scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ELEKTRON TAHEOMETRLARNING ISHLASH PRINSIPI VA ZAMONAVIY GEODEZIYADA QO'LLANILISHI

G'ofirov, Muzaffar Jumayevich; Xoliqov, Og'abek Eshdavlat o'g'li

Abstract

elektron taheometrlar geodeziya, qurilish va boshqa ilmiy sohalarda masofa va burchaklarni yuqori aniqlikda o‘lchash imkonini beradigan ilg‘or asboblar bo‘lib, bu zamonaviy texnologiyalar yordamida tez va samarali o‘lchovlarni amalga oshirishni ta’minlaydi. Bunda elektron taheometrlarning asosiy qurilmalari, ishlash prinsipi, masofa va burchak o‘lchash usullari, shuningdek, o‘lchovlarni qayd etish va tahlil qilish jarayoni batafsilroq bayon etiladi.

Full text

RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 9 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 31 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17478000 ELEKTRON TAHEOMETRLARNING ISHLASH PRINSIPI VA ZAMONAVIY GEODEZIYADA QO‘LLANILISHI G‘ofirov Muzaffar Jumayevich Qarshi davlat texnika universiteti dotsenti https://orcid.org/0009-0007-2426-3752 [email protected] Xoliqov Og‘abek Eshdavlat o‘g‘li Qarshi davlat texnika universiteti talabasi ogabekxoli[email protected] Annotatsiya: elektron taheometrlar geodeziya, qurilish va boshqa ilmiy sohalarda masofa va burchaklarni yuqori aniqlikda o‘lchash imkonini beradigan ilg‘or asboblar bo‘lib, bu zamonaviy texnologiyalar yordamida tez va samarali o‘lchovlarni amalga oshirishni ta’minlaydi. Bunda elektron taheometrlarning asosiy qurilmalari, ishlash prinsipi, masofa va burchak o‘lchash usullari, shuningdek, o‘lchovlarni qayd etish va tahlil qilish jarayoni batafsilroq bayon etiladi. Kalit so‘zlar: elektron tahometr, total stantsiya, geodeziya, o‘lchov uskunalari, avtomatik tahometr, GPS integratsiyasi, qurilish geodeziyasi, aniqlik, amaliy qo‘llanilish, raqamli texnologiyalar, 3D skanerlash, kalibrlash, inson omili, samaradorlik. Аннотация: электронные тахеометры это современные приборы, используемые в геодезии, строительстве и других научных областях, которые позволяют с высокой точностью измерять расстояния и углы. Благодаря современным технологиям обеспечивается быстрое и эффективное проведение измерений. В тексте подробно рассматриваются основные компоненты электронных тахеометров, принцип их работы, методы измерения расстояний и углов, а также процесс записи и анализа измерений. Ключевые слова: электронный тахеометр, тотальная станция, геодезия, измерительное оборудование, автоматический тахеометр, интеграция GPS, электронное измерение расстояний, автоматическое распознавание цели, строительная геодезия, точность, практическое применение, цифровые технологии, 3D сканирование, калибровка, человеческий фактор, эффективность. RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 9 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 32 Abstract: electronic tachometers are advanced instruments used in geodesy, construction, and other scientific fields that allow highly accurate measurement of distances and angles. These modern technologies enable fast and efficient surveying processes. This includes a detailed explanation of the main components of electronic tachometers, their operating principles, methods for measuring distances and angles, as well as the procedures for recording and analyzing the measurements. Keywords: electronic tachometer, total station, geodesy, measurement instruments, automatic tachometer, GPS integration, electronic distance measurement, automatic target recognition, construction geodesy, accuracy, practical application, digital technologies, 3D scanning, calibration, human factor, efficiency. KIRISH: Zamonaviy geodeziya va qurilish sohalarida aniqlik va samaradorlikni ta’minlash uchun ilg‘or texnologiyalardan biri bu elektron taheometr bo‘lib kelmoqda. Taxometriya - grekcha so‘z bo‘lib, tez o‘lchash degan ma’noni anglatadi. Elektron taheometr masofa o‘lchash, gorizontal va vertikal burchaklarni aniqlash va hatto xatoliklarni avtomatik ravishda tuzatish kabi vazifalarni bajaradi. Elektron tahometrning tuzilishi va ishlash prinsipi har bir o‘lchovning aniqligini va samaradorligini ta’minlashga qaratilgan. Elektron taheometr – geodeziya, kadastr, topografiya va qurilishda keng qo‘llaniladi. Ushbu asbob lazerli, optik va raqamli texnologiyalarni birlashtirib, tez va ishonchli o‘lchovlar olish imkonini beradi. Elektron taheometrlar yordamida olingan ma’lumotlar avtomatik ravishda qayd etilib, tahlil qilinadi, bu esa ish jarayonni ancha soddalashtiradi. Elektron taheometrlarning tuzilishi, ishlash prinsipi, amaliy qo‘llanilishini dala maydonlarida qurilishlarda amaliyotda bajarib chuqurroq o‘zlashtirsak bo‘ladi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI. Elektron tahometr mavzusini ilmiy jihatdan chuqur o‘rganishimiz uchun avvalo ushbu sohada mavjud ilmiy va texnik adabiyotlarni tahlil qilish zarur. Tahlil jarayonida geodeziya, muhandislik geodeziyasi, zamonaviy o‘lchov texnologiyalari, elektron asboblar va ulardan amalda foydalanish bo‘yicha ko‘plab malumotlar topishimiz kerak bo‘ladi. Elektron tahometr yordamida masofa, burchak va balandliklarni yuqori aniqlikda o‘lchash, hamda bu jarayonni avtomatlashtirish orqali inson xatosini kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy manbalarda bu qurilmaning tuzilishi, ishlash prinsipi, GPS bilan integratsiyasi va raqamli xaritalashdagi o‘rni keng yoritilgan. Shu bilan birga, geodeziyaga tegishli ba’zi adabiyotlarda uskunaning texnik imkoniyatlari to‘liq yoritilgan. NATIJALAR. Elektron tahometrlar — bu zamonaviy geodeziya va qurilish ishlarining ajralmas qismi bo‘lib, ularning texnik imkoniyatlari va avtomatlashtirilgan tizimlari ilmiy-tadqiqotlar, amaliy o‘lchovlar va o‘quv jarayonlarida keng imkoniyatlar RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 9 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 33 yaratadi. Shu sababli, ularni to‘g‘ri tanlash, sozlash va samarali ishlatish bo‘yicha qo‘shimcha metodikalar ishlab chiqish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Ushbu maqolamizda elektron tahometr asbobining tuzilishi, ishlash prinsipi va amaliy qo‘llanilishini ko‘rishimiz mumkin. Elektron tahometrning asosiy qismlari — elektron teodolit, masofa o‘lchagich (EDM), mikrokontroller (protsessor), displey, dasturiy ta’minot va xotira bloklaridan iborat bo‘lib, ularning har biri o‘z funksiyasi orqali yuqori aniqlikdagi o‘lchovlarni amalga oshiradi. Qurilma nurlanish (infraqizil yoki lazer) orqali nishongacha bo‘lgan masofani, shuningdek, gorizontal va vertikal burchaklarni aniqlaydi. O‘lchanganda chiqqan natijalar raqamli ko‘rinishda ekranga chiqariladi. Elektron tahometrlarning GPS, GNSS va boshqa raqamli xaritalash texnologiyalari bilan uyg‘un ishlashi ularning qo‘llanish doirasini kengaytiradi. Ayniqsa, qurilish, muhandislik geodeziyasi, yo‘lsozlik va yer kadastri sohalarida bu qurilmalarning samaradorligi juda yuqori baholandi. Bu ko‘rinishdagi asboblaridan foydalanish qurilish maydonlarida rejalashtirish, nazorat va ijro hujjatlarini tayyorlashda vaqtni tejash, aniqlikni oshirish va mehnat unumdorligini ko‘paytirishga xizmat qiladi. Elektron tahometrlarning o‘quv laboratoriyalarida qo‘llanishi orqali talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va zamonaviy geodeziya asboblaridan foydalanish bo‘yicha bilimlar berish orqali ularning yetuk kadr bo‘lib chiqishiga o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz. MUHOKAMA. Elektron tahometr texnologiyasi geodeziya va muhandislik sohalarida katta evolyutsiyani bosib o‘tdi. Uning dastlabki modellari mexanik va yarim avtomatik funksiyalar bilan ishlagan bo‘lsa, hozirgi zamonaviy versiyalari to‘liq raqamlashtirilgan, ko‘p funksiyali va yuqori aniqlikka ega kompleks geodezik asboblarga aylangan. Elektron tahometrlarning yangi versiyalari geodeziya va qurilish sohalarida samaradorlikni keskin oshirdi. Ular aniq, tez, avtomatik va ko‘p funksiyali bo‘lishi bilan ajralib turadi. Eski modellarga nisbatan yangi qurilmalar mehnat unumdorligini oshirish, vaqtni tejash va o‘lchashda bo‘lgan xatolarni kamaytirish bo‘yicha katta ustunlikka ega. Biroq, ba’zi holatlarda eski modellarning oddiyligi va foydalanishdagi qulayligi sababli hozgacha foydalanilib kelinmoqda. Elektron tahometrni eski va yangi versiyalar orasidagi asosiy farqlarni. 1. Tuzilishi va dizayn jihatidan farqlari. Dastlabki elektron tahometrlar ancha og‘ir, kattaroq korpusga ega bo‘lib, qo‘lda sozlashga va mutahasisning doimiy ishtirokiga muhtoj edi. Ko‘plab funktsiyalar alohida qurilmalar orqali bajarilardi (masalan, alohida burchak o‘lchagich, alohida masofa o‘lchagich). Yangilangan modellarda “hammasi birda” printsipi asosida ishlab chiqilgan. Qurilma ixcham, yengil, qulay dizaynga ega va ko‘plab funksiyalar (GPS, avtomatik nishonlash, kameralar, Bluetooth, Wi-Fi) bitta qurilmaga jamlangan. RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 9 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 34 2. Funktsional imkoniyatlari. Eski tahometrlar. Asosiy funksiyalari — burchak va masofani o‘lchash bilan chegaralangan. Ko‘p hollarda natijalarni qayd qilish uchun alohida daftarga yozib borish yoki tashqi qurilma (masalan, data logger) dan foydalanish talab etilgan. Yangi tahometrlar. Zamonaviy versiyalar avtomatik nishon aniqlash (ATR), 3D skanerlash, real vaqtli ma’lumot uzatish va bulutli saqlash funksiyalariga ega. O‘lchov natijalari ichki xotirada saqlanadi va kompyuterga bevosita uzatiladi. 3. Aniqlik va ishonchlilik. Eski qurilmalarda aniqlik nisbatan past (±5" yoki 2-3 mm + masofa xatosi). Operatorning tajribasi va mexanik sozlashlarga bog‘liq holda natijalar o‘zgarishi mumkin edi. Yangi qurilmalar aniqlik sezilarli darajada oshgan (±1" yoki hatto ±0.5", 1 mm + 1.5 mmgacha). 4. Boshqaruv va dasturiy ta’minoti. Eski modellarda foydalanuvchi interfeysi oddiy tugmalar va matnli ekran bilan cheklangan edi. O‘lchovlarni qayta ishlash uchun ko‘p vaqt talab qilinar edi. Yangi modellarda sensorli rangli ekranlar, foydalanuvchi uchun qulay menyular, avtomatik hisoblash algoritmlari mavjud. Ko‘plab yangi modellarda mobil ilovalar va kompyuter dasturlari bilan integratsiya qilish imkoniyati bor. 5. Qo‘llanilish sohalari. Eski tahometrlar asosan qurilish maydonlarida, yer ishlari va oddiy topografik xaritalashda foydalanilgan. Yangi tahometrlar qurilish, muhandislik geodeziyasi, yo‘lsozlik, 3D modellashtirish, arxeologiya, arxitektura va hatto dronlar bilan bog‘liq ishlar uchun ham foydalaniladi. 6. Xarajat va texnik xizmat. Eski versiyalar dastlab arzonroq bo‘lgan, lekin ishlashda ko‘p texnik xizmat ko‘rsatishni talab qilgan. Kalibrlash va sozlash tez-tez amalga oshirilgan. Yangi versiyalar yuqori narxga ega bo‘lsa-da, uzoq muddat xizmat qilishi, kam texnik xizmat talab qilishi va ko‘p funksiyali bo‘lishi tufayli iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydi. Shunday sababdan qurilmani tanlashda loyiha hajmi, zarur aniqlik darajasi va byudjet imkoniyatlari asosiy mezon bo‘lib qolmoqda. XULOSA. Ushbu maqola davomida elektron tahometr asbobining tuzilishi, ishlash prinsipi, rivojlanish bosqichlari va amaliy qo‘llanilishi keng yoritildi. Adabiyotlar tahlili asosida aniqlanishicha, elektron tahometrlar — zamonaviy geodeziya va muhandislik sohalarining ajralmas asbobiga aylangan. Ular yuqori aniqlikdagi o‘lchovlarni amalga oshirish, inson omilini kamaytirish va ish unumdorligini oshirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Asbobning eski va yangi versiyalari o‘rtasida olib borilgan muhokama shuni ko‘rsatadiki, yangi avlod elektron tahometrlari nafaqat texnik, balki funksional jihatdan ham ancha ilg‘or. Ular avtomatik nishonlash, GPS bilan integratsiya, raqamli ma’lumotlar almashinuvi kabi imkoniyatlarga ega bo‘lib, zamonaviy qurilish va xaritalash ishlarida katta ustunlik RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 9 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 35 beradi. Biroq, ba’zi hollarda oddiylik va narx jihatidan eski modellarning ham amaliy qiymati saqlanib qolmoqda. Elektron tahometrlarning qo‘llanilishi — bu nafaqat texnologik yutuq, balki zamonaviy muhandislik ishlarining sifati va aniqligini belgilovchi asosiy omillardandir. Shuning uchun ham bu asboblarning texnik imkoniyatlarini chuqur o‘rganish, amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash va yangi avlod qurilmalarni joriy etish — dolzarb va istiqbolli yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. G‘.N.Aliqulov, M.J.G‘ofirov, B.N.Jumanov. “Geodeziya” o‘quv qo‘llanma. Qarshi: “Intellekt” nashriyoti. 2021 y 2. M.J.G‘ofirov. “Geodeziya” darslik. Qarshi: “Intellekt” nashriyoti. 2023 y 3. G‘ofirov, M. J. (2025). GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR TA’LIM YO ‘NALISHI TALABALARNING KASBIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHNING BAHOLASH MEZONLARI. RESEARCH AND EDUCATION, 4(3), 53-56. 4. G‘ofirov, M. J. (2025). ZOVURLARNI TA’MIRLASH VA BARPO ETISHDA QO ‘LLANILADIGAN GEODEZIK ASBOBLAR. RESEARCH AND EDUCATION, 4(3), 48-52. 5. Jumayevich, G. O. M., & Qizi, U. M. Y. (2024). YER RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH JARAYONIDA VUJUDGA KELGAN MUAMMOLAR. Science and innovation, 3(Special Issue 18), 624-627. 6. Jumayevich, G. O. M., & Shamsiddin o‘g‘li, B. S. (2022). MUHANDISLIK YO ‘NALISHI TALABALARINING UMUMKASBIY TAYYORGARLIGIGA QO ‘YILADIGAN TALABLAR. RESEARCH AND EDUCATION, 78. 7. Гофиров, М. Ж. (2022). ПРОБЛЕМЫ РЕГУЛИРОВАНИЯ ЗЕМЕЛЬНЫХ РЕФОРМ И ЗЕМЕЛЬНЫХ ОТНОШЕНИЙ В УСЛОВИЯХ РЫНОЧНОЙ ЭКОНОМИКИ. Вестник науки, 3(10 (55)), 100-104. 8. G‘ofirov, M. J., & Mirzayev, J. O. (2022). XATOLAR NAZARIYASI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 1175-1177. 9. G‘ofirov, M. J., Mirzayev, J. O., & Qurbonmurodov, A. A. (2022). YER TUZISH VA KADASTR ISHLARI UCHUN GEODEZIK O ‘LCHOVLARNI MATEMATIK QAYTA ISHLASH NAZARIYASI VA AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 1178-1181. RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 9 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 36 10. Jumaevich, G. M. (2021). Integrated learning concept. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 11881191. 11. Khimmataliev, D. O., Khakimov, J. O., Sharipova, S. S., Turaev, M. F., Gofirov, M. J., & Murodova, Z. Q. (2021). Formation of didactic competence of students as a pedagogical problem. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(4), 7552-7567. 12. G‘ofirov, M. J., & Bolibekov, S. S. o ‘g ‘li.(2022). Muhandislik yo ‘nalishi talabalarining umumkasbiy tayyorgarligiga qo ‘yiladigan talablar. International conferences, 1 (8), 78–82. 13. G‘ofirov, M. J. Shukurova SA qizi.(2022). In Kompetentli yondashuv asosida bо ‘lajak muhandislarning umumkasbiy tayyorgarligini rivojlantirish. International conferences (Vol. 1, No. 8, pp. 12-16).