YANGI O'ZBEKISTONDA SUDLAR FAOLIYATIGA DOIR ISLOHOTLAR, MAQSAD VA VAZIFALAR
Abstract
ushbu maqolada muallif tomonidan yangi Oʻzbekistnda sudlarning chinakam mustaqilligiga erishish, odil sudlovni ta'minlash borasida sud tizimida amalga oshirilayotgan institutsional va boshqa islohotlar, odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining tashkil etilishi, tergov sudyalari institutining joriy etilishi bilan bogʻliq masalalar xususida fikrlar yuritilgan.
Full text
602 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 YANGI O‘ZBEKISTONDA SUDLAR FAOLIYATIGA DOIR ISLOHOTLAR, MAQSAD VA VAZIFALAR Ergashev Aziz Adilovich Fargʻona yuridik texnikum direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.17477724 Annotatsiya. ushbu maqolada muallif tomonidan yangi Oʻzbekistnda sudlarning chinakam mustaqilligiga erishish, odil sudlovni taʼminlash borasida sud tizimida amalga oshirilayotgan institutsional va boshqa islohotlar, odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining tashkil etilishi, tergov sudyalari institutining joriy etilishi bilan bogʻliq masalalar xususida fikrlar yuritilgan. Kalit so‘zlar: sud hokimiyati, odil sudlov, “virtual sud”, Odil sudlov akademiyasi, Sud tizimi, Sudyalar oliy kengashi, tergov sudyasi, sudyalar hamjamiyati. РЕФОРМЫ, ЦЕЛИ И ЗАДАЧИ СУДОВ В НОВОМ УЗБЕКИСТАНЕ Аннотация: в данной статье автор рассматривает вопросы, связанные с достижением подлинной независимости судов в новом Узбекистане, институциональными и другими реформами, осуществляемыми в судебной системе для обеспечения справедливого судебного разбирательства, созданием Академии правосудия Республики Узбекистан для коренного совершенствования системы подготовки высококвалифицированных кадров в сфере правосудия и внедрением института следственных судей. Ключевые слова: судебная власть, правосудие, "виртуальный суд", Академия правосудия, Судебная система, Высший судейский совет, следственный судья, судейское сообщество. REFORMS, GOALS AND OBJECTIVES OF THE COURTS IN THE NEW UZBEKISTAN Abstract: In this article, the author examines issues related to achieving genuine judicial independence in the new Uzbekistan, institutional and other reforms implemented in the judicial system to ensure fair trials, the establishment of the Academy of Justice of the Republic of Uzbekistan to fundamentally improve the system of training highly qualified personnel in the field of justice, and the introduction of the institution of investigative judges. Key concepts: judicial authority, justice, "virtual court", Academy of Justice, Judicial System, Supreme Judicial Council, investigative judge, judicial community. Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining asosiy maqsadi mustaqil, kuchli sud hokimiyatini vujudga keltirishdan iboratdir. Sud hokimiyati nafaqat uch hokimiyatning biri, balki uning yuksak nufuzli huquqiy holati, jamiyat va davlat hayotida inson huquqlari, demokratiya va qonuniylik barqaror boʻlishining asosiy sharti boʻlib hisoblanadi. Sud hokimiyatining eng oliy vazifasi – fuqarolarning huquq va erkinliklarini, uning qonuniy manfaatlarini hamda mamlakat konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyati hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligini taʼminlash, qonunlarni va boshqa normativ hujjatlarni ijro qilish va qoʻllashda qonuniylik hamda adolatni taʼminlashdan iboratdir. Sud – odil sudlovning oliy nuqtasi va shuning uchun ham uning rolini oshirish huquqiy demokratik davlat barpo etish yoʻlidagi qonuniy jarayon hisoblanadi. Sud-huquq tizimini isloh
603 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 qilish boʻyicha amalga oshirilgan ijobiy ishlarni qayd etar ekanmiz, bu sohada hali yechimini kutib turgan muammolar borligini ham inkor eta olmaymiz. Bu muammolar, birinchi navbatda, sudlarning haqiqiy mustaqilligi va erkinligini taʼminlash, sud ishlarida adolatli qarorlar qabul qilishga qodir boʻlgan, yuksak malakali, xalol va pok vijdonli sud xodimlari korpusini shakllantirish, sudlarda ishlarni koʻrish sifatini yanada oshirish bilan bogʻliqdir. 1 Shu munosabat bilan keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator farmonlari qabul qilindi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21oktyabrdagi PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6127-sonli “Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 3 2023-yil 16-yanvardagi PF-12-sonli “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida”gi 4 , 2023-yil 16-yanvardagi PF-11-sonli “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 5 , 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-sonli “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni 6 larini sanab o‘tish o‘rinlidir. Mazkur yoʻnalishda Prezidentimiz tomonidan oxirgi qabul qilingan farmonda amalga oshirilayotgan sud tizimida malakali kadrlar tayyorlash takomillashtirganga qaratilgan muhim islohotlardan biri sifatida Sudyalar oliy maktabi faoliyatini tubdan isloh qilish, yaʼni Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasini tashkil etilganligini taʼkidlash joiz. Endi ushbu Akademiya Sudyalar oliy kengashi huzurida faoliyat yurituvchi, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi sifatida faoliyat yuritadi, kasbiy qayta tayyorlash kurslarida sud majlislarini real vaqt rejimida kuzatish va sudyaning protsessual harakatlarini tahlil qilish imkonini beruvchi “virtual sud” mashgʻulotlari joriy etiladi, shuningdek, sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha oʻquv darslari tashkil etiladi, kasbiy qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligi toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan shaxslar arizasiga asosan boʻsh sudyalik lavozimlariga oʻtkaziladigan tanlovlarda ishtirok etadilar. 1 S. Avazov. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining asosi. https://docs.yandex.ru/docs/view?tm=1761457677&tld=ru 2 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabr PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/3050491. 3 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6127-son “Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni. https://lex.uz/docs/5146554. 4 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 yanvardagi PF-12-son “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/6358913. 5 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvar PF-11-son “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/6358976. 6 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustda PF-141-son “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/7696594.
604 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Sud tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida joriy yil 1-yanvaridan amalda qoʻllanilishi boshlangan yangi institutsional oʻzgarish, yaʼni tergov sudyasi institutining joriy etilishi ham oʻziga xos ahamiyat kasb etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10iyun PF-89-sonli “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni 7 qabul qilindi hamda ushbu farmon bilan tergov sudyalari qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, qamoqda saqlash yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish, murdani eksgumatsiya qilish, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash, tintuv oʻtkazish, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish, mol-mulkni xatlash, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish, ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish, ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatga qadar uzaytirish hamda guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlash toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish va yuqoridagi protsessual cheklashlarga ruxsat berish kabi vakolatlarga ega boʻldi. Tergov sudyalarining vujudga kelishi haqidagi tarixiy maʼlumotlarni koʻrsak, bu institut Fransiyada 14-15 asrlarda paydo boʻlgani va Napoleon hukmronligidagi Fransiyaning 1808yildagi jinoyat protsessual kodeksida qonun bilan mustahkamlanganini koʻrish mumkin. 8 Tergov jarayonida barcha shaxslarning teng huquqliligi, surishtiruv yoki tergov organi va himoyachining vakolat va vazifalarini tenglashtirgan holda inson huquqlarini toʻliq taʼminlashga erishish mumkinligi ilgʻor gʻarb davlatlari misolida namoyon boʻlmoqda. Jumladan, xorijiy davlatlar amaliyotiga koʻra, jumladan, Fransiyada tergov ustidan nazorat tergov sudyasining vazifasi hisoblanadi. Xuddi shu amaliyotni Germaniya, Belgiya, Avstriya va boshqa ilgʻor gʻarb davlatlarida ham koʻrish mumkin. Sudyaning dastlabki tergovda toʻliq ishtirok etishi tergovga xalaqit berishi mumkin va xorij tajribasiga koʻra, faqat insonning konstitutsiyaviy huquqlarini cheklashda yoki ularni buzilgani haqida shikoyat boʻlganda tergov sudyasi oʻzining faoliyatini olib boradi. MDHdagi ayrim davlatlarda ham ushbu institut bir necha yildan buyon amalda. Misol tariqasida, Qozogʻiston Respublikasida ham tergov sudyalari 2015-yil buyon faoliyat yuritib kelmoqda hamda bugungi kunda bu amaliyot ancha ijobiy natija berganini taʼkidlash mumkin. Tergov sudyasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari sifatida quyidagilar belgilandi: Birinchidan, qonunchilikda belgilangan tartibda tergov sudyasiga yuklatilgan vazifalarni adolatli va xolisona bajarish; Ikkinchidan, qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini taʼminlash; Uchinchidan, fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini sud yoʻli bilan samarali himoya qilish. Sudlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan islohotlar doirasida Yurtboshimizning bir qator farmonlaridan tashqari yana bir muhim hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 7 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyun PF-89-sonli “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni https://lex.uz/docs/6964387. 8 Tergov sudyalari: “ikki qutb” oʻrtasidagi adolat tarozisi. https://sudyalaroliykengashi.uz/uz/news/854.
605 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi 9 ham mavjud boʻlib, mazkur hujjat bilan bu 2030-yilgacha boʻlgan davrda ushbu yoʻnalishda amalga oshirilishi kerak boʻlgan yana bir qator vazifalar belgilab berilgan. Strategiyaning Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni taʼminlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirishga qaratilgan vazifalar doirasida sud tizimini boshqarishga sudyalarning oʻzini oʻzi boshqarish tamoyilini toʻlaqonli joriy etish hamda sudyalar hamjamiyati organlari tizimini toʻliq shakllantirish masalasiga kelgusida yana ham kengroq yondoshish lozim degan fikrdamiz. Bundan tashqari olib borgan oʻrganishlarimiz barobarida biz ham quyidagi takliflarni aytib oʻtishni lozim topdik. Xususan, qonunchiligimizda sudyalarga qoʻyiladigan yosh talablariga oʻzgartish kiritish kerak degan fikrdamiz, yaʼni bunda fuqarolik ishlari boʻyicha tayinlanadigan sudlarga yosh talabi 40 yoshdan qilib belgilansa maqsadga muvofiq boʻlar edi. Chunki, ayniqsa, oila-nikoh, farzandlar bilan bogʻliq, mulkiy nizolar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib hal qilishda albatta, bilimdan tashqari katta hayotiy tajriba ham nizolarni toʻgʻri va adolatli hal qilishda muhim ahamiyatga ega boʻlib, kelgusida sudyalarning chiqarilgan qarorlaridan shikoyat qilish holatlarining kamayishiga olib keladi. REFERENCES 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y. 2. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonuni. https://lex.uz/docs/5534923. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabr PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/3050491. 4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6127-son “Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni. https://lex.uz/docs/5146554. 5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 yanvardagi PF-12-son “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/6358913. 6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvar PF-11-son “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/6358976. 7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustda PF-141-son “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/7696594. 8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyun PF-89-sonli “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish 9 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son ““Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida” farmoni. https://lex.uz/docs/6600413.
606 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni https://lex.uz/docs/6964387. 9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son ““Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida” farmoni. https://lex.uz/docs/6600413. 10. S. Avazov. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizda amalga 11. oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining asosi. https://docs.yandex.ru/docs/view?tm=1761457677&tld=ru 12. Tergov sudyalari: “ikki qutb” oʻrtasidagi adolat tarozisi. https://sudyalaroliykengashi.uz/uz/news/854.