BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING INTELLEKTUAL KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH TIZIMI MODELI
Abstract
Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish tizimi modeli mazmuni yoritilgan bo‘lib, model tarkibi, mezonlari, bloklar mazmuni keng yoritib berilgan. Shuningdek, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalasini rivojlantirish jarayonida qo‘llanuvchi samarali metodika va texnologiya namunalari ham keltirilgan. Xulosa va tavsiya qismida esa kerakli tavsiyaviy xulosalar berilgan.
Full text
592 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING INTELLEKTUAL KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH TIZIMI MODELI Abduraxmonova Noila Nasim qizi Guliston davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) +99899-002-72-53. https://doi.org/10.5281/zenodo.17477629 Annontatsiya. Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish tizimi modeli mazmuni yoritilgan bo‘lib, model tarkibi, mezonlari, bloklar mazmuni keng yoritib berilgan. Shuningdek, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalasini rivojlantirish jarayonida qo‘llanuvchi samarali metodika va texnologiya namunalari ham keltirilgan. Xulosa va tavsiya qismida esa kerakli tavsiyaviy xulosalar berilgan. Kalit so‘zlar: o‘qituvchi, mezon, intellekt, ko‘nikma, dastur, model, xorijiy tajriba, ta’lim samaradorligi, talaba, dars jarayoni, reproduktiv, algoritmik. МОДЕЛЬ СИСТЕМЫ РАЗВИТИЯ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫХ СПОСОБНОСТЕЙ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ Аннотация. В статье раскрывается содержание модели системы развития интеллектуальных способностей будущих учителей начальной школы, подробно освещаются структура, критерии и содержание блоков модели. Приводятся примеры эффективных методик и технологий, используемых в процессе развития интеллектуальных способностей будущих учителей начальной школы. В заключении и рекомендациях даны необходимые рекомендации. Ключевые слова: учитель, критерий, интеллект, способности, программа, модель, зарубежный опыт, образовательная эффективность, ученик, процесс урока, репродуктивный, алгоритмический. MODEL OF A SYSTEM FOR DEVELOPING INTELLECTUAL SKILLS OF FUTURE PRIMARY TEACHERS Annotation. This article covers the content of the model of the system for developing intellectual skills of future primary school teachers, and the structure, criteria, and content of the blocks of the model are widely covered. Also, examples of effective methodologies and technologies used in the process of developing intellectual skills of future primary school teachers are presented. The conclusion and recommendations provide the necessary recommendations. Keywords: teacher, criterion, intellect, skills, program, model, foreign experience, educational effectiveness, student, lesson process, reproductive, algorithmic. Kirish. Jahon ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida bo‘lajak boshlang‘ich sinfo‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, ta’lim jarayonini modellashtirish, loyihalashtirishga tayyorgarlikni takomillashtirish, kasbiy sifatlar va kompetensiyalarni faoliyatli yondashuvlar asosida rivojlantirish bo‘yicha ilmiytadqiqotlar olib borilmoqda. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini xalqaro malaka talablari asosida rivojlantirib boorish, ta’lim sifatini ko‘tarish, amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirish darajasi diagnostikasini olib boorish, modulli ta’limni yo‘lga qo‘yish, intellektual kommunikativlikni faollashtirish metodikasini takomillashtirish,
593 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining verbal ko‘nikmalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarga alohida e’tibor berilmoqda. Respublikamizda so‘nggi yillarda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, boshlang‘ich sinflarda ta’lim jarayonini axborot texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda tashkil etish, kompetent mutaxassis va kasbiy kompetensiyasini rivojlantirib, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashning huquqiy-me’yoriy asoslari yaratilmoqda. Bugungi kunda respublikamizda “Oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta’lim sifatini oshirish”[1] ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Natijada, barcha sohalar uchun zaruur yetakchi kadrlar tayyorlash, xususan, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini tashomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari kengaydi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Yu.S.Manuylov fikricha tarbiyaviy-ta’limiy muhitni “tashkil etish jarayoni, barcha ishtirokchilarning o‘zaro aloqalari orqali, ta ’ lim oluvchining hayot tarzi modeli bilan bog‘liq bo‘lgan, muayyan pedagogik jihatdan shakllantirilgan hayot tarzi ustuvor bo ‘ lgan muhitning bir qismi ” [3] sifatida qaragan. Modellashtirish jarayoni tadqiqotda “belgilangan maqsadlar va kelajakdagi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual rivojlantirishga bo‘lgan metodik tayyorgarligini yaxshilash zarurati bilan bog‘liqdir. Bu jarayon, o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini samarali tashkil etish va o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqishni taqozo etadi. Bizning tadqiqot ishimizning maqsadiga ko‘ra ushbu model tadqiqot ob’ektining haqiqiy va prognozlashtiriladigan holati to‘g‘risidagi tasavvurlar majmuini”[6] tavsiflaydigan fikriy jadval-mazmunli model hisoblanadi. Tadqiqot maqsadiga erishish uchun modelni pedagogik loyihalashda biz N.V.Kuzmina, V.P.Simonov va boshqa pedagogik olimlarning ilmiy ishlarida ifodalangan pedagogik tizimlarning nazariy asoslariga tayandik. Bo‘lajak o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish masalalari B.S.Abdullayeva, A.AAbduqodirov, R.G.Isyanov, N.Sh.Ruziqulova. A.A.Urazimbetova, B.L.Axmedova, R.A.Mavlonova, A.Xoliqovlar bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual ko‘nikmalarini rivojlanishi bo‘yicha B.Begalov, U.X.To‘raqulovlar, Sh. Abdurahmonova tomonidan tadqiqotlar olib borilgan. Mustaqil davlar hamdo‘stligi malakatlarida bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha G.T.Abdullina, O.V.Baxtina, N.N.Golovina, N.P.Goncharuk, S.A.Lapteva, R.S.Nemov, J.Piaje, S.L.Rubenshteyn, Z.V.Sizensova, M.A.Xolodnaya, V.D.Shadrikov, G.I.Shornikovalar tomoonidan tadqiqoqtlar olib borilgan. Xorijlik olimlar R.K.Blank, Marshal Kavendish, H.B.Goznalez, J.J.Kuenzi, Wardat Yousef, Belbase Shashidhar, Tairab Hassan, Pavneet Kaur Bhara bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtrishga doir tadqiqotlar olib borishgan. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqotning modelidan maqsad, pedagogik jarayon va natijani ochib berishga xizmat qilishdir. “Modelda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish jarayonini samarali tashkil etish uchun tanlangan yondashuvlar va shart-sharoitlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ko‘rsatilgan.
594 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Maqsadga qaratilganlik bloki doirasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish belgilangan. Modelning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishni chuqur o‘rganish. 2. Ushbu metodikaning takomillashtirilishi uchun yo‘nalishlarni aniqlash. 3. Takomillashtirish jarayonidagi bosqichlarni belgilash. 4. Oliy ta’lim muassasalarida motivatsion muhitni yaxshilash orqali metodikaning samaradorligini oshirish. Ushbu model asosida pedagogik jarayon va uning natijalarini tahlil qilish mumkin. Talabalarning intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish jarayonini samarali tashkil etish, tanlangan yondashuvlar va shart-sharoitlar bilan muvofiqligini ta’minlaydi. Biz ishlab chiqqan modeli moslashuvchanlik, amaliyot bilan bog‘liqlik, ko‘rgazmalilik, tarbiya va rivojlantiruvchi ta’lim kabi tamoyillardan foydalanilgan. Moslashuvchanlik tamoyili Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishda o‘qitilayotgan fanlar mazmuni xalqaro baholash talablariga mosligini ta’minlashdan iborat. Amaliyot bilan bog‘liqlik tamoyili nazariya va amaliyot birligini puxta o‘zlashtirib, o‘quv materialini idrok qilish va uni amaliyotda qo‘llay olishni, mustaxkamlash va esda saqlab qolish kabi jarayonlar bilan bir butunni tashkil qiladi. Pedagog L.Gil fikricha: “Ko‘rgazmalilik tamoyili o‘qitish jarayonini sifatini oshirish va talabalarning bilim olishlarini osonlashtirishni nazarda tutadi, tarbiya va rivojlantiruvchi ta’lim tamoyillarining maqsadi kognitiv rivojlanish bilan shaxsiy fazilatlarini tarbiyalashni”nazarda tutadi. “Tizimli yondashuv. Bu yondashuv Bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish jarayonini yaxlit tizim sifatida belgilaydi. Faoliyatli yondashuv o‘qituvchining innovatsion faoliyati va talabaning faol o‘quv – biluv faoliyatini hamda Bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish maqsadini tanlash va faoliyatni rejalashtirish, tashkil etish va tartibga solish, nazorat qilish, o‘z-o‘zini tahlil qilish va faoliyat natijalarini baholashga o‘rgatishni” nazarda tutadi. Integrativ yondashuv o‘z ichiga yondashuvlar integratsiyasi, o‘qituvchi va talaba faoliyati integratsiyasini qamrab oladi. Innovatsion yondashuvda ta’lim samaradorligini oshirishda foydalaniladigan maqsad, mazmun, metod, vosita va natijalardagi yangiliklarni takomillashtirishga imkon beradi. Mazmunga qaratilgan blokda Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bosqichlari berilgan. 1. “Fundamental bosqich: Talabalarning intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish maqsadida, mavjud adabiyotlar bazasini, shuningdek, tegishli qaror va farmoyishlarni o‘rganish va tahlil qilish zarur. Ta’lim samaradorligini oshirishda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini yaxshilashga oid adabiyotlar, so‘rovnomalar va
595 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Milliy o‘quv dasturlarini”[8] chuqur tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon, ta’lim jarayonining sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy va amaliy yondashuvlarni aniqlashda yordam beradi. 2. Motivatsion bosqich: Bu bosqichda talabalarning intellektual ko'nikmalarini rivojlantirishga qiziqishi va ehtiyoji shakllantiriladi. Buning uchun ularga metodik qo'llanmalar, ilmiy maqolalar va boshqa manbalar taqdim etiladi. Ushbu manbalar orqali talabalar intellektual ko'nikmalarining ahamiyati va ularni rivojlantirish usullari haqida ma'lumotga ega bo'ladilar. O'qitish jarayonida olingan bilimlarning amaliy qo'llanilishini ko'rsatib berish orqali talabalarning motivatsiyasi oshiriladi. Ta'lim sifati tahlili asosida o'quv materiallari mazmuni doimiy ravishda takomillashtirilib boriladi. 3. Kognitiv bosqich:Ushbu bosqich talabalarning intellektual ko'nikmalarini amalda qo'llash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan. Talabalarga turli xil topshiriqlar, testlar va intellektual mashqlar beriladi. Bu mashqlar kontent va kognitiv sohalarni qamrab oladi. Multimediali elektron darsliklar orqali talabalar mavzuni chuqurroq o'rganish va ko'nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Topshiriqlarning murakkablik darajasi asta-sekin oshirib boriladi. 4. Kreativ bosqich: Bu bosqichda talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyati rivojlantiriladi. Ularga standart va nostandart vaziyatlarda olingan bilimlarni qo'llashga oid topshiriqlar beriladi. Talabalar vaziyatni tahlil qilish, “muammolarni aniqlash va ularni hal qilishning kreativ yechimlarini topish ko'nikmalarini egallaydilar. O'qituvchi talabalarning ijodiy yondashuvini rag'batlantiradi va ularga kerakli ko'makni beradi. 5. Jarayonli bosqich: Talabalarning hayotiy va o‘quv faoliyati davomida egallangan bilimlarni ongli ravishda qo‘llay olish ko‘nikmalarini rivojlantirish”[5]. Talabalarning axborotlashgan jamiyat talablari bo‘yicha hayotiy va o‘quv faoliyatlari davomida egallangan bilimlarni qo‘llay olish jarayonida faolligini ta’minlash, faoliyatlarining samaradorligini baholay olish va talabalarni intellektual ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtiruvchi topshiriqlar mohiyatini o‘zlashtirishga bosqichma-bosqich tayyorlash. Protsessual faoliyat bloki. Ushbu blok talabalarning o'quv faoliyatini tashkil etishga qaratilgan bo'lib, o'quv jarayonining barcha elementlari va yo'nalishlarini qamrab oladi. “Jumladan, darslarni loyihalashtirish, o'quv jarayonini tashkil etish usullari, qo'llaniladigan metodlar, taqdim etiladigan o'quv materiallarining xalqaro standartlarga muvofiqligi, topshiriqlar mazmuni, o'quv jarayoni ishtirokchilarining faolligi, diagnostika va korreksiyalash kabi komponentlar o'z ichiga oladi. Tahlil va natijalar. Bo'lajak boshlang'ich sinf” o'qituvchilarining intellektual ko'nikmalarini rivojlantirish metodikasini optimallashtirish maqsadida quyidagi didaktik sharoitlarni yaratish maqsadga muvofiqdir: 1. Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim muhitini yaratish: Bu muhit talabalarning intellektual ko'nikmalarini rivojlantirishga metodik tayyorgarligini oshiradigan topshiriqlarni bajarish bo'yicha ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Bunda ijodiy izlanishlar rag'batlantiriladi va o'quv jarayoni real hayotiy vaziyatlar bilan bog'lanadi. Talabalarga o'quvchilarni intellektual rivojlantirishga metodik tayyorlash bo'yicha topshiriqlarni samarali bajarish uchun optimal usullar va sharoitlar yaratiladi. 2. O'quv axborotini tizimlashtirish va taqdim etish: Talabalarning intellektual ko'nikmalarini rivojlantirishga metodik tayyorgarligini oshiradigan topshiriqlarni bajarish
596 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 bo'yicha ko'nikmalarni shakllantirish uchun zarur bo'lgan o'quv axborotini tanlash, strukturaviy va tizimli ravishda qayta ishlash hamda taqdim etish imkoniyatlari “ta'minlanadi. 1. Axborot bilan ishlash kompetensiyasini monitoring qilish va korreksiyalash: Talabalarning axborot bilan ishlash kompetensiyasining rivojlanish dinamikasi muntazam ravishda monitoring qilinadi. Olingan natijalar asosida o'quv jarayoniga” tegishli tuzatishlar kiritiladi. Ta’limning guruh va individual tashkiliy shakllari yuzasidan ko‘plab ilmiy adabiyotlarda pedagogik izlanishlar natijalari bayon etilgan. Biz ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilar faoliyatini tashkil etishda klasterlarni o‘zaro bog‘langan guruhlarda ma’lum ish faoliyatiga ixtisoslashgan tegishli tarmoqdagi guruhlar sifatida tahlil qilindi. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining o'quv topshiriqlarining intensiv majmuasi topshiriqlar tarkibidagi konteksitiga bog'liq. Bu intensiv topshiriqlar majmui qisqa vaqt ichida ko'p miqdorda topshiriqlarnio’quvchilarga berish va cheklangan vaqt davomida ularni tezkor bajarishlari nazarda tutiladi. Shuningdek, yuqori murakkablikdagi topshiriqlar shu majmua tarkibida bo’lsa ularning sonini kamaytirish, lekin har bir topshiriq o'quvchidan chuqur fikrlash, tahlil qilish, mustaqil izlanish va boshqa yuqori darajadagi kognitiv funksiyalarni talab qiladi. Intensiv topshiriqlar majmui tarkibida turli xil topshiriqlarning kombinatsiyasi va yozma, og'zaki, amaliy, ijodkorlikka oid bo’lishi, shu bilan bir qatorda o‘quvchilarning qiziqishini oshirish, ta’lim sifatining samarali bo’lishini taqozo qiladi. Takrorlanuvchi topshiriqlar: Ba'zi hollarda, intensiv majmua bir xil yoki o'xshash topshiriqlarning takrorlanuvchi ketma-ketligini bildirishi mumkin. Bu usul bilimlarni mustahkamlash va avtomatlashtirishga qaratilgan. Biz tomonimizdan ishlab chiqilgan intensiv topshiriqlarning majmuaidan foydalanishning bir qator afzalliklari bor. Bular: ma’lumotlarni tez o'rganish va bilimlarni mustahkamlash; o’quv materiali mazmunini chuqur anglash va nutqiy ko’nikmalarning rivojlanishi; o'quv jarayonini qiziqarli tashkil etish. Shulardan kelib chiqib, intensiv topshiriqlarni ta’lim jarayonida qo‘llashda ta’lim oluvchilarning yoshi, bilimi, qobiliyatlari va individual xususiyatlarini hisobga olish ya’ni beriladigan topshiriqlarni bosqichma-bosqich murakkablashtirish va ta’lim oluvchilarni qo'llabquvvatlash muhimdir. Intensiv majmuaning samaradorligi topshiriqlarning saviyasiga, o'quv maqsadlariga mosligiga hamda o'quv jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos uslubiga qaratilgan. “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish jarayonini samarali olib borishga xizmat qiluvchi metodlar yordamida amalga oshiriladi”. Qo‘llanilgan metodlar muloqot, talabalarda o‘z bilimlarini faollashtirish, mustaqil fikrini bayon etish, yaakuniy xulosalar chiqara olish hamda umumlashtirish yordamida yangi bilimlarni o’rganishga erishish, o‘rganilgan bilimlarni hayotda qo‘llay olish, mulohazali fikrlar yurita olishlariga ko‘mak berish uchun “Flipped-learning”, “Muammoli ta’lim”, “Loyiha ishi”, “Interaktiv o‘yinlar” texnologiyalaridan foydalanildi. Biz tomonimizdan aniqlangan mezon va ko‘rsatkichlar yordamida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirishni takomillashtirishning 3 ta darajasi aniqlandi: reproduktiv, algoritmik, ijodiy. Xulosa va takliflar: Olib borilgan tadqiqotlar natijasida shunday xulosaga kelindi: o'quvchilarning “intellektual rivojlanishiga ko'maklashuvchi metodikalardan samarali foydalanishning asosi ilmiy manbalarni chuqur tahlil qilish va topshiriqlarning mazmunmohiyati, shuningdek, ularning funksional vazifalarini adekvat tushunishdan iboratdir”.
597 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Shu sababli, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining intellektual ko'nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish jarayonida mazkur metodikaning mazmuniy, kognitiv va funksional aspektlarini ongli ravishda o'zlashtirish muhim ahamiyatga ega. Bu ularning o'zlashtirilgan bilimlarni real hayotiy vaziyatlarda adekvat qo'llay olish imkoniyatini oshiradi. Tadqiqotimiz davomida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish takomillashtirish maqsadida Ona tili o‘qitish metodikasi faniga asoslangan elektron multimediali resurs yaratildi, bunda har bir bo‘lg‘usi o‘qituvchilar bilishlari kerak bo‘lgan mavzular, qiziqarli topshiriqlar, testlar, didaktik manbalar, dars ishlanma namunalari keng yoritilib berilgan. Bu elektron resurs darsda qo‘llash uchun metodik qurol sifatida tavsiya etiladi. Oxirgi bosqichda o‘rganilgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishlari lozim. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi «Taʼlim toʻgʻrisida»gi Qonuni (yangi tahrir). – 2020-yil 23sentabr. https://lex.uz/docs/5013007 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5847-son. 3. Adizov B “Boshlang‘ich ta’limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari” Ped.fan.dok.disser. T.,2003 yil (276 bet) 4. Сельмурзаева, Марижа Рамзановна Формирование профессионально-этич еской культуры будущего учителя начальных классов :автореферат дис. ... кандидата педагогических наук : 5.8.7. Грозный 2022. http://dlib.rsl.ru/rsl01011000000/rsl01011131000/rsl01011131860/rsl01011131860.pdf 5. Abduraxmonova N.N. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik tayyorgarligini takomillashtirish muammosining pedagogik zaruriyati // Science and innovation international scientific journal volume 1 Issue 8 UIF-2022: 8.2\ISSN:2181-3337.21142121 betlar. 6. http://scientists.uz/view.php?id=3348http://scientists.uz/uploads/202208/B-432.pdf 7. Abdurakhmanova N.N. Structural and substantive features of improving the methodological preparation of future elementary school teachers for the intellectual development of students // The field of scientific research International scientificonline conference Part 4 November 30th Colletions of scientific works Warsaw 2022. / 115-121 betlar. https://interonconf.org/index.php/pol/article/download/646/607/595 8. Abduraxmonova N.N. Ona tili o’qitish metodikasi., Elektron ta’lim platformasi (Oliy o’quv yurtlarining boshlang‘ich ta’lim yo’nalishi talabalari uchun). DGU 202401508 https://onatili.yoshavlod.uz/ - 20.02.2024 9. Гиль Л. Б. Развитие интеллектуальных умений и способности к саморазвитию студентов технического вуза в процессе математической подготовки, дис. ... кaнд. пeд. нaук: 13.00.08/ Гиль Людмила Болеславна. – Томск, 2010. – 196 c. http://www.dslib.net/i/b/2579/378317.png