scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AGROTURIZM RIVOJLANGAN XORIJIY DAVLATLAR TADQIQOTLARIDAN FOYDALANISH

Abdullayeva Ozoda Saʻdulla qizi

Abstract

Maqolada hududlarda qıshloq xoʻjalıgı tarmoqlarıda hududiy agroturızm sohalarını rıvojlantırıshnıng xorıjıy davlatlar tadqıqotlarıdan foydalanısh jihatlari oʻrganilgan. Shuningdek agroturizm tushunchasiga nazariy jihatdan yondashilgan. Agroturizm – turistlarni yoki tashrif buyuruvchilarni hududda qishloq xoʻjaligi uchun maqsadli foydalaniladigan hududlarga jalb etishga qaratilgan. Bugungi kunda esa agroturizm oʻzining shahar shovqinidan charchaganlarni jalb etish hamda qishloq hoʻjaligini amalga oshirilayotgan yangiliklarni targʻib qilish uchun ham oʻrganish jadallashdi.

Full text

Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 469 AGROTURIZM RIVOJLANGAN XORIJIY DAVLATLAR TADQIQOTLARIDAN FOYDALANISH Abdullayeva Ozoda Saʻdulla qizi 71010401 “Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha)” mutaxassisligi 2 bosqich magistranti Annotatsiya. Maqolada hududlarda qıshloq xoʻjalıgı tarmoqlarıda hududiy agroturızm sohalarını rıvojlantırıshnıng xorıjıy davlatlar tadqıqotlarıdan foydalanısh jihatlari oʻrganilgan. Shuningdek agroturizm tushunchasiga nazariy jihatdan yondashilgan. Agroturizm – turistlarni yoki tashrif buyuruvchilarni hududda qishloq xoʻjaligi uchun maqsadli foydalaniladigan hududlarga jalb etishga qaratilgan. Bugungi kunda esa agroturizm oʻzining shahar shovqinidan charchaganlarni jalb etish hamda qishloq hoʻjaligini amalga oshirilayotgan yangiliklarni targʻib qilish uchun ham oʻrganish jadallashdi. Kalit soʻzlar. Turizm, agroturizm, agroturizm, rekreaktsion turizm, qishloq xoʻjaligi. Agroturizm iqtisodiy va noiqtisodiy xususiyatdagi, ham xalqaro, ham milliy darajadagi yoʻnalishlarni oʻzida mujassam yetgan faoliyat sohasidir. Agroturizmining rivojlanishi 1970-yillarda boshlangan. aholining qishloqdan shaharga ommaviy chiqishini toʻxtatish maqsadida XX asrda tashkil qilina boshlangan. Hududlarda agroturizmni rivojlanishi bilan mavjud kurortlarga nisbatan arzon muqobil sifatida paydo boʻldi. Agroturizmi boshqa eko, etno turizm turlari bilan birga birinchi navbatda, kichik yerlarda tabiiy landshaftlar saqlanib qolgan sanoati rivojlangan mamlakatlarda ommaviy tarqaldi (AQSHda — 45 foiz, Gʻarbiy Yevropada — 2-3 foiz). Jahon amaliyoti shuni koʻrsatadiki, agroturizmni rivojlantirish qishloq ho‘jaligi tarmoqlarining bir qismini ishlab chiqarish tarmogʻidan xizmat koʻrsatish sohasiga oʻtkazishning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy dasturi bo‘lib xizmat qildi. Taʼkidlash joizki, agroturizm doirasida bevosita ishlab chiqarish faoliyati ham amalga oshiriladi. Turli xalqlarning milliy qadriyatlari, yashash tarzi hamda an’anaviy hunarmandchilik ishlari qayta tiklash, rivojlantirish, milliy hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish, ekologik toza organik oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni targ‘ib etish imkoniyati kengaydi. Dunyo miqiyosida agroturizmga Yevropa davlatlari katta qiziqish qaratishdi. Italiya, Fransiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlar Agroturizmini rivojlantirishning yorqin namunasi sifatida misol boʻla oladi. Bugungi kunda Italiyada Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 470 agroturizmining yetakchisi sifatida eʼtirof etilgan, undan yiliga 350 million dollarga yaqin foyda oladi. Yevropa Ittifoqi Italiya misolida Gʻarbiy yevropada qishloq xoʻjaligini saqlab qolish, aholi turmush tarzini yaxshilash, sifatli va tabiiy mahsulot yetishtirish yoʻlini qishloq turizmi orqali rivojlantirish mumkin ekanligini koʻrsatib beradi. Italiyada hududida asossan mutloq ustunlik jihatidan kelib chiqib iqlim, aholining ixtisoslashuvi orqali tanlangan misol tariqasida zaytun plantatsiyalarida terib olish jarayoni, zaytun mahsulotidan olinadigan yogʻ, konservalash, quritilish jarayonlarini turistlarga koʻrsatib, plantatsiya bilan tanishtirish, fermerlar oʻz faoliyati, bu sohadagi yangiliklar koʻrsatiladi. Agroturizm hududdagi tabiatni asrash vositalari va usullarini topish imkonini beradi. Koʻpgina mamlakatlarda turizmning ushbu turini rivojlantirish milliy qishloq landshaftlarini muhofaza qilish va rekreatsiya qilishning asosiy yoʻnalishiga aylandi. Shuningdek, hududlarda faoliyat olib boruvchi agrobiznes vakillari tomonidan koʻshimcha xizmatlarni tashkil qishilish, daromad manbai sifatida tanlash imkonini beradi. Agroturizmning rivojlanishini boʻyicha xorijiy tajribalardan Italiya tajribasini oʻrganish jarayonida oʻziga xos qadimiy bogʻlari, zaytun plantatsiyalari, sut va sut mahsulotlarini (pishloq turlari, brinza, yangi sogʻilgan sut va sut mahsulotlari) bugungi kunda ham turistlarni oʻzlariga jalb etmoqda[2]. Alohida e’tibor qaratish joyiz bo‘lgan jihatni ham hisobga olish zarur Evropa chekka qishloq joylarida qishloq xoʻjaligi yerdan foydalanishning eng muhim shakli va qishloq jamoasining eng muhim faoliyati hisoblanmaydi. Unda yangi gʻoyalar, mahsulotlar yetishtirishda innovatsion texnika-texnologiyalardan foydalanish, mahsulotlarning ilmiy tadqiqotlar orqali yangi turlariini ishlab chiqish, ularning yangi xususiyatlarini topish muhim ahamiyatga ega. Yerlardan unumli foydalanish, oʻgʻitlarni oqilona ishlatish borasida ilgarilab ketgan. Hududlarning agroturizm bo‘yicha rivojlantirishida asosan uning mutloq avfzalligi bilan bogʻliqdir. Ularning ekoturistik, etnik jihatdan oʻziga xos tarihga ega boʻlishi, ularning milliy bayramlari, milliy festevallarini rivojlantirishi, shuningdek, hududda fermer xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari iqtisosligidan kelib chiqqan holda oyilaviy biznesni va kichik tadbirkorlikni, xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali qishloq hududlarida agroturizm turli yoʻnalishlarda rivojlanib oʻz natijasini koʻrsatgan[1]. Olib borilgan tadqiqotlar mobaynida Gruziya, Yaponiya, Italiya, Shvetsariya tajribalari o‘rganildi. Iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan Gruziya va Yaponiya tajribalari chuqur o‘rganildi. Gruziya tajribasi – Gruziyaning agroturizm tashkil qilish jarayoni hududlarda turizmni rivojlantirishda davlat va aholining oʻz tashabbuslari o‘rganildi va tahlil Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 471 qilindi. Gruziya iqtisodiyotining rivojlantirishda asosiy manbasi turizmdir. Bunda vino, pishliq ishlab chiqarish, churchxela shirinligini tayyorlash jarayonlarini ko‘rsatishadi va sayyohlarga tayyor mahsulotlarni sotishadi. Bu hududda mavjud tarixiy yodgorliklarini ham roli katta hisoblanadi. Ammo turizm yo’nalishlarni yanada mazmunli tashkil qilish maqsadida ular tarixiy va agroturizm salohiyatini bir biriga bogʻlab turistlarni vaqtlarini yanada qiziqarli oʻtkazishadi va koʻproq maʼlumotlarni targʻib qilishadi. Gruziya agroturizm imkoniyatlarida eʼtiborli jihati shundaki, hududda daraxtlarni kesishmasligi, yashil hududlarni asrash, yangi bino qurish jarayonida ham daraxtlarni asrab, arxitekturani daraxtlarga (yashillikni saqlab qolishga) moslab qurishga alohida eʼtibor qaratilgan. Har bir hudud uchun maxsus Logotiplar orqali mahsulotlr qadoqlanadi bunda uzum barglari, vino idishlar(riton)dan foydalanishadi. Kaxetiya (Gruziya) hududi oʻzining uzumchilik, vino ishlab chiqarish, Eno turizmi bilan mashhur hisoblanadi. Aholi uy sharoitida ham vino mahsulotlari, sut mahsulotlaridan pishloq, brinza, xonadonda yetishtirilgan meva va savzavot mahsulotlaridan foydalanib, turistlarni qarshi olishadi. Qishloq aholisining tashabbusi bilan uy sharoitida uzumdan turli shirinliklar tayyorlanadi. Tayyorlash jarayonlarini master klass sifatida koʻrsatib berishadi. Turistlarga xizmat koʻrsatishda eko jihozlardan keng foydalaniladi, qurigan darahtlardan foydalanib, oshxona mebellaridan foydalaniladi. Undan tashqari tandirda non yopish jarayonini alohida master klass koʻrsatish xizmati ham mavjud. Albatta bu aholi daromadini oshirish imkonini beradi. Gruziya tajribasining oʻziga xosligi – bunda davlat, hududiy boshqarma va uy xoʻjaligi hamkorligida amalga oshiriladi. Yaponiya davlatida agroturizm salohiyatini agrobiznes rivojlantirish va agroturizm uchun infratuzilmasini rivojlantirish orqali amalga oshiriladi. Yaponiyaning chekka hududlarini rivojlantirishda davlat va kichik biznes, tadbirkorlikka keng imkoniyat beradi. Bu borada yuqori tajribaga ega. Hududni rivojlanishida koʻproq davlat va xududiy tashkilotlarning tashabbuslari orqali aholi daromadini oshirishga imkoniyat beradi.Tadqiqot natijasida Aiti Perfekturasining Fermer xo’jaliklaridan olingan interviyu natijasida ma’lum bo‘lishicha fermerlar hamkorlikda savdo shahobchalarini tashkil qilishadi. Har bir fermer o’zining onson qadoqash tizimig ega. Mahsulotlarni sifati doimiy standartlashdan o’tadi. Standartga mos kelmagan mahsulotlarni qayta ishlash fabrika yoki korxonlariga yuboriladi[4]. Oʻrganilgan maʼlumotlar asosida quyida Yaponiyaning Aiti prefekturasining rivojlantirish mehanizmi chuqurroq tadqiq qilindi. Yaponiyaning Aiti prefekturasini sanoat asosida rivojlantirish tashkiliy tuzilmasini tahlili quyidagilardan iborat: Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 472 - Aiti prefekturasi hududiy boshqarmasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirish hududiy tashkiloti bilan toʻgʻridan toʻgʻri hamkorlikda faoliyat olib boradi. Aiti prefekturasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirish hududiy tashkiloti moliyaviy koʻmak beruvchi tashkilotlar bilan, yuristlar assotsiatsiyasi, boshqaruvni qoʻllabquvvatlash tashkiloti, kompleks qoʻllab-quvvatlovchi tashkilot (Yaponiyaning hududiy innovatsiya va kichik biznesni rivojlantirish tashkiloti), ilm-fan, texnologik tomonidan qoʻllab-quvvatlovchi tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Tashrif buyurgan turistlar ma’lum bir qonun qoidalar orqali fermer xo‘jaliklarida harakatlanadilar. Ushbu tashkilotlar va korxonalar hududda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmak beradi. Aholiga qishloq xoʻjaligining soʻngi yangiliklari, texnik imkoniyatlar boʻyicha konsultativ maslahatlar bepul berib boriladi. Yaponiyaning yana bir tajribasi – qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga qoʻshilgan qiymat zanjiri asosida mahsulot qiymatini oshiradi. Aiti prefekturasida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali hududlarda agroturizmni rivojlantirishmoqda. Tadqiqotlar va Yevropa qishloq (agro) turizm federatsiyasi maʼlumotiga koʻra, Yevropaning 27 mamlakatida 100,0 mingdan ziyod joylashtirish vositalari mavjud. Bunda: Ikki kishi uchun bir honaning narxi 20-200 AQSH dollari oraligʻida boʻlib, odatda 4070 AQSH dollarini tashkil etadi. • Buyuk Britaniyada 60 foiz fermerlar turizm sohasida daromad olishadi. Oʻrtacha yillik daromad 10-50 ming AQSH dollarini tashkil etadi. • Yevropada agroturizmni eng rivojlangan mashhur yoʻnalishlari bu Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiya mamlakatlari hisoblanadi. Agro turizmning Italiya tajribasiga koʻra, bu davlatda qishloq turizmi paydo boʻlgan va tan olingan birinchi mamlakatlardan biri hisoblanadi. Ular oddiy italyan fermasida yashash va ishlash imkonini beradi. Qishloq turizmini rivojlanishi ular uchun qoʻshimcha daromad hisoblanadi. Oʻzining koʻp vaqtini sarflaydigan fermer xoʻjaliklari egalari uchun turistlarning yordami, ularning shu sohaga qiziqishini orttirish qishloq xoʻjaligi faoliyatining bir boʻlagi hisoblanadi. Urushdan keyingi yillarda dehqonlar qiyinchilik bilan omon qolishgan, shuning uchun yer egalari uchun qoʻshimcha daromad topish istagi ortgan. Italiya qishloqlariga kelgan turistlar xilma-xil qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan shugʻullanish, I taliyan taomlari hamda hududning oʻziga xos anʼanalari va yashash tarzi ularni qiziqtira boshladi. Agroturizmining muhim vazifalaridan biri qishloq xoʻjaligining yangi oʻziga xos Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 473 tarmogʻini tashkil yetish orqali alohida qishloq aholi punktlarini rivojlantirishga turtki berish, ular aholisining daromad darajasini oshirish, urbanizatsiya oqimini kamaytirishdan iborat. Uning rivojlanishiga faol jamoat arboblari, hududiy jamoat oʻzini oʻzi boshqarish organlari aʼzolari yordam berishi mumkin[3]. Mahalliy tashabbuslarni amalga oshirishning asosiy tamoyillari: - faol odamlarni topish, “pastdan” tashabbusni uygʻotish va tegishli tayyorgarlikni tashkil yetish, tadbirlarni birgalikda rejalashtirish va tashkil yetish muhim; - hududlarda qishloq tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash uchun moliyaviy resurslar mavjud, ammo ulardan foydalanish uchun koʻnikma va bilim zarur; - “hokimiyat – biznes – aholi – turist” hamkorligi barqaror natijalarga erishishga yordam beradi; - qishloq obodonchiligi yetakchilarini qoʻllab-quvvatlash muhim. Bugungi kunda koʻplab turizm va qishloq xoʻjaligibilan bogʻliq boʻlgan xalqaro tashkilotlar jumladan oziq-ovqat va qishoq xoʻjaligi tashkiloti (FAO), Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) Qishloq turizmi butun dunyoda yashil turizmi bilan bogʻliq yangi loyihalarni amalga oshirmoqda. Agroturizmning Italiya tajribasiga koʻra, bu davlatda qishloq turizmi paydo boʻlgan va tan olingan birinchi mamlakatlardan biri hisoblanadi. Ular oddiy italiyan fermasida yashash va ishlash imkonini beradi. Qishloq turizmini rivojlanishi ular uchun qoʻshimcha daromad hisoblanadi. Oʻzining koʻp vaqtini sarflaydigan fermer xoʻjaliklari egalari uchun turistlarning yordami, ularning shu sohaga qiziqishini orttirish qishloq xoʻjaligi faoliyatining bir boʻlagi hisoblanadi. Urushdan keyingi yillarda dehqonlar zoʻrgʻa omon qolishgan, shuning uchun yer egalari uchun qoʻshimcha daromad topish istagi ortgan. Italiya qishloqlariga kelgan turistlar xilma-xil qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan shugʻullanish, italiyan taomlari hamda hududning oʻziga xos anʼanalari va yashash tarzi ularni qiziqtira boshladi. Italiyaliklarning mehmondoʻstligi tashrif buyuruvchilarning arzon dam olishga boʻlgan ehtiyojlari hududdagi aholini sifatli xizmat koʻrsatish va dam oluvchilarga barcha shart-sharoitlarni yarata boshlagan. Bundan olingan daromad yuqori boʻlib, qishloqlarda daromadli biznes ekanligini tez orada bilib olishgan italiyaliklar oʻz uylarini fermalarini jihozlashni boshladilar. ХХ asrning 70-yillarida qishloq xoʻjaliklarida vino, zaytun moyi va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishdan tashqari, turistlarga rasman xonalarni ijaraga beradigan fermer xoʻjaliklari paydo boʻla boshladi[1]. Qishloq xoʻjaligi boʻyicha qoida tariqasida, umumiy tozalik qoidalari ishlab chiqilgan, Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 474 ammo mehmonlarni koʻngil ochish uchun maxsus dasturi yoʻq. Italiyaning Boloniya agroturizm fermalarining faoliyati tadqiq qilinganida, bu fermalarda mezbonlar odatdagi ishlari bilan shugʻullanishadi, sayyohlar esa unda imkoni boricha va xohlaganlaricha ishtirok etishlari mumkin. Bugungi kunda Italiyada qishloq turizmi allaqachon shakllangan bozor hisoblanadi. Maʼlumotlarga qaraganda har yili Italiyada ikki milliondan ortiq aholi tomorqa va fermalarga kelib ishlab, mamlakatning iqtisodiyotiga va maxalliy byudjetiga salmoqli foyda keltiradi. Xorijiy davlatlarning agroturizm sohasidagi yutuqlari va erishilgan natijalarini tadqiq qilib, ushbu yutuqlar va ilgʻor natijalarni mamlakatimiz agroturizmi sohasiga quyidagilarni joriy qilinishini maqsadga muvofiq: - qishloq hududlaridagi xoʻjalik subyektlarida – fermerlar, dehqon xoʻjaliklari, agroklasterlarda agroturizm shoxobchalarini tashkil qilish va talabgorlarning kasbiy salohiyatini oshirish maqsadida maxsus amaliy seminarlar, dala sharoitida koʻrgazmalar oʻtkazish; - talabgorlarni xorijiy davlatlarga malaka oshirish, tajriba almashish va kasbiy salohiyatlarini oshirish boʻyicha amaliy master-klasslarni tashkil qilish; - agroturizm shoxobchalarini tashkil qilganligi uchun maxsus sertifikatlarni taqdim qilish, ularni agroturizm salohiyatidan olingan xizmatlar koʻrsatish, ish bajarish yoki boshqa bogʻliq tadbirkorlik faoliyatlaridan olinadigan soliqlarni boshlangʻich 3 yilda ozod qilish; - manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan, jumladan Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmalari hisobidan agroturizm sohasini rivojlantirish boʻyicha xorijiy ekspertlarni taklif qilish va tanlab olingan hududlarda namunaviy agroturizm shoxobchalarini tashkil qilish; - Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmalari, oliy ta’lim bilan bog‘liq ta’lim muassasalar, shuningdek, mamlakatimizdagi xorijiy davlatlar va tashkilotlar, moliyaviy institutlarning vakolatxonalari tomonidan maxsus grant loyihalarini ishlab chiqish va bunda mamlakatimizning har bir hududlarini qamrab olishni koʻzda tutish lozim. Shundan hulosa qilishimiz mumkinki, biz mamlakatimizda agroturizmni rivojlantirish uchun Gruziya hamda Yaponiya tajribalaridan foydalanilgan holda tashkiliy-iqtisodiy jarayonlarni tizimlashtirish maqsadida qishloq hududlarida agroturizm rivojlanishining institutsional tuzilmasi taklifi kiritildi. Qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida agroturizm sohalarini rivojlantirish ustuvor yoʻnalish sifatida rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Respublikamizda qishloq Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 475 xoʻjaligi va turizm sohasining rivojlanishi borasida uzoq yillik tajribaga ega. Bugungi kunda qishloq aholisining mahsulot yetishtirish, dehqonchilik, chorvachilik va boshqa qishloq xoʻjaligi sohalariga ixtisoslashuviga karamasdan, agroturizm rivojlantirish uchun tajribalari yetishmaydi. Mavjud salohiyat resurslaridan oqilona foydalanish orqali aholini yashash tarzini rivojlantirish muhimdir. Hududlarda turizmni rivojlantirish iqtisodiyotning turli tarmoqlarini rivojlantirishga katta tasir koʻrsatadi, shuningdek, bu tarmoqlar oʻzaro taʼsirga ega. Tadqiqot ishlariga koʻra, agroturizmning rivojlantirish zaruriyati va bugungi kundagi qishloq xoʻjaligi tizimidagi asosiy muammolar koʻrib chiqilgan. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda agroturizmning ahamiyati va oʻrni rejada agroturizm sohasining rivojlanishi, olimlar tomonidan bildirilgan fikrlar tavsiflari keltirilgan. Agroturizm – bu qishloq hududlarida mavjud fermer xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari, uy xoʻjaliklari yetishtirgan mahsulotlaridan tatib koʻrish, yetishtirish, terish, qayta ishlash jarayonida mahalliy va chet ellik turistlarni ishtirokida jarayonlar bilan tanishtirish, o‘rgatish, amaliy bajarib ko‘rishdir. Bunda albatta, hududlarda mavjud turistik salohiyatdan va undagi boshqa turizm turlaridan foydalanish tashrif buyuruvchi turistlarga qishloq hududlarda koʻproq vaqt oʻtazish imkonini beradi. Bu esa mahalliy aholining ish bilan taʼmilash, daromadini oshirishga imkon yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Oʻzbekistonda ekoturizmni rivojlantirish konsepsiyasi 2015 y 2. Калмуратов Бахтияр Сейтмуратович, Жиемуратов Темирбай Полатбаевич, Калбаева И. Е. АНАЛИЗ ТУРИСТИЧЕСКОГО ПОТЕНЦИАЛА РЕГИОНА // Бюллетень науки и практики. 2022. №11. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/analiz-turisticheskogo-potentsiala-regiona 3. Калмуратов Б.С. Перспективы развития экотуризма в Республике Каракалпакстан// Материалы «Международной научно-практической конференций «Развитие туризма Казахстана на мировом уровне: проблемы и перспективы» 9 апреля 2024 г. РК г. Астана стр 92-99. 4. Norchayev A. N. Qalmuratov B., Razbayev S.N.Rekreatsiya turizmini rivojlantirishni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishni boshqarish//“Innovations in Science and Technologies” илмий-электрон журнали махсус сон. 2025 йил. 421-429 betlar