HIKOYA JANRIDA RUHIY PARALELLIZM VA ICHKI BO'SHLIQ.(ZULFIYA QUROLBOY QIZI HIKOYALARI ASOSIDA)
Abstract
Ushbu maqolada hozirgi o‘zbek adabiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalarida qahramonlar ongida yuz beradigan ruhiy paralellizm va ichki bo‘shliq namunalarini chuqur tahlil qilinadi.Ularda sodir bo‘ladigan voqealar orqali qahramonlar ruhiyati va ichki dunyosi ochib beriladi.Ruhiy paralellizm orqali personajlar ruhiyatini yaqindan tushunish va ularni chuqur tahlil qilish maqolaning dolzarblilik darajasini ifodalaydi.
Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1608 MARKAZIY QIZILQUM FOSFORITINING MAYDALANISH DARAJASINI ELAKLASH ASOSIDA TAHLIL QILISH Namangan davlat texnika universiteti “Kimyo muhandisligi” kafedrasi t.f.f.d. dots. S.S. Zokirov, magistrant A.A. Ne’matjonov O’z. R. F.A. Umumiy va noorganik kimyo instituti “Fosforli o’g’itlar” laboratoriyasi bosh ilmiy xodim t.f.d. prof. U.K. Alimov Annotatsiya: Ushbu maqolada Markaziy Qizilqum fosforit (MQF) namunalarini sharikli tegirmonda 2 soat davomida maydalashdan oldingi va keyingi holatlari quruq elaklash usulida tahlil qilindi. Namunaning umumiy massasi 909,752 g bo‘lib, elaklar ketma-ketligi 8,00 mm dan 0,63 mm gacha bo‘lgan o‘lchamlarda qo‘llanildi. Hisob-kitoblar elekda qolgan foiz, yig‘indi qoldiq foizi va elekdan o‘tgan foiz ko‘rsatkichlari asosida amalga oshirildi. 2 soatlik maydalashdan so‘ng <0,63 mm fraksiya 58,8% dan 97,33% gacha oshgani aniqlandi. Bu esa fosforitning zarracha o‘lchamlari keskin kamayganini va maydalash samaradorligi yuqori ekanini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: fosforit, maydalanish, elaklash, sharikli tegirmon, granulometrik tahlil Fosforit rudalarining maydalanish darajasi ularning fizik-kimyoviy faolligi va keyingi texnologik jarayonlardagi reaksion qobiliyatini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Zarrachalarning o‘lchami kichraygan sari ularning umumiy sirt maydoni ortadi va bu esa kimyoviy reaksiyalar tezligini oshiradi [1]. Fosforit rudalarining boyitilishi va ularni sirt maydonini kengaytirish orqali qayta ishlash jarayonlarining samaradorligini oshirish haqida batafsil tahlil bergan [1]. Fosforitlarni sharikli tegirmonda maydalash jarayoni zarrachalarning mexanik parchalanishiga, strukturasining yumshashiga hamda reaktivlikning oshishiga olib keladi [2]. Fosforitni yetarli darajada mayin holatga keltirish, ayniqsa 0,63 mm dan kichik fraksiyalarda, kimyoviy parchalanish reaksiyalarining tezligini 2–3 barobar oshiradi [3]. Shu boisdan granulometrik tahlil fosforitni tayyorlash bosqichida muhim analitik vosita hisoblanadi. Fosforitlarning turli geologik kelib chiqish turlari va ularning maydalanishga chidamliligi o‘rtasida sezilarli farqlar mavjudligini ta’kidlaganlar [4]. Ayniqsa Markaziy Qizilqum tipidagi cho‘kindi fosforitlar zichroq tuzilishga ega bo‘lib, ular uchun mexanik maydalash jarayonlari optimal energiya sarfini talab qiladi [5]. Sharikli tegirmonda ishlov berish vaqtining ortishi bilan zarrachalar o‘lchamining keskin kamayishi, bu esa <0,63 mm fraksiyaning 95–97% gacha ortishiga olib kelishi mumkinligi kuzatilgan [6]. Fosforitni lignit bilan birga aktivatsiyalash jarayonida maydalanish darajasining fosfor ajralish samaradorligiga bevosita ta’sirini ko‘rsatganlar [7]. Ularning natijalariga ko‘ra, zarracha o‘lchamining kamayishi P2O5ning eruvchanligini sezilarli darajada oshirgan. Shuningdek, fosforit rudalarining granulometrik tahlilini kimyoviy boyitish (beneficiation) jarayonida asosiy nazorat parametri sifatida kiritgan [8]. Fosforitlarning zarrachalar o‘lchamini baholashda ASTM standartlariga asoslangan elaklash usuli eng ishonchli metodlardan biri hisoblanadi [9]. Bunday yondashuv olingan natijalarni qayta ishlashda aniqlikni oshiradi va turli maydalash usullarini solishtirish imkonini beradi. Shu bilan birga, ho‘l yoki quruq maydalashning tanlanishi ham granulometrik tarkibga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi [10].
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1609 Markaziy Qizilqum fosforitining maydalanish darajasini aniqlash — nafaqat fizik jarayon, balki kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiruvchi va o‘g‘it ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi muhim bosqichdir. Zarralarning <0,63 mm fraksiyaga yetkazilishi fosforitning bio yoki kislota asosidagi qayta ishlanishida yuqori reaktivlikni ta’minlaydi [1–10]. Materiallar va metodlar Tajriba laboratoriya sharoitida quruq elaklash usulida o‘tkazildi. Namunaning umumiy massasi 909,752 g ni tashkil etdi. Elaklar ketma-ketligi 8,00; 6,00; 4,50; 3,00; 1,80; 1,00; 0,70; 0,63 mm bo‘lgan. Birinchi bosqichda fosforit namunasi elaklardan o‘tkazilib, har bir elakda qolgan massa aniqlangan. Ikkinchi bosqichda esa namuna sharikli tegirmonda 2 soat davomida maydalanib, qayta elaklash amalga oshirilgan. Hisob-kitoblar quyidagi formulalar asosida bajarildi: • Elekda qolgan foiz (%) = (Elekda qolgan massa / Umumiy massa) × 100 • Yig‘indi qoldiq foizi (%) = Avvalgi elaklardagi foizlar yig‘indisi • Elekdan o‘tgan foiz (%) = 100 − Yig‘indi qoldiq foizi Quyidagi jadvallar Markaziy Qizilqum fosforitining maydalashdan oldingi va keyingi holatlarida elaklardan o‘tish va qoldiq foizlarini ko‘rsatadi. 1-jadval. QF ning maydalashdan oldingi natijalari Elak (mm) Massa (g) Elekda qolgan % Yig‘indi qoldiq % Elekdan o‘tgan % 8.000 153.959 16.923 16.923 83.077 6.000 35.205 3.870 20.793 79.207 4.500 29.615 3.255 24.048 75.952 3.000 33.224 3.652 27.700 72.300 1.800 40.287 4.428 32.129 67.872 1.000 42.753 4.699 36.828 63.172 0.700 22.323 2.454 39.282 60.718 0.630 17.332 1.905 41.187 58.813 0.260 0.000 0.000 41.187 58.813 0.000 535.054 58.813 100.000 0.000 Jadvalda keltirilgan natijalar shuni ko’rsatib turibdiki fosforit rudasi ancha yurik bo’lib, teshiklar o’lchami 8.0 mm li elakda qolgan massa 153.959 g ni tashkil etmoqda, bu esa umumiy massaga nisnatan 16.923 % ni tashkil etadi. Qolgan o’lchamli elaklarda xam yuqoridagi xolatlar kuzatilib, umumiy massaga nisbatan 58.813 % fosforit o’lchamlariga bog’liq holda elaklardan o’tmagan va bu keyingi jarayonlarni amalga oshirish uchun fosforitga mexanik ishlov berish kerakligini anglatadi. Bizga ma’lumki reaksiya tezligiga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri bu moddalarning maydalanganlik darachasi hisoblanadi, shuning uchun biz fosforitning maydalanish darajasini oshirish maqsadida 2 soat davomida mexanik ishlov berdik, ya’ni sharikli tegirmonda maydalash jarayonini amalga oshirdik. Agar 2 soat davomida maydalash natijalari
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1610 yetarli bo’lsa shu bilan bu bosqichni yakunlashimiz mumkin, lekin biz kutgan natijalar bermasa yana 1-2 soat mobaynida maydalash jarayonini amalga oshirishimiz mumkin bo’ladi. Buning uchun yana yuqoridagidek quruq elaklash jarayonini amalga oshirib natijalarni tahlil qilish orqali maydalanish darajasini aniqlashimiz mumkin bo’ladi. Fosforitni 2-soat mobaynida mehanik ishlov berganimizdan so’ng maydalanish darajasini aniqlash maqsadida quruq elaklash jarayoni amalga oshirdik. Olingan natijalar 2-jadvalda keltirilgan. 2-jadval. MQF ning maydalangandan keyingi natijalari Elak (mm) Massa (g) Elekda qolgan % Yig‘indi qoldiq % Elekdan o‘tgan % 3.000 5.401 0.594 0.594 99.406 1.000 9.707 1.067 1.661 98.339 0.700 4.538 0.499 2.160 97.840 0.630 4.655 0.512 2.671 97.329 0.260 442.726 48.664 51.336 48.664 0.000 442.726 48.664 100.000 0.000 Jadvalda keltirilgan natijalarga ko’ra, 2 soat mobaynida fosforitga mexanik ishlov berish natijasida xomashyo sezilarli darajada mayinlashganligini ko’rishimiz mumkin. Teshiklari o’lchami 3.0 mm li elakda qolgan massa miqdori 5.401 gramm bo’lib, bu umumiy massaga nisbatan 0.594 % ni tashkil qiladi. Bu o’lchamli elakdan 99.406 % fosforit o’tdi. Eng kichik 260 µm yoki 0.260 mm o’lchamli elakdan yaqin 50% massa o’tmoqda. Bu natijalar bizni qanotlantiganligi uchun mexanik jarayonni ushbu bosqichda yakunladik va keyingi tajribalarni amalga oshirish davomida zarurat bo’lganda bundanda mayinroq natijalarga erishishimiz mukin bo’ladi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1611 Rasm 1. MQF ning maydalashdan oldingi differensial va akkumulativ egri chiziqlari. Rasm 2. MQF ning maydalangandan keyingi differensial va akkumulativ egri chiziqlari. Rasm-3. Elakdan o‘tish egri chizig‘i: boshlang‘ich va 2 soat maydalanilgandan keyingi holat.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1612 Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, 2 soat davomida sharikli tegirmonda maydalash natijasida fosforit rudalarining zarracha o‘lchamlari sezilarli darajada kamaygan. <0,63 mm fraksiyaning miqdori 58,8% dan 97,33% gacha ortgan. Bu holat fosforitning fizik-kimyoviy faolligini oshiradi, chunki mayda zarrachalar yuzasi kattaroq bo‘lib, keyingi kimyoviy reaksiyalarda (masalan, kislotalar yoki bio komponentlar bilan ishlov berish) yuqori o‘zaro ta’sir imkonini beradi. Shuningdek, elaklash natijalaridagi D-statistikalar maydalanish samaradorligini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa 1. Markaziy Qizilqum fosforiti namunalarining sharikli tegirmonda 2 soat davomida maydalanishi natijasida zarracha o‘lchamlari sezilarli darajada kichraydi va <0,63 mm fraksiyaning ulushi 97,33% gacha oshadi. 2. Olingan natijalar fosforitning keyingi kimyoviy qayta ishlanish jarayonlarida yuqori reaktivlikni ta’minlaydi. 3. Kelgusida maydalanish jarayonini yanada optimallashtirish uchun elaklash tahlilini ko‘proq fraksiyalar bilan bajarish va statistik aniqlikni oshirish maqsadga muvofiqdir. Adabiyotlar 1. Ruan, Y., Li, S., & Zhang, H. (2019). Review on beneficiation techniques and reagents used for phosphate ores. Minerals, 9(4), 253. 2. Wills, B. A., & Napier-Munn, T. (2006). Wills’ Mineral Processing Technology (7th ed.). Butterworth-Heinemann. 3. Al-Fariss, T. F. (1992). On the phosphate rock beneficiation for the production of phosphoric acid. Minerals Engineering, 5(6), 697–705. 4. El Bamiki, R., Raji, O., Ouabid, M., Elghali, A., & Bodinier, J.-L. (2021). Phosphate rocks: A review of sedimentary and igneous occurrences in Morocco. Minerals, 11(10), 1137. 5. Ryszko, U., & Czajkowska, A. (2023). Quality of phosphate rocks from various deposits used in fertilizer production. Science of The Total Environment, 894, 165050. 6. Allen, T. (1997). Particle Size Measurement: Powder Sampling and Particle Size Measurement (5th ed.). Chapman & Hall. 7. Zhang, X., Zhang, Y., & Chen, J. (2019). Enhanced phosphorus release from phosphate rock by activation and lignite addition. Sustainability, 11(4), 1068. 8. Sajid, M., Tariq, S., & Ahmad, I. (2022). Synoptic view on P ore beneficiation techniques. Minerals Engineering, 182, 107535. 9. ASTM International. (2012). ASTM E11-12: Standard Specification for Woven Wire Test Sieve Cloth and Test Sieves. West Conshohocken, PA. 10. Tleuova, S., & Kerimkulova, A. (2025). Modern approaches to the enrichment and processing of phosphate ores. Open Chemical Engineering Journal, 19, e18741231400241.