scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KONFLIKT TURLARIGA KOʻRA FOJIA TASVIRI

Sherqoʻziyev Shukrulloxon Shuhratjon oʻ g'li

Full text

AMERICAN JOURNAL OF EDUCATION AND LEARNING ISSN: 2996-5128 (online) | ResearchBib (IF) = 10.91 IMPACT FACTOR Volume-3| Issue-8| 2025 Published: |30-09-2025| 523 KONFLIKT TURLARIGA KOʻRA FOJIA TASVIRI https://doi.org/10.5281/zenodo.17477639 Sherqoʻziyev Shukrulloxon Shuhratjon oʻ g’li “Fergana school ziyo” xususiy maktabining Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi [email protected] +998911505580 Annotatsiya Ushbu maqolada fojia tasviri konfliktual holatning turlariga k oʻra tahlil etilgan. Konflikt turlarining birlamchi ma’no aks etishi hayot va oʻlim tasvirining tasnifini yuzaga keltiradi. Konfliktning ichki b oʻlinishlarida fojia tasviri ham alohida ahamiyat kasb etadi. DESCRIPTION OF TRAGEDY ACCORDING TO TYPES OF CONFLICT Abstract In this article, the image of tragedy is analyzed according to the types of conflict situations. The primary meaning of the types of conflict reflects the classification of the image of life and death. The image of tragedy also plays a special role in the internal divisions of the conflict. ОПИСАНИЕ ТРАГЕДИИ ПО ТИПАМ КОНФЛИКТА Аннотация В данной статье анализируется образ трагедии в контексте типов конфликтных ситуаций. Первичное значение типов конфликта отражает классификацию образа жизни и смерти. Образ трагедии также играет особую роль во внутренних членениях конфликта. Kalit s oʻzlar Konflikt, fojia tasviri, shaxslararo konflikt, shaxs va jamiyat (muhit) konflikti, ruhiy konflikt, konfliktlar zanjiri, ruhiy fojia, jismoniy oʻlim. Keywords Conflict, image of tragedy, interpersonal conflict, conflict between the individual and society (environment), spiritual conflict, chain of conflicts, spiritual tragedy, physical death. Ключевые слова AMERICAN JOURNAL OF EDUCATION AND LEARNING ISSN: 2996-5128 (online) | ResearchBib (IF) = 10.91 IMPACT FACTOR Volume-3| Issue-8| 2025 Published: |30-09-2025| 524 Конфликт, образ трагедии, межличностный конфликт, конфликт личности с обществом (средой), духовный конфликт, цепь конфликтов, духовная трагедия, физическая смерть. Adabiyot insonni ruhan tarbiyalovchi, estetik tafakkur uygʻotadigan, hissiyotlarni qoʻzgʻatuvchi odob va hayotni oʻrgatuvchi vositadir. Ilk badiiy adabiyot namunalaridan boshlab hozirga qadar uning koʻlamdorligi ortdi, inson tafakkurida evrilishlar yuz berdi. Shu jihatlari bilan odamning hayotga boʻlgan qarashlari rivojlanib, realikka intilib bordi. Binobarin, hayot va mamot masalalarida kishilarning fikriy oʻzgarishlari yuz berdi. Avvalida fojia deb qaralgan oʻlim holatlari islom madaniyati, islom tafakkuri ta’sirida oʻzgacha tus ola boshladi. Hobilning oʻlimi orqali yer yuzidagi dastlabki qotillik hamda birinchi oʻlim holati yuz bergan boʻlsa, shu bilan odamning ziddiyatlarga moyil ekanligi va bu konfliktli vaziyatda bir tomonning gʻolibligi natijasida tirik qolish, oʻzining istaklarini davom ettirish hamda uning aksi oʻlaroq magʻlublik samarasi bilan oʻlim holatlari va niyatiga yeta olmaslik yuz berdi. Nega biz bu oʻrinda konfliktga duch kelgan ikki shaxsni magʻlub va gʻolibga ajratyapmiz? Shu oʻrinda savolning javobi ham oydinlashadi, ya’ni ziddiyatlari bilan kurashga kirgan shaxs oʻz menini yashatmoqchi boʻladi. Bu natijaviy hodisa bilan gʻalaba qiluvchi ham, magʻlub boʻlguvchi ham tabiiy ravishda ajraladi. Inson xarakteridagi ilk qarama-qarshilik shu tariqa ildiz otdi. Keyingi badiiy adabiyot namunalariga e’tibor qaratsak, bu ziddiyatlar tabiati oʻzgardi. Endilikda konflikt faqatgina shaxs oʻrtasidagi vaziyat boʻlmay qoldi. Ikki tomon oʻrtasidagi kurash jamiyat va shaxs munosabatiga koʻchdi. Oʻz qarashlariga sodiq qolgan va ommani oʻzgartirishga harakat qilgan shaxs qismatida ruhiy oʻlim holatlari ham yuzaga chiqdi. Buni oʻtgan asrning 70-yillarida yozilgan Oʻktam Usmonovning “Girdob” romanidagi Aziz obrazida ham koʻr olamiz. Oʻsha davr ilm-fan jamiyatiga qarshi fikrlari bilan kurashgan Azizning qismati yaxshi yakun topmaydi. Bunga, albatta, asardagi turli kurashlar sabab boʻladi. Paxtachilik tarixida yangi samarador, zararkunandalarga qarshi nav yaratishga uringan yosh olimning qarashlari katta fan arboblari oldida qarshilikka uchraydi va “befoyda urinish” deb topilib, unga chek qoʻyishni aytishadi. Keyin esa natijasi chiqib qolgan ishning “ega”lari koʻpaya boshlaydi, oʻz tadqiqotining boshqalar qoʻliga oʻtib ketishini xohlamagan Azizning bu kurashida unga jiddiy zarba berilishi asardagi konfliktual syujet liniyasidagi jarayonlar natijasi hisoblanadi. AMERICAN JOURNAL OF EDUCATION AND LEARNING ISSN: 2996-5128 (online) | ResearchBib (IF) = 10.91 IMPACT FACTOR Volume-3| Issue-8| 2025 Published: |30-09-2025| 525 Ijtimoiy taraqqiyot qarama-qarshiliklarning natijasi sifatida roʻyobga chiquvchi hodisa. Badiiy adabiyot ham unga monand tarzda shakllanib boradi, harakatlar turli kurashlar oqibati bilan rivojlanib boradi. 45 Kurash “kim” va “nima”lar ishtirokiga koʻra uch asosiy boʻlinish kasb etadi. Hayot(yashab qolish) va oʻlim(yoʻq boʻlish) esa shu turdagi ziddiyatlarning hosilasi sifatida namoyon boʻladi. Konfliktli oʻlim – konflikt yuz bergan holat oʻlim bilan natijalanadi. Asardagi fojiali nuqta konflikt oqibatida yuz beradi. 45 Sulton I. Adabiyot nazariyasi. –T.: “Oʻqituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2005. Konflikt Shaxslararo (xarakterlararo) konflikt Ruhiy(ichki) konflikt Yakka shaxs hamda kishilar jamiyati(muhiti) oʻrtasidagi kurash. Bunda yakka shaxs oʻz tomonini tanlaydi, qaramaqarshilikning ikkinchi tomoni shartsiz tanlanadi. Bir shaxsning fikriy ziddiyatlari. Bu turda qahramonning intim kurashi namoyon boʻladi bbbcb bb Oʻzaro kurash ikki va undan ortiq shaxslar oʻrtasida sodir boʻladi. Bunda kurashuvchilar oʻz tomonini oʻzi tanlaydi Shaxs va jamiyat (muhit) konflikti AMERICAN JOURNAL OF EDUCATION AND LEARNING ISSN: 2996-5128 (online) | ResearchBib (IF) = 10.91 IMPACT FACTOR Volume-3| Issue-8| 2025 Published: |30-09-2025| 526 Shaxslar oʻrtasidagi qarama-qarshiliklar natijasida sodir boʻladiganfojia holatlari haqida gap borganda ziddiyatlarni yuzaga chiqaruvchi turtki oʻsha ziddiyatlarni harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi. Xususan, “Oʻtkan kunlar”da kumush va Otabekning unga boʻlgan muhabbati kurashlarni harakatlantiruvchi funksiyasini bajargan. Otabek va Homidning hayot-mamaot janglari shu ziddiyatlar tufayli yuzaga chiqqan. Shaxslar(qahramonlar) oʻrtasida sodir boʻladigan kurashlarda jismoniy oʻlim holatlari kuzatildi. Homid va Kumush fojialari bunga yaqqol misoldir. Personaj va personaj kurashlarining natijasi ziddiyatlar doirasidan tashqaridagi asar qahramonlari ta’sir koʻrsatadi. Ulugʻbek Hamdamning “Ota” romanidagi Poʻlat hamda Erboyning qarama-qarshiliklari Sevinchning fojiasiga turtki boʻlgan. Asardan keltirilgan quyidagi jumlaga e’tibor qaratamiz: “ – Esini, uyatini yoʻqotgan sensan, Poʻlat, sen! Yana qizing! Menga oʻdagʻaylagandan koʻra, bor, ana, qizingdan xabar ol! Bobo boʻpsan, axir! Elga osh berarsan mundoq... – oʻtirganlarga qarab maʼnoli ishshaydi Erboy ota 46 ”. Bu oʻrinda shaxslararo konflikt toʻgʻridan-toʻgʻri foija bilan natijalanmadi. Uning qahramon ruhiyatiga oʻtkazgan ta’siri orqali personaj oʻlimi paydo boʻlgan. Shaxs va jamiyat oraligʻida yuzaga chiqadigan ziddiyatlarda esa oʻzaro kurashlarni paydo qiluvchi kuch(turtki) yakka shaxsga taalluqli boʻlmaydi. U yakka shaxs obrazida ommaning istiqbolini namoyon etadi. Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostonidagi Nazrul Islom timsolida xuddi shunday kurashlar aks ettirilgan: Oʻzga edi el dardi. Zamon uning Yonib turgan Yuragini soʻrardi. 47 Ushbu dostonda muhitdagi adolatsizliklarga qarshi kurashgan shoirning fojiasi bayon etilgan. “Girdob” romanida esa shaxs va jamiyat(muhit) oʻrtasidagi qaramaqarshiliklar ilmiy doiraga koʻchadi, “Ruhlar isyoni”da kurash millat doirasida boʻlgan boʻlsa, “Girdob”da bu oʻzgacha tus olib, tinch doiraga koʻchadi. Asar 46 Ҳамдам У. Ота. – Т.: Янги аср авлоди, 2020. 47 Вохидов Э. Руҳлар исёни. – Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1980. Jismoniy oʻlim – kishining tanasidan ruh chiqib ketishi, moddiy hayotdan yoʻq boʻlishidir. Abdulla Qodiriy sud oldida soʻzlargan nutqlaridan birida ushbu atamani qoʻllagan. Endi jismoniy oʻlim menga qoʻrqinch emasdir. (Фитна санъати. – Т.: Фан, 1993. II китоб.) AMERICAN JOURNAL OF EDUCATION AND LEARNING ISSN: 2996-5128 (online) | ResearchBib (IF) = 10.91 IMPACT FACTOR Volume-3| Issue-8| 2025 Published: |30-09-2025| 527 qahramoni Azizning ruhiy fojiasi romaninng xarakterlovchi belgilaridan biri hisoblanadi. Bu turdagi qarama-qarshiliklarning natijasida qahramonlarning jismoniy(Nazrul Islom) va ruhiy(Aziz) oʻlimlari namoyon boʻladi. Ruhiy(Ichki) kechadigan qarama-qarshilik qahramon botinida yuz beradigan hodisa hisoblanib, uning natijasida paydo boʻluvchi fojia tasvirlari ham yakka shaxs qismatida yotadi. Bunda ziddiyatlarning fojia va fojiasiz oqibatlanishi aniq namoyon boʻladi, ya’ni oʻlim yoki hayot davoyligi konkretlashib,ikkisidan birigina personaj qismatida roʻyobga chiqadi. Ichki kurashlar badiiy asar qahramonining ruhiy hamda jismoniy fojiasini koʻrsata oladi. Psixologiy hamda ruhiy(ichki) ziddiyatlar bir tushunchani ifodalaydi. Ruhiy(ichki) ziddiyatlar qolgan ikki konflikt turlariga ta’sir oʻtkaza olishiga koʻra oʻziga xos xarakter kasb etadi. Buni “Kecha va kunduz”dagi Miryoqub timsolida koʻrishimiz mumkin, uning ruhiyatida murakkab fikriy jarayonlar (“ichki kurashlar”) boshlandi. Bu jarayonlar natijasida u oʻzini ijtimoiy shaxs sifatida tanishga, oʻzining ijtimoiy maqomini anglashga keldiki, bu endi uni faol ijtimoiy harakat (ya’ni «tashqi harakat»)ga undashida yaqqol koʻrinadi 48 , Miryoqub ruhiyatidagi evrilishlar uni oʻzi va muhit oʻrtasidagi fikriy kurashlariga olib keldi. Bu oʻrinda konflikt hech qanday fojiaga ta’sir oʻtkazmaydi. Endilikda xuddi shunday holat “Oʻtkan kunlar”da Otabek obrazida ham namoyon boʻladi. Bunda faqat ziddiyatlar konfliktlar zanjirini yuzaga keltirmoqda. “Otabek ruhiyatidagi ziddiyat shuki, u zamonasining ilgʻor ziyolisi sifatida inson shaxsini hurmat qiladi va ayni choqda oʻz davri, muhiti ta’siridan butkul holi ham emas. Natijada Otabek muhit bilan konfliktda (ota-onasi uni ikkinchi bor uylantirishga jazm qilganda qarshi turgani mohiyatan qahramonmuhit konflikti, faqat bu narsa ota-ona bilan munosabat orqali ifodalanadi) yon berdi 49 ”. Konfliktlar zanjiri soʻngida Kumushning fojiasiga turtki vazifasini bajaryapti. Buni quyidagi chizmada yaqqol koʻra olamiz: 48 Quronov D., Adabiyot nazariyasi asoslari. –Т.: Navoiy universiteti, 2018. 49 Quronov D., Adabiyot nazariyasi asoslari. –Т.: Innovatsiya-Ziyo, 2020. Ruhiy fojia(oʻlim) – shaxsning turli tashqi ta’sirlar natijasida psixologik kuchli tushkunligi, hayotga boʻlgan yashash qiziqishining yoʻqligi. Ba’zan ma’naviy oʻlim ham bu atama oʻrnida ishlatiladi. Bir necha shaxslarning orzusicha, maʼnaviy oʻlim bilan oʻldirildim. (Фитна санъати. – Т.: Фан, 1993. II китоб.) AMERICAN JOURNAL OF EDUCATION AND LEARNING ISSN: 2996-5128 (online) | ResearchBib (IF) = 10.91 IMPACT FACTOR Volume-3| Issue-8| 2025 Published: |30-09-2025| 528 Ichki ziddiyatlar natijasida ham insonning ruhiy oʻlim vaziyati yuzaga chiqadi. Biz buni Asqad Muxtorning “Chinor” romanidagi Akbarali timsolida koʻramiz: “Akbarali endi hech narsaga hayron boʻlmaydigan boʻlib qolgan. Hayron boʻlish, oʻylash qobiliyatini yoʻqotgan, bir moʻjiza yuz berib, otasi bilan onasi tirilib kelib, hozir roʻparasida paydo boʻlsa ham hayratda qolmas edi chogʻi. U bir qoʻli bilan xarsangga suyangancha qotib qoldi, koʻzi tindi. Anchadan keyin zarhal harflar koʻz oʻngida yana paydo boʻldi: “A-k-b-a... Akbarali Gʻoziyev... halok boʻldi” 50 . Shu oʻrinda ruhiy ziddiyatlar samarasida yotgan hayot va mamot masalasini alohida-alohida tasnifga ajratish ma’qul, ya’ni ichki kechinmalar oʻlimga sabab boʻladigan ziddiyat hamda hayotga qaytish, yashash hissiyotini uygʻotishga sabab boʻla oladigan kurashlar. Ruhiy ziddiyatlar natijasida hayot yoki oʻlimdan birini yaqqol yuzaga chiqishi bilan bunday tanatalogik voqea oʻziga xos xususiyat kasb etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Усмонов Ў. Гирдоб. – Т.: Шарқ, 2000. 2. Muxtor A. Chinor. – T.: Yoshlar nashriyot uyi, 2018. 3. Вохидов Э. Руҳлар исёни. – Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1980. 4. Ҳамдам У. Ота. – Т.: Янги аср авлоди, 2020. 5. Фитна санъати. – Т.: Фан, 1993 (II китоб). 50 Muxtor A. Chinor. – T.: Yoshlar nashriyot uyi, 2018. Shaxs va muhit konflikti Ruhiy konflikt Shaxslararo konflikt Konfliktlar zanjiri – konflikt turlaridan birining keyingisiga ta’sir etishiga koʻra uchala turning bogʻlanishi. Masalan, “Girdob”dagi Muhiddin Jabborovich va Aziz oʻrtasidagi qarama-qarshilik Azizning muhit bilan kurashlariga ta’sir oʻtkazadi. Keyinchalik buning Aziz ruhiyatiga koʻchishi ichki(psixologik) konfliktni paydo etgan. Zanjir hosil qilish uchun ikkidan ortiq ta’sir doirasi hosil boʻlishi kerak Aks holda, biri ikkinchisiga turtki bergan boʻlib qoladi, xolos. Bir turdagi ikkidan ortiq konfliktli vaziyatlar bogʻlanishni hosil etishi esa deyarli uchramaydi.