scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

NOGIRONLIGI BOR SHAXSLARNI BANDLIG JARAYONLARI

Ashurov Nazar Raxmatullaevich

Abstract

Har qanday davlatning taraqqiyot darajasi uning inson huquqlariga bo‘lgan munosabati orqali baholanadi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifati va imkoniyatlarini oshirish masalasi nafaqat ijtimoiy himoya tizimi, balki keng qamrovli ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Biz ushbu maqolada shu masalani atroflicha yoritishga harakat qildik.

Full text

REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 102 NOGIRONLIGI BOR SHAXSLARNI BANDLIG JARAYONLARI Ashurov Nazar Raxmatullaevich International school of finance technology and science instituti “Psixologiya va pedagogika” kafedrasi Dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.17483253 Annotatsiya. Har qanday davlatning taraqqiyot darajasi uning inson huquqlariga bo‘lgan munosabati orqali baholanadi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifati va imkoniyatlarini oshirish masalasi nafaqat ijtimoiy himoya tizimi, balki keng qamrovli ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Biz ushbu maqolada shu masalani atroflicha yoritishga harakat qildik. Kalit so‘zlar: Nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironlar mehnati, mehnat shartnomasi, ish beruvchi, ish o’rni. Аннотация. Уровень развития любого государства оценивается по его отношению к правам человека. Вопрос повышения качества жизни и расширения возможностей лиц с ограниченными возможностями является ключевым направлением не только системы социальной защиты, но и комплексной социальной политики. Мы постарались подробно осветить этот вопрос в этой статье. Ключевые слова: инвалиды, трудовой договор, работодатель, работа. Abstract. The level of development of any state is assessed by its attitude toward human rights. Improving the quality of life and expanding opportunities for persons with disabilities is a key focus not only on the social protection system but also on comprehensive social policy. We have attempted to cover this issue in detail in this article. Keywords: Persons with Disabilities, Disabled Labor, Employment Contract, Employer, Job. KIRISH Har qanday davlatning taraqqiyot darajasi uning inson huquqlariga bo‘lgan munosabati orqali baholanadi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifati va imkoniyatlarini oshirish masalasi nafaqat ijtimoiy himoya tizimi, balki keng qamrovli ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Shu jihatdan, ular uchun qulay muhit yaratish, barcha sohalarda teng imkoniyatlar taqdim etish va ularni jamiyat hayotiga to‘laqonli jalb qilish jahon hamjamiyatining ustuvor maqsadlaridan biridir. O‘zbekiston ham so‘nggi yillarda nogironlar huquqlarini himoya qilish va ular uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha qator islohotlarni amalga oshirmoqda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 08.05.2025 yildagi PF-85-son qabul qilingan davlat oldiga vazifa qilib qo‘ydi. I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan hamda ular uchun surdotarjimon, psixolog va hamrohlik xizmatini tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlarining REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 103 xarajatlarini Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya sifatida qoplab berish tartibi. I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni belgilangan shartlarga bir vaqtda javob beradigan mehnat sharoitlari asosida ishga qabul qilgan yoki shunday ishga joylashishiga ko‘maklashgan tadbirkorlik subyektlariga Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobida subsidiya ajratish tartibi. .Nogironlar mehnatidan foydalanish uchun nogironlarning ehtiyojlarini va mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda ixtisoslashtirilgan korxonalar, sexlar va uchastkalar tashkil etiladi. Ko‘zi ojiz nogironlar sharoitlari o‘z imkoniyatlariga mos keladigan ishlab chiqarishda ishtirok etishda imtiyozli huquqqa egalar. Xodimlarining soni yigirma kishidan ortiq bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironlarni ishga joylashtirish uchun xodimlar sonining kamida uch foizi miqdorida ish joylarining eng kam sonini belgilaydi va zaxirada saqlaydi. Nogironlarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam sonini yaratish bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ijro etmaganligi uchun korxona, muassasa va tashkilotga har bir yaratilmagan ish joyi uchun ana shu korxona, muassasa va tashkilot xodimining o‘rtacha yillik ish haqi miqdorida jarima solinadi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Nogironligi bo‘lgan insonlar jamiyatning ajralmas qismi sifatida turli sohalarda faoliyat yuritishga haqlidirlar. Biroq ular ko‘pincha turli to‘siqlarga duch keladilar: infratuzilmaning moslashmaganligi, ish o‘rinlarining yetishmasligi, ijtimoiy stereotiplar va axborotga kirish imkoniyatlarining cheklanganligi. Shu bois qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish juda muhim ahamiyatga ega. Bu tizimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - ijtimoiy integratsiyani ta’minlash; - iqtisodiy faollikka sharoit yaratish; - psixologik va huquqiy yordamni kuchaytirish; - ta’lim, sport va madaniy sohalarda inklyuziv muhit yaratish. Qulay muhit deganda faqatgina panduslar qurish emas, balki barcha ijtimoiy sohalarni nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish tushuniladi. Masalan:- Jamoat transportlarini maxsus lift va ko‘targichlar bilan jihozlash; - Davolash muassasalarida nogironlar uchun maxsus xizmatlar yo‘lga qo‘yish; - Axborot texnologiyalarini (brayl alifbosi, subtitrlar, ovozli dasturlar) keng joriy etish; - Ta’lim muassasalarida inklyuziv darslar va maxsus pedagogik dasturlarni amalga oshirish. Bunday choralar nafaqat nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun, balki butun jamiyat uchun samaralidir, chunki ular ijtimoiy adolat va tenglik tamoyillarini mustahkamlaydi. Nogironligi tufayli nogiron bilan mehnat shartnomasi tuzishni yoki ish yuzasidan uni yuqori lavozimga ko‘tarishni rad etishga, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, nogironni uning roziligisiz boshqa ishga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi, tibbiy-ijtimoiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, nogironning sog‘lig‘i kasb vazifalarini bajarishga monelik qilgan yoki nogironning yoxud boshqa shaxslarning sog‘lig‘i va mehnat xavfsizligiga tahdid qilgan hollar bundan mustasno. Nogiron o‘z mehnat qobiliyatini tiklaganidan keyin, ilgarigi ishiga yoki shunga teng ishga joylashish huquqiga ega. Agar xodim ish beruvchining aybi bilan nogiron bo‘lib qolsa hamda o‘zgalarning parvarishiga va yordamiga muhtoj bo‘lsa, unda ish beruvchi nogiron mehnat qobiliyatini yo‘qotgan davrda uni tibbiy- REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 104 mehnat ekspert komissiyalari yoki tibbiy-maslahat komissiyalarining xulosasiga binoan, parvarish qilayotgan shaxsni o‘z hisobidan ta’minlashi hamda jabrlangan xodimga yetkazilgan moddiy zarar va ma’naviy ziyonning o‘rnini qoplashi shart. Mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uyda ishlovchi nogironlarga, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi nogironlarga mazkur faoliyat uchun yashashga mo‘ljallanmagan joylar berilishida, xom ashyo olishi va mahsulot sotishida zarur yordam ko‘rsatadilar. Nogironligi bo‘lgan shaxslar sonining ortishiga asosiy sabab sifatida quyidagi omillar ko‘rsatib o‘tilgan:1 – insonlarni uzoq umr ko‘rish yoshi ortganligi; – surunkali kasalliklar sonining ortib borishi; – tabiiy ofatlar sonining ortganligi; – jarohatlar sonining ortganligi; – ish bilan ta’minlanmaslik (ayniqsa, aqliy va ruhiy nuqsonlari bor nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash masalalarining muammoligi). Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, yer yuzida nogironligi bo‘lgan shaxslar sonining ortishiga ko‘rsatib o‘tilgan sabablarning bir qismi O‘zbekiston uchun ham xosdir. Aksariyat rivojlangan davlatlarning tajribalari shundan dalolat beradiki, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilishda birinchi navbatda ijtimoiy himoya yoki ijtimoiy imtiyozlar yaratish emas, balki ularning bandligini, ya’ni ish bilan ta’minlash masalasi muhim o‘rin tutadi. Nogironlarning mehnatidan foydalanish uchun nogironlarning ehtiyojlarini va mahalliy xususiyatlarni hisobga olib, maxsus korxonalar, sexlar va uchastkalar barpo etiladi. Ko‘zi ojiz nogironlar sharoiti o‘zlarining imkoniyatlariga mos keladigan ishlab chiqarishlarda qatnashishda ustunlik huquqiga ega. Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, korxonalar va birlashmalar uyda ishlovchi nogironlarga, shuningdek yakka tartibdagi mehnat faoliyati band bo‘lgan nogironlarga mazkur faoliyat uchun odam turmaydigan bino yoki xonalar ajratib berish, xom ashyo sotib olish va mahsulotni sotishda zarur yordam beradi. Dunyo tajribasi shundan dalolat beradiki, davlat, nodavlat, jamoatchilik tashkilotlari hamda ish beruvchilarning kompleks yondashuvi natijasidagina nogironligi bo‘lgan shaxslarni oqilona ishga joylashtirish samaradorligi yuqori bo‘lishi mumkin. Turli davlatlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarni oqilona ishga joylashtirish mexanizmlarining quyidagi turlarini farqlash mumkin: - qonunchilikda nogironligi bo‘lgan shaxslarni boshqa fuqarolar bilan teng huquqlarga ega ekanliklarini belgilash; - ish o‘rinlarini zahirada saqlash (kvotalash); - ishga joylashtirish jarayoniga ergoterapevtlar va ijtimoiy xodimlarni jalb etish; - nogironligi bo‘lgan shaxslarni vaqtincha yoki sinov muddati bilan ishga joylashtirish; - ishga joylashgan nogironligi bo‘lgan shaxs va ish beruvchini ijtimoiy qo‘llab quvvatlash; - ijtimoiy korxona va ijtimoiy muassasalarni tashkil etish; - nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish jarayoniga nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlarini faol ishtirok etishlarini ta’minlash; - nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlashda jamoatchilik faolligini oshirish. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini zahirada saqlash mexanizmi Germaniya, Avstriya, Italiya, Fransiya, Ispaniya, Yaponiya va boshqa bir qator davlatlarda joriy qilingan. Mazkur davlatlarda xodimlarning soni 20 kishidan 50 kishigacha bo‘lgan korxona, REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 105 muassasa va tashkilotlar 2 % dan 6 % gacha ish o‘rinlarini zahirada saqlashlari belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida 20 kishidan ortiq bo‘lgan korxona, muassasa va tashkilotlar 3% ish o‘rinlarini nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zahirada saqlashlari lozim. AQSh va Buyuk Biritaniya davlatlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirishning majburiy mexanizmlari qo‘llanilmaydi, ammo mazkur davlatlarning qonunchiligida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishga joylashishlari uchun boshqa fuqarolar bilan teng imkoniyatlar yaratilgan. Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxsning ish beruvchi bilan suhbat olib borishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan bo‘lishi lozim, shu jumladan, ko‘zi ojiz nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ham, nogironligi bo‘lgan shaxslarning shaxsiy hayotlariga aloqador ma’lumotlarni so‘rab olish taqiqlanadi, ayrim holatlarda hattoki nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani so‘rab olishga ham yo‘l qo‘yilmaydi. Aksariyat rivojlangan davlatlarda (Shvesariya, Avstriya, Fransiya, Koreya, Italiya, Rossiya va h.k.), shu jumladan, O‘zbekistonda ham nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashganligidan qat’i nazar pensiya to‘lovining saqlab qolinishi ularning ishga joylashishlari uchun eng muhim rag‘batlantiruvchi mexanizmlardan biri hisoblanadi. AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Norvegiya singari davlatlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar ishga joylashganlaridan keyin pensiya 3 oydan 3 yilgacha to‘lab borilib, uning oqilona ishga joylashganligi va o‘z ishiga to‘liq moslashganidan keyin pensiya to‘lovi to‘xtatiladi. Rossiya, Ukraina va Belorussiyada nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish jarayoniga ergoterapevtlarni jalb etish mexanizmi keng joriy qilingan. Ushbu mutaxassislar nogiron shaxslarni cheklangan yoki yo‘qotgan turmush faoliyatini tiklash bilan shug‘ullanadi. Ergoterapevtlar bundan tashqari nogironligi bo‘lgan shaxslarda ijtimoiy-maishiy ko‘nikmalarni shakllantirish, orientatsiya, kasb ko‘nikmalarini hosil qilish singari vazifalarni ham amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda, afsuski, ergoterapevt mutaxassislar tayyorlanmaydi. Bu esa, o‘z navbatida, nogironligi bo‘lgan shaxslarni yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturining ijtimoiy-maishiy va kasbiy bo‘limlarini shakllantirishga salbiy ta’sir etadi. Ukraina, Rossiya, Belorussiya davlatlarida nogiron shaxslarni yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturlari bir oy mobaynida ijtimoiy xodim, ergoterapevt, reabilitolog va boshqa mutaxassislar ishtirokida tuziladi. O‘zbekistonda esa ushbu vazifani tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining vrachlari ko‘rik o‘tgan kunning o‘zida bajaradi va bu xato, kamchiliklar salmog‘ining yuqori bo‘lishiga olib keladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlashda jamoatchilik faolligini oshirish mexanizmi aksariyat rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda tashkil etilgan. Masalan, Yaponiya, Filippin, Tayland, Koreya, Hindiston va boshqa bir qator davlatlarda jamiyat a’zolarining faollashuviga asoslangan yondashuv modeli keng qo‘llaniladi. Yoki ushbu model – mahalliy jamiyat rivojlanishida barchaning ishtirokini ta’minlovchi yondoshuvdir. Mazkur model 30 yillar ilgari joriy etilgan bo‘lib, Osiyo va Tinch okeani hududi hamda boshqa mamlakatlar tajribasida qo‘llanib kelinmoqda. Mazkur modelini o‘zbek taraqqiyot modeliga o‘xshash jihatlari ham e’tiborga loyiq. Masalan, modelning 5 ta modeli o‘z ichiga moddiy ta’minot, sog‘liqni saqlash, to‘sqinliksiz muhit, shart-sharoit, ijtimoiy muhit, ta’lim, bandlik, reabilitatsiya (uzluksizlik, bosqichmabosqichlik, komplekslilik tamoyillari) jarayonlarini qamrab olgan. Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlashda barchaning ishtirokini ta’minlovchi yondoshuv quyidagi prinsiplarga tayangan bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi: - ish uslubi o‘zgaruvchan; - oson moslashuvchan; REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 106 - qo‘shimcha mablag‘, qo‘shimcha kuch talab qilmaydigan bo‘lishi lozim. Barchaning ishtirokini ta’minlovchi yondoshuvda nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlari hamda o‘zini o‘zi boshqarish organlari katalizator (ya’ni liderlik) rolini o‘ynashi muhimdir. Chunki mazkur tashkilotlar: 1. Muammolarni yaxshi biladi. 2. Kadrlar tarkibi va tarmog‘i mavjud. 3. Moddiy-texnik baza mavjud. 4. Mahalliy xususiyatlarni ob’ektiv hisobga oladi. 5. Masalaning yechimiga xolisona yondoshadi. 6. Tizimda struktura mavjud. Hozirgi vaqtda nogironligi bo‘lgan odamlarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimi isloh qilish jarayonida turibdi. Ilgarilari hastalik –nogironlik – mehnatga layoqatsizlik tushunchasini tengligiga asoslangan hayot faoliyatining turli xil mezonlarini cheklash darajasini aniqlashga asoslangan manzilli yondashuvga bosqichma-bosqich o‘tish yuz bermoqda. Nogironlikni aniqlashni tartibi, davlatning ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarni taqdim etish tartibi qayta ko‘rib chiqildi. Davlat uchun nogironligi bo‘lgan odamlarni ishga joylashtirishni iqtisodiy ahamiyatini deyarli baholab bo‘lmaydi, biroq uni raqamlardagi to‘liq foydasini hisoblab chiqish murakkab ish, chunki u pul ko‘rinishida hisoblash chiqish qiyin bo‘lgan ko‘plab omillarning yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Son sifatida hisoblash yengil kechadigan omillardan biri – bu O‘zbekistonning rasmiy sektorida ishlovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar budjetdan tashqari fondan olinadigan pensiyalarini 50 foizga yaqinini qoplashadi, qo‘shimcha tarzda bandlikka ko‘mak berish fondiga mablag‘ ajratadi va bir qator holatlarda daromad solig‘ini to‘lashadi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirishni ahamiyatini pasaytirmagan holda qayd etishimiz kerakki, ularni ish bilan ta’minlashni ijtimoiy ahamiyati juda ham muhim hisoblanadi. Ishga joylashtirish nafaqat moddiy ta’minlanishni anglatadi. Nogironligi bo‘lgan odamlarni ishga joylashtirishning ijtimoiy ahamiyati ularni o‘z-o‘zini namoyon qila olish, jamiyat rivojiga o‘zlarining noyob hissalarini qo‘shish imkoniyati, muloqot va jamiyatiga kirishishlari uchun imkoniyatlarni taqdim etishni ta’minlashdan iboratdir. Nogironligi bo‘lgan odamlarni ishga joylashtirish ularga nisbatan bo‘lgan achinish, qobiliyatiga ishonchsizlik, hamda ularni jamiyat uchun ortiqcha tashvish keltiruvchi ko‘rinishda bo‘lgan bir taxlitdagi munosabatlarni bartaraf qilish imkonini beradi. XULOSA VA TAKLIFLAR Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlarini, xususan, nogironligi bor bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish taklif etiladi: - nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlashni muvofiqlashtirib boruvchi davlat va nodavlat tashkilotlaridan iborat milliy va hududiy kengashlar tashkil etish, mazkur kengashlarga jamoatchilik faollarini jalb etish; - bandlik masalalarini monitoring qilish, ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, tahlil qilish, natijalarni baholash, huquqiy masalalar yuzasidan davlat va nodavlat tashkilotlari xodimlarining malakalarini birgalikda oshirish kurslarini tashkil etish; - nogironligi bo‘lgan shaxslarga mehnat va kasbiy tavsiyalar berishning yangi zamonaviy standartlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish; REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 107 - nogironligi bo‘lgan shaxslarning saqlanib qolgan mehnat faoliyatini baholash hamda mehnat tavsiyalari berish maqsadida turmush faoliyati cheklanishining yangi standartlari va uslublarini ishlab chiqish; - nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish uslublarini takomillashtirish hamda mazkur attestatsiyalarda mehnat tavsiyalarini bergan mutaxassislar ishtirokini ta’minlash; - “Mehnat bozori” to‘g‘risida avtomatlashtirilgan elektron ma’lumotlar bazasini yaratish hamda tashkilot, muassasa va korxonalar o‘rtasida tizimli ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish; - davlat, nodavlat tashkilotlari hamda barchaning ishtirokini ta’minlovchi yondoshuvga asoslangan tizimning imkoniyat va ehtiyojlar haritasini ishlab chiqish, qiyosiy tahlil qilish orqali mavjud muammolar yechimini topish; - jamoat nazorati tizimini shakllantirish, ijtimoiy hamkorlikning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va takomillashtirish; - kadrlarni to‘g‘ri tanlash va tayinlash bo‘yicha jamoat kengashlarini tuzish, mazkur kengashlarning asosiy qismiga nodavlat tashkilotlari hamda jamoatchilik faollari a’zolarini jalb qilish; - infratuzilmani nogironlar ehtiyojlariga moslashtirish; - inklyuziv ta’limni keng joriy etish; - mehnat bozorida nogironlar uchun maxsus imtiyozlar va imkoniyatlar yaratish; - jamiyatda ijobiy ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish; - davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish. - nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlash, ularga ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirishda barchaning faolligiga asoslangan yondashuv imkoniyatlaridan kengroq foydalanish. FOYDANILGAN ADABIYOTLAR 1. Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha choratadbirlar dasturi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-85-son Farmoni. 2. Международный форум «Духовно-нравственные основы общества в системе социалной поддержки детства и семи». Сборник материалов. – Ташкент, 2012. – С. 116. jamiyat 3. Bolalar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash – farovon va taraqqiy эtib boruvchi asosi. 2013. – B. 75.