scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SHARQ ILM-FANI TARAQQIYOTIDA "MINERALOGIYA"NING O'RNI

Joʻrayeva Nargiza Farrux qizi

Abstract

Abu Rayhon Beruniy yozgan asarlari hozirgi kunda ham jahonda odamlar e'tiboridan qolgan emas. Uning "Mineralogiya"nomi bilan mashhur "Kitob al-jamohir fi ma' rifat al-javohir "ya'ni tarjimasi "Qimmatbaho javohirlar haqida bilimlar kitobi "ham shular jumlasidan. Bu asarda 300 dan ortiq minerallar va ularning turlari, xususiyatlari, qoʻllanishi, vujudga kelish sharoitlari, rangi, fizik xossalari va zichligi haqida batafsil ochib berilgan.

Full text

Oktabr, 2025-Yil 377 SHARQ ILM-FANI TARAQQIYOTIDA “MINERALOGIYA”NING O‘RNI Joʻrayeva Nargiza Farrux qizi Buxoro davlat pedagogika instituti Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17483249 Annotatsiya. Abu Rayhon Beruniy yozgan asarlari hozirgi kunda ham jahonda odamlar e'tiboridan qolgan emas. Uning "Mineralogiya"nomi bilan mashhur "Kitob al-jamohir fi ma' rifat al-javohir "ya'ni tarjimasi "Qimmatbaho javohirlar haqida bilimlar kitobi "ham shular jumlasidan. Bu asarda 300 dan ortiq minerallar va ularning turlari, xususiyatlari, qoʻllanishi, vujudga kelish sharoitlari, rangi, fizik xossalari va zichligi haqida batafsil ochib berilgan. Kalit soʻzlar: Abu Rayhon Beruniy, Belenskiy, Krachkovskiy, Mineralogiya, metallar, rang, oltin, zichlik, Hindiston, hikoyatlar. Аннотация. Произведения, написанные Абу Райханом Беруни, и сейчас не ускользнули от внимания людей всего мира. Его книга «Китаб аль-джамохир фи ма'рифат аль-Джавахир», известная как «Минералогия», является одной из них. В этой работе подробно объяснены более 300 минералов и их типы, свойства, использование, условия образования, цвет, физические свойства и плотность. Ключевые слова: Абу Райхан Беруни, Беленский, Крачковский, Минералогия, металлы, цвет, золото, плотность, Индия, истории. Abstract. The works written by Abu Rayhan Beruni have not escaped the attention of people in the world even now. His book "Kitab al-jamohir fi ma' rifat al-jawahir" known as "Mineralogy" is one of them. In this work, more than 300 minerals and their types, properties, uses, conditions of formation, color, physical properties and density are explained in detail. Key words: Abu Rayhan Beruni, Belensky, Krachkovsky, Mineralogy, metals, color, gold, density, India, stories. Sharq uyg‘onish davrining buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniy (973–1048) tabiiy fanlar, astronomiya, geografiya, tarix, mineralogiya va boshqa sohalarda salmoqli ilmiy meros qoldirgan. Uning “Kitob al-jamohir fi ma’rifat al-javohir”, ya’ni mashhur “Mineralogiya” asari o‘rta asr ilm-fani tarixida beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan fundamental tadqiqotdir. Asar minerallarning tabiatda uchrashi, xossalari, kimyoviy tarkibi, iqtisodiy hamda amaliy ahamiyatini puxta ilmiy asosda bayon etadi. Beruniyning ilmiy merosi barcha fan sohalarida oʻz hissasini qoʻshmasdan qolmaydi. Krachkovskiy taʼbiricha " ...uning qiziqqan ilm sohalaridan koʻra , qiziqmagan sohalarini sanab oʻtish ancha osondir" deydi. Haqiqatdan ham Beruniy qiziqmagan sohaning oʻzi yoʻq. Kimyo deysizmi, matematika deysizmi,oʻsimliklar haqida deysizmi,geografiya haqida deysizmi sanab oxiriga yetolmaysiz. Beruniyning 150 dan ziyod asar yozgan boʻlsa, bizgacha 27tasi yetib kelgan xolos. Bulardan Geografiya va geodeziyaga oid "Tahdid" asari, astranomiyaga oid "Qonuni Maqsudiy", hind xalqi etnografiyasidan xabar beruvchi "Hindiston", dorivor oʻsimliklar toʻgʻrisidagi "Saydana" Geodeziya va Mineralogiya asarlari shular jumlasidandir. Oktabr, 2025-Yil 378 "Mineralogiya "kitobiga toʻxtaladigan boʻlsak bu kitob arab tilida yozilgan boʻlib Belenskiy tomonidan 1963-yil rus tiliga tarjima qilingan. Asar anʼanaga koʻra Allohga hamd bilan boshlangan. Kitob ikki qismdan iborat boʻlib, birinchisi qimmatbaho toshlar haqida. Unda 33ta tosh va minerallar haqida ochiq oydin bayon qiladi. Ikkinchi qismda flizzot—metallar deb nomlanib, bu qismda 12 ta metall toʻgʻrisida soʻz yuritilgan. Bunday olib qarasak, kitobda hammasi boʻlib yuzga yaqin mineral toshlar va metallar nomi keltirilgan. Misol uchun simobni oladigan boʻlsak, uning zichligi juda ham yuqori darajada ekanligini koʻrish mumkin. Shuning uchun Beruniy uni barcha metallarning onasi deb hisoblaydi. Bundan tashqari oltin, la'l kumush va boshqa barcha qimmatbaho metallarning zichligini solishtirma ogʻirligini boshqa metallarga nisbatan aniqlagan. Hikoyalarga keladigan boʻlsak, “Mineralogiya” asarining birinchi qismida 25ta sheʼriy parcha va 30 ta hikoyalar mavjud. Uning hikoyalarida asosan adolat, haqiqat, toʻgʻri soʻzlik kabi xislatlar ulugʻlanib, kibr, mugʻombirlik, aldash kabi xislatlar qoralanadi. Uning "Oʻz qadrini bilgan choʻri " hikoyasida Goʻzal qizlarni choʻrilikka olib kelishibdi.Ular doimo saroyda yashab,xonni soʻzidan chiqmadilar. Buning evaziga ularga doimo tillolar, sovgʻa - salomlar berishar ekan oʻsha qizlarni ichida bir sohibjamol choʻri qiz boʻlgan ekan. U yuborilgan sovgʻa - salomlarni hech birini olmas ekan. Buni eshitgan podshoh hayratlanibdi, gʻazablanibdi.Sohibjamol choʻri qizga bir qop yoqut keltirib berishibdi. Qiz unga qiyo ham boqmabti. Shunda podshoh soʻrabti senga nima kerak, shu yerdan istaganingni ol bari seniki debdi.Shunda qiz podshohni tanladi. Podshoh ham uni oʻz nikohiga olishga majbur boʻldi. Arslon izidan ,yigit soʻzidan qaytmaydi deganlaridek, podshoh ham oʻz soʻzida qoladi. Hamma qizni aqlliligiga qolibdi. Abu Rayhon Beruniy yaratgan “Mineralogiya” asari Sharq ilm-fani tarixida o‘ziga xos ilmiy maktab yaratgan yuksak durdonadir. Unda minerallarning mohiyati nafaqat amaliy, balki nazariy nuqtayi nazardan ham chuqur tahlil etilgan. Beruniyning aniq ilmiy metodlari va kashfiyotlari bugungi zamonaviy geologiya, mineralogiya hamda kimyo fanlarining shakllanishiga mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilgan. Shuning uchun ham “Mineralogiya” asari jahon ilmiy merosining oltin sahifasiga bitilgan nodir yodgorlik sifatida baholanishi bejiz emas. Foydalanilgan adabiyotar: 1. Baxshilloyevna, S. M. (2022). BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA TARBIYACHI NUTQI NAMUNA-O’RNAK VOSITASI SIFATIDA. Scientific Impulse, 1(4), 1288-1292. 2. Baxshilloyevna, S. M. (2022). MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR MA’NAVIY DUNYOSINI BOYITISHDA “ALPOMISH” DOSTONING O’RNI. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(2), 146-152. 3. Sharipova, M. B. (2021). Laylo Mirzo Qizi Muslimova XALQ DOSTONLARINI O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, (7). Oktabr, 2025-Yil 379 4. Sharipova, M. B., & Muslimova, L. M. Q. (2021). XALQ DOSTONLARINI O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 2(7), 1130-1134. 5. Sharipova, M. B. (2021). Xursand Nuriddinovna Mirzayeva XALQIMIZ MADANIYATINING HAYOTBAXSH SARCHASHMASI. Scientific progress, (7). 6. Baxshilloyevna, S. M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ O ‘STIRISHNING ILMIY-NAZARIY AHAMIYATI. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 168-168. 7. Baxshulloyevna, S. M. (2022). «ALPOMISH» DOSTONI-VATANPARVARLIK FAZILATLARIDAN SABOQ BERUVCHI MAʼNAVIY DURDONA. Scientific Impulse, 1(4), 1426-1430. 8. Sharipova, M. B., & Ravshanova, G. F. Q. (2021). QAHRAMONLIK DOSTONLARINING O’ZIGA XOSLIGI: MILLIY RUH VA AN’ANALAR. Scientific progress, 2(7), 1139-1144. 9. Шарипова, М. Б., & Саьдуллаева, М. Б. К. (2020). РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ. Проблемы педагогики, (6 (51)), 58-60. 10. Sharipova, M. (2020). O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning ahamiyati. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1). 11. Sharipova, M. B., & Nozirova, M. J. Q. (2021). O’ZBEK XALQ DOSTONLARINI O’QITISHDA KOMPYUTER IMKONIYATLARI. Scientific progress, 2(7), 1102-1108. 12. Sharipova, M. B., & Farmonova, G. S. Q. (2021). NIKOHDAN SO’NG ADO ETILADIGAN URF-ODATLAR TASVIRI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 2(7), 1125-1129. 13. Sharipova, M. B. (2021). XALQ DOSTONLARIDA SOVCHILIK MAROSIMI BADIIY IFODASI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 2(7), 1120-1124. 14. Sharipova, M. B., & Mirzayeva, X. N. (2021). XALQIMIZ MADANIYATINING HAYOTBAXSH SARCHASHMASI. Scientific progress, 2(7), 1135-1138. 15. Шарипова, М. Б., & Неьматова, Ш. Н. (2020). Формирование эстетической культуры воспитанников дошкольных образовательных учреждений. Вестник магистратуры, (3-3 (102)), 113-114. 16. Sharipova, M. (2020). Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi (" Alpomish" dostoni misolida). ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1). 17. MA’NAVIY, Y. A. R. V., & O’RNI, D. B. Q. E. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU. Maktabgacha ta’lim. 18. Sharipova, M. B., & Shokirova, N. Z. Q. (2021). «ALPOMISH» DOSTONI–BADIIY BARKAMOL ASAR. Scientific progress, 2(7), 1145-1148. 19. Sharipova, M. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ». ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1). 20. Шарипова, М. Б., & Хусаинова, З. Х. ВЕСТНИК НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ. ВЕСТНИК НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ Учредители: Олимп, 106108.