scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

GENDER STEREOTIPLARINING SHAXSLARARO BOG'LIQ TA'SIRI VA ULARNI PSIXOLOGIK TRENING ORQALI KORREKSIYALASH YO'LLARI

Turemuratova Aziza Begibaevna; Joldasbaeva Baxtigúl; Kosheterova Gúljamal

Abstract

Ushbu tadqiqotda gender stereotiplarining shaxslararo munosabatlari va psixologik treninglar orqali gender stereotiplarini korreksiyalash usullari haqida ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Bu ma’lumotlarga asoslangan holda insonning o’zini anglashga, ijtimoiy-ma’naviy holatlarini baholashga yordam beruvchi psixologik treninglarni tashkil qilish jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshirish orqali kelib chiqqan har turli psixologik muammoli holatlar bartaraf etish mumkin bo’ladi.

Full text

Oktabr, 2025-Yil 345 GENDER STEREOTIPLARINING SHAXSLARARO BOG’LIQ TA’SIRI VA ULARNI PSIXOLOGIK TRENING ORQALI KORREKSIYALASH YO’LLARI Turemuratova Aziza Begibaevna Qoraqalpoq davlat universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi assistenti. [email protected] Joldasbaeva Baxtigúl Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi. Kosheterova Gúljamal Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17478641 Annotatsiya. Ushbu tadqiqotda gender stereotiplarining shaxslararo munosabatlari va psixologik treninglar orqali gender stereotiplarini korreksiyalash usullari haqida ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Bu ma’lumotlarga asoslangan holda insonning o’zini anglashga, ijtimoiyma’naviy holatlarini baholashga yordam beruvchi psixologik treninglarni tashkil qilish jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshirish orqali kelib chiqqan har turli psixologik muammoli holatlar bartaraf etish mumkin bo’ladi. Kalit so’zlar: Gender stereotiplari, psixologik tadqiqotlar, psixologik treninglar, ijtimoiyma’naviy munosabatlar, dunyoqarashni shakllantirish, kognitiv holatlar, psixologik nazariyalar. THE INTERPERSONAL IMPACT OF GENDER STEREOTYPES AND WAYS TO CORRECT THEM THROUGH PSYCHOLOGICAL TRAINING Abstract. This study presents information on the interpersonal relationships of gender stereotypes and methods of correcting gender stereotypes through psychological training. Based on this information, it is possible to eliminate various psychological problematic situations by gradually implementing the processes of organizing psychological trainings that help a person understand himself and assess his socio-spiritual state. Keywords: Gender stereotypes, psychological research, psychological training, sociospiritual relationships, worldview formation, cognitive states, psychological theories. МЕЖЛИЧНОСТНОЕ ВЛИЯНИЕ ГЕНДЕРНЫХ СТЕРЕОТИПОВ И СПОСОБЫ ИХ КОРРЕКЦИИ С ПОМОЩЬЮ ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО ТРЕНИНГА Аннотация. В настоящем исследовании представлены сведения о межличностных взаимоотношениях гендерных стереотипов и методах коррекции гендерных стереотипов посредством психологических тренингов. На основе этих сведений возможно устранение различных психологических проблемных ситуаций путём поэтапного внедрения процессов организации психологических тренингов, помогающих человеку понять себя и оценить своё социально-духовное состояние. Ключевые слова: Гендерные стереотипы, психологические исследования, психологический тренинг, социально-духовные отношения, формирование мировоззрения, когнитивные состояния, психологические теории. Kirish Hozirgi davrga kelib zamonaviy jamiyatda yashab istiqomat qilar ekanmiz, shaxslararo gender stereotiplari masalalari insonning ijtimoiy hayotida, yakka tartibda psixologik Oktabr, 2025-Yil 346 rivojlanishida va dunyoqarashining shakllanishida hamda ma’naviy-ma’daniy qadriyatlarga bog’liq bo’lgan tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Psixologiya yo’nalishida gender stereotiplari tushunchasi insonning tafakkuriga va fikrlash darajasiga, ijtimoiy-ma’naviy munosabatlarga, kasbiy mahorat orqali yo‘nalish tanlashga, oilaviy rollarni bajarishga va hatto shaxsning o‘zini baholashiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan, psixologik treninglar orqali gender stereotiplarini anglash va holatlarini kuzatib boruvchi tadqiqotlarga asoslangan holda, ulardan xalos bo‘lish, hamda tenglikni qaror toptirish masalasi psixologiya fanida dolzarb yo‘nalishlardan biri bo‘lib hisoblanmoqda. Gender stereotiplari asosan jamiyatda uzoq yillar davomida shakllanib kelgan bo’lib, u keng ma’noda “erkak” va “ayol” rollarining qat’iy chegaralarini belgilab berishda xizmat qiladi. Bu stereotiplar orqali erkaklarga kuch, qat’iyat, rahbarlik, mustaqillik kabi xususiyatlar, ayollarga esa mehribonlik, itoatkorlik, passivlik va oilaviy mas’uliyat yuklatiladi. Bunday psixologik yondashuvga asoslangan holda shaxsning ichki imkoniyatlarini cheklab qo’yish kabi holatlar kuzatilsa, o‘zini namoyon qilish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Gender stereotiplari oilaviy, professional va boshqa sohalarda muayyan ijtimoiy rollarni mustahkamlash bilan bog‘liq holda namoyon bo’ladi. Ayollarga odatda, asosiy vazifa sifatida oilaviy rollar – ona, uy bekasi, turmush o‘rtog‘i kabi, erkaklarga esa – professional rollar belgilanadi. Zamonaviy jamiyatda aksariyat hollarda erkaklarga o‘z kasbida erishgan yutuqlariga qarab, ayollarga esa – oilasi va bolalari mavjudligiga qarab baho berishadi. Psixologik treninglar esa insonning ijtimoiy-psixologik moslashuvini aniqlashga imkoniyatlar yaratib bera oladi, kommunikativ ko‘nikmalarini oshirishda va o‘zini anglash jarayonini faollashtirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, gender stereotiplarini yo‘qotish yoki qayta baholashda psixologik trening metodlari samarali vosita sifatida e’tirof etilmoqda. “Gender” atamasi biologik shaxsdan farqli ravishda, ijtimoiy va ma’daniy rollarni anglatadi. Inson jamiyatda tug‘ilgandan boshlab, u o‘z shaxsiga mos deb hisoblangan xulq-atvor, qadriyat va axloq tizimini o‘zlashtiradi. Shunday qilib, gender — bu jamiyat tomonidan shakllantirilgan sotsial konstrukt metodlarga asoslangan holda paydo bo‘lib, u insonning “erkak” yoki “ayol” sifatidagi rolini belgilab beradi degan fikrlarni tahlil qilamiz. Gender stereotiplari esa — bu erkaklar va ayollar xatti-harakatlariga nisbatan jamiyatda mavjud bo‘lgan barqarorlikni ta’minlash orqali o’z aksini topgan, lekin har doim ham to‘g‘ri bo‘lmagan tasavvurlar tizimidan iboratdir. Ushbu stereotiplar shaxsning o‘zini rivojlantirish imkoniyatini cheklab qo’yadi, inson ma’naviy rivojlanishida o‘zini ifoda etishda psixologik to‘siqlar yaratadi va ijtimoiy_ma’naviy tengsizlik holatiga olib keladi. Psixologik nuqtayi nazardan kelib chiqqan holda shuni ma’lum qilishimiz kerakki, gender stereotiplari “ijtimoiy identifikatsiyalangan holatlarda”, “kognitiv holatlar” kabi psixologik mexanizmlar bilan mustahkamlanadi. Gender stereotiplarning salbiy ta’sirini asosan oila doirasida kuzatish mumkin bo’ladi: gender rollarga nisbatan qo‘llaniladigan qat’iy ijtimoiy-ma’naviy himoya talablar ayollarga faqat oila doirasidan kelib chiqqan holatlarda, farzandlar tarbiyasi va uy-ro‘zg‘or yumushlari kabi vazifalarni yuklaydi, uning professional salohiyatini namoyon etishiga yo‘l qo‘ymaydi. Jamiyat hayotining turli jabhalarida gender stereotiplar salbiy ta’sirining eng katta xavfi darajalari ular asosida gender stereotiplari yuzaga kelishi holatidir. Psixologiya yo’nalishida gender stereotiplari tushunchasi tabiiy jarayon emas, balki ijtimoiy-ma’daniy ahamiyatga ega bo’lgan konstruksiyalarga asoslangan jarayondir. Oktabr, 2025-Yil 347 Ular quyidagi asosiy omillar orqali shakllanadi: Oilaviy tarbiya asosida – bola erta yoshdan boshlab ota-onasining xulq-atvoriga qarab, ularning so‘zlari va munosabatlari orqali gender rollarini o‘zlashtira boshlaydi. Oddiy olib qaralganda, ta’lim tizimi – o‘qituvchilarning yondashuvlariga asoslangan dars jarayonlarida, fanlarda darsliklardagi rollar taqsimoti ham gender tasavvurlarni shakllantiradi. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari – reklama, filmlar, ijtimoiy tarmoqlardagi obrazlar orqali erkak va ayolga xos deb hisoblangan rollar orqali mustahkamlanadi. Ma’daniy qadriyatlar va milliy an’analar – ayrim jamiyatlarda patriarxal tuzum hukmron bo‘lib, erkak ustunligi me’yorga aylangan holatlarda namoyon bo’ladi. Diniy va mafkuraviy qarashlarga asoslangan holatlarda – ayrim holatlarda diniy talqinlar ham gender tengligiga to‘siq bo‘lishi mumkin bo’ladi. Psixologik jihatdan qaralganda, bu stereotiplar quyidagi oqibatlarga olib keladi: Ichki konfliktlar — insonlar o‘z qobiliyatlarini namoyon qilishida genderga xos deb hisoblanmagan faoliyatda qo‘llamoqchi bo‘lsa, ichki qarama-qarshilikga duch keladi. Natijada, gender stereotiplari insonning ijodiy va intellektual salohiyatini to‘liq namoyon etishiga to‘sqinlik qiladi. Psixologik treninglar asosan shaxsning o‘zini anglashga yordam beradi, kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish va dunyoqarashini oshirish, stereotiplarni qayta baholashga yo‘naltirilgan faol o‘quv-psixologik jarayonlarini boshqarishga yordam beradi. Psixologik treningning asosiy maqsadi quyidagi holatlarda foydalaniladi — insonlarning gender stereotiplariga nisbatan ongli munosabatini shakllantirish, o‘z fikrini erkin ifoda etishga o‘rgatish va shaxslararo munosabatlarda tenglikni korreksiyalash yo’llari orqali tashkillashtirishdan iborat. Trening jarayonida qo‘llaniladigan asosiy psixologik metodlar: Rol o‘yinlari – erkak va ayol rollarini almashtirish orqali empatiya shakllanadi; Diskussiya va refleksiya – ishtirokchilar o‘z tajribalarini tahlil qiladi; Psixodrama – gender ziddiyatlarini sahnalashtirish orqali ichki to‘siqlarni bartaraf etish; Kognitiv qayta baholash – stereotip fikrlarni tahlil qilish va o‘zgartirish texnikasi; Trening mashqlari orqali – o’zaro hamkorlik, muloqot, ijtimoiy-ma’naviy rollarni o‘rganish orqali ijobiy o‘zgarishlar kiritish mumkin bo’ladi. Amaliy psixologiyada gender stereotiplarni kamaytirishga qaratilgan psixologik trening dasturlari ta’lim tizimi, korxona jamoalari va oila psixologiyasida muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Xulosa Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, treningdan so‘ng ishtirokchilarda quyidagi o‘zgarishlar kuzatilgan: Gender stereotiplari darajasi kamaygan; Emotsional empatiya kuchaygan; O‘z-o‘ziga nisbatan ishonch ortgan; Ijtimoiy moslashuv darajasi yaxshilangan. Gender stereotiplari — jamiyatda shakllangan, ammo ko‘p hollarda eskirgan va cheklovchi ijtimoiy me’yorlardir. Ular shaxsning erkin rivojlanishiga, o‘zini to‘liq namoyon etishiga to‘sqinlik qiladi. Shu bois, psixologik treninglar orqali bunday stereotiplarni yumshatish yoki bartaraf etish zamonaviy psixologik amaliyotning muhim yo‘nalishidir. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Turemuratova, Aziza, Zuxra Palvanova, and Laura Kazakbaeva. "RULES FOR THE TRAINER'S SELF-CONTROL WHEN CONDUCTING PSYCHOLOGICAL TRAINING." Modern Science and Research 4.6 (2025): 312-313. Oktabr, 2025-Yil 348 2. Turemuratova, Aziza, Ziyada Tólepova, and Saiyda Elmuratova. "GENDER AYIRMASHILIQLARI (SEZIW, HÁREKET HÁM QABIL QILIW) HÁM STEREOTIPLERDI ANIQLAW." Modern Science and Research 4.4 (2025): 147-150. 3. Sagindikova, N. J. "RESEARCHING THE ESSENCE OF GENDER IN PSYCHOLOGY." Modern Science and Research 3.1 (2024): 999-1003. 4. Turemuratova, Aziza, Gulbanu Turganbaeva, and Miyassar Karimova. "PSIXOLOGTRENERLER TOPARLARǴA TRENIN’SHÓLKEMLESTIRIWDE TIYKARǴI INDIVIDUAL PSIXOLOGIYALIQ IZERTLEWLER." Modern Science and Research 4.4 (2025): 230-235. 5. Turemuratova, Aziza, Rita Kurbanova, and Barno Saidboyeva. "EDUCATIONAL TRADITIONS IN SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN FOLK PEDAGOGY." Modern Science and Research 2.10 (2023): 318-322. 6. Turemuratova, A. B. "TA’LIMDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA O’QUVCHIYOSHLARNING KOLLOBORATIV KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI." Inter education & global study 3.4 (2025): 242-250. 7. Jarilkapovich, Matjanov Aman. "The Role of Modern Education and The Teacher's Pedagogical Skills in The Application of Pedagogical Teaching Methods." International Journal of Pedagogics 5.04 (2025): 266-268. 8. Begibaevna, Turemuratova Aziza. "Students’ Thinking Skills and Outlook through Pedagogical Principles in the Higher Education System Formation." American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769) 1.8 (2023): 358-361. 9. Kurbanova, R. J., and B. E. Saidboeva. "MAKTAB VA OILADA ESTETIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH JARAYONIDA O'QUVCHILARNING AKSIOLOGIK DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH." Inter education & global study 9 (2024): 114-121. 10. Jarasovna, Kurbanova Rita. "The Role of National Values in Shaping the Aesthetic Worldview of Schoolchildren." International Journal of Pedagogics 5.03 (2025): 55-58. 11. Reyimbaevna, Mambetiyarova Venera, and Jumabayeva Marupa. "OTA-ONA VA FARZANDLAR MUNOSABATINING XUSUSIYATLARI." TADQIQOTLAR. UZ 51 (2024): 20-23. 12. Jubatqan, Sagindikov. "QUESTIONS OF SPIRITUAL COMMUNICATION OF RURAL WORKERS." Special Education 2.43 (2022).