentabellik ko‘rsatkichlari faqat foydani emas, balki kiritilgan kapital yoki sarflangan resurslar nisbatidagi samaradorlik darajasini ham to‘laroq ifodalaydi. Rentabellik iqtisodiy toifa sifatida foydalanish samaradorligini aks ettiradi hamda biznes faoliyatining natijaviyligini baholashda muhim mezon hisoblanadi. Bank faoliyati samaradorligini baholashda qator ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. ROA – aktivlar rentabelligi, ya’ni bank rahbariyati faoliyatining samaradorlik darajasini ifodalaydi; ROE – kapital rentabelligi bo‘lib, aksionerlar uchun investitsiya samaradorligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, operatsion va foizli marja kabi ko‘rsatkichlar ham bank daromadlarining xarajatlarga nisbatan o‘sish sur’atini baholashda muhim ahamiyatga ega. Xulosa sifatida, tijorat banklari faoliyati samaradorligi darajasini yanada ko‘paytirishda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: tijorat banklarining kapitallashuv va likvidlilik darajasini oshirish, bank risklarini baholash va boshqarish tizimini takomillashtirish; ilg‘or informatsion-kommunikatsion texnologiyalarni keng qo‘llash asosida ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining sifati va turlarini kengaytirish; tijorat banklari kredit portfelining sifatini yaxshilash va hajmini yanada oshirishni ta’minlash, ularning iqtisodiyotni kreditlash, investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi ishtirokini kengaytirish. Fikrimizcha, bank tizimini isloh qilish jarayonida tijorat banklarining samaradorligi tahlilini takomillashtirish va faoliyat samaradorligini oshirishda yuqoridagi xulosalarni inobatga olish va takliflarni amaliyotga joriy qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 171 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-5992-sonli Farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 5 noyabrdagi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” gi O‘RQ-580-sonli Qonuni. 3. Dengi, kredit, banki. Ekspress-kurs : ucheb. posobie / pod red. O. I. Lavrushina. – 3-ye izd., pererab. i dop. – M. : KNORUS, 2016.- 544 s. 4. Rahmatov H.U. Bank aktivlari samaradorligini oshirish masalalari: zamonaviy yondashuv va yechimlar. Monografiya. T.: “Iqtisod-Moliya”, 2020. – 292 b. 5. Idiev N.F. Tijorat banklarining daromad bazasini mustahkamlashning ilmiy-nazariy va amaliy asoslari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali, №5, sentyabr-oktyabr, 2020, 8-13 b. 6. Bektemirov A. A. Business Risk Assessment and ways to Reduce IT //American Journal of Economics and Business Management. – 2021. – T. 4. – №. 8. – S. 1-15. 7. Malikova D. METHODOLOGY FOR EFFECTIVE ASSESSMENT OF THE LEVEL OF ECONOMIC SECURITY OF BANKS //Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects. – 2023. – S. 96-98.