scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SAID AHMADNING "JIMJITLIK" ASARIDA INSON RUHIYATI VA YOLG'IZLIKNING BADIIY IFODASI

Keldiyorova, Saodat Komiljon qizi; Tulishova, Gulzina Ravshanovna

Abstract

Maqola yozuvchi Said Ahmadning “Jimjitlik” romanidagi qahramonlar ruhiyatida yolg‘izlik talqiniga bag‘ishlangan. Ushbu asarning sujeti sobiq sho‘ro davridagi rahbarlarning olib borgan siyosati, ezilgan oddiy xalqning turmush tarzi, uzoq yillar rahbarlar tazyiqi ostida Afrikada yashagan ayoli va farzandidan ayrilib uyiga qaytgan Tolibjon, boylik va mansab uchun har qanday ishga tayyor xotinboz rais Mirvali, onasi Mirvali tomonidan tortib olingan Azizbek, chet elda tarjimonlik qilib, o‘z oilasini yo‘lga qo‘yolmagan ayol va yana “Davlat xavfsizligi mayori” Jayrona va urush yillarida oti bilan mag‘rurlarcha jang qilgan chavandoz Erali va boshqa obrazlarning hayot yo‘lini kuzatishimiz mumkun. Asardagi asosiy qahramonlarning barchasini fojiaviy taqdir kutayotgan personajlardir.

Full text

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 40 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17482906 SAID AHMADNING “JIMJITLIK” ASARIDA INSON RUHIYATI VA YOLG‘IZLIKNING BADIIY IFODASI Keldiyorova Saodat Komiljon qizi JDPU Filologiya fakulteti Kutubxona-axborat faoliyati 1-bosqich talabasi Ilmiy rahbar: Tulishova Gulzina Ravshanovna JDPU Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Email: [email protected] ANNOTATSIYA Maqola yozuvchi Said Ahmadning “Jimjitlik” romanidagi qahramonlar ruhiyatida yolg‘izlik talqiniga bag‘ishlangan. Ushbu asarning sujeti sobiq sho‘ro davridagi rahbarlarning olib borgan siyosati, ezilgan oddiy xalqning turmush tarzi, uzoq yillar rahbarlar tazyiqi ostida Afrikada yashagan ayoli va farzandidan ayrilib uyiga qaytgan Tolibjon, boylik va mansab uchun har qanday ishga tayyor xotinboz rais Mirvali, onasi Mirvali tomonidan tortib olingan Azizbek, chet elda tarjimonlik qilib, o‘z oilasini yo‘lga qo‘yolmagan ayol va yana “Davlat xavfsizligi mayori” Jayrona va urush yillarida oti bilan mag‘rurlarcha jang qilgan chavandoz Erali va boshqa obrazlarning hayot yo‘lini kuzatishimiz mumkun. Asardagi asosiy qahramonlarning barchasini fojiaviy taqdir kutayotgan personajlardir. Kalit so‘zlar: yolg‘izik, mansab, tog‘, kitob, bolalik, vatan, yovuzlik, ezgulik. ANNOTATION The article is dedicated to the interpretation of loneliness in the psychology of the characters in Said Ahmad’s novel “Jimjitlik” (Silence). The plot of this work reflects the politics of the leaders during the former Soviet era, the lifestyle of the oppressed ordinary people, and the fate of individuals living under constant pressure from those in power. The novel tells about Tolibjon, who returns home after spending many years in Africa separated from his wife and child; Mirvali, GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 41 a lustful chairman who is ready to do anything for wealth and position; Azizbek, whose mother was taken away by Mirvali; a woman who worked abroad as a translator but failed to build a family life; “State Security Major” Jayrona; and Erali, a horseman who fought proudly during the war. All the main characters in the story face tragic destinies. Keywords: loneliness, position, mountain, book, childhood, homeland, evil, goodness. KIRISH Kishida badiiy asarni to‘g‘ri anglash, ta’sirlanish fazilati adabiy asar o‘qish bilan o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi, asar o‘qir ekansiz badiiy asarning mohiyatini anglab yetish uchun har bir kishi muayyan darajada estetik tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak, umummilliy miqyosda maktab amaliy ta’limi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Odamzod esa savol berishdan, yashash dangasa maqsadini ko‘ra olmaydi, qayerga ketayotganini, nega yolg‘izman degan savollarga hayotdan, o‘zining qalbidan javob topishga harakat qiladi. Hayotidagi bo‘lgan voqealari ta’sirida topgan javoblariga qoniqmaydi. Berayotgan savolidagi javobga aqlli qabul qilsa, qalbi qabul qilmaydi, qalbi qabul qilganini esa aqli qabul qilmaydi. Inson shu savol va javoblarning ichidan ikkalasini murosaga kelishini xohlaydi, bu jimjitlik dep ataladi. ASOSIY QISM Said Ahmadning “Jimjitlik” romani 1986–1987 yillarda “Sharq yulduzi” jurnalida e’lon qilinadi. Asar o‘sha paytlari yozuvchi tomonidan to‘liq yozilgan biroq, senzura muallifni ogohlantirmay, hatto unga sezdirmay, asarning uchdan bir qismini olib tashladi. Va asar to‘laligicha halqqa yetib bormadi. Said Ahmad shunda ham chekinmadi. O‘n to‘rt yil deganda romanni qayta tiklash uchun juda ko‘p urindi va kitobning hozirgi holati shakillandi. Asarni o‘qir ekansiz, o‘sha zamondagi yuqori mansabni egallagan insonlar qanchalik pulga o‘ch, hech narsadan toymaydigan va insonning qadr-qimmatini yer bilan toptaydigan insonlar haqida yuragingizni changallab, naxotki, jamiyatimizda shunaqa insonlar bo‘lsa deb asarni hayojonda o‘qiysiz. Asar: “Odam bolasining ko‘zidan yosh chiqmasa qiyin ekan. Yurakbag‘rini o‘rtagan alamlar shu ko‘z yoshi bilan chiqib ketadi. Kimki faryod urib yig‘layolmasa, ko‘zidan yosh chiqazolmasa, alamlarini ichiga yutsa – dardga chalinadi. Shuning GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 42 uchun keksalar alam o‘rtagan kishiga, yig‘la, ko‘nglingni bo‘shat, deydilar. Bu gapda hikmat ko‘p” [1]. Asar shu jumlalar bilan boshlanib Tolibjonning yoshligi o‘tgan qishlog‘iga qaytishi bilan boshlanadi.Tolibjon qaytar ekan birinchi navbatda qishlog‘i hali ham o‘sha - o‘sha ekanligi, yoshligida qanday bo‘lsa shunday turganligiga e’tibor bilan qaraydi. Va qishloqdagi uyiga yaqinlashadi va singlisiga ko‘zi tushadi. Shu joyda yozuvchi singil va aka o‘rtasidagi munosabatlarni shunaqangi yoritganki hozirda birbirdan yuz o‘girgan aka-ukalar, opa singillar o‘rnak olsa arziydi: U o‘ylab-o‘ylab, olis qishlog‘ida qolgan o‘gay singlisini esladi. “Tolibjon uni ko‘p yillardan beri ko‘rmagan. Eri nima ish qiladi? qishloq. Bolaligini eslatadigan guvala devorlar bilan qurshalgan hovlilar, tengqurlari bilan birga cho‘milgan jimjit soylar, olisda sadafdek chaqnab turgan cho‘qqilar, yam-yashil o‘tloqlar ko‘ngliga taskin berar-ku!”[2]. Singlisi o‘gay bo‘lishiga qaramay akasini juda yaxshi ko‘rar edi, akasini ko‘rib quvonganidan shoshilib qoldi. “Bolalariga tez dadangni chaqir tog‘ang keldilar deb aytgin deb jiyanlarini yubordi. Tolibjon eshikdan jur’atsiz qadam tashlab hovliga kiradi”[3]. Biz bu jumlalar orqali Tolibjonni jimjitlik istab o‘zining qishlog‘iga kelgangini ko‘ramiz. Jimjitlikni topishini o‘zining chekka qishlog‘idan boshlaydi, asarda ham bejizga uning qishlog‘ olinmayapti, bu orqali yozuvchi jimjitlikni tog‘-u toshlarning orasidan ham topolmasligini nazarda tutadi. Jimjitlikni inson faqatgina vafot etganda jim bo‘ladi, ruhi tinchlanadi. Yozuvchi faqatgina Tolibjonning jimjitlikni izlaganini emas boshqa personajlarning ham jimjitlikka erishganligini aks ettirib bergan. XULOSA Shuni aytishimiz kerakki, bu asarda yuqori mansabga o‘tirib olib xalqni qanchalik xo‘rlagan insonlar va oddiy xalqning dardi olib chiqilgan Miryoqib obrazini oladigan bo‘lsak xotinboz, xotinlariga eng qimmatbaxo marjonlardan bo‘yniga taqadi lekin ularning taqdiri, qadri unga zig‘ircha qiziq emas edi. Biri o‘lsa marjonlarni, uzuklarni yechib olib azasi o‘tar-o‘tmas boshqasiga taqar edi. Asar so‘ngida hammasi yaxshilik bilan tugaydi. Cho‘ponning o‘g‘li Miryoqibdan otasi uchun, onasi uchun, qasos oldi. Miryoqib qancha boylik yig‘masin boyliklari hech narsa qilib bermadi. Dunyoda boylik yig‘mang, yaxshilik qiling savob yig‘ing degan xulosaga kelamiz. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 43 FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Said Ahmad “Jimjitlik” Toshkent. O‘ZBEKISTON. 2008. 2. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01), 556-559. 3. Sabirdinov, A. (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции, 1(2) 4. Karimov, N. (2008). XX asr adabiyoti manzaralari. – T.: O‘zbekiston. 5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Jimjitlik