scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PSIXODRAMMA YA.MORENO YAKKA RIVOJLANISH VA SOTSIALLIK ROLLARNI ANGLASH USULLARI

Turemuratova Aziza Begibaevna; Dauilbaeva Mirzagúl

Abstract

Ushbu tadqiqotda Psixodramma Ya. Moreno insonning yakka rivojlanishining psixologik bosqichlari va insonlarning sotsiallik rollarni anglash usullari haqidagi ma’lumotlar keltirib o’tiladi. Bugungi kunda inson shaxsining ijtimoiylashuvi, yakka rivojlanishi, o‘zini anglash jarayonida psixologik rolining o‘rni, kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish psixologiya, pedagogika va ijtimoiy fanlarda asosiy tadqiqotlardan biri bo’lib hisoblanadi. Inson hayoti davomida turli ijtimoiy rollarda bo’lishi bu tabiiy jarayon hisoblanadi. Har bir rol insonning yakka rivojlanish jarayonida ichki holati anglashga, sotsial mavqeini rivojlantirishga va jamiyatdagi faoliyati to’g’ri shakllantirishga qaratilgan asosiy jarayonlarni belgilaydi. Ya. L. Shuningdek, maqolamizda Moreno psixodramma nazariyasining asosiy mohiyatini ochish bo’yicha nazariy tadqiqotlar, insonni yakka rivojlanish va ijtimoiy rollarni anglash jarayonida psixologik tadqiqotlar sifatida tahlil qilish nazariyasi ko’rib chiqiladi.

Full text

Oktabr, 2025-Yil 334 PSIXODRAMMA YA.MORENO YAKKA RIVOJLANISH VA SOTSIALLIK ROLLARNI ANGLASH USULLARI Turemuratova Aziza Begibaevna Qoraqalpoq davlat universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi assistenti. [email protected] Dauilbaeva Mirzagúl Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17478502 Annotatsiya. Ushbu tadqiqotda Psixodramma Ya. Moreno insonning yakka rivojlanishining psixologik bosqichlari va insonlarning sotsiallik rollarni anglash usullari haqidagi ma’lumotlar keltirib o’tiladi. Bugungi kunda inson shaxsining ijtimoiylashuvi, yakka rivojlanishi, o‘zini anglash jarayonida psixologik rolining o‘rni, kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish psixologiya, pedagogika va ijtimoiy fanlarda asosiy tadqiqotlardan biri bo’lib hisoblanadi. Inson hayoti davomida turli ijtimoiy rollarda bo’lishi bu tabiiy jarayon hisoblanadi. Har bir rol insonning yakka rivojlanish jarayonida ichki holati anglashga, sotsial mavqeini rivojlantirishga va jamiyatdagi faoliyati to’g’ri shakllantirishga qaratilgan asosiy jarayonlarni belgilaydi. Ya. L. Shuningdek, maqolamizda Moreno psixodramma nazariyasining asosiy mohiyatini ochish bo’yicha nazariy tadqiqotlar, insonni yakka rivojlanish va ijtimoiy rollarni anglash jarayonida psixologik tadqiqotlar sifatida tahlil qilish nazariyasi ko’rib chiqiladi. Kalit so’zlar: Psixodramma, Ya.Moreno nazariyasi, psixologik tadqiqotlar, sotsiallik rollar, yakka rivojlanish, psixologik treninglar, psixologik holatlar. PSYCHODRAMA YA.MORENO METHODS OF INDIVIDUAL DEVELOPMENT AND UNDERSTANDING OF SOCIAL ROLES Abstract. This study presents information about the psychological stages of human individual development and the ways in which people understand social roles. Today, the socialization of the human personality, individual development, the role of the psychological role in the process of self-awareness, the development of communicative competencies are one of the main research areas in psychology, pedagogy and social sciences. Being in different social roles throughout a person’s life is a natural process. Each role determines the main processes aimed at understanding the internal state of a person in the process of individual development, developing his social position and correctly shaping his activities in society. Ya. L. Also, our article considers theoretical studies to reveal the main essence of Moreno’s psychodrama theory, the theory of analyzing a person as a psychological study in the process of individual development and understanding social roles. Keywords: Psychodrama, Ya.Moreno's theory, psychological research, social roles, individual development, psychological training, psychological states. Kirish Psixologiyaning rivojlanish tarixiga e’tibor berganimizda, XX asr boshlarida psixodrammaga asoslangan metodlarda inson psixologiyasida shaxsni chuqurroq anglash, insonning yakka tartibda rivojlanishi uning ichki kechinmalarini o’rganish, sotsial-ijtimoiy rollarini ahamiyati va o‘zaro psixologik munosabatlarini sahna orqali namoyon etish g‘oyasi Oktabr, 2025-Yil 335 Yakob Levi Moreno tomonidan nazariy tadqiqotlar amalga oshirilgan. U tomonidan ishlab chiqilgan psixodramma nazariyasi shaxs psixologiyasini nafaqat so‘z orqali, balki harakat, psixologik rivojlanishi obrazi va ijtimoiy sahna orqali tahlil qilish imkonini bergan yangi yo‘nalish sifatida namoyon bo‘lgan. Psixologiya yo’nalishida psixodramma tushunchasi bu nafaqat terapevtik metod, balki shaxsning ijtimoiy tabiatini anglashiga yordam beruvchi asosiy psixologik yo’nalishlardan biri bo’lib, inson rolining yakka tartibda shakllanishini va o‘zini anglash jarayonini o‘rganishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tizim bo’lib hisoblanadi. Moreno fikricha, inson ijtimoiy mavjudot bo‘lib, uning ichki dunyosini to‘liq tushunish uchun faqat nutq yoki yozma ifoda emas, balki harakat, sotsiallik rollar orqali tajribani qayta boshdan kechirish zarur bo’lgan hodisalarni o’z ichiga oladi. Ushbu maqolada psixodramma nazariyasining amaliy va nazariy asoslaridan kelib chiqqan holda, shaxs yakka rivojlanishidagi o‘rni, sotsiallik rollarni anglashning sotsial mexanizmlari hamda yakka rivojlanishdagi psixologik yo’nalishlarga asoslangan muhim ahamiyatga ega bo’lgan jihatlari tahlil qilinadi. Maqolaning asosiy maqsadlaridan biri bu — Ya. Moreno psixodrammasini shaxsning ijtimoiy-ma’naviy rivojlanishi va psixologik individual tarzda rivojlanishida sotsial rollarni anglash usuli sifatida ilmiy asoslashga oid bo’lgan tadqiqotlarni o’rganish va uning zamonaviy psixologiyadagi ahamiyatini ochib berishdan iborat bo’ladi. Psixodramma nazariyasining nazariy asoslarini tahlil qilish orqali shaxs psixologiyasi yakka rivojlanishi, ijtimoiy-ma’naviy xususiyatlarini psixologik tahlil qilish orqali, sotsiometriyaga asoslangan, ijtimoiy rollar nazariyasi o’rganish orqali, inson o‘zini anglash va kommunikativ rivojlanish masalalarini chuqurroq tushunishga imkon yaratishdir. Ushbu psixologik yondashuv shaxsning individual va ijtimoiy-ma’naviy jihatdan uyg‘un rivojlanishining ichki mexanizmlarini ochib beradi degan fikrdamiz. Psixodramma metodlari ta’lim muassasalarida, psixologik maslahat markazlarida, ijtimoiy-ma’naviy ish tizimida, oilaviy va shaxslararo nizolarni hal etishda qo‘llanilishi mumkin. U orqali inson o‘z his-tuyg‘ularini ifoda etish va dunyoqarashini shakllantirishi, boshqalar bilan empatik aloqa o‘rnatishi va o‘z hayotiy tajribasini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ya. Moreno psixodrammani insonni o‘zligini topishga imkon beruvchi asosiy yo’l deb hisoblagan. Inson o’z rivojlanishida ijtimoiy faoliyatini tiklashga, ijodiy energiyasini safarbar etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy-psixologik tizim sifatida talqin qilgan nazariyalar asosida tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqqan holda psixodramma nazariyasini yaratgan. Moreno ishlab chiqqan psixodramma nazariyasi bu inson rollarni nafaqat nazariy, balki amaliy yo‘l bilan tahlil qilish orqali rivojlanishi, ularni qayta o‘ylashga va tahlil qilishiga yordam berishi, ichki konfliktlarni sahna orqali ochib berish imkonini beradi. Shuning uchun psixodramma yakka rivojlanishning psixologik dinamikasini tahlil qilishda samarali psixologik metodlardan biri sifatida qaraladi. “Insonni o‘zgartirish uchun uni o‘zining yaratuvchi sahnasiga qaytarish kerak.” Bu fikr psixodramma mohiyatini to‘liq ifodalab beradi. Moreno uchun insonning yakka tartibda rivojlanishi passiv tahlil ob’ekti hisoblanmaydi, balki o‘z hayotining faol yaratuvchisi sifatida tan olinadi. Shu sababli psixodramma insonni o‘z rolini faol anglashga yordam beradigan asosiy psixologik yo’nalish bo’lib, inson o‘z hayotini qayta sahnalashtirishga undaydigan va sotsial rollarni tanlashda yordam beradigan. sixodramma o‘zining katarsis ta’siri orqali inson ruhiyatini sog‘lomlashtiradigan asosiy yo’nalish hisoblanadi. Inson o‘z his-tuyg‘ularini tan olish va ifoda etishi orqali rivojlanishi mumkin. Oktabr, 2025-Yil 336 Nazariy jihatdan olib qaralganda inson boshqalar hislarini tushunishga va o‘zini boshqalarning nigohidan ko‘rish (rol almashish orqali) harakat qiladi. Bu psixologik jarayonlar esa insonning psixologik muammolarni konstruktiv hal etishga imkon yaratadi. Inson hayotda sotsial obrazlar orqali hayotga bo’lgan ijtimoiy moslashuv darajasini oshirishi mumkin. Inson hayotidagi eng muhim psixologik tushunchalardan biri bu — obraz tushunchasidir. Ya. L. Moreno psixodramma nazariyasidan tahliliy natijalarga asoslangan holda sotsial rolni markaziy kategoriya sifatida talqin etgan. Unga ko‘ra, insonning butun ruhiy holat, ijtimoiy faoliyatidan kelib chiiqan holda va o‘zini anglash jarayoni aynan rollar tizimi orqali namoyon bo‘lishini ta’kidlagan. Moreno fikricha, inson tug‘ilganidan boshlab jamiyatda mavjud rollarni o‘zlashtirib boradi, ularning ayrimlarini o‘zlashtiradi, ayrimlaridan voz kechadi, ba’zilarini esa ijodiy tarzda qayta yaratadi. Shu sababli “rol” inson shaxsining ijtimoiy mazmunini ochib beruvchi asosiy birlik hisoblanadi. Sotsiallik obraz — bu insonning jamiyatda faol ishtirok etish qobiliyatini belgilab beradi. Har bir yangi rol — bu inson uchun yangi ijtimoiy tajribalarga erishish, yangi o‘sish bosqichini anglatadi. Shu tariqa, rollar orqali shaxsning ijtimoiy-ma’naviy yetukligi shakllanadi. Psixodrammada ishtirok etgan shaxs odatda quyidagi o‘zgarishlarni boshdan kechiradi: Inson o‘z his-tuyg‘ularini anglash va ifoda etish qobiliyati oshadi; Insonlarning o‘ziga nisbatan hurmati va ishonchi kuchayadi; Sotsial ijtimoiy rollarini aniqroq tushunadi va boshqalar bilan muloqotdagi to‘siqlar kamaytiradi. Bu inson uchun hayotiy qarorlar qabul qilishida yordam beradi. Natijada, insonning yakka rivojlanishi ijtimoiy uyg‘unlik bilan birlashadi. Xulosa Inson o‘zini jamiyatning faolligini oshirishi, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishi va mas’uliyatli a’zosi bo’lishi sifatida anglay boshlaydi. Bugungi kunda psixodramma faqat terapevtik vositagina emas, balki ta’lim, rahbarlik, ijtimoiy ish, oilaviy psixologiya kabi sohalarda keng qo‘llanilmoqda. U yoshlarning kommunikativ qobiliyatlarini oshirishga, o‘zini boshqarishni o’rganishga, stressni yengish usullariga, empatiya va jamoada ishlash ko‘nikmalarini oshirishga imkon beradi. Shuningdek, psixodramma nazariyasida: Insonning yakka rivojlanishini nazorat qiluvchi psixologik treninglarimi amalga oshirish orqali hayotga bo’lgan tajribasini oshirish mumkin bo’ladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Turemuratova, Aziza, Shaxnoza Aralbaeva, and Asilxan Amangeldieva. "PSIXOLOGIK TRENINGLARNING USLUBIY MUAMMOLARI VA TRENING BOSQICHLARI." Modern Science and Research 4.4 (2025): 212-216. 2. Turemuratova, Aziza, et al. "PSIXODRAMA TUSHUNCHASI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR." Modern Science and Research 4.4 (2025): 1186-1192. 3. Turemuratova, Aziza, Miyrigu'L. Asamatdinova, and Ardak Mnajatdinova. "TRAINING PSYCHOLOGIST-TRAINERS TO IMPROVE THEIR SKILLS AND ORGANIZE PSYCHOLOGICAL TRAININGS." Modern Science and Research 4.4 (2025): 273-278. 4. Turemuratova, Aziza, Gulmiyra Xalmuratova, and Dilafruz Baymuratova. "PSIXOTERAPEVTIK TOPARLARDA ISLEW HÁM PSIXOTERAPIYA HAQQINDA MAǴLIWMATLAR." Modern Science and Research 4.4 (2025): 208-213. Oktabr, 2025-Yil 337 5. Turemuratova, A. B. "TA’LIMDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA O’QUVCHIYOSHLARNING KOLLOBORATIV KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI." Inter education & global study 3.4 (2025): 242-250. 6. Turemuratova, Aziza, Rita Kurbanova, and Barno Saidboyeva. "EDUCATIONAL TRADITIONS IN SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN FOLK PEDAGOGY." Modern Science and Research 2.10 (2023): 318-322. 7. Jarilkapovich, Matjanov Aman. "The Role of Modern Education and The Teacher's Pedagogical Skills in The Application of Pedagogical Teaching Methods." International Journal of Pedagogics 5.04 (2025): 266-268. 8. Kurbanova, R. J., and B. E. Saidboeva. "MAKTAB VA OILADA ESTETIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH JARAYONIDA O'QUVCHILARNING AKSIOLOGIK DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH." Inter education & global study 9 (2024): 114-121. 9. Jarasovna, Kurbanova Rita. "The Role of National Values in Shaping the Aesthetic Worldview of Schoolchildren." International Journal of Pedagogics 5.03 (2025): 55-58. 10. Jansulu, Tursinbaeva, and Mambetiyarova Venera. "SOTSIAL PSIXOLOGIYADA SHAXS MUAMMOSI." (2024). 11. Tursinbaeva, Jansulu, Arman Sipatdinov, and Venera Mambetiyarova. "TATBIQIY IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA UNING AMALIY QO’LLANILISHI." Modern Science and Research 3.12 (2024): 605-608. 12. Turumbetova, Zamira, and Dinara Abdiraxmanova. "INFLUENCE OF THE SOCIAL ENVIRONMENT ON THE BEHAVIOR OF PRESCHOOL CHILDREN." Modern Science and Research 3.5 (2024): 1196-1199.