HIKOYA JANRIDA RUHIY PARALELLIZM VA ICHKI BO'SHLIQ.(ZULFIYA QUROLBOY QIZI HIKOYALARI ASOSIDA)
Abstract
Ushbu maqolada hozirgi o‘zbek adabiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalarida qahramonlar ongida yuz beradigan ruhiy paralellizm va ichki bo‘shliq namunalarini chuqur tahlil qilinadi.Ularda sodir bo‘ladigan voqealar orqali qahramonlar ruhiyati va ichki dunyosi ochib beriladi.Ruhiy paralellizm orqali personajlar ruhiyatini yaqindan tushunish va ularni chuqur tahlil qilish maqolaning dolzarblilik darajasini ifodalaydi.
Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1604 HIKOYA JANRIDA RUHIY PARALELLIZM VA ICHKI BO‘SHLIQ.(ZULFIYA QUROLBOY QIZI HIKOYALARI ASOSIDA) Mamatqobulova Diyora Ravshanbek qizi NamDU, magistratura yo‘nalishi, o‘zbek adabiyotshunosligi ixtisosligi, 2-kurs magistranti . Annotatsiya: Ushbu maqolada hozirgi o‘zbek adabiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalarida qahramonlar ongida yuz beradigan ruhiy paralellizm va ichki bo‘shliq namunalarini chuqur tahlil qilinadi.Ularda sodir bo‘ladigan voqealar orqali qahramonlar ruhiyati va ichki dunyosi ochib beriladi.Ruhiy paralellizm orqali personajlar ruhiyatini yaqindan tushunish va ularni chuqur tahlil qilish maqolaning dolzarblilik darajasini ifodalaydi. Kalit so‘zlar: hikoya, obraz, personaj, qahramon, ruhiy paralellizm, ichki bo‘shliq. Annotation: This article analyzes the phenomena of psychological parallelism and inner emptiness in the stories of Zulfiya Qurolboy qizi, a prominent figure in contemporary Uzbek literature. Through the events depicted in her works, the psychological state and inner world of the characters are revealed. The use of psychological parallelism allows for a deeper understanding and analysis of the characters’ inner experiences, which highlights the relevance of the study. Keywords: story, image, character, hero, psychological parallelism, inner emptiness. Аннотация: В данной статье анализируются явления психологического параллелизма и внутренней пустоты в рассказах Зульфии Куролбой кизи, занимающей значительное место в современной узбекской литературе. Через события, происходящие в произведениях, раскрываются психологическое состояние и внутренний мир героев. Посредством психологического параллелизма становится возможным более глубокое понимание внутреннего мира персонажей, что определяет актуальность данной статьи. Ключевые слова: рассказ, образ, персонаж, герой, психологический параллелизм, внутренняя пустота. Avvalo badiiy asar tahlili jarayonida uni qanday tahlil qilish, uning nazariy asoslarini aniqlab olgan ma’qul. Hikoyada ham aynan obrazlar, personajlar asarning muhim bo‘g‘ini, asosiy tahlil markazi hisoblanadi. Chunki asar tarkibidagi voqealar ham aynan qahramonlar atrofida aylanadi va ularga bog‘liq tarzda ifodalanadi. Nazariyotchi olim Abdurauf Fitrat yozganidek, “adabiyot – fikr, tuyg‘ularimizdagi to‘lqinlarni so‘zlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham xuddi shu to‘lqinlarni yaratmoqdir”1. Zulfiya Qurolboy qizining hikoyalarida ham aynan personajlar, obrazlar xarakteri bizni tahlilga chorlaydi. Personaj (lat. personal – shaxs so‘zidan) atamasi badiiy asarda ishtirok etuvchi hamma shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Ko‘pincha asardagi epizodik obrazlar-personajlar deb yuritiladi, shu sabab uning tushunchasi obrazga nisbatan tor hisoblanadi. Ruhiy parallelizm – bu 1А. Фитрат. Адабиёт қоидалари. – Т.: «Ўқитувчи», 1995, 22-бет.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1605 personajning ichki kechinmalari bilan tashqi muhit yoki boshqa voqealar orasidagi ma’naviypsixologik uyg‘unlikni anglatadi. Zulfiya Qurolboy qizining “Ayol” hikoyasi qahramoni ham aynan ana shunday ruhiy holat egasi sifatida ifodalangan. Chunki og‘ir dardga chalingan qahramonimiz Nazokatning kasalxonadagi ruhiy holati, uning iztiroblari aynan atrofdagi voqea-hodisalar bilan chambarchas tarzda namoyon bo‘ladi. Ya’ni sodir bo‘layotgan tabiat hodisasi xuddi Nazokatning ruhiy holatiga monanad tarzda o‘zgarib boradi. Devorlari oppoq xona. Deraza oynasidan to‘kilayotgan oppoq nur ayolning yuzida jilva qildi, yumuq qovoqlarini qizartirdi, yonoqlariga ilingan marvarid tomchilarida va barmoqlaridagi uzukning olmos ko‘zchalarida aks etdi. Ayol ko‘zlarini xiyol ochdi. Shu’la endi uning qorachiqlarida akslandi. “Qanday yoqimli... Tiriklikning yana bir tongi otdi, – ayol ko‘zlarini yumib, quyosh nurlarini simirdi, keyin yana ohista pichirladi: – Seni qanchalik yaxshi ko‘raman quyosh!..”2Quyosh nurlarini mo‘l-ko‘l to‘kdi. Ayol butkul oftob nuriga g‘arq bo‘ldi... Hikoya boshida keltirilgan ushbu tabiat tasviri ya’ni quyosh nurlarining porlashi, uning nurlari ayolning tanasiga tushib, uni his qildirishga chorlaydi. Nafaqat ayolning barmog‘idagi uzukning olmos ko‘zchalari u nurlarni his qilardi balki ayolning ko‘zlari ham bu yangi tong quyosh nurlarini qarshi oladi va tiriklikka shukrona keltiradi. Demak, his-tuyg‘u bor ekan his qilar ekan ayol hali hamon yashayapti va borliqni his qilyapti. Tun chekindi. Deraza oynasiga kumushrang yog‘du yopirildi. Keyin ufq qizarib, asta quyosh bosh ko‘tardi. Quyosh nurlari xira va kuchsiz edi, ammo u tez ko‘tarildi. Har yer har yerda uni uvada pardalardek kulrang bulutlar to‘sdi, lekin quyosh yurishini to‘xtatmadi. Birdan quyosh ko‘zni qamashtiradigan darajada oppoq bo‘lib porlab bepoyon osmonni yoritdi, so‘ng yurishini sekinlashtirganday bo‘ldi va kasalxona tepasiga kelganida bor shu’lasini derazasi ochiq xonaga tushirdi, shu’la shu lahza karavotda yotgan xushbichim va go‘zal ayol yuzida jilva qildi, qovoqlarini qizartirmoqchi bo‘ldi, lekin tosh qotgan qovoqlar qilt etmadi, shu’la o‘ziga qadrdon qorachiqlarda akslanmoqni istadi, ammo ularni topa olmadi, u faqat ayolning barmoqlarida paydo bo‘lib qolgan uzukning olmos ko‘zchalaridagina aks eta oldi. Bu kun quyosh qanchalar porloq va nurafshon bo‘lmasin, unga hech kim muhabbat izhor qilmadi, muloyim nurlarini simirmadi... 2Қадимий қўшиқ: ҳикоялар”. Зулфия Қуролбой қизи. – Т.: ”Ўзбекистон”, 2011. – 360 бет.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1606 Baribir quyoshning bu yerdan uzoqlashgisi kelmadi, u saxiylik bilan nurlarini mo‘l-ko‘l to‘kdi, jimgina yotgan ayol vujudi ko‘zni qamashtirib, yarqirayotgan oppoq nurlarga omuxta bo‘lib ketdi... ( 7-bet ). Hikoya boshida ham quyosh tasviri va uni his qilish bilan boshlangan voqea asar so‘ngida ham quyosh nurlarining kasalxona derazasidan sizib kirishi va o‘z egasini qidirish bilan yakun topadi. Go‘yo asar ibtidosida tiriklik hissi bilan mavjud nurlar asar yakunida bo‘shliq ya’ni o‘lim bilan intiho topti. Chunki nurlar o‘z egasi va qarshi oluvchisini qidirib topa olmagani va faqatgina jonsiz buyum uzuk ko‘zlarida o‘z aksini topishi hamda hech qanday qarshi olishlarsiz namoyon bo‘lishi so‘ngi manzilga yetgan yo‘lovchidek hissiz nur sochadi. Hikoyaning asosiy mazmuni ham aynan qahramon va uning ruhiy holati, uning o‘zgarishiga monanad tarzda tabiat tasvirini, atrof-muhitni moslashuvi ruhiy paralellizm ifodasining yorqin misolini topa olgan, albatta. Jahonga mashhur yozuvchi Chingiz Aytmatov: “Badiiy asar odamning odam haqidagi hikoyasidir”, – deydi. Chunonchi, lug‘at mualliflari “badiiy asar” tushunchasiga “... adabiyot va san’atning voqe bo‘lish va yashash shakli, yaxlitlik kasb etgan obrazlar tizimi, badiiy muloqot vositasi”3tarzida ta’rif berib, uning keng va tor ma’nolari borligini ta’kidlaydilar. “Endi badiiy asar degan talabga javob bermoq uchun haq gapni aytishning o‘zi kifoya emas, – deydi yosh olim Murtazo Qarshiboy – ... Endi, bizningcha, badiiy adabiyot ko‘ngil haqiqatini, ruh haqiqatini ko‘ngilning o‘zidek, ruhning o‘zidek go‘zal va nozik, teran va ko‘p ma’noli qilib ifodalamog‘i zarur’ Yangilanayotgan ilmiy tafakkur shuni taqozo etadi.4 Ruhiy parallelizm – personajlarning ichki kechinmalari bilan tashqi muhit yoki voqealar orasidagi uyg‘unlik yoki ziddiyatni anglatishi barchamizga ma’lum. “Yozsiz yil” hikoyasida: Tabiat holati (qish, sovuq, qor) bilan Sobirning ichki dunyosi o‘zaro uyg‘unlashgan. Sobir qorong‘i, sovuq, havosiz muhitda yashaydi, bu uning ruhiy holatini yaqqol ko‘rsatadi. Uning ichki olamidagi sovuqlik, maqsadsizlik, qaramlik – tashqi muhitdagi o‘liklik bilan bog‘lanadi.Masalan, “Qor yog‘ar, yog‘ar, to‘xtamas edi. Osmonda quyosh ko‘rinmas, hayot rangsiz edi.” Bu tasvir Sobirning hayotdagi istaksizligi va tushkun ruhiy holatiga mos keladi. Ichki bo‘shliq – insonning ruhiy izlanishdan to‘xtashi, yashashga sabab topolmay qolishi holatidir. Hikoyada bu holat ayniqsa Sobir obrazi orqali ifodalanadi: Sobirning ichkilikka ruju qo‘yishi – bu uning hayotdagi maqsadsizlik, yolg‘izlik va ma’naviy tushkunlik belgilaridir. U o‘zini jamiyatda ortiqcha deb his qiladi, ichki bo‘shliqni alkogol bilan to‘ldirmoqchi bo‘ladi. Bu bilan u ruhiy qarama-qarshilikdan qochadi. Sobir va onasining aloqa uzilishi – bu faqat tashqi emas, balki ichki uzilish hamdir. Sobir onasining mehrini tushunmaydi, onasi esa o‘g‘lining ruhiy holatini anglab, lekin unga yetolmaydi. Bu esa ruhiy izolyatsiyani chuqurlashtiradi. “Yozsiz yil” hikoyasi orqali Zulfiya Qurolboy qizi zamonaviy insonning ruhiy inqirozi, yolg‘izligi va tushkunligini ta’sirli badiiy vositalar yordamida ifoda etadi. Ruhiy parallelizm – tashqi va ichki muhit uyg‘unligi orqali, ichki bo‘shliq esa insonning yashash ma’nosini yo‘qotishi orqali ko‘rsatiladi. Hikoya o‘zining chuqur psixologik tahlili va ijtimoiy-ruhiy muammolarni ochib berishi bilan alohida ahamiyatga ega. 3Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. – Т.: «Akademnashr», 2010. 42-бет. 4Муртазо Қаршибой. Ҳақ гапнинг ўзи кифоя эмас. “Жаҳон адаби-ёти” журнали, 1998 йил, 1-сон.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1607 Xulosa qilib aytganda, Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalari “Ko‘ngli tavallud topmagan” peshonasi sho‘r kimsalar haqida. Unda muhabbati ham, nafrati ham tayinsiz, nima maqsadda yashayotganligi haqida biror marta ham o‘ylab ko‘rmagan kishilarning fojiali kechmishi o‘ta sinchkovlik bilan qadam-baqadam aks ettirilgan. O‘rni bilan adiba shafqatsiz tasvir maromidan foydalanadi. Har qaysi hikoya hahramonlari siyratidagi qashshoqlikni hech bir pardalamay, aslo ayamay ko‘rsatadi. Insonga xos fazilatlardan mahrumliklari, uquvsizliklari, baxti qaroliklari, eng asosiysi, mehr-u oqibatsizliklari sabab g‘am daryosining tubiga cho‘kib ketgan personajlar haqida yondiruvchi kinoya bilan, ayovsiz kulgi bilan yoziladi. Uning asarlaridagi qahramonlar qiyofasida ifodalanadigan yolg‘izlik va ichki bo‘shliq ko‘rinishlari tahlilning dolzarbligini isbotlaydi. “Bizningcha, tugab borayotgan asr o‘zbek adabiyotining haqiqiy qiyofasini ham, millat va vatan taqdiridagi ulkan xizmatlarini ham ruhiyat, haqiqat va badiiyat belgilab beradi5”, – deb yozadi taniqli olim Ibrohim Haqqul. Ayni ruhiyat, haqiqat va badiiyat mujassamlashgan hikoyalar Zulfiya Qurolboy qizi ijodining asosiy mahsuliga aylangan. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1. А. Фитрат. Адабиёт қоидалари. – Т.: «Ўқитувчи», 1995, 22-бет. 2. Қадимий қўшиқ: ҳикоялар”. Зулфия Қуролбой қизи. – Т.: ”Ўзбекистон”, 2011. – 360 бет. 3. Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. – Т.: «Akademnashr», 2010. 42-бет. 4. Муртазо Қаршибой. Ҳақ гапнинг ўзи кифоя эмас. “Жаҳон адаби-ёти” журнали, 1998 йил, 1-сон. 5. Иброҳим Ҳаққул. // “Жаҳон адабиёти” журнали. 1998 йил, 1-сон. 5Иброҳим Ҳаққул. // “Жаҳон адабиёти” журнали. 1998 йил, 1-сон.