scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDAGI QIYINCHILIKLARNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH YO'LLARI

Nazirova Guzal Malikovna, Ismoilova Sarvinoz Ixtiyorjon qizi

Abstract

Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishdagi qiyinchiliklarning pedagogik-psixologik asoslari va ularni bartaraf etish yo‘llari mavzusidagi ushbu maqola bolalarning nutq rivojlanishini shakllantirishda pedagogik va psixologik omillarni chuqur tahlil qiladi. Maqolada pedagogik asoslar (pedagoglarning malakasi, resurslar, dasturlar), psixologik jihatlar (hissiy holatlar, motivatsiya, oilaviy muhit), qiyinchiliklar (nutq nuqsonlari, muloqot kamligi) va bartaraf etish strategiyalari (treninglar, psixologik yordam, oilaviy hamkorlik, amaliy misollar) batafsil ko‘rib chiqiladi.

Full text

REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 145 MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDAGI QIYINCHILIKLARNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI Nazirova Guzal Malikovna1, Ismoilova Sarvinoz Ixtiyorjon qizi2 1Qo‘qon DU professori, p.f.f.d. (PhD); 2Qo‘qon DU 1-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17483493 Annotatsiya. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishdagi qiyinchiliklarning pedagogik-psixologik asoslari va ularni bartaraf etish yo‘llari mavzusidagi ushbu maqola bolalarning nutq rivojlanishini shakllantirishda pedagogik va psixologik omillarni chuqur tahlil qiladi. Maqolada pedagogik asoslar (pedagoglarning malakasi, resurslar, dasturlar), psixologik jihatlar (hissiy holatlar, motivatsiya, oilaviy muhit), qiyinchiliklar (nutq nuqsonlari, muloqot kamligi) va bartaraf etish strategiyalari (treninglar, psixologik yordam, oilaviy hamkorlik, amaliy misollar) batafsil ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Nutq rivojlanishi, maktabgacha yosh, pedagogik asoslar, psixologik omillar, nutq qiyinchiliklari, bartaraf etish yo‘llari, pedagoglar malakasi, motivatsiya, oilaviy hamkorlik, lug’at boyligi, grammatik qoidalar, talaffuz shakllanishi. Maktabgacha ta’lim tizimida bolalar nutqini rivojlantirish juda muhim masaladir. Bolalar nutqi deganda ularning so’z boyligini kengaytirish, grammatik qoidalarni otganish, tog’ri talaffuzni shakllantirish tushuniladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar, ya’ni 3 dan 6 yoshgacha bo’lgan bolalarlar uchun bu jarayon kelajakda o’qish, yozish va sotsial munosabatlar uchun asos hisoblanadi. Biroq, ko’pgina bolalarda nutq rivojlanishi to’liq sodir bo’lmasligi mumkin va bu turli qiyinchiliklarga olib keladi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, dunyoning ko’pgina mamlakatlarida maktabgacha bolalarning 10-20 foizi nutqi bilan bog’liq muammolarga duch keladi. Ushbu qiyinchiliklarning pedagogik va psixologik asoslarini chuqurroq tahlil qilish, shuningdek, ularni bartaraf etish yo’llarini aniqlashtsish muhimdir. Masalan, Jean Piaget va Lev Vygotskiy kabi olimlarning nazariyalari bo’yicha bolalar nutqi kognitiv va ijtimoiy rivojlanish bilan bog’langan. Agarda bu jarayon to’liq bo’lmasa, belgilar ularning psixologik holati va nutqiga ta’sir qiladi. Shuning uchun, ushbu mavzuni muhokama etishda pedagogik yondashuvlar, psixologik omillar va amaliy choralar ko’rib chiqiladi. Pedagogik-psixologik asoslari. Avval pedagogik asoslarni batafsil ko’rib chiqaylik. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ta’lim muhiti, pedagoglarning bilim darajasi va ko’rgazmalar metodikasi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Kamchiliklar ko’pincha yetishmovchilik bilan bo’lsa, resursarning yoqligi deb ataluvchi holatlar. Masalan, talim dasturlari uchun qiziqarli kitoblar, audiotexnikalar, rasm materiallari yoki interaktiv uskunalar kam bo’lganda, bolalar nutq mashqlarini bajarishda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Bundan tashqari, pedagoglarning tanlovi va malakasini oshirish muammosi mavjud. Ko’pgina pedagoglar nutq nuqsonlarini dastlabki bosqichda aniqlay olmaydilar, chunki ular uchun maxsus treninglar yetishmaydi. Psixologik jihatdan, bolalar nutqi hissiy holatlar, motivatsiya, ehtiyor va ijtimoiy ta’sirlar bilan bog’langan. Lev Vygotskiy nazariyasi bo’yicha nutq rivojlanishi ijtimoiy o’qitish va muhit REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 146 ta’sirga bog’liq, ya’ni bolada qo’rquv, uyatchanlik yoki kamgaplik bo’lsa, u so’zlashda va muloqotda qiyinchiliklar boshdan kechiradi. Oilaviy muhitning roli ham juda katta, chunki uyda muloqot darajasi nutqni rivojalantirish uchun asosiy stimulyatsiya hisoblanadi. Agar ota-onalar ko’p suhbatlashmasa yoki fikr almashmasa bola kam gapiradi. Shuningdek, fizologik omillar, masalan eshitish muammolari yoki nevrologik kamchiliklar psixologik jihatdan qiyinchiliklarni kuchaytiradi. Qiyinchiliklarni bartaraf etish yo’llari. Bu muammolarni hal qilish uchun pedagogik va psixologik choralar birlashishi kerak va ularni qadam-qadam amaliy qilish zarur. Pedagogik jihatdan birinchi qadam pedagoglarni malaka oshirish uchun seminarlar va treninglarda o’qib kelishi. Bu treninglarda nutq nuqsonlarini aniqlash, talaffuz mashqlari va kommunikativ metodlarni o’rg’atish kerak. Ikkinchi qadam maxsus dasturlarni joriy etishdir, masalan, har bir bola 20-30 daqiqa nutqga bag’ishlangan faolliyatlar, bunga oyinlar, hikoya o’qish va rolli oyinlar kiradi, ularda bola faol tarzda ishtirok etadi. Oilaviy hamkorlikni kengaytirish ham muhim, buning uchun ota-onalarga uyda bolalar bilan qanday ishlashni o’rgatish muhim. Misol uchun, har kuni bitta hikoya o’qish yoki oddiy suhbat mashqlari nutq boyligini o’stiradi. Psixologik choralar sifatida, motivatsiya yaratish va hissiy qo’llab-quvvatlash lozim. Birinchi, bolalarni rag’batlantirish foydali, bu esa ularning jamoaviy o’yinlarga bo’lgan qiziqishini oshiradi. Ikkinchi, guruhli yoki individual terapiya qo’llash, jumladan qo’rquvdan qutilish uchun psixologlar ishtirokida o’tkaziladigan terapiya. Har bir bolaning psixologik holatini tahlil qilib, shaxsiy reja ishlab chiqish, masalan, qiziqish uchun alohida soatlar ajratish. Nutq mashqlari va ijodiy faolliklar, rasm chizish bilan birga so’z qo’llash, stressni kamaytirish uchun yordam beradi. Ba’zi tadqiqotlarda, maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq muammolari uchun o’yun-terapiyasi yaxshi natijalar bergan, bu esa bola rekonstruksiyani kuchaytiradi. Umuman olganda, bu choralar nutq qiyinchiliklarining 70-80 foizini hal qila oladi, agar ular uzluksiz olib borilsa va monitoring qilinsa. Amaliy misollar. Masalan, bir maktabgacha ta’lim tashkilotida nutq rivojlanish dasturi joriy etilgan taqdirda, bolalar uchun kundalik 15 daqiqalik suhbat mashqi o’tkazildi, bu davomida ular o’yinlar orqali nutqlarini o’stirdilar. Natijada, 6 oy ichida bolalarning so’z boyligi 20-30 so’zga oshgan. Xulosa. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutq rivojlanishidagi qiyinchiliklar pedagogik va psixologik asoslarga ega bo’lib, ularni bartaraf etish uchun kompleks choralar kerak. Talim tizimini yaxshilash, pedagoglar malakasini oshirish, oilaviy hamkorlik va psixologik yordam bu jarayonda hal qiluvchi rol o’ynaydi. Natijada, bolalar nutqi to’liq rivojlanadi, ularning ijtimoiy va akademik faolligi yaxshilanadi. Tadqiqotlar davom ettirilsa va zamonaviy uskunalardan foydalanish kengaytirilsa, bu mavzudagi ma’lumotlar yanada takomillashtiriladi. Pedagoglar va psixologlarning sa’yi-harakatlari bilan maktabgacha bolalar nutqida sog’ bo’lib minerika, rivojlanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. S.Rustamov. (2021). Maktabgacha yoshdagi nutq qiyinchiliklari va yechimlari. Buxoro: Buxoro Davlat Universiteti nashriyoti. 2. M.Xalilova. (2024). Psixologik asoslar va nutq rivojlanishi. Andijon: Andijon Davlat Universiteti. 3. A.To’xtaxo’jaev. (2022). Pedagogik-psixologik yondashuv nutq rivojlanishida. Farg’ona: Farg’ona Davlat Universiteti. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 147 4. N.Jalolova. (2023). Amaliy mashqlar nutq rivojlanishida. Toshkent: O’zbekiston Fanlar Akademiyasi nashriyoti. 5. Sultonova N.A., O`zbekistonda Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishning kelajak istiqbollari. International Scientific and Practical Conference, 2023/11/30., 4-7. https://www.conferenceseries.info/index.php/education 6. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Kadyrova Nasibakhon., Impact of the Internet in the Conditions of Global Processes on Spirituality and Health of Youth., INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION., 2022/12/29., 1/6. p165-168 7. Sultonova N Anvarovna Some Aspects of the Maria Montessori Method in the Education of Preschool Children., International Journal of Inclusive And Sustainable Education 1, 2022., p169-173 8. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Issues of Education during the Oriental Renaissance., International journal of inclusive and sustainable education., 2022, 1/5 p301-305