scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIKNING NAZARIY ASOSLARI VA AMALIY JIHATLARI

Nazirova Guzal Malikovna, Valijonova Bibirobiyaxon Numonjon qizi

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida ota-onalar bilan hamkorlikning nazariy asoslari va amaliy jihatlari keng yoritilgan. Oila va ta’lim muassasasining o‘zaro hamkorligi bolaning ma’naviy, intellektual hamda jismoniy rivojlanishida muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxs sifatida shakllanishida tarbiyachilar va ota-onalarning birgalikdagi faoliyati, ularning doimiy muloqoti va pedagogik qo‘llab-quvvatlashi katta ahamiyatga ega. Maqolada ota-onalarni ta’lim jarayoniga jalb etish, tarbiyaviy ishlarni uyg‘unlashtirish, oilaviy muhit va bog‘cha muhiti o‘rtasida izchillikni ta’minlashning samarali yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ota-onalar bilan muntazam maslahatlashuv, treninglar va hamkorlik dasturlari bolaning ijtimoiylashuvi va ta’lim sifati oshishiga olib kelishi ilmiy dalillar asosida tahlil qilinadi.

Full text

REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 151 MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIKNING NAZARIY ASOSLARI VA AMALIY JIHATLARI Nazirova Guzal Malikovna1, Valijonova Bibirobiyaxon Numonjon qizi2 1Qo‘qon davlat universiteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi professori, PhD; 2Qo‘qon davlat universiteti 2bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17483535 Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida ota-onalar bilan hamkorlikning nazariy asoslari va amaliy jihatlari keng yoritilgan. Oila va ta’lim muassasasining o‘zaro hamkorligi bolaning ma’naviy, intellektual hamda jismoniy rivojlanishida muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxs sifatida shakllanishida tarbiyachilar va ota-onalarning birgalikdagi faoliyati, ularning doimiy muloqoti va pedagogik qo‘llab-quvvatlashi katta ahamiyatga ega. Maqolada otaonalarni ta’lim jarayoniga jalb etish, tarbiyaviy ishlarni uyg‘unlashtirish, oilaviy muhit va bog‘cha muhiti o‘rtasida izchillikni ta’minlashning samarali yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ota-onalar bilan muntazam maslahatlashuv, treninglar va hamkorlik dasturlari bolaning ijtimoiylashuvi va ta’lim sifati oshishiga olib kelishi ilmiy dalillar asosida tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, ota-ona hamkorligi, bola rivojlanishi, pedagogik qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sifati. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Zamonaviy maktabgacha ta’lim sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o’rin tutadi” deya ta’kidlaydi. Oila – Muqaddas dargoh. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat qo‘rg‘oni bu – oiladir 1 ”. Bugungi kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimiz barkamol avlodni tarbiyalashdir. Shu bois ham mamlakatimizda barcha xayrli ishlar avvalo oilalarni mustahkamlash va yosh avlodning yorug‘ kelajagini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Zero, oila sog‘lom ekan, jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan, mamlakat barqarordir. “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”ning 30-moddasi orqali farzandlar tarbiyasi va ularning ta’lim olishlari, qonuniy huquqlari va manfaatlari himoyasi borasida ota-onalarning o‘rni va javobgarligi oshirildi 2 . Inson kamolotining ilk bosqichlaridan biri — bu maktabgacha yosh davridir. Mazkur davrda bola shaxsining asosiy sifatlari, bilim olishga bo‘lgan qiziqishi, mehnatsevarlik, axloqiy qadriyatlar va muloqot madaniyati shakllanadi. Shu nuqtai nazardan, maktabgacha ta’lim muassasalari bolaning intellektual, psixologik va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Biroq bu jarayon faqat tarbiyachilar zimmasiga yuklatilgan vazifa emas, balki oila bilan uzviy hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan mas’uliyatli jarayondir. Chunki bola ko‘proq vaqtini oilada o‘tkazadi va ota-onaning kundalik munosabatlari, tarbiyaviy uslublari bolaning 1 “Bolangiz maktabga tayyormi?” O‘z. Res. Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi, Ma’rifat-Madadkor nashriyoti. 2 “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun (Lex.uz) (https://lex.uz/docs/5013007) REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 152 keyingi taqdirini belgilab beradi. Shu sababdan, maktabgacha ta’lim va oila hamkorligi o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi, uyg‘un jarayon sifatida qaraladi. Maktabgacha ta’lim inson shaxsining shakllanishida eng muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Mazkur davrda bolaning dunyoqarashi, tafakkuri, axloqiy me’yorlari va ijtimoiy moslashuvchanlik ko‘nikmalari shakllanadi. Shu sababdan davlat ta’lim siyosati ham aynan maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ–4312-son qarorida maktabgacha ta’limning sifatini oshirish va oilalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. Bolani barkamol inson qilib tarbiyalash oila va ta’lim muassasasining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. Oila tarbiya jarayonining boshlang‘ich o‘chog‘i bo‘lsa, maktabgacha ta’lim uni davom ettiradi va tizimlashtiradi. Ota-onalar va tarbiyachilarning uzviy hamkorligi orqali bola mehnatsevarlik, halollik, vatanparvarlik kabi ijobiy sifatlarni o‘zlashtiradi. Tadqiqotchi A. Avloniy o‘zining “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida ham “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat” deya ta’kidlab, oila va ta’limning uyg‘unligini alohida qayd etgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari bolalarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda ota-onalar bilan birgalikda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazadi. Masalan, xalq bayramlari, urf-odatlarga oid tadbirlar, ota-onalar ishtirokidagi sahna ko‘rinishlari va sport musobaqalari bolaning shaxsiy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa “O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarorida belgilangan vazifalar bilan ham uyg‘unlikda amalga oshiriladi. Ota-onalar farzand tarbiyasida doimo yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lavermaydi. Shu sababli, maktabgacha ta’lim tashkilotlari qoshida “Ota-onalar maktabi”, seminar-treninglar, psixologik maslahat markazlari tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirishga, bolaga nisbatan to‘g‘ri yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi. Hozirgi davrda raqamli texnologiyalar ta’lim sohasiga keng kirib kelmoqda. Ota-onalar bilan onlayn muloqot, elektron kundaliklar, mobil ilovalar orqali bola rivojlanishini kuzatib borish imkoniyati mavjud. Shu bilan birga, davlat tomonidan ishlab chiqilgan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi (2020-yil) ham maktabgacha ta’lim jarayonida oila bilan uzviy aloqani ta’minlashga qaratilgan. Oila va maktabgacha ta’lim muassasasining o‘zaro hamkorligi bolaning ijtimoiylashuv jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bola oilada olgan tarbiyasini bog‘chada jamoaviy faoliyat orqali mustahkamlaydi, natijada jamiyatda o‘z o‘rnini topa oladigan, ijtimoiy mas’uliyatni his qiladigan shaxs sifatida shakllanadi. Maktabgacha ta’lim va oila hamkorligi nafaqat bolaning intellektual rivojlanishi, balki uning ijtimoiy, ma’naviy va axloqiy barkamolligi uchun ham zarurdir. Tarbiyachilar va ota-onalarning yagona maqsad sari yo‘naltirilgan faoliyati bolaning dunyoqarashi, qobiliyatlari va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda hal qiluvchi o‘rin tutadi. Shuningdek, ushbu hamkorlik davlatning ta’lim siyosati, qonun hujjatlari va dasturlari bilan bevosita bog‘liqdir. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Ilk qadam” dasturi hamda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasida oilaning faol ishtiroki ta’lim jarayonining muhim sharti sifatida belgilangan. Zero, bugungi maktabgacha yoshdagi farzandlar ertangi kunning ilmli, ma’naviyatli va barkamol avlodini tashkil etadi. Oila jamiyatning asosiy bo’g’ini, u davlatlar ichida kichik bir davlat ekanligi, jamiyatning rivojlanishi ham aynan mana shu kichik bo’g’indan boshlanishi, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ota-onalar bilan jamoa tarzida va yakkama-yakka holda ishlash shakllarini mohirlik bilan qo’shib olib borish, keng aholi orasida REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 153 pedagogik tashviqot ishlarini tashkil etish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin. Bizga ma’lumki, oila jamiyatning asosiy bo’g’ini, u davlatlar ichida kichik bir davlat. Jamiyatning rivojlanishi ham aynan mana shu kichik bo’g’indan boshlanadi desak mubolag’a bo’lmaydi. Zero farovon, mustahkam oilalar jamlanmasidan tashkil topgan jamiyat ham navqiron bo’ladi. Mana shunday oilada shakllangan, yurt kelajagi deya e’tirof etiladigan farzandlarning g’oyalari yuksak, fikrlari qat’iy, qadamlari esa shaxdam bo’ladi. Oilada farzand tarbiyasi, uni kamolga yetkazish, kasb-hunarga yo’naltirish barcha zamonlarda ham ota-onaga katta ma’suliyat yuklagan. Ko‘hna tarixga nazar tashlasak, muqaddas kitobimiz “Avesto”da ham ota-onalik ma’suliyati haqida fikrlar bildirilgan. Bugun zamonamiz rivojlangani sayin “otaonalik ma’suliyati” tushunchasi ham keng qamrovli tushunchaga aylanib bormoqda.Ota-ona farzandini moddiy jihatdan ta’minlaydi, tarbiyalaydi hamda ta’lim olishini tashkil etadi.Oilada tarbiya uzoq muddatli, uzluksiz, ko’p qirrali jarayondir. Ayniqsa maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ta’limida maktabgacha ta‟lim tashkilotlari va ota-onalar hamkorligining o’rni beqiyosdir.Qachonki oila va maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamkorlikda faoliyat olib borar ekan shundagina ko’zlangan maqsadga erishiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ota-onalar bilan jamoa tarzida va yakkama-yakka holda ishlash shakllarini mohirlik bilan qo’shib olib borish, keng aholi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil etish tufayli bolalarni tarbiyalshda ijobiy natijalarga erishish mumkin. Ota-onalarimiz farzandlarining kelajakdagi muvofaqiyatlari uchun guruh tarbiyachisidan mas’uliyatliroq bo’lishni talab etishadi, bazida hatto bajarishi lozim bo’lgan vazifalarini eslatib ham qo’yishadi.Guruh tarbiyachilari bolalarga she’r yod oldirishadi, suhbatlashishadi, birgalikda mantiqiy o’yinlar o’ynashadi.Gohida mehnat, sport, ashula, yoki raqs bilan shug’ullantirishadi.Bu amalga oshiriladigan faoliyatlar bolani rivojlanishida muhim ,ammo, yetarli emas, qachonki bu faoliyatlar uyda ham davom etsa takrorlansa natijalar biz kutgandek bo’ladi.Bolalar rivojlanishida har ikki tomon MTT va ota-ona birdek mas’ul, chunki farzand yurt kelajagi, jamiyat suyanchi, oila ishonchidir.U bir nihol, uni qanchalik parvarish qilsak, o’sib ulg’ayganda mevasi shunchalik totli bo’ladi.Bola kamolatiga,uning yuksak cho’qqilarga erishishiga orzumand bo’lgan, farzandi oldida ota-onalik, jamiyat qarshisida fuqorolik burchalarini chuqur anglagan har bir ota-ona, hayotining bir bo’lagi bo’lgan kasbiga mehri bo’lgan har bir tarbiyachi va pedogogik xodim ushbu vazifaga ma’suliyat bilan yondashishi va uni vijdonan ado etishi lozim 3 . Shaxsning shakllanishida oilaning o‘rni beqiyosdir. Aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat farzandlar odatda namunali, mehr-oqibatli va sog‘lom muhit hukmron bo‘lgan oilalarda voyaga yetadilar. Shu bois oilada sog‘lom psixologik muhitni yaratish va uni mustahkamlash nafaqat har bir oila uchun, balki umumdavlat ahamiyatiga molik masala hisoblanadi. Chunki ijtimoiy hayotda yuz beradigan barcha o‘zgarishlar, jamiyatdagi yutuqlar va kamchiliklar, ziddiyatlar ham, avvalo, oilada o‘z aksini topadi. Shunga ko‘ra, oila va oilaviy tarbiya masalalari har doim dolzarb bo‘lib kelgan va bundan keyin ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining oila bilan hamkorligi maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning yagona tizimini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, bola tarbiyasi ikki muhit — oila va ta’lim muassasasi uyg‘unligida samarali kechadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) va oila o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir zamonaviy yondashuvlarda faqat ma’lumot almashish yoki nazorat bilan cheklanmay, balki fikr, hissiyot, tajriba, qadriyatlar va 3 Oila va Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o’zaro hamkorligi shakllari. M.Usmanova, Jdpi Katta O’qituvchi REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 154 muloqotning uzluksiz jarayonini o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda “o‘zaro ta’sir” tushunchasi kengroq talqin qilinmoqda. U ota-onalar va pedagoglarning nafaqat bolaga ta’siri, balki birbiriga bo‘lgan munosabati, hamkorlikdagi faoliyati, o‘zaro yordam, o‘zaro hurmat va ishonchni ham anglatadi. Masalan, tarbiyachining oilaviy sharoitlarni yaxshi bilishi, bolaning individual xususiyatlarini hisobga olishi, ota-onalarning esa ta’lim-tarbiya jarayonida faol ishtiroki o‘zaro hamkorlikning sifatini oshiradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar, bolalar bog‘chasida ovqatlanish, jismoniy tarbiya mashqlari, estetik tadbirlar ham oila bilan aloqadorlikda o‘z samarasini beradi. Chunki ota-onalar bolalarning ovqatlanish odatlari, gigiyenasi, nutqi yoki jismoniy rivojlanishidagi xatti-harakatlarini pedagoglar bilan muhokama qilganda, umumiy tarbiyaviy natija yanada samarali bo‘ladi. Shu bilan birga, otaonalarning pedagoglar bilan muloqotga bo‘lgan ehtiyoji ham ortib bormoqda. Bu ehtiyoj nafaqat bolani tarbiyalash bilan bog‘liq savollarni hal qilish, balki oilaviy tarbiyani ilmiy asosda yo‘lga qo‘yishga intilishdan ham dalolat beradi. Hozirgi bosqichda oilaviy tarbiya etakchi tarbiyaviy omil sifatida e’tirof etilmoqda. Chunki bola ko‘proq vaqtini oilada o‘tkazadi va dastlabki bilim, ko‘nikma, odatlarni aynan oiladan oladi. Yangi yondashuvlarga ko‘ra, oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligi faqat “tarbiyachi-ota-ona” modeli bilan cheklanib qolmasligi kerak. Bu jarayonga keng jamoatchilik, mahalla faollari, psixologlar va ijtimoiy pedagoglar ham jalb etilishi maqsadga muvofiqdir. Shundagina bola tarbiyasi yaxlit tizimda amalga oshadi va uning shaxs sifatida har tomonlama rivojlanishi ta’minlanadi. Shaxsning shakllanishida oilaning o‘rni va maktabgacha ta’lim muassasasining ta’siri bir-biridan ajralmas holda namoyon bo‘ladi. Zero, bola ilk tarbiya saboqlarini oiladan olar ekan, uni mustahkamlash, kengaytirish va maqsadli yo‘naltirish vazifasi maktabgacha ta’lim muassasasiga yuklatiladi. Oila va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik — bolaning aqliy, axloqiy, jismoniy va ma’naviy rivojlanishi uchun yagona tizimni shakllantiradi. Bu jarayonda ota-onalar va pedagoglarning o‘zaro hurmati, ishonchi, hamjihatligi hamda faol hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, oilada sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit yaratish va uni ta’lim muassasasi faoliyati bilan uyg‘unlashtirish, farzandlarda milliy qadriyatlar, ma’naviy barkamollik, mustaqil fikrlash va ijtimoiy faollikni tarbiyalashning asosiy omili hisoblanadi. Shu bois, bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari va oilalar hamkorligini yanada rivojlantirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida mustahkamlash davlat siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan biridir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. “Bolangiz maktabga tayyormi?” O‘z. Res. Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi, Ma’rifat-Madadkor nashriyoti. 2. Mirziyоyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va оlijanоb xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: “О‘zbekistоn”, 2017. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-son Qarori 1-ilovasi. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2020 y., 09/20/1059/4265-son 4. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2021. – 464 bet 5. Oila va Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o’zaro hamkorligi shakllari. M.Usmanova, Jdpi Katta o’qituvchisi REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 155 6. AZ Bahodirovna BО’LАJАK РЕDАGОGLАRNING KАSBIY-РЕDАGОGIK KОMРЕTЕNTLIK АSОSLАRI Tafakkur manzili 4, 59-67 2023 7. GM Nazirova, KM Ilxomovna TARBIYA VA UNING SHAXS KAMOLOTIGA TA’SIRI Science and innovation 3 (Special Issue 31), 531-534 8. GM Nazirova, E Nazorat, S Sug’diyona BO ‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM PEDAGOGLARINI KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH Science and innovation 3 (Special Issue 31), 107-110 9. GM Nazirova, G Xilola TA'LIM METODLARI VA VOSITALARI Science and innovation 3 (Special Issue 31), 111-117 10. SX Achilova MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI ILM FAN TARAQQIYOTIDA ZAMONAVIY METODLARNING QO'LLANILISHI 3 (7), 22-25 11. S Achilova MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNING JISMONIY SIFATLARNI SHAKILLANTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI Наука и технология в современном мире 2 (16), 69-71 12. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA OILA VA JAMOATCHILIK BILAN HAMKORLIK ALOQALARINI O‘RNATISHINING AFZALLIKLARI A’zamova Maloxat Nadjimovna, Abdujalilova Saida Abdusattor qizi “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi v.b dotsenti PhD Toshkent “Kimyo" xalqaro universiteti, 13. BOLALARNING IJTIMOIY MOSLASHUVI Quchqorova Nargiza Mamajonovna, Raximova Feruzaxon Raximjonovna, Ismoilova Raviyajon Ozad qizi, Yuldasheva Gulnora Saparbayevna. “bookmany print” toshkent — 2024