SUHBAT MADANIYATIDA RIVOJLANISH VA TANQIDNING O'RNI
Abstract
Maqolada suhbat madaniyatining lingvopragmatik asoslari, uning shaxslararo kommunikatsiya jarayonidagi o‘rni hamda suhbatni rivojlantirishda tanqidning funksional xususiyatlari tahlil etiladi. Suhbatning mazmuniy va shakliy tuzilmasi, muloqot ishtirokchilarining nutqiy xulq-atvori, shuningdek, tanqidning konstruktiv hamda destruktiv turlari o‘rtasidagi farqlar ilmiy asosda yoritilgan. Maqolada suhbatni samarali tashkil etish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va muloqot etikasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ochib beriladi. Shuningdek, suhbat madaniyatini rivojlantirishda nutq madaniyati, ijtimoiy ong va shaxsiy mas’uliyat omillarining ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi.
Full text
570 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 SUHBAT MADANIYATIDA RIVOJLANISH VA TANQIDNING O‘RNI Normurodova Zarifa Ruziqulovna Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi Mamasoatova Xolida Fahriddin qizi Termiz davlat universiteti 3-kurs talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17477210 Annotatsiya. Maqolada suhbat madaniyatining lingvopragmatik asoslari, uning shaxslararo kommunikatsiya jarayonidagi o‘rni hamda suhbatni rivojlantirishda tanqidning funksional xususiyatlari tahlil etiladi. Suhbatning mazmuniy va shakliy tuzilmasi, muloqot ishtirokchilarining nutqiy xulq-atvori, shuningdek, tanqidning konstruktiv hamda destruktiv turlari o‘rtasidagi farqlar ilmiy asosda yoritilgan. Maqolada suhbatni samarali tashkil etish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va muloqot etikasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ochib beriladi. Shuningdek, suhbat madaniyatini rivojlantirishda nutq madaniyati, ijtimoiy ong va shaxsiy mas’uliyat omillarining ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Kalit so‘zlar: suhbat madaniyati, tanqid, muloqot, kommunikativ kompetensiya, nutq etikasi, konstruktiv tanqid. THE PLACE OF DEVELOPMENT AND CRITICISM IN A CULTURE OF CONVERSATION Abstract. The article analyzes the linguo-pragmatic foundations of conversational culture, its role in the process of interpersonal communication, and the functional features of criticism in the development of conversation. The substantive and formal structure of the conversation, the speech behavior of the participants in the conversation, as well as the differences between constructive and destructive types of criticism are scientifically covered. The article reveals the interrelationship between the effective organization of the conversation, the development of critical thinking, and the ethics of communication. The importance of speech culture, social consciousness, and personal responsibility factors in the development of conversational culture is also indicated. Key words: conversation culture, criticism, communication, communicative competence, speech ethics, constructive criticism. МЕСТО РАЗВИТИЯ И КРИТИКЕ В КУЛЬТУРЕ РАЗГОВОР Aннотация. В статье анализируются лингвопрагматические основы культуры речевого общения, её роль в процессе межличностного общения, а также функциональные особенности критики в развитии речевого общения. Научно освещаются содержательная и формальная структура речевого общения, речевое поведение участников речевого общения, а также различия между конструктивной и деструктивной критикой. Раскрывается взаимосвязь между эффективной организацией речевого общения, развитием критического мышления и этикой общения. Также указывается на значение факторов культуры речевого общения, общественного сознания и личной ответственности в развитии культуры речевого общения. Ключевые слова: культура общения, критика, коммуникация, коммуникативная компетентность, речевая этика, конструктивная критика. Bugungi globallashuv va texnologiya jadallik bilan rivojlanayotgan davrda shaxslararo muloqot madaniyatining ahamiyati yanada ortib bormoqda. Har qanday jamiyatning ijtimoiy va ma’naviy rivojlanishi insonlar o‘rtasidagi samarali muloqot, o‘zaro hurmat va fikr almashuv
571 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 darajasi bilan bevosita aloqadordir. Shu nuqtai nazardan, suhbat madaniyati nafaqat nutq madaniyatining, balki umumiy insoniy madaniyatning muhim ko‘rsatkichlaridan biri sanaladi. Suhbat madaniyati deganda, muloqot jarayonida fikrni aniq, lo‘nda, asosli va odob doirasida ifodalash, shuningdek, suhbatdoshni diqqat bilan tinglash, hurmat bilan munosabatda bo‘lish, bahs-munozarada murosaga kelish kabi jihatlar tushuniladi. Zamonaviy kommunikativ muhitda bu madaniyatni rivojlantirish insonlarning ijtimoiy faolligi, hamkorlikda ishlash qobiliyati va tanqidiy fikrlash darajasini belgilovchi omillardan biridir. Suhbatni rivojlantirish jarayonida tanqid alohida o‘rin tutadi. Chunki tanqid faqat kamchilikni ko‘rsatish emas, balki mavjud holatni yaxshilashga xizmat qiluvchi tahliliy fikr bildirish jarayonidir. Konstruktiv tanqid shaxsni rivojlanishga undaydi, fikr almashinuvni mazmunan boyitadi va muloqotning mazmunini kengaytiradi. Aksincha, destruktiv tanqid esa suhbat muvozanatini buzib, salbiy munosabatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois tanqid madaniyatini shakllantirish suhbatni rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. F.Engels fikricha, tanqidsiz bir-birini anglash bo‘lmaydi, binobarin, birlik ham bo‘lmaydi. Demak, bu fikr muloqot jarayonida tanqidning ijobiy ahamiyatini ko‘rsatadi. Tanqid insonlar o‘rtasida tushunishni, fikrlar to‘qnashuvi orqali haqiqatni topishni ta’minlaydi. Tanqidsiz suhbat biryoqlama va samarasiz bo‘lib qoladi, chunki u o‘zaro fikr almashish va o‘sish imkonini bermaydi. Shu bois, tanqid muloqotda ziddiyat emas, balki o‘zaro fikr bildirish va samimiy muloqotni shakllantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Tanqidning maqsadi kamsitish yoki qarshi chiqish emas, balki fikrni to‘g‘rilash, muammoni aniqlash va takomillashtirishga xizmat qilishdir. Shu boisdan konstruktiv tanqid – ya’ni asosli, mulohazali va hurmat bilan, o‘rinli bildirilgan tanqid – madaniy nutq belgisi hisoblanadi. Tanqidning bu ko‘rinishi quyidagi xususiyatlarni aks ettiradi : suhbatdoshga nisbatan hurmatni saqlaydi; dalil va mantiqqa tayangan holda fikr bildiradi; hissiyotga berilmasdan, muammoni hal etishga yo‘naltiriladi; shaxsni emas, fikrni tahlil qiladi. Deyl Karnegi uzoq kuzatishlardan so‘ng shunday xulosaga kelgan: “Nutqda uchta narsa muhim: Kim gapiryapti, qanday gapiryapti, nimani gapiryapti. Eng hayratlanarlisi, bularning ichidagi eng kam ahamiyatlisi nimaning gapirilayotganidir!”. Moddiyat ko‘p hollarda asosiy o‘ringa chiqishi insoniyat psixologiyasiga xos jihat. Karnegi shunday degan edi: “Tanqid pochtachi kabutarga o‘xshaydi. Qachondir albatta qaytib keladi!”. Kimnidir ayovsiz tanqid qilishdan oldin shu fikrni eslab qo‘ysak, zarar qilmaydi. Hozirgi vaqtda ko‘plab uslubiy yangiliklar kognitiv intellektni, mustaqil ijodiy va professional fikrlash qobiliyatini rag‘batlantiradigan va rivojlantiradigan interfaol o‘qitish usullaridan foydalanish bilan bog‘liq 1 . Inson hayotida axloqiy me’yorlarning ahamiyati katta. Faylasuf olim Abdulla Sher «Axloqshunoslik” kitobida m uhim axloqiy me’yorlarni ko‘rsatib, ular axloqiy tamoyillarga nisbatan ancha sodda, umumlashmagan, tor qamrovli ekanligini, axloqiy m e’yorlarni kundalik hayotimizda m a’lum axloqiy tamoyillarning amalga oshish murvatlari ham deyish mumkinligi, ular axloqiy talablarning eng oddiy shakli sifatida ro‘yobga chiqishini ta ’kidlaydi 2 . Axloqiy me’yorlarga rioya qilinmagan tanqid kamsitish, haqorat yoki salbiy munosabat tusini olishi mumkin. Aksincha, madaniyatli, asosli va muloyim tanqid suhbatdoshni fikr yuritishga, o‘zini 1 Волков Е.В.// Развитие критического мышления.// М., - 2004. 2 Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Т.: Yangi asr avlodi, 2004. 168 b.
572 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 tahlil qilishga va o‘z ustida ishlashga undaydi. Shunday tanqid insonlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hurmat muhitini shakllantiradi. Tanqidiy fikrlash ko‘plab olimlar (M. Veksler, A. I. Lipkina, L. A. Rybak, U. M. Mungal, A. S. Bayramov) tomonidan fikrlashning boshqa turlari bilan o‘zaro bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi (samarali, mantiqiy, ijodiy, muammoli). Shaxsiy sifat shaxsning mentalitetini aks ettiradi. “Fikrlash - bu nutq bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan shaxsning kognitiv faoliyati jarayoni bo‘lib, u atrofdagi voqelikni maqsadli, umumlashtirilgan va vositachilik bilan aks ettirish, yangi narsani topish va kashf etishga qaratilgan. 3 ” Qisqa qilib aytganda, suhbat madaniyati – insonlar o‘rtasidagi muloqotni madaniyatli, mazmunli va samarali tarzda olib borish san’atidir. Bu jarayonda tanqid va rivojlanish bir-birini to‘ldiruvchi tushunchalardir. Tanqid inson tafakkurini faollashtiradi, fikrni tahlil qilish, xatolarni o‘rganish va to‘g‘rilash imkonini beradi. Rivojlanish esa ana shu tanqidiy tahlil asosida ro‘yobga chiqadi. Shunday ekan, madaniyatli tanqid – bu nizoga sabab bo‘luvchi emas, balki o‘zaro samimiy muloqot, fikr almashinuvi va o‘sishga olib boruvchi vosita hisoblanadi. Suhbat madaniyatida tanqidning o‘rni insonlar o‘rtasida hurmat, adolat va haqiqatga intilish ruhini mustahkamlaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. Волков Е.В.// Развитие критического мышления.// М., - 2004. 2. Орлова, В. А. Психология в вопросах и ответах: учебное пособие [Текст] / Б.А. Орексова. - М.: КНОРУС, 2009. - 200 с. 3. Raupova L.Nutq madaniyati:Darslik.-Toshkant:INNOVATSIYA_ZIYO,2019. -140 b. 4. Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Т.: Yangi asr avlodi, 2004. 168 b. 5. Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Y. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. - Toshkent: “O‘qituvchi”, 1992. 6. Qilichev E., Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. - Buxoro, 2003. 3 Орлова, В. А. Психология в вопросах и ответах: учебное пособие [Текст] / Б.А. Орексова. - М.: КНОРУС, 2009. - 200 с.