scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTONDA ONA TILI TA'LIMI SOHASIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING JORIY ETILISHI, UNING HUQUQIY-ME'YORIY ASOSLARI

Pardaev, Bekmurat O'tapulatovich

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda ona tili ta’limida kompetensiyaga asoslangan yondashuvni joriy etish jarayoni, uning huquqiy asoslari, amaliy ahamiyati va mavjud muammolar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, unda YUNESKO va taniqli olimlarning kompetensiyaga asoslangan yondashuv haqidagi qarashlari, shuningdek, ushbu yondashuvni amaliy amalga oshirishda yuzaga keladigan muammolar va ularni hal qilish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.

Full text

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 4 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17482241 O‘ZBEKISTONDA ONA TILI TA’LIMI SOHASIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING JORIY ETILISHI, UNING HUQUQIY-ME’YORIY ASOSLARI Pardaev Bekmurat O‘tapulatovich Nizomiy nomidagi O‘zMPU dotsenti, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) АННОТАЦИЯ Ushbu maqolada O‘zbekistonda ona tili ta’limida kompetensiyaga asoslangan yondashuvni joriy etish jarayoni, uning huquqiy asoslari, amaliy ahamiyati va mavjud muammolar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, unda YUNESKO va taniqli olimlarning kompetensiyaga asoslangan yondashuv haqidagi qarashlari, shuningdek, ushbu yondashuvni amaliy amalga oshirishda yuzaga keladigan muammolar va ularni hal qilish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: kompetensiyaga asoslangan yondashuv, kompetensiya, ta’lim tizimi, ta’lim islohotlari, ta’lim standartlari, milliy malaka doirasi, pedagogik innovatsiyalar. АННОТАЦИЯ В данной статье рассматривается процесс внедрения компетентностного подхода в сферу образования на родном языке в Узбекистане, его нормативноправовые основы, практическое значение и актуальные проблемы. Также рассматривается отношение ЮНЕСКО и известных учёных к компетентностному подходу, а также проблемы, возникающие при практической реализации данного подхода, и пути их решения. Ключевые слова: компетентностный подход, компетентность, система образования, реформы образования, образовательный стандарт, национальная рамка квалификаций, педагогические инновации. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 5 АNNОТАTION This article examines the process of implementing a competency-based approach in native language education in Uzbekistan, its legal framework, practical significance, and current challenges. It also examines the views of UNESCO and renowned scholars on the competency-based approach, as well as the challenges arising in the practical implementation of this approach and ways to address them. Keywords: competency-based approach, competence, education system, education reforms, educational standards, national qualifications framework, pedagogical innovations. Til-millatning o‘zini anglashi, ma’naviyati va madaniyatini saqlab qolishida asosiy vosita hisoblanadi. Shu bois, ona tili ta’limi har qanday ta’lim tizimining markaziy yo‘nalishlaridan biri sifatida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida ona tili o‘qitishda ham kompetensiyaviy yondashuv joriy etila boshlandi. Bu yondashuv o‘quvchi va talabalarning faqat bilim olishi bilan cheklanmay, balki ularda tilda erkin fikrlash, muloqot qilish, analiz va tanqidiy fikr yuritish kabi ko‘nikma va munosabatlarni shakllantirishga qaratilmoqda. Maqolada O‘zbekistonda ta’lim sohasida kompetensiyaviy yondashuvning joriy etilishi va uning huquqiy-me’yoriy asoslari xususida fikr yuritiladi. So‘nggi yillarda mamlakatimiz ta’limida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ularning markazida ta’lim sifatini oshirish, uni xalqaro standartlarga moslashtirish va zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar tayyorlash maqsadi yotadi. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi O‘RQ-637-son «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan kompetensiyaviy yondashuv asosida belgilanadigan talablar majmui hamda ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablarni belgilashi ta’kidlangan[1;3]. BMT (YUNESKO) ta’lim sifatini yaxshilash va barcha uchun umr bo‘yi o‘qish imkoniyatlarini ta’minlash maqsadida kompetensiyaviy yondashuvni ta’lim jarayonida keng qo‘llash g‘oyasini ilgari suradi[2;7]. YUNESKO ta’limda GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 6 kompetensiyalar rivojlantirilishi samaradorligini oshirish uchun pedagoglarning malakasini yaxshilash, innovatsion o‘qitish metodlarini joriy etish va o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qiladi, ta’lim jarayonining asosiy natijasi faqat bilim emas, balki bu bilimlarni hayotda samarali qo‘llash qobiliyati bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi[3;2]. YUNESKO Ta’limda kompetensiyaviy yondashuvning asosiy elementlari muammolarni yechish, muloqot, tanqidiy fikrlash, yangi g‘oyalar yaratish va ularni amalga oshirish, tinchlikparvarlik, inson huquqlarini hurmat qilish kabi qadriyatlarni shakllantirish qobiliyatlarini qamrab oladi. Ta’limda kompetensiyaviy yondashuvni rag‘batlantirishga qaratilgan loyihalar va tashabbuslar bir qancha mamlakatlarda o‘qituvchilarni qayta tayyorlashda interaktiv metodlarni joriy etish, ma’ruzalar o‘rniga amaliyotga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarni ko‘paytirish hamda o‘quv dasturlarida muammo yechish, tanqidiy fikrlash va ijodiy yondashuvlarni kuchaytirish asosida ona tili ta’limi sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. Kompetensiya tushunchasi D.Makklelland tomonidan ilk bor qo‘llanilgan, u insonning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishida muhim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, munosabatlar va xulq-atvor jihatlarini o‘z ichiga oladi. Makklelland 1973-yildagi «Intellekt uchun emas, kompetensiyalar uchun test» nomli maqolasida ta’lim samaradorligini bashorat qilishda an’anaviy testlar emas, balki shaxsning aniq xulqatvori va kompetensiyalari e’tiborga olinishi kerak deb hisoblaydi. Olim kompetensiyaga: “...insonning muayyan faoliyatda yuqori samaraga erishishiga sabab bo‘luvchi shaxsiy xususiyatlari, xulq-atvori, motivlari va bilimlar yig‘indisi” degan ta’rifni beradi[4;14]. Taniqli olim S.E.Shishov kompetensiyani mutaxassisning oʻz bilim, koʻnikma va kasbiy faoliyatida harakatlarni amalga oshirishning umumlashtirilgan usullarini safarbar qilishning umumiy qobiliyati sifatida belgilaydi[5;66]. Asosiy vakolatlar mutaxassisning ko‘p qirraliligini ta’minlaydi va shuning uchun ortiqcha ixtisoslashgan bo‘lishi mumkin emas. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 7 B.Blum 1968-yilda “Learning for Mastery” kontseptsiyasini ilgari surdi, bu kontseptsiyaga ko‘ra: “Ijod mahorat ortidan keladi, shuning uchun yosh iste’dod uchun mahoratni egallash birinchi o‘rinda turadi”[6;64]. Blumga ko‘ra o‘quvchilarga yetarli vaqt, tarbiya, qo‘llab-quvvatlash berilsa, ularning aksariyati belgilangan o‘quv natijasiga yetishish imkoniyatiga ega. Kompetensiyaviy yondashuvda vaqt standart emas, balki o‘quvchi o‘zining egallash darajasiga qarab o‘zgaradi Blumning taksonomiyasi kompetensiyaviy yondashuv bilan bog‘liq, chunki o‘quvchi bilim, ko‘nikma, malaka kabi kompetensiyalarini amalda qo‘llash darajasigacha ko‘tarilishi kerak. Unga asosan, talabalar faqat nazariy bilimlarni emas, balki amaliy ko‘nikma, shaxsiy sifatlar va muammolarni hal qilish qobiliyatini ham shakllantirishga qaratilgan yondashuvdir. Bu yondashuv natijaga yo‘naltirilgan ta’lim modelini nazarda tutadi va talabalarda “bilish”, “qila olish” va “bo‘lish” salohiyatini rivojlantirishni maqsad qiladi. Kompetensiyaviy yondashuvning nazariy asoslari ona tili ta’limida bilim, ko‘nikma va munosabatlar majmuini o‘zaro bog‘liq holda rivojlantirishni nazarda tutadi. U an’anaviy yondashuvdan farqli o‘laroq, natijaga yo‘naltirilgan ta’lim modelini taklif etadi. Ona tili ta’limida bu yondashuv til me’yorlarini bilish, undan muloqotda to‘g‘ri va ta’sirli foydalanish, matnni tahlil qilish va tushunish hamda erkin fikr bildirish va savodli yozish qobiliyatini shakllantirishni o‘z ichiga oladi. Bugun O‘zbekistonda ta’lim standartlari bosqichma-bosqich kompetensiyaviy yondashuv asosida qayta ko‘rib chiqilmoqda. Xususan, yangi DTS ishlab chiqilmoqda, pedagog kadrlar uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tashkil etilyapti, ta’lim muassasalarida o‘quv dasturlari kompetensiyalarga asoslangan holda qayta shakllantirilmoqda. Kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish bir qator O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Davlat ta’lim standartlari (DTS) va boshqa hujjatlar bilan tartibga solinadi. O‘zbekistonda ona tili fani o‘quv dasturlarining qayta ishlanishi, o‘quv darslik va resurslarning yangilanishi, o‘qituvchilarni qayta tayyorlash, baholash tizimining o‘zgarishi borasida ko‘lamli ishlar bajarildi. Har qanday yangilikka GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 8 o‘tish davrida ma’lum muammolar yuzaga chiqishi tabiiy. Mazkur jarayondagi asosiy to‘siqlar pedagog kadrlarning yetarlicha tayyor emasligi, amaliy yo‘naltirilgan o‘quv materiallarining yetishmasligi, ta’lim jarayonida baholashning eski usullari saqlanib qolganligi, infratuzilmaning zaifligi, kompetensiyalarni baholash mezonlarining aniq ishlab chiqilmaganligida o‘z aksini topadi. A.Nazarovaga ko‘ra, ona tili ta’limida kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish ta’lim mazmunini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Bu yondashuv talabalarning mustaqil fikrlashini, tilda erkin ifoda etishini, muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantiradi, ammo uning samaradorligi to‘liq amalga oshirilishi uchun metodik, tashkilotchilik va resurs ta’minotini yanada takomillashtirish zarur[7;53]. Tadqiqotchi A.K.Markova kasbiy kompetentlikni mutaxassisning kasbiy faoliyatni egallaganligining sifat ko‘rsatkichi, mazkur faoliyatga nisbatan moyilligini anglash, o‘z shaxsiy xislat va sifatlarini baholay olish, kasbiy jihatdan shakllanishini to‘g‘ri yo‘naltira bilish, o‘zini takomillashtirish hamda tarbiyalay olishini nazarda tutishini ta’kidlaydi. Olimaning ta’kidlashlaricha, kasbiy kompetentlik uch; mazmuniy, motivatsion va ijro etish-amalga oshirishdan iborat tarkibiy qismlari mavjud[8;308]. O‘zbekistonda ona tili ta’limi sohasida kompetensiyaviy yondashuvning joriy etining yechimi pedagoglar uchun muntazam malaka oshirish kurslari tashkil etish, interaktiv darslar, ijodiy ishlar va loyiha asosida o‘qitishni kengaytirish, ona tili ta’limida raqamli texnologiyalar va multimedia resurslarini faol jalb etish hamda otaonalar va keng jamoatchilikni ta’lim tizimi faol ishtirokchisiga aylantirishni taqozo qiladi. Shuningdek, kompetensiyaviy yondashuvni samarali joriy etish pedagoglar uchun maxsus o‘quv kurslarini ommalashtirish, ta’lim dasturlarini bozor talablariga muvofiqlashtirish, innovatsion o‘qitish va baholash texnologiyalarini joriy etish, xalqaro tajribalarni o‘rganish va moslashtirish zarurati mavjud. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, O‘zbekistonda kompetensiyaviy yondashuv ta’limni zamonaviylashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu yondashuvning huquqiy-me’yoriy bazasi GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 9 yetarlicha shakllangan bo‘lsa-da, uni amaliyotga to‘liq tatbiq etishdagi to‘siqlar hamon mavjud. Bunday sharoitda tizimli yondashuv, mutasaddi tashkilotlar va ta’lim muassasalarining samarali hamkorligi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Ўзбекистон Республикасининг “Таълим тўғрисида”ги Қонуни, 23/09/2020-йилдаги ЎРФ-637-сон.3-бет. 2. ЮНЕСКО “Таълимда ҳимоя қилиш учун 2030-йилгача стратегик режа” (Таълим-2030 Ҳаракат стратегияси, 2015) 3. Всемирный доклад ЮНЕСКО по мониторингу образования (Всемирный доклад по мониторингу образования, 2016 г.) С.2: 4. Макклелланд, Д.К. (1973). Тестирование компетентности, а не интеллекта. Американский психолог, 28(1), С.14. 5. Шишов С.Э. Понимание компетентности в контексте качества образования // Стандарты и мониторинг в образовании. 1999. №2. С.43. 6. Блум, Б.С. (1956). Таксономия образовательных целей: классификация образовательных целей. Лонгманс, Грин.С.64. 7. Назаров, А. (2022). Миллий таълим тизимида компетентсиявий ёндашувнинг ўрни ва аҳамияти. Таълим ислоҳоти журнали, №3, 53-б. 8. Маркова А.К. Психология профессионализма. - М.: Знание, 1996.-308 с.