PARIJDAGI ORSE MUZEYI – IMPRESSIONIZM XAZINASI
Abstract
Orse muzeyi - Parijdagi sobiq vokzalda joylashgan noyob muzey sanaladi. Bino 1986 yilda muzeyga aylantirilgan va shundan beri Frantsiyaning eng mashhur joylaridan biriga aylangan. Muzeyning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri - tashlandiq binodan ijodiy foydalanish. Bu yerda 18-20-asrlarga oid san'at asarlari toʻplami, shuningdek, vaqtinchalik ko‘rgazma loyihalari namoyish etiladi. Orse muzeyi nafaqat arxitekturasi, balki butun dunyodan ko‘plab tashrif buyuruvchilarni o‘ziga jalb etuvchi qulaylik va ijod muhiti bilan ham ajralib turadi.
Full text
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 39 DOI: https://10.5281/zenodo.17483545 PARIJDAGI ORSE MUZEYI – IMPRESSIONIZM XAZINASI Telmanova Mexribonu Bahodir qizi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, San’atshunoslik: tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishining 3-bosqich talabasi ANNOTATSIYA Orse muzeyi - Parijdagi sobiq vokzalda joylashgan noyob muzey sanaladi. Bino 1986 yilda muzeyga aylantirilgan va shundan beri Frantsiyaning eng mashhur joylaridan biriga aylangan. Muzeyning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri - tashlandiq binodan ijodiy foydalanish. Bu yerda 18-20-asrlarga oid sanʼat asarlari toʻplami, shuningdek, vaqtinchalik ko‘rgazma loyihalari namoyish etiladi. Orse muzeyi nafaqat arxitekturasi, balki butun dunyodan ko‘plab tashrif buyuruvchilarni o‘ziga jalb etuvchi qulaylik va ijod muhiti bilan ham ajralib turadi. Kalit so‘zlar: Viktor Lalu, Vokzal, Luvr, impressionizm, postimpressionizm, Tasviriy san’at, Yevropa rangtasviri. ABSTRACT The Orsay Museum is a unique museum located in a former train station in Paris. The building was converted into a museum in 1986 and has since become one of France’s most famous landmarks. One of the museum’s distinctive features is the creative reuse of an abandoned structure. It houses a collection of artworks from the 18th to the 20th centuries, as well as temporary exhibition projects. The Orsay Museum stands out not only for its architecture but also for its atmosphere of comfort and creativity, which attracts many visitors from around the world. Orse muzeyi (yoki d’Orse muzeyi) tarixida ikki voqea nafaqat muzeyning, balki mamlakat tarixida ham ahamiyatli hodisa bo‘lgan. XIX asrning oxirlarida Fransiya poytaxtida, Senaning chap sohilida Viktor Lalu loyihasi asosida temir yo‘li vokzali barpo etiladi. Inshoot mazkur davr uchun eng texnologik ta’minlangan, me’morchilikning barcha yangiliklari qo‘llanilgan, hattoki yo‘lovchi uchun lift va
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 40 yuklarga mo‘ljallangan eskalatorlarga ega bino sifatida qad ko‘tardi. Vokzal 1900 yilning 28 mayida ochildi, biroq yangi temir yo‘llar qurish ahamiyatini yo‘qotgani sababli 1939 yilda yopildi. Bu birinchi hodisa bo‘ldi va vokzal binosi faoliyatini to‘xtatdi. SHundan so‘ng sobiq vokzal binosidan turli maqsadlarda qo‘llanildi, hattoki 1960 yillarda uni buzish masalasi ham ko‘tarildi. Biroq, binoni saqlab qolishga qaror qilinadi va bu muzey tarixidagi ikkinchi hodisa bo‘ldi. 1870 yillarning boshlariga kelib Jorj Pompidu prezmdentligi davrida sobiq Orse vokzalini muzeyga aylantirish qarori tasdiqlanadi. Ammo, bu tez fursatda sodir bo‘lmaydi. Vokzaldan Orse muzeyiga katta meros qolgan edi. Uning binosi go‘zalligi, ulug‘vorligi va kengligi bilan insonni hayratlantiradi. Uning ichki hashami ham tashqi haybatidan qolishmaydi. Vokzalni bunyod etgan qurilish kompaniyasi yo‘lovchilarga qulay sharoit yaratish maqsadida xasislik qilishmagan va bor imkoniyatni qo‘llashgan. Bu erda ko‘p sonda platforma, restoran va hatttoki 370 xonali qulayliklarga ega otel ham o‘rin olgan. Albatta, bu hashamat xayr-sahovat sabab bo‘lmagan, balki poytaxt markaziga temir yo‘lni yaqinlashuvi yo‘lovchilar oqimi o‘sishini ta’minlab, tabiiyki vokzalning foydasini ham oshishi ko‘zda tutilgan. Ammo, temir yo‘l tizimini elektrlashtirish natijasida eski shakldagi platformalarga ehtiyoj yo‘qoldi. Uzoq yillar davomida vokzal mashhur fransuz akteri, rejissyori Jan-Lui Barroning teatr studiyasiga xizmat qildi, so‘ng bu erda Druo Uyining auksion savdolari o‘tkazildi, shaharni natsistlar bosib olgan yillarda binoning bir qismi pochta aloqalari markaziga berildi, urushdan so‘ng esa undan turli maqsadlarda foydalanildi. Bugungi kunda Orse vokzalini badiiy muzeyga aylantirish g‘oyasi kimning fikri ekanligi noma’lum, biroq bu nafaqat zamonaviy, balki muvaffaqiyatli qaror bo‘ldi. Inshootning yagona shisha gumbazi muzey uchun haqiqiy topilma edi va u orqali eksponatlarni tabiiy yorug‘lik nuri bilan yoritilish imkoniyati paydo bo‘ldi. 1978 yilda Valeri Jiskar d’Esten prezidentligi davrida sobiq vokzal binosi Fransiya Respublikasining milliy tarixiy yodgorliklar safiga kiritiladi. Ikki yildan so‘ng binoni muzeyga aylantirish jarayoni boshlab yuboriladi, tashlandiq inshootga avvalgi ulug‘vorligi va hashamati qayta boshladi. 1986 yilning 1 dekabrida Orseda
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 41 mashhur me’mor va dizayner Gae Aulenti loyihasi asosida muzey davlat rahbari Fransua Mitteran boshchiligida tantanali marosim bilan ochiladi. Orse muzeyi ilk kunlardanoq jahon ahamiyatiga esa san’at xazinasiga aylandi. Inshootning Parij markazida va Luvrga juda yaqin mosafada joylashgani ham uning bu darajasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Muzeyning qarshisida tasviriy va amaliy san’at muzeyi o‘rin olgan. Ammo, muzeyning asosiy xususiyatini albatta undagi eksponatlar belgilab berdi. Bu erda Yevropa rangtasviri, shuningdek haykaltaroshligining jahondagi eng yirik to‘plami jamlangan. Albatta, tarixiy o‘lchamlar bilan belgilanganda (1850 – 1914) u katta davrni qamrab olmaydi, biroq uning eksponatlari ko‘plab yirik muzeylar, jumladan Luvrdagi ajoyib namunalardan tashkil topgan edi. Inshootining ulkan masshtabi va turli yo‘nalishlarni aks ettiruvchi eksponatlari bilan Orse muzeyi eng noziktab san’at ixlosmandi talabini qondirishga qodir edi. Muzeyning doimiy ekspozitsiyasi uch qavatni qamrab oladi. Dastlabki qavatda markaziy galereya joylashib (bu erda 1840 – 1875 yillarga oid haykaltaroshlik to‘plamini ko‘rish mumkin), unga birikkan yon tomondagi zallarda impressionistlardan avval ijod qilgan va ularning zamondosh rassomlari ijodi namunalari taqdim etilgan. Uning asosiy zali juda ulkandir. Uning uzunligi 140 metr, balandligi esa 32 metrga teng. Oraliq qavatda XIX asrning ikkinchi yarmiga oid haykaltaroshlik asarlari, mazkru davr amaliy san’ati namunalari, naturalist va simvolistlarning kartinalari namoyish etilgan. Muzeyning yung yuqori qavatida uzoq kutilgan badiiy jarayon – impressionizm va postimpressionizm namoyondalarining eng sara ijod namunalari jamlangan. Kolleksiyada ar-nuvo stilidagi amaliy san’at asarlari, me’morchilik buyumlari va mazkur davr fotosuratlari ham mavjud. Muzeyning haqiqiy iftixori bu impressionist va postimpressionist rassomlar kolleksiyasidir. Avvalari tomoshabin qabul qilmagan, tahqirlash va kulguga sabab bo‘lgan asarlar endilikda uning ko‘zini quvontirishga, olamni rangtasvirona nigoh bilan ko‘rishga sabab bo‘lmoqda edi. Orse muzeyida namoyishga qo‘iylgan asarlar orasida “Ayol qahva idishi bilan” (Pol Sezann), “Por-Marlidagi suv toshqini” (A.Sisley), “Mulen de la Galett bali” (O.Renuar), “Maysa ustidagi nonushat”, “Ruan Sobori” (E.Mane), “Oilaviy portret” (F.Bazil) kartinalarini ko‘rish mumkin. SHuningdek, ekspozitsiyaga Jan Bero va Per Bonnar, Vinsent Van Gog va Edgar Dega, Jan-Fransua Mille va Kamil Koro, Lyusen Levi-Dyurme va Jorj Syora, Edvard Munk, Dominik Engr va Teodor SHasserio kartinalari namoyishga qo‘yilgan.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 42 Frederik Bazil. Oilaviy portret. Tasviriy san’at asarlari bilan bir qatorda Orse muzeyida me’morchilik, musiqa, opera, kino va hattoki badiiy jihoz san’ati namunalari tomoshabinlar e’tiboriga havola qilingan. Tashrif buyurganlarga qulay bo‘lishi uchun mazkur turfa yo‘nalishdagi eksponatlar xronologik tartibda joylashtirilgan. Muzey tanqidchilari va san’at ixlosmandlarining xulosasi Orse muzeyi unikal muassasalardan biri ekanligida o‘zaro kesishadi. Zero, unda Luvr va Jorj Pompidu Markazi kolleksiyasida aks etmagan tarixiy davr mujassam. SHu bilan birga mazkur ikki muzey orasidagi bo‘shliqni Orse muzeyi to‘ldiradi. Bugungi kunda Orse nafaqat an’anaviy tushunchaga ega muzey, balki Parij madaniy hayotining mashhur markazlaridan biri. Bu maskan mahalliy aholi va Fransiya poytaxti ziyoratiga kelgan sayohatchilarning sevimli maskanidir. Unga tashrif buyuruvchilar soni bir kunda mingga qadar etadi. Muzeyda doimiy ravishda konsertlar va teatr tomoshalari namoyish etiladi. Shuningdek, Orse har yili o‘tkaziluvchi kino san’ati tarixiga bag‘ishlangan festivalning mezbonidir. Uning devorlarida turli anjumanlar muntazam o‘tkazilib o‘tiladi – anjumanlar doirasida tashkilotchi va ishtirokchilar erkin dialog orqali doimiy yoki vaqtinchalik ekspozitsiyalar, taassurotlar borasida fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Musee d’Orsay History, Art, & Facts". Britannica entsiklopediyasi. 2. Mainardi, Patrisiya (1987). "Musee d’Orsaydagi postmodern tarix"
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 43 3. "Dunyodagi eng mashhur 100 ta san’at muzeyi - blokbasterlar, botlar va bouncebacks". theartnewspaper.com. San’at gazetasi. 4. "D’Orsa muzeyi". Britannica Akademik. 5. "To‘plam: Arxitektura". Musee Orsay. 6. Nasiba Sadikova “Muzey ashyolari ekspertizasi va Restavratsiyasi.