JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHDA ILTIMOIY-IQTISODIY VA SIYOSIY INSTITUTLARNING ROLI
Abstract
Ushbu maqolada jamoat xavfsizligi tushunchasining mohiyati, uning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, shuningdek, nazariy asoslari tahlil qilinadi. Rossiya va xalqaro adabiyotlarda mavjud ilmiy qarashlar tahlili orqali jamoat xavfsizligining falsafiy, ijtimoiy va huquqiy jihatlari yoritiladi. Tadqiqotda N.N. Rybalkin, I.E. Ilyichev, E.V. Bogmatser, I.V. Demin va M.I. Agalabaevlarning ishlari asos qilib olingan. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari ham ko‘rib chiqiladi.
Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1517 JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA ILTIMOIY-IQTISODIY VA SIYOSIY INSTITUTLARNING ROLI Xazratqulov Jasur Panjiyevich Annotatsiya:Ushbu maqolada jamoat xavfsizligi tushunchasining mohiyati, uning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, shuningdek, nazariy asoslari tahlil qilinadi. Rossiya va xalqaro adabiyotlarda mavjud ilmiy qarashlar tahlili orqali jamoat xavfsizligining falsafiy, ijtimoiy va huquqiy jihatlari yoritiladi. Tadqiqotda N.N. Rybalkin, I.E. Ilyichev, E.V. Bogmatser, I.V. Demin va M.I. Agalabaevlarning ishlari asos qilib olingan. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: jamoat xavfsizligi, jamiyat, xavfsizlik tizimi, ijtimoiy barqarorlik, huquqiy asos, xavfsizlik nazariyasi. Annatation. This article analyzes the essence of the concept of public security, its role and significance in society, as well as its theoretical foundations. The philosophical, social and legal aspects of public security are highlighted through the analysis of scientific views available in Russian and international literature. The study is based on the works of N.N. Rybalkin, I.E. Ilyichev, E.V. Bogmatser, I.V. Demin and M.I. Agalabaev. The issues of ensuring public security in the conditions of Uzbekistan are also considered. Keywords: public security, society, security system, social stability, legal framework, security theory. Аннотация. В статье анализируется сущность понятия общественной безопасности, его роль и значение в обществе, а также его теоретические основы. Философские, социальные и правовые аспекты общественной безопасности рассматриваются посредством анализа научных взглядов, имеющихся в отечественной и зарубежной литературе. Исследование основано на трудах Н.Н. Рыбалкина, И.Е. Ильичева, Е.В. Богмацера, И.В. Демина и М.И. Агалабаева. Также рассматриваются вопросы обеспечения общественной безопасности в условиях Узбекистана. Ключевые слова: общественная безопасность, общество, система безопасности, социальная стабильность, правовые основы, теория безопасности. Bugungi globallashuv va ijtimoiy jarayonlar shiddat bilan kechayotgan davrda jamoat xavfsizligi masalasi nafaqat davlat, balki butun jamiyat uchun dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Jamiyatning barqaror rivojlanishi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ijtimoiy tinchlikni saqlash bevosita xavfsizlik tizimining mukammalligiga bog‘liqdir. Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi ko‘plab olimlar tomonidan turlicha talqin etilib, uning nazariy va metodologik asoslari muntazam ravishda rivojlanib bormoqda Zamonaviy dunyoda jamoat xavfsizligi — bu har qanday davlatning barqaror rivojlanishining ajralmas sharti hisoblanadi. U nafaqat jinoyatchilikning oldini olishni, balki fuqarolarning tinchligi, ijtimoiy barqarorlik va milliy xavfsizlikni ham o‘z ichiga oladi. N.N. Rybalkin tadqiqotlarida xavfsizlik tushunchasining falsafiy yondashuvini ilgari suradi. Muallif xavfsizlikni inson va jamiyat mavjudligining tabiiy sharti, ya’ni mavjudlikni saqlab qolish zarurati sifatida talqin etadi. Rybalkinning fikricha, xavfsizlik – bu inson faoliyati natijasida vujudga keladigan ijtimoiy tizimlarning barqarorligini ta’minlaydigan universal kategoriya hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan jamoat xavfsizligi — bu
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1518 faqat huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati emas, balki jamiyatdagi barcha ijtimoiy institutlarning hamkorlikdagi sa’y-harakatidir. Jamoat xavfsizligi tushunchasining shakllanishi ko‘p jihatdan falsafiy va ijtimoiy qarashlar bilan bog‘liq. I.E. Ilyichev va E.V. Bogmatser jamoat xavfsizligi va jamiyat xavfsizligi tushunchalari o‘rtasidagi farqlarni tahlil qiladi. Ularning ta’kidlashicha, jamoat xavfsizligi — bu ijtimoiy munosabatlar tizimida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining muvozanatini ta’minlovchi mexanizmdir. Jamiyat xavfsizligi esa kengroq tushuncha bo‘lib, unda siyosiy, iqtisodiy va ekologik omillar ham inobatga olinadi. Mualliflar bu ikki kategoriya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ochib berib, xavfsizlik tizimining kompleks yondashuv asosida shakllanishini ta’kidlaydi. I.V. Demin jamoat xavfsizligi nazariyasining ilmiy asoslari yoritilgan. U xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlarini tahlil qilar ekan, bu sohadagi ilmiy tadqiqotlarning metodologik asoslari yetarlicha ishlab chiqilmaganini qayd etadi. Deminning fikricha, jamoat xavfsizligini ta’minlash uchun faqat huquqiy choralar emas, balki ijtimoiy-psixologik omillar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, xavfsizlik tizimi fanlararo yondashuv asosida qurilishi lozim Shuningdek, M.I. Agalabaev esa jamoat xavfsizligi nazariyasining shakllanish bosqichlari metodologik jihatdan tahlil qilingan. Muallif bu nazariyaning rivojlanishini sotsiologiya, siyosatshunoslik va huquqshunoslik kabi fanlar bilan uzviy bog‘liq holda ko‘radi. Agalabaev xavfsizlik tizimining asosiy vazifasi jamiyatdagi ijtimoiy ziddiyatlarni oldindan aniqlash va ularni bartaraf etish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iboratligini ta’kidlaydi. Jamoat xavfsizligi — bu nafaqat huquqiy tushuncha, balki keng ma’noda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi tizimdir. U jamiyatdagi barcha qatlamlar, davlat institutlari va fuqarolarning o‘zaro mas’uliyati bilan bog‘liq murakkab jarayonni ifodalaydi. Ijtimoiy nuqtayi nazardan, jamoat xavfsizligi — bu fuqarolarning o‘zini xavfsiz his qilishi, jamiyatdagi ishonch va totuvlik darajasining yuqoriligi bilan belgilanadi. Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, jamoat xavfsizligi tushunchasi ko‘p qirrali va murakkab ijtimoiy kategoriya bo‘lib, uning mohiyatini to‘liq anglash uchun fanlararo yondashuv zarur. Rybalkin xavfsizlikning falsafiy asoslarini ochib bergan bo‘lsa, Ilyichev va Bogmatser uni ijtimoiy tizimdagi muvozanat mexanizmi sifatida talqin etgan. Demin esa bu sohaning ilmiymetodologik asoslarini takomillashtirish zaruratini ta’kidlagan, Agalabaev esa xavfsizlik nazariyasining shakllanish bosqichlarini tizimli tahlil qilgan. Ushbu manbalar umumiy xulosaga ko‘ra jamoat xavfsizligini ta’minlash — bu nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy chora-tadbirlar majmuasidir. Huquqiy jihatdan esa jamoat xavfsizligi konstitutsiyaviy huquqlar va qonuniy tartibotning kafolati sifatida qaraladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida insonning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat deb belgilangan. Shuningdek, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunda jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish ichki ishlar organlarining asosiy vazifalaridan biri sifatida qayd etilgan. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, jamoat xavfsizligini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. So‘nggi yillarda xavfsizlik tizimini takomillashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning huquqiy madaniyatini
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1519 oshirish bo‘yicha keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mahalla institutining roli, “Safe City” loyihalari, raqamli texnologiyalarni joriy etish va axborot xavfsizligi masalalari bu yo‘nalishda alohida ahamiyatga ega. Jamoat xavfsizligi – bu nafaqat davlat siyosati, balki har bir fuqaroning kundalik hayotidagi asosiy ehtiyoj va mas’uliyatdir. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, jamoat xavfsizligi tizimi falsafiy, ijtimoiy va huquqiy asoslar uyg‘unligida shakllanadi. O‘zbekiston sharoitida jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, “Safe City” loyihasi, mahalla tizimini rivojlantirish, huquqiy madaniyatni oshirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy xavfsizlik konsepsiyasining muhim tarkibiy qismlaridir. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Рыбалкин Н.Н. Природа безопасности. — Москва, 2003. 2. Ильичев И.Е., Богмацер Э.В. Общественная безопасность и безопасность общества: соотношение понятий. 3. Демин И.В. Научность основ обеспечения общественной безопасности // Закон и право. — 2008. — №3. — С. 36–37. 4. Агалабаев М.И. Методология становления и развития теории общественной безопасности // Российский следователь. — 2009. — №18. — С. 36–40. 5. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. — Toshkent: Adolat, 2023. 6. “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonun. — 2016-yil 16-sentabr. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni, 2023-yil.