scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SHE'RIYAT VA TAFAKKUR UYG'UNLIGI: ERKIN VOHIDOV IJODINING BADIIY XUSUSIYATLARI

Kengasheva, Bonu Maksimovna; Tulishova, Gulzina Ravshanovna

Abstract

Maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyoti rivojida Erkin Vohidov ijodining o‘rni va ahamiyati masalasi shoir asarlari hamda adabiyotshunoslarning fikr-mulohazalari misolida tahlil qilingan.

Full text

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 48 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17482968 SHE’RIYAT VA TAFAKKUR UYG‘UNLIGI: ERKIN VOHIDOV IJODINING BADIIY XUSUSIYATLARI Kengasheva Bonu Maksimovna JDPU Filologiya fakulteti talabasi Ilmiy rahbar: Tulishova Gulzina Ravshanovna JDPU Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Email: [email protected] ANNOTATSIYA Maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyoti rivojida Erkin Vohidov ijodining o‘rni va ahamiyati masalasi shoir asarlari hamda adabiyotshunoslarning fikr-mulohazalari misolida tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: badiiy ijod, ilmiy-adabiy meros, xotiralar turkumi, esse, shoir, tafakkur, muhib, san’atkor shaxsi. ABSTRACT: The article analyzes the role and significance of Erkin Vohidov’s creative work in the development of modern Uzbek literature, based on the poet’s works and the opinions of literary critics. Keywords: artistic creativity, scientific and literary heritage, series of memoirs, essay, poet, thinking, admirer, personality of the artist. KIRISH Xalqimizga o‘zlaridan boy ilmiy-adabiy meros qoldirgan buyuk siymolarimiz haqida so‘z yuritilar ekan, ularga bag‘ishlangan va adabiyotshunosligimizda muayyan GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 49 o‘rin tutuvchi, ammo kam o‘rganilgan xotiralar turkumiga ham alohida e’tibor qaratishimiz zarur. Adabiyotshunosligi mizda Navoiy, Ayniy, Qodiriy, Oybek, H.Olimjon, Shayxzoda, Mirtemir, O. Sharafiddinov, E.Vohidov, A.Oripov, Shuhrat, O‘.Hoshimov va Tog‘ay Murod kabi ulug‘ siymolarga bag‘ishlangan bu rukndagi asarlar yanada boyib bormoqda. Adabiy jarayon va tanqid-adabiyotshinoslk rivojiga munosib hissa qo‘shuvchi ushbu to‘plamlar mazmundorligi, badiiy ijod va san’atkor shaxsi haqidagi teran fikr va kuzatishlarga boyligi bilan ham adabiy-estetik tafakkur rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. ASOSIY QISM Taniqli adiblar va olimlar tomonidan samimiyat bilan bitilgan xotira va esselar shoir va yozuvchilarimizning yorqin ijodi va takrorlanmas siymosi haqidagi rangbarang mushohadalar va unutilmas taassurotlarga asoslangan bo‘lishi bilan birga mushtarak xususiyatlarga ham ega. Mazkur to‘plamlar-adiblarimizning zamondoshlari, qalamkash do‘stlari tomonidan bitilgan satrlar yoki minnatdor shogirdlar va muhiblar muhabbatining ramzi sifatida aytilgan qalb so‘zlarimibarchasida chuqur bir haqiqat ayon. Abdulla Qodiriy va Qahhor, Oybek va Hamid Olimjon, Mirtemir va SHayxzodalarning adabiyotimiz rivojidagi xizmatlari ulkan ekanligi va ijodda qanchalar ulug‘ bo‘lgan ustoz adiblarimiz hayotda ham shunchalar buyuk shaxs bo‘lganligi yorqin aks etib turadi. Shu ma’noda Erkin Vohidov kabi ulug‘ adiblarimiz hayoti va ijodi ko‘plab zamondoshlarimizga va yosh ijodkorlarga ham haqgo‘ylik va haqiqatga sadoqatning namunasi bo‘la oladi. Erkin Vohidov nafaqat hassos shoir, balki mohir dramaturg ham edi. Shu munosabat bilan fikrimizni mavzuning o‘rganilishiga doir yana bir yangi asar misolida davom ettirib, adabiyotshunoslikdagi ba’zi nuqtalarga e’tiboringizni qaratishni o‘rinli bo‘ladi deb o‘ylaymiz. Adabiyotimiz va xalqimizning faxriga aylangan mashhur shoirimiz Erkin Vohidovning 80 yilligiga bag‘ishlangan va 2018 yili nashr etilgan “To quyosh sochgayki nur” nomli salmoqli to‘plam ham shu turkumdagi yirik asar sifatida maydonga kelganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etish to‘g‘ri bo‘ladi. Biroq, har to‘kisda bir ayb deganlaridek, mazkur xotira va esselar majmuasida ham ko‘nglimiz GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 50 to‘lmaydigan juz’iy nuqsonlar borligidan ko‘z yumolmaymiz. Haqiqatan ham, Erkin Vohidovdek buyuk siymoning yorqin shaxsi va ijodiga bag‘ishlangan “To quyosh sochgayki nur” nomli yirik to‘plam adabiy va ma’naviy hayotimizda quvonchli bir voqea bo‘ldi desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Ammo nozik kuzatishlar va tahlillarga boy bo‘lgan ko‘plab yetuk maqolalar va nurli xotiralarni o‘z ichiga olgan 500 sahifalik katta to‘plamda adibning millionlab tomoshabinlar mehr-e’tiboriga tushgan “Oltin devor” komediyasi haqida yoxud ma’naviy hayotimizda alohida ahamiyat kasb etgan o‘tkir publitsistik asarlari haqida loaqal bironta maqola yoki xotira yo‘qligi kitobxonlarni ham taajjublantirishi tabiiy. Xotiralar turkumidagi bunday kamchiliklarni bartaraf etish va yirik adiblar va ularning mashhur asarlari haqidagi maqolalarimiz va xotira-esselarimiz mumkin qadar to‘liq bo‘lishiga erishsish ham tanqid va adabiyotshunoslikning jiddiy muammolaridan ekanligini unutmasligimiz lozim. Mazkur to‘plamda Erkin Vohidov shaxsi va ushbu komediya taqdiri bilan bog‘liq va o‘quvchilar ommasiga noma’lum bo‘lgan juda muhim va ibratli talqin va ma’lumotlar borki, mavzumiz doirasida ulardan ayrimlariga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq bo‘ladi. “Chin iste’dodga davrning tazyiqu cheklovlari to‘sqinlik qilolmaydi. Iste’dod davrdan, vaziyatdan marhamat kutmasligi, har qanday to‘siqni yenga olishi bilan iste’doddir. O‘ta noqulay sharoitda ham ko‘nglidagisini yuzaga chiqara olish iste’dodning ilk belgisi sanaladi”[1].(Qozoqboy Yo‘ldoshev) Xalq iborasi bilan aytganda, qani edi doim shunday bo‘lsa... Aslida, adib asarlariga baho berishda va ularni tadqiq etishda tarixiy sharoitni e’tiborga olish va sobiq sho‘ro davrida yashab, ijod qilgan boshqa san’atkorlar kabi Erkin Vohidov ham butunlay erkin bo‘lmaganini unutmaslik zarur. Shuning uchun O‘zbekiston Qahamoni Abdulla Oripov “Adabiyot va zamon” maqolasida quyidagi muhim g‘oya va fikrlarni ilgari suradi: “Sho‘rolar davrida milliy qadriyatlarimiz, moziydagi qahramonlarimiz qariyb qalamga olinmas, olinganda ham ular sinfiylik va partiyaviylik nuqtai nazaridan tahlil etilar, qoralanardi, xolos. Diniy e’tiqod esa butun lay manfiy tushunchaga aylantirilgan edi. Biryoqlamalik, yuzakilik adiblarimizni bir xil ovozda, bir xil ohangda kuylashga GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 51 o‘rgatib qo‘ygan edi. Faqat baxtni va saodatni kuylash, aslida yo‘q yorqin kelajakni ulug‘lash odat tusiga aylangan edi. Inson hayotidagi turli iztiroblar, ziddiyatlar, mag‘lubiyatlar qatag‘on mavzu hisoblanar, ular aslo rag‘batlantirilmas edi”[2]. Ming afsuski, bu achchiq haqiqat edi va bu fojeani barcha iste’dodli adiblarimiz boshidan kechirganligi yaqin taruximizning og‘ir bir davri bo‘lgan. Mumtoz adabiyotimizda nazm, ya’ni lirikaning boshqa janr va shakllariga nisbatan g‘azal janri voqelikni va inson ruhiy kechinmalarini badiiy aks ettirishning yetakchi shakl va vositasi bo‘lib kelgan. XX asr boshlaridan e’tiboran davr va ijtimoiy hayot butunlay o‘zgarishi bilan an’anaviy o‘zbek she’riyati ham tub sifat o‘zgarishlari tomon yuz tutadi. XULOSA Bunda adabiy aloqalarning kengayishi, turli millatlar adabiyotlarining o‘zaro ta’sirlashuvi kuchaygani, ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarning badiiy tafakkur taraqqiyotiga kuchli turtki berganligi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Qaysi janr yoki vaznda, qanday adabiy uslub va metodlarda asar yaratilmasin, adabiyotning bosh vazifasi, ulug‘ missiyasi hayot voqea-hodisalari, muammolarini va inson ruhiyatikechinmalarini yuksak badiiylik talablari asosida yoritish, ijtimoiy va badiiy tafakkur rivojiga hissa qo‘shish bo‘lib qolaveradi. Erkin Vohidov va Abdulla Oripovlar ijodida namoyon bo‘lgan janrlar xilma-xilligi, uslub rang-barangligi, poetik obrazlar va mushohadalarning quyuqlashishi she’riyat ufqlari va imkoniyatlarini ham kengaytirdi. Falsafiy, ishqiy-intim, peyzaj motivlari ifodalangan she’rlarda milliy kolorit va umuminsoniy qadriyatlar aks ettirilishi she’rlar ning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib borayotganligini ko‘rsatadi. Erkin Vohidov she’riyati, xususan, uning o‘ziga xos jo‘shqin lirikasi va XX asr o‘zbek poeziyasida yangi bir sahifa ochgan qasida janrida yaratilgan “O‘zbegim” singari betakror she’rlari hamda o‘tkir xalqchil hajviyoti ham bunday ijodiy o‘zgarishlarning yorqin namunalari sifatida juda qimmatlidir. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 52 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Qozoqboy Yo‘ldosh. Milliy ruhiyat me’mori. Ochqich so‘z. –Toshkent: Sharq. 2019-y. 656-b. 2. Ozod Sharafiddinov. Adabiyot yashasa –millat yashar . Cho‘lpon. Adabiyot nadir. –Toshkent: Cho‘lpon. 1994 y. 22-b. 3. Ibrohim Haqqulov.Abdulla Qahhor jasorati. -Adabiyotimiz faxri. –Toshkent: Fan. 2007. 4. https://uz.wikipedia.org/wiki/Erkin_Vohidov