scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI VA OILA HAMKORLIGIDA MAS'ULIYATLI BOLA TARBIYALASH MASALALARI

Murodova Mubina Akramjon qizi

Abstract

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oila hamkorligida mas’uliyatli bola tarbiyalash masalalari keng yoritilgan. Bolaning shaxs sifatida shakllanishida oila va ta’lim tashkilotining birgalikdagi faoliyati alohida ahamiyatga ega ekani asoslangan. Tadqiqotda bolalarda ijtimoiy mas’uliyat, mustaqillik, mehnatsevarlik, axloqiy qadriyatlar, o‘zini boshqarish, hamjihatlik va madaniy xulq-atvorni shakllantirishda pedagoglar va ota-onalarning hamkorligi muhim omil sifatida tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion metodlar va oila bilan muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish mas’uliyatli bola tarbiyalashda samarali vosita ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Full text

REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 134 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI VA OILA HAMKORLIGIDA MAS’ULIYATLI BOLA TARBIYALASH MASALALARI Murodova Mubina Akramjon qizi Qo‘qon DU 2bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17483431 Annotatsiya. Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oila hamkorligida mas’uliyatli bola tarbiyalash masalalari keng yoritilgan. Bolaning shaxs sifatida shakllanishida oila va ta’lim tashkilotining birgalikdagi faoliyati alohida ahamiyatga ega ekani asoslangan. Tadqiqotda bolalarda ijtimoiy mas’uliyat, mustaqillik, mehnatsevarlik, axloqiy qadriyatlar, o‘zini boshqarish, hamjihatlik va madaniy xulq-atvorni shakllantirishda pedagoglar va otaonalarning hamkorligi muhim omil sifatida tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion metodlar va oila bilan muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish mas’uliyatli bola tarbiyalashda samarali vosita ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, oila, hamkorlik, mas’uliyat, tarbiya, rivojlanish, pedagog, ota-ona, muloqot, qadriyatlar. Bugungi kunda jamiyat taraqqiyoti, oilaviy munosabatlar va ta’lim tizimidagi islohotlar sharoitida barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasi dolzarb vazifalardan biriga aylanmoqda. Jamiyat taraqqiyoti, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ma’naviy yuksalishi, eng avvalo, barkamol avlod tarbiyasiga chambarchas bog‘liqdir. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida ta’lim-tarbiya jarayonida yoshlarning ijtimoiy mas’uliyatli, mustaqil fikrlaydigan, o‘z qarashlariga ega, ongli shaxs sifatida voyaga yetishi dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun ham maktabgacha ta’lim tizimi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilib, unga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Zero, maktabgacha yosh davri bolaning shaxsiy sifatlari, axloqiy qarashlari va ijtimoiy ko‘nikmalari shakllanadigan eng muhim bosqich hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi 1 da aytilishicha, maktabgacha taʼlim tashkilotini modernizatsiya qilish maktabgacha taʼlimning yangi sifatiga erishishini anglatadi: “...maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, maʼnaviy-axloqiy, estetik va jismoniy shakllanishi uchun shart-sharoitlar yaratish” yoʻnalishlari belgilangan. Maktabgacha ta’lim davri bolaning hayotida eng muhim bosqichlardan biri sanaladi. Aynan shu davrda bola shaxs sifatida shakllanadi, unda ijtimoiy munosabatlar, qadriyatlar, mas’uliyat, mustaqillik va mehnatga munosabat kabi sifatlar poydevori qo‘yiladi. Shu sababli bola tarbiyasida oila va maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘zaro hamkorligi uzluksiz bo‘lishi zarur. Oila – tarbiyaning birlamchi muhitidir. Bola oilada dastlabki odob-axloq qoidalarini, madaniyatni, muloqot usullarini o‘rganadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti esa ushbu jarayonni 1 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ–4312-son qarori “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” // https://lex.uz/docs/4331345 REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 135 yanada boyitadi, tizimli pedagogik faoliyat asosida bola rivojlanishini ta’minlaydi. Demak, oila va ta’lim tashkiloti bir-birini to‘ldiruvchi, yagona maqsad sari yo‘naltirilgan ikkita asosiy institutdir. Hamkorlikning mohiyati shundaki, pedagog va ota-onalar bola tarbiyasida yagona yo‘nalishda harakat qilishlari kerak. Ularning qarashlari, talablari va yondashuvlari uyg‘un bo‘lsa, bola shaxsida mas’uliyatli xulq-atvor va barqaror ijtimoiy qadriyatlar shakllanadi. Aks holda, bola ikki xil talab va qarama-qarshi munosabatlar girdobida qolib, unda barqaror sifatlar shakllanmaydi 2 . Mas’uliyatli bola tarbiyalash masalasi ham oila, ham maktabgacha ta’lim tashkilotining asosiy vazifalaridan biri sanaladi. Chunki bola tarbiyasida faqat ota-onaning yoki faqat pedagogning sa’y-harakati yetarli bo‘lmaydi. Bola shaxsining barkamol rivojlanishi uchun oila va ta’lim tashkiloti hamkorlikda harakat qilishi, o‘zaro muloqot va mas’uliyatni teng taqsimlashi zarur. Bu jarayonda ota-onalar farzand tarbiyasidagi pedagogik bilimlarini boyitishi, tarbiyachilar esa oilalar bilan samarali hamkorlik usullarini qo‘llashi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oilaning hamkorlik jarayonini samarali tashkil etish, unda mas’uliyatli bola tarbiyalashga qaratilgan aniq mexanizmlarni ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Ushbu jarayon orqali bolalarda ijtimoiy mas’uliyat, mehnatsevarlik, mustaqil qaror qabul qilish, axloqiy qadriyatlarga sodiqlik, muloqot madaniyati va o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish mumkin. L.A.Ropembskayaning fikricha, maktabgacha yoshdagi bolalarda masʼuliyat hissini shakllantirishda oiladan boshlab mehnat qilishga oʻrgatish, chunki unda bola oddiy vazifalarni bajarish sharoitida boʻladi. Oilada mehnat qilish koʻnikmalarini egallash mustaqillik, irodalilik va qatʼiyatlilik, sabotlilik, sabrlilik istagini shakllantirishga yordam beradi 3 . J.YE.Zavadskaya va L.V.Shevchenkolar tomonidan “shaxsda masʼuliyatlilik shaxs munosabatini tarbiyalashning aniq sharti sifatida oʻzini-oʻzi boshqarishni shakllantirish ekanligi taʼkidlangan hamda masʼuliyatlilikning muayyan belgilari sifatida quyidagilar aniqlangan: – oʻzini oʻzi oʻrganish, tahlil qilish, anglash, oʻzini tuta bilish, oʻzini oʻzi shakllantirish layoqati; – ijtimoiy-madaniy faoliyatga ongli munosabat va burch majburiyatlari talablariga muvofiqligini, mos kelishini baholash; – berilgan vazifalarni va topshiriqlarni oʻz vaqtida, aniq va puxta bajarish qobiliyati; – burchlarini bajarish jarayonida qatʼiyatlilik, masʼuliyat, raqobatbardosh, tashabbuskorlik, mustaqillikning namoyon boʻlishi; – oʻz xatti-harakatlarining oqibatlarini oldindan bilish qobiliyati; – oʻz xatti-harakatlari va boshqalarning harakatlarini baholash qobiliyati; – topshiriqning hissiy-emotsional tajribasi, jarayon va uni amalga oshirish natijasi; – jamoa uchun javobgarlikni oʻz boʻyniga olishni bilish va bunga aqlan tayyorlik 4 ” Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oila hamkorligi bola tarbiyasida eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Chunki bola shaxsining rivojlanishida nafaqat pedagogik jarayon, balki oilaviy muhit ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Mas’uliyatli bola tarbiyalash masalasi bugungi globallashuv davrida alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bolada mas’uliyat hissini 2 Qodirova F. R., Toshpo‘latova Sh. Q., Kayumova N. M., Azimova M. N. Maktabgacha pedagogika. – Toshkent: Tafakkur nashriyoti, 2021. 273 b 3 Ropembskaya, L.A. (1990). Osnovy vospitaniya do shkol’nogo vozrasta. – Moskva: Prosveshchenie, B. 73–75. 4 Zavadskaya, J.Ye., Shevchenko, L.V. (2003). Otvetstvennost’ kak psikhologo-pedagogicheskaya problema [Masʼuliyat psixologo-pedagogik muammo sifatida]. – Moskva: Pedagogika. – B. 76–78. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 136 shakllantirish, uni mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok etuvchi, o‘z xattiharakatlarining oqibatini anglaydigan shaxs sifatida voyaga yetkazish ta’lim va tarbiya tizimining ustuvor vazifalaridan biridir. Shu nuqtayi nazardan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oilaning uzviy hamkorligi bola tarbiyasida samarali natijalarga erishishning muhim garovi sanaladi. Mas’uliyat bolada birdaniga shakllanmaydi, balki asta-sekinlik bilan, kundalik faoliyat, o‘yinlar, topshiriqlar, ota-ona va tarbiyachi o‘rtasidagi talablar uyg‘unligi orqali rivojlanadi. Masalan, bola o‘z buyumlarini yig‘ishtirish, tartib-intizomga amal qilish, kichik vazifalarni bajarish, tengdoshlari va kattalarga yordam berish orqali mas’uliyatni his eta boshlaydi. Agar bu jarayonda tarbiyachi va ota-ona qarashlari bir-biriga mos bo‘lsa, bola xulqida ijobiy natijalar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Aksincha, oilada boshqa, bog‘chada boshqa talab qo‘yilsa, bola ikki qarama-qarshi ta’sir o‘rtasida qolib, mas’uliyat hissi to‘laqonli shakllanmaydi. Shu sababli pedagog va ota-onalar tarbiyaviy jarayonda bir-birini to‘ldiruvchi hamkor sifatida faoliyat yuritishi zarur. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar oʻrtasida insonparvarlik pedagogikasi nuqtayi nazaridan masʼuliyat hissini shakllantirish jarayoni maktabgacha boʻlgan katta yoshdagi bolalarning masʼuliyatli xatti-harakatlarining shaxsiy va ijtimoiy-madaniy xususiyatlarini bosqichma-bosqich shakllantirishni oʻz ishiga oladi. 5-6 yoshda – bolaning masʼuliyat hissi yanada ortib boradi. Baʼzi hollarda, u qaysi xatti-harakatlar maʼqullanishi va qaysi biri maʼqullanmasligini, foydali yoki foydasizligini biladi. Bu yoshda bolalar oʻz xatti-harakatlarini qanday oqibatlarga olib kelganligi emas, balki xatti-harakatni sodir yetgan odamda qanday ichki motivlar bilan baholanishni oʻrganadilar. Oʻzining va boshqalar xulq-atvorining ichki motivlarini tushunish qobiliyatining paydo boʻlishi kelajakdagi masʼuliyat uchun asos boʻladi. Mas’uliyatli bola tarbiyalash masalasi o‘zbek xalq pedagogikasida ham doimiy e’tiborda bo‘lgan. Xalq maqollari, afsonalari, ertaklari va hikmatli so‘zlarda “javobgarlik”, “burch”, “halollik”, “mas’uliyat” tushunchalari ko‘p bora ta’kidlangan. Masalan, “Bola – ota-onaning ko‘zgusi” degan maqol oilaning bevosita tarbiyaviy rolini ifodalaydi. Shu bilan birga, zamonaviy pedagogika ham mas’uliyatni yosh davrdan boshlab shakllantirish lozimligini asoslaydi. Bu borada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida loyihaviy faoliyat, rolli o‘yinlar, interfaol metodlardan foydalanish muhimdir. Masalan, “Do‘konda xaridor va sotuvchi” kabi o‘yinlar bolaga ijtimoiy rolni o‘zlashtirish imkonini beradi, “Guruhim uchun javobgarman” kabi kichik topshiriqlar esa mas’uliyat hissini mustahkamlaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mas’uliyatli bola tarbiyalashda oila va maktabgacha ta’lim tashkilotining hamkorligi nafaqat tarbiyaviy, balki ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Chunki bola kelajakda qanday shaxs bo‘lishi ko‘p jihatdan ayni shu davrdagi tarbiyaviy ta’sirlarga bog‘liqdir. Oila mehr-muhabbat, milliy va ma’naviy qadriyatlarni singdirsa, tarbiyachi esa tizimli pedagogik faoliyat asosida bolaning dunyoqarashini kengaytiradi. Ikkisi uyg‘unlashgan taqdirdagina, jamiyatimizga mas’uliyatli, ijtimoiy faol, mustaqil shaxslar yetishib chiqadi. Bugungi kunda mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” 5 gi qonun hamda Prezident qaror va farmonlari asosida tashkilotlar faoliyatida oila bilan hamkorlikni kuchaytirishga doir qator mexanizmlar joriy etilmoqda. Jumladan, ota-onalar uchun seminar-treninglar, “Ochiq eshiklar kuni”, pedagogik maslahat markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bu kabi chora-tadbirlar 5 O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Ta’lim to‘g‘risida”, 2020-yil 23-sentabr, O‘RQ–637-son. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 137 ota-onalarning pedagogik savodxonligini oshirish, ularni bola tarbiyasida faol ishtirok etishga undash hamda pedagoglar bilan doimiy muloqot o‘rnatish imkonini bermoqda. Mas’uliyatli bola tarbiyalash jarayonida psixologik yondashuvlarning ham ahamiyati katta. Bolaning yoshiga mos talablar qo‘yish, uning qiziqishlari va individual xususiyatlarini inobatga olish, maqtov va rag‘batdan to‘g‘ri foydalanish mas’uliyatni tabiiy shakllantirishga yordam beradi. Bundan tashqari, bolani kichik yutuqlaridan quvonish, muvaffaqiyatsizliklarida esa qo‘llab-quvvatlash ota-onalar va tarbiyachilarning muhim vazifasidir. Zero, qo‘rqitish yoki zo‘rlash orqali emas, balki mehr, muloqot va ishonch orqali mas’uliyatli shaxs tarbiyalanadi. Shunday qilib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oilaning o‘zaro hamkorligi nafaqat bolaning bilim va ko‘nikmalarini oshiradi, balki uning ijtimoiy mas’uliyatini, jamiyatga munosabatini, axloqiy qarashlarini ham shakllantiradi. Bu jarayon uzluksiz va tizimli bo‘lishi, oilaning tarbiyaviy ta’siri bilan pedagogik faoliyat bir-birini to‘ldirishi zarur. Ana shunda kelajak avlod mas’uliyatli, ma’naviyatli va barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetadi. Xulosa qilib aytganda yuqorida keltirilgan fikr va mulohazalar shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oila hamkorligi bola shaxsining barkamol shakllanishida hal qiluvchi o‘rin tutadi. Bola tarbiyasida oila va pedagoglarning qarashlari, talab va yondashuvlari uyg‘unlashgan taqdirdagina unda mas’uliyat, mustaqillik, axloqiy qadriyatlarga hurmat, ijtimoiy munosabatlarda faol bo‘lish kabi sifatlar samarali shakllanadi. Mas’uliyatli bola tarbiyalash nafaqat oilaning yoki maktabgacha ta’lim tashkilotining vazifasi, balki jamiyat taraqqiyoti, mamlakat kelajagi uchun ham muhim omildir. Shu boisdan, oila va maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rtasida uzluksiz hamkorlikni ta’minlash, pedagogik va psixologik yondashuvlarni uyg‘unlashtirish, zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish, milliy qadriyatlarimizni tarbiyaviy jarayonga keng singdirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir. Ota-onalar va pedagoglarning mas’uliyatni teng taqsimlashi, bola tarbiyasida o‘zaro muloqot va hamkorlikda faoliyat yuritishi natijasida kelajak avlod barkamol, ijtimoiy mas’uliyatli, bilimli va ma’naviyatli shaxslar sifatida voyaga yetadi. Shunday qilib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oila hamkorligi bola tarbiyasining ajralmas qismi bo‘lib, uning samarali tashkil etilishi jamiyat taraqqiyotiga, millat kelajagiga va davlat ravnaqi uchun muhim hissa qo‘shadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Ta’lim to‘g‘risida”. 2020-yil 23-sentabr, O‘RQ–637-son. Lex.uz 2. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”. 2019-yil 16dekabr, O‘RQ–595-son. Lex.uz 3. Qodirova F. R., Toshpo‘latova Sh. Q., Kayumova N. M., Azimova M. N. Maktabgacha pedagogika. – Toshkent: Tafakkur nashriyoti, 2021. 4. Davlatova M. S. Maktabgacha ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. 5. Nurullayeva N. A. Oila va maktabgacha ta’lim hamkorligida tarbiya masalalari // Ilmiyamaliy konferensiya materiallari. – Toshkent, 2022. 6. Xalq maqollari, ertaklari va matallari to‘plami. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 2019. 7. Romm, L.A. (1990). Osnovy vospitaniya do shkol’nogo vozrasta. – Moskva: Prosveshchenie REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 138 8. Zavadskaya, J.Ye., Shevchenko, L.V. (2003). Otvetstvennost’ kak psikhologopedagogicheskaya problema [Masʼuliyat psixologo-pedagogik muammo sifatida]. – Moskva: Pedagogika. 9. Hasanboyeva O. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida oilaning roli. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. — 180 b. 10. . Mirzaahmedova D. Maktabgacha ta’lim muassasasi va oilaning hamkorlik modeli. — Toshkent: Ma’rifat, 2023. — 210 b. 11. UNESCO. Early Childhood Care and Education: Family Engagement Strategies. — Paris: UNESCO Publishing, 2020. 12. OECD. Starting Strong V: Transitions from Early Childhood Education to Primary Education. — Paris: OECD Publishing, 2017. 13. Sultonova N.A., O`zbekistonda Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishning kelajak istiqbollari. International Scientific and Practical Conference, 2023/11/30., 4-7. https://www.conferenceseries.info/index.php/education 14. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Kadyrova Nasibakhon., Impact of the Internet in the Conditions of Global Processes on Spirituality and Health of Youth., INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION., 2022/12/29., 1/6. p165-168