scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OʻZBEKISTON VA MARKAZIY OSIYO MUSIQASHUNOSLIGINING SHAKLLANISH JARAYONI: ILMIY IZLANISHLAR VA MADANIY UYGʻONISH MASALALARI

Tashpulatov Muzaffar Fayzullayevich

Abstract

Mazkur maqolada 1920–1940-yillarda Oʻzbekiston hamda Markaziy Osiyo xalqlarining musiqiy hayoti va musiqashunoslik ilmining shakllanish jarayonlari tahlil etilgan. Bu davrda milliy musiqa merosini ilmiy asosda oʻrganish, uni yevropacha nota tizimi va yozuvi orqali hujjatlashtirish ishlari boshlanganligi ta'kidlanadi. Fitrat, V.Uspenskiy, M.Xarratov, Gʻ.Zafariy, V.Belyayev, A.Semyonov kabi oʻzbek va rus olimlarining ilmiy hamkorligi natijasida milliy musiqashunoslikning nazariy asoslari yaratilganligi koʻrsatiladi. Maqolada mazkur davr ilmiy merosini zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida qayta koʻrib chiqish va uni mustaqillik gʻoyalari nuqtayi nazaridan baholash zarurligi ilmiy asosda asoslanadi.

Full text

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1653 UDK 78.072 OʻZBEKISTON VA MARKAZIY OSIYO MUSIQASHUNOSLIGINING SHAKLLANISH JARAYONI: ILMIY IZLANISHLAR VA MADANIY UYGʻONISH MASALALARI Tashpulatov Muzaffar Fayzullayevich San`atshunoslik fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD), musiqashunos Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi aʼzosi, E-mail: [email protected] Tel: + 99893 581-15-81 https://orcid.org/0009-0009-5226-4247 Annotatsiya. Mazkur maqolada 1920–1940-yillarda Oʻzbekiston hamda Markaziy Osiyo xalqlarining musiqiy hayoti va musiqashunoslik ilmining shakllanish jarayonlari tahlil etilgan. Bu davrda milliy musiqa merosini ilmiy asosda oʻrganish, uni yevropacha nota tizimi va yozuvi orqali hujjatlashtirish ishlari boshlanganligi taʼkidlanadi. Fitrat, V.Uspenskiy, M.Xarratov, Gʻ.Zafariy, V.Belyayev, A.Semyonov kabi oʻzbek va rus olimlarining ilmiy hamkorligi natijasida milliy musiqashunoslikning nazariy asoslari yaratilganligi koʻrsatiladi. Maqolada mazkur davr ilmiy merosini zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida qayta koʻrib chiqish va uni mustaqillik gʻoyalari nuqtayi nazaridan baholash zarurligi ilmiy asosda asoslanadi. Kalit soʻzlar: musiqa,tarix,tadqiqot, etnografiya, musiqashunos, sozanda Аннотация. В данной статье анализируются процессы формирования музыкальной жизни и музыковедческой науки Узбекистана и народов Средней Азии в 1920–1940-е годы. Отмечается, что в этот период началось научное изучение национального музыкального наследия, его документирование с помощью европейской нотационной системы и звукозаписи. Подчеркивается, что благодаря научному сотрудничеству таких узбекских и русских исследователей, как А. Фитрат, В. Успенский, М. Харратов, Г. Зафарий, В. Беляев и А. Семёнов, были заложены теоретические основы национального музыковедения. В статье обоснована необходимость пересмотра научного наследия данного периода на основе современных научных подходов и его оценки с точки зрения идей независимости. Ключевые слова: музыка, история, исследования, этнография, музыковед, музыкант Annotation:This article analyzes the development of musical life and musicological studies in Uzbekistan and among the peoples of Central Asia during the 1920s–1940s. It highlights that during this period, the scientific study of national musical heritage began, along with its documentation through the European notation system and sound recording techniques. The paper emphasizes that through the scholarly collaboration of Uzbek and Russian researchers such as A. Fitrat, V. Uspensky, M. Kharratov, G. Zafariy, V. Belyaev, and A. Semyonov, the theoretical foundations of national musicology were established. The article substantiates the need to re- ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1654 examine the scholarly legacy of this period based on modern academic approaches and to evaluate it from the perspective of independence and national identity. Key words: music, history, research, ethnography, musicologist, musician Kirish (Introduction) XX asr boshlarida Markaziy Osiyo, xususan, Oʻzbekiston madaniy hayotida chuqur oʻzgarishlar roʻy berdi. Milliy uygʻonish harakati taʼsirida musiqa sohasida ham yangi ilmiy va ijodiy yoʻnalishlar shakllandi. Shu davr ziyolilari musiqani faqat amaliy ijrochilik emas, balki ilmiy tahlil obyektiga aylantirish zarurligini angladilar. Ular anʼanaviy musiqa merosini saqlab qolish, notalash tizimini joriy etish, hamda yevropa musiqiy nazariyasining ilgʻor jihatlarini milliy anʼanalar bilan uygʻunlashtirishga harakat qildilar. Mazkur jarayon Oʻzbekiston musiqashunosligi tarixida yangi bosqichni boshlab berdi. Musiqa sohasida Fitrat, V. Uspenskiy, M. Xarratov, Gʻ. Zafariy, A. Semyonov kabi olimlarning faoliyati milliy ilmiy maktabning poydevorini yaratdi. Bu davrda milliy uygʻonish jarayonining taʼsirida musiqa sohasida ham yangi ilmiy va ijodiy tendensiyalar shakllandi. Musiqani faqat amaliy sanʼat emas, balki ilmiy tahlil etish zarur deb bilgan ziyolilar va tadqiqotchilar avlodi vujudga keldi. Ular anʼanaviy musiqa va ijrochilik merosini saqlab qolish, notalash tizimini takomillashtirish, musiqiy terminologiyani aniqlash, hamda yevropa musiqiy ilmining yutuqlarini milliy anʼanalar bilan uygʻunlashtirish kabi vazifalarni ilgari surdilar. Shu tariqa, oʻzbek musiqashunosligining nazariy va amaliy asoslari yaratila boshladi. Bu jarayonda Sharq va Gʻarb ilmiy maktablarining oʻzaro taʼsiri muhim ahamiyat kasb etdi. Yevropaning kompozitorlik va musiqiy nazariyasi, xususan, garmoniya, polifoniya va forma tahlili kabi tushunchalar milliy musiqiy muhitga kirib keldi. Shu bilan birga, milliy musiqiy tizimning oʻzgacha lad-modellari, usullari va ijrochilik anʼanalari ilmiy jihatdan oʻrganila boshlandi. Oʻzbek musiqashunosligining ilmiy shakllanishida, Fitrat, Xamza Hakimzoda Niyoziy, V.Uspenskiy, Yu.Rajabiy, R.Glier kabi olim va ijodkorlarning xizmatlari katta boʻldi. Ular musiqani tarixiy, estetik va ijtimoiy nuqtayi nazardan tahlil etishga harakat qildilar. Shu bilan birga, XX asr boshlaridagi musiqashunoslik maktablari milliy va yevropa ilmiy anʼanalari oʻrtasidagi bogʻliqlikni koʻrsatib berdi. Masalan, nota tizimi, ladlar tahlili, musiqiy forma va ritm masalalari boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy musiqashunoslik uchun muhim nazariy asos boʻlib xizmat qilmoqda. Bugungi kunda bu ilmiy merosni qayta koʻrib chiqish, uni zamonaviy texnologiyalar va ilmiy yondashuvlar bilan boyitish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu nafaqat milliy musiqiy taʼlim tizimini takomillashtirish, balki oʻzbek musiqiy merosini jahon miqyosida ilmiy asosda targʻib etish imkonini ham beradi. Metodologiya (Methods) Tadqiqotda tarixiy-madaniy tahlil, qiyosiy musiqashunoslik, va manbashunoslik usullaridan foydalanildi. Asosiy eʼtibor quyidagi yoʻnalishlarga qaratildi: 1. 1920–1940-yillarda Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoda musiqashunoslik fanining shakllanish bosqichlarini aniqlash; 2. Rus va oʻzbek olimlari oʻrtasidagi ilmiy hamkorlikning mohiyatini yoritish; 3. Fitrat, V. Uspenskiy, V. Belyayev, Gʻ. Zafariy, M. Xarratov kabi shaxslarning ilmiy merosini tahlil qilish; ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1655 4. Ushbu davr siyosiy-mafkuraviy sharoitining musiqashunoslikka taʼsirini oʻrganish. Manba sifatida arxiv qoʻlyozmalari (Uspenskiy–Belyayev yozishmalari), Fitrat asarlari, “Shashmaqom” nashrlari, hamda zamonaviy tadqiqotlar (O. Matyoqubov, Tashpulatov, BSE ensiklopediyasi)dan foydalanildi. Oʻzbekiston musiqa madaniyati va uning mafkuraviy inʼikosi boʻlgan musiqashunoslik ilmi bir tarafdan ziddiyat va qarama-qarshiliklarga toʻla jarayon. Ikkinchi tomondan, oʻz sohasining yetuk mutaxassislari, fidoiy va zabardast allomalar ijod maydoniga chiqqan davr boʻlib tarixda muhrlandi. XX asr boshlarida Sharq va Gʻarb ilmiy anʼanalari oʻrtasidagi munosabat yangi bosqichga koʻtarildi. Turkiston oʻlkasida ilm-fan va madaniyat sohalarida yangilanish jarayonlari kechar ekan, musiqa sohasida ham ilmiy yondashuv, tahlil va nazariy izlanishlar faollashdi. Bu davrda rus olimlarining ilmiy tadqiqotlari oʻzbek musiqashunosligi uchun metodologik va nazariy asos vazifasini oʻtadi. Shu bilan birga, milliy ziyolilarimiz ularning ilmiy gʻoyalarini tanqidiy tahlil etib, milliy musiqa merosini ilmiy jihatdan asoslashga kirishdilar. Oʻzbek musiqashunosligining shakllanish va rivojlanish jarayonida XX asr boshlaridagi ilmiy hamkorlik va gʻoyaviy muloqotlar alohida ahamiyat kasb etadi. Bu davrda rus va oʻzbek ziyolilari, ilmiy hamda ijodiy muhit vakillari oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir musiqa ilmining yangi bosqichga koʻtarilishiga zamin yaratdi. Shu maʼnoda, V.Uspenskiy, V.Belyayev, N.Mironov, A.Semyonov kabi rus olimlarining ishlari bilan bir vaqtda milliy maʼrifatchi va ilmiy salohiyatli shaxslar — Bekjon Rahmon oʻgʻli, Matyusuf Xarratov, Abdurauf Fitrat, Gʻulom Zafariylar faoliyatining uygʻun ravishda kechgani juda muhim ilmiy voqelikdir. V.Uspenskiy, V.Belyayev, N.Mironov va A.Semyonovlar Turkiston musiqiy madaniyati, ayniqsa, oʻzbek va tojik xalq musiqasi, maqom anʼanalari haqida chuqur tadqiqotlar olib bordilar. Ularning ishlarida maqomning lad-melodik tuzilishi, ritmik tizimi, ijrochilik xususiyatlari va musiqiy anʼanalarning etnografik jihatlari ilmiy tahlil etilgan. Bu tadqiqotlar keyinchalik oʻzbek musiqashunosligining ilmiy asosini yaratishda muhim rol oʻynadi. Shu bilan birga, milliy ziyolilarimiz — Fitrat, Gʻulom Zafariy, Matyusuf Xarratov va boshqalar ham ushbu ilmiy muhitda faol ishtirok etdilar. Ular rus olimlarining ishlarini chuqur oʻrganib, oʻz milliy pozitsiyalarini ilgari surdilar. Masalan, Fitratning “Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi” asarida milliy musiqa ilmining nazariy asoslari yoritilib, yevropa ilmiy metodlari bilan uygʻunlashtirilgan holda tahlil qilingan. Uning asarida maqom sanʼati nafaqat tarixiy yodgorlik sifatida, balki jonli ijodiy tizim sifatida talqin etilgan. Gʻulom Zafariyning “Oʻzbek musiqasi haqida” nomli ocherki ham milliy musiqa merosini xalqning ruhiy olami, ijtimoiy hayoti va maʼnaviy qadriyatlari bilan bogʻlab oʻrganishga qaratilgan. Ushbu asar, Fitrat ishlari singari, ilmiy-estetik tahlilni milliy gʻoya bilan uygʻunlashtirgan ilk misollardan biri sifatida baholanadi. Natijalar (Results) 1920-yillar Oʻzbek musiqashunosligining ilmiy shakllanish davri boʻldi. Fitratning “Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi” risolasi ilk nazariy yondashuvlardan biri boʻlib, unda musiqa “klassik” tushunchasi ostida tahlil etilgan. Shu bilan birga, V. Uspenskiyning “Shashmaqom” haqidagi tadqiqotlari maqom sanʼatini ilmiy tizimga solishda asosiy manba vazifasini bajardi. V. Belyayev, N. Mironov va A. Semyonovlarning izlanishlari oʻzbek musiqasining ladmelodik tuzilishi, ritmik tizimi va ijrochilik xususiyatlarini ilmiy asosda yoritdi. 1925-yilda ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1656 Matyusuf Xarratov va Bekjon Rahmon oʻgʻlining “Xorazm musiqiy tarixchasi” asari oʻzbek musiqasining ilmiy tahliliga bagʻishlangan ilk asarlardan biri boʻldi. Buxoro va Xorazm maktablari musiqiy tizimlarini nashrga tayyorlash, nota asosida hujjatlashtirish ishlari Fitrat homiyligida V. Uspenskiy ishtirokida amalga oshirildi. 1924-yilda “Shashmaqom” asari “Olti musiqiy doston” nomi bilan Moskvada nashr etilishi bu yoʻnalishdagi eng muhim yutuqlardan biri boʻldi. V.Uspenskiyning “Shashmaqom” haqidagi tadqiqotlari esa maqom anʼanasining ilmiy tizimga solinishida asosiy manbalardan biri boʻlib xizmat qiladi. Uning ishlarida musiqaning tuzilishi, lad-modellari va ijrochilik uslublari ilmiy tarzda bayon etilgan. Shuningdek, V.Belyayev va A.Semyonovning tadqiqotlari oʻzbek musiqiy risolalarini ilmiy asosda tahlil qilishga bagʻishlangan boʻlib, ularning koʻplab tarjimalari va sharhlari milliy ilmiy fikrning boyishiga hissa qoʻshgan. Shu oʻrinda aytish lozimki, bu olimlar va ziyolilar oʻrtasidagi ilmiy muloqot va hamfikrlik Turkiston ilmiy muhitining madaniy koʻlamini kengaytirdi. Ular birgalikda milliy musiqa madaniyatini umuminsoniy madaniy jarayonning ajralmas qismi sifatida namoyon etishga harakat qildilar. Bunda: 1. Oʻzbek musiqashunosligining ilk davrlari umumiy ahvoli bilan tanishish va yangi oʻzbek musiqashunosligining shakllanish jarayonlarini tahlil qilish 2. Oʻzbek musiqasini oʻrganish metodikasi shakllanish jarayonini kuzatish 3. Oʻzbek musiqasiga rusiyzabon va xorijiy olimlarning qarash va munosabatlarini kuzatish masalalari ilgari suriladi. Shuningdek, davr olimlarining nashr qilinmagan ijodiy meroslari bilan atroflicha tanishtirish va ayrim xulosalar chiqarish bugungi kunda nihoyatda ahamiyatlidir. Taʼkidlash kerakki, nomlari sanab oʻtilgan barcha olim va tadqiqotchilar uchun Fitrat va uning qarashlari maʼlum darajada poydevor vazifasini oʻtaydi. Baʼzi nuqtalarda rusiyzabon olimlari uchun ham Fitratning fikrlari ustivor ahamiyat kasb etgan. Hatto, ushbu risolaga xorijda ham qiziqishlar yuzaga kelgan. Misol tariqasida taniqli olim, professor V.Belyayevning V.Uspenskiyga yoʻllagan maktubidan parcha keltiramiz. “V.Belyayevdan – V.Uspenskiyga 10/VIII/1929-yil. ... Написал также Фитрату, пользуясь случаем, что на его книгу делают ссылку в одной английской работе. Посулил достать ему эту статью, если он сообщит мне кое-что. Кстати сказать, я уже по узбекски маракую настолько, что перевел больше 20-ти /правда самых легких/ страниц его книги. К сожалению, с учителем дело не вышло и мне приходится пыхтеть над этой книгой без посторонней помощи...” [1]. Atoqli olim V.Belyayev A.Fitratning risolasiga ulkan qiziqish bildirib, maxsus oʻqituvchi yollab, oʻzbek tilini oʻrganishga tirishadi. Bunday saboqlar koʻzlangan samara bermagach, olimning oʻzi asarni mustaqil ravishda hijjalab, zoʻr berib oʻqishga, tarjima qilishga urinadi. Muhokama (Discussion) Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, oʻzbek va rus musiqashunos olimlari oʻrtasidagi ilmiy hamkorlik milliy musiqa ilmining shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Biroq 1930–1940-yillarda siyosiy repressiyalar, mafkuraviy bosimlar bu jarayonni toʻxtatdi. Oʻsha davr olimlarining asarlarini oʻqish man etildi, natijada ilmiy izchillik uzildi. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1657 O. Matyoqubovning taʼkidlashicha, stalinizm davrida “dutordan simfoniyaga”, “qoʻshiqdan operaga” kabi shiorlar orqali milliy musiqa yevropalashtirildi. Maqom sanʼati esa “oʻtmish qoldigʻi” sifatida baholandi. Shu sababli 1920–40-yillar ilmiy merosini bugungi kunda qayta oʻrganish zarurati mavjud. Bugungi kunda zamonaviy musiqashunoslik bu merosni yangicha ilmiy yondashuvlar asosida tahlil etish, Fitrat, Uspenskiy va Zafariylarning ishlarini izohli nashrlar orqali ilmiy muomalaga qaytarish vazifasini qoʻymoqda. Turkistonga kelgan rusiyzabon tadqiqotchilar uchun uning iqlimi, tabiati, aholining ijtimoiy ahvoli, etnografiyasi, madaniy hayoti bilan birgalikda milliy cholgʻulari, mumtoz va xalq musiqa (folklor) ijodiyoti ulkan tadqiqot manbaiga aylandi. Bu davrda, dastlab siyosiy maqsadlarda olib borilgan kuzatuv ishlari keyinchalik jiddiy ilmiy darajaga koʻtarila boshladi. Musiqa madaniyati sohasidagi sayʼ harakatlarning mutassil davomi sifatida yana bir tarixiy tadbir amalga oshirildi.U ham boʻlsa, Fitrat tashabbusi bilan rus etnograf va musiqashunosi V.Uspenskiy Shashmaqomni notaga olish uchun Buxoroga taklif qilindi. Fitrat homiyligi va V.Uspenskiyning zahmatli mehnatlari samarasi sifatida 1924-yilda “Shashmaqom” (“Olti musiqiy doston”) nomi ostida Moskvada nashr etildi. 1925-yilda Xiva bolalar musiqa maktabining birinchi direktori va muallimi Matyusuf Xarratov (Muhammad Yusuf Devon)ning shoir va adabiyotshunos Mullo Bekjon Rahmon oʻgʻli bilan hamkorlikda yaratgan “Xorazm musiqiy tarixchasi” kitobi Moskvada arab alifbosida nashr etildi. Bu asar oʻzbek musiqasi, xususan maqomlarning ilmiy va amaliy asoslariga oid ilk tadqiqot sifatida musiqashunosligimiz tarixida alohida oʻrin tutadi. 1927-yilda A. Fitratning “Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi” risolasi hamda V.Uspenskiyning “Klassicheskaya muzыka uzbekov” maqolalari nashrdan chiqadi. Fitrat oʻzining oʻzbek musiqasi toʻgʻrisidagi maqolalari hamda “Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi” risolasi bilan XX asr oʻzbek musiqashunosligining tamal toshini qoʻyishga intildi. Oʻzbek adabiyot va musiqiy merosiga nisbatan ilk marotaba “klassik” tushunchasini A.Fitrat oʻzining “Adabiyot qoidalari” va “Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi” asarlarida kiritdi. “1928-yilda Samarqand musiqa va xoreografiya instituti oʻz faoliyatini boshladi. Institutning rahbari N.Mironov. Institut oʻz oldiga xalq ijodiyotini tadqiq etish, milliy ashula va raqs sanʼatlarini oʻrgatish, musiqa tarixiga oid maʼlumotlari toʻplash hamda nota namunalarini yaratishdek maʼrifiy vazifalarni maqsad qilib qoʻydi” [4,3]. Institutning ilmiy faoliyatida bir talay ijobiy ishlar qilindi. Oʻzbek va tatar tillarida “Musiqa savodi” qoʻllanmasi, aspirantlar M.Ashrafiy “Buxoro xalq qoʻshiqlari”, T.Sodiqov “Fargʻona xalq qoʻshiqlari”, Sh.Ramazonov “Xorazm xalq qoʻshiqlari” nomli toʻplamni 1931 N.Mironov tahririda hamda 1931-yilda bevosita oʻzining qalamiga mansub kitoblari nashr etildi. 1930-yilda V.M.Belyayevning ilk marotaba oʻzbek musiqasiga bagʻishlangan “Proletarskiy muzыkant” jurnalidagi “O muzыke uzbekov” maqolasi nashrdan chiqdi. V.M.Belyayev 1930-31 yillarda Turkmanistonda, 1931-33 yillar oraligʻida Oʻzbekiston Narkompros qoʻmitasida konsultant-maslahatchi boʻlib ishlaydi. 1920-40-yillarda Markaziy Osiyo xalqlarining mumtoz va xalq musiqa ijodiyoti, avvallari rasm boʻlmagan, yangicha tamoyillar asosida oʻrganila boshlandi. Yaʼni, bu davrda milliy ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1658 musiqa ijodiyotni yevropacha taktli nota yozuviga tushirish, fonografga yozib olish, umuminsoniy qadriyat sifatida eʼtirof etilayotgan musiqiy merosni milliy asoslarga tayanib joriy etish masalalari keng koʻlamda olib borildi. Afsuski, 40-yillarga kelib, siyosiy oʻyinlar avj olib, yuqorida nomlari tilga olingan deyarli barcha oʻzbek va rus olimlari qatagʻon qilindi. Albatta ularning asarlarini oʻqish-oʻrganish ham man etildi. Shuning uchun ham ular haqida hanuzgacha yetarli maʼlumotlarga ega emasmiz. Bu haqda O.Matyoqubov quyidagi fikrlarni bildirib oʻtadi: “Shu tariqa 30-yillarning boshidan madaniy-maʼrifiy uygʻonish harakatiga chek qoʻyilib, stalincha milliy siyosat hukm sura boshladi. Musiqiy mafkura sohasida “dutordan-simfoniyaga”, “qoʻshiqdan-operaga” kabi osmoniy shiorlar maydonga tashlandi. Hatto, 50-yillar boshlarida ham “Sotsialistik musiqa madaniyati” deganda birinchi navbatda koʻp ovozli musiqa asarlari tushunilib, yerli xalqlarning kuy va ashulalari “yangi mazmun” bilan toʻldirilib, yevropacha shakllarga oʻgirila boshlandi. Maqomlar salbiy maʼnoda oʻtmish ramzi, yigʻloqi saroy sanʼati sifatida rasmiy muomala doirasidan chetga chiqarildi” [2,56]. 1920–1940-yillar Markaziy Osiyo, ayniqsa, Oʻzbekiston musiqiy madaniyati tarixida oʻta muhim va bir vaqtning oʻzida ziddiyatli davr hisoblanadi. Bu davrda ilk bor milliy musiqa ijodiyotini ilmiy asosda oʻrganish, uni yevropacha musiqiy nazariya va yozuv tizimi bilan uygʻunlashtirish harakatlari amalga oshirildi. Shu bilan birga, anʼanaviy ijodiy usullar, ogʻzaki musiqa merosi va ijrochilik anʼanalari ilmiy tadqiqot obyekti sifatida qarala boshladi. Yevropacha taktli nota yozuvi va fonograf yordamida milliy musiqa namunalarini yozib olish amaliyoti ilmiy jarayon sifatida katta ahamiyat kasb etdi. Bu usul orqali maqom, qoʻshiq, ashula va raqamli kuylarning koʻplab namunasi saqlab qolindi. Bu holat oʻzbek va boshqa turkiy xalqlar musiqasining ilmiy tasnifini yaratish, uning lad-modellari, metroritmik asoslari va shakl xususiyatlarini tahlil etish imkonini berdi. Shu bilan birga, 1930-yillar oxiri va 1940-yillar boshidagi siyosiy jarayonlar — stalincha siyosiy tazyiq va mafkuraviy cheklovlar — milliy musiqiy fikr rivojiga jiddiy toʻsiq boʻldi. Oʻsha davrda faoliyat yuritgan koʻplab olim va maʼrifatchilar — V.Uspenskiy, V.Belyayev, A.Semyonov, Fitrat, Gʻulom Zafariy, Matyusuf Xarratov kabilar turli ayblovlar bilan qatagʻon qilindi yoki faoliyatdan chetlatildi. Ular yaratgan asarlarni oʻrganish man etildi, natijada oʻzbek musiqashunosligining ilmiy taraqqiyotdagi izchillik uzildi. O.Matyoqubovning “madaniy-maʼrifiy uygʻonish harakatiga chek qoʻyilib, stalincha milliy siyosat hukm sura boshladi” degan fikri tarixiy voqelikning aniq ifodasidir. Bu siyosat natijasida milliy musiqa anʼanalari sunʼiy ravishda “oʻtmish qoldigʻi” sifatida baholandi. “Dutordan simfoniyaga”, “qoʻshiqdan operaga” kabi shiorlar orqali milliy musiqa yetimologik va estetik jihatdan yevropaliklashtirishga urinishlar kuchaydi. Maqom sanʼati va xalq kuylari “eski dunyo”, “saroy sanʼati” degan tamgʻalar bilan cheklanib, rasmiy madaniy siyosat doirasidan siqib chiqarildi. Bunday mafkuraviy bosim milliy musiqiy tafakkurni bir yoʻnalishli va ideologik qarashlar bilan ifodalashga olib keldi. Shu sababdan ham 1920–40-yillardagi ilmiy merosning katta qismi uzoq yillar davomida eʼtibordan chetda qoldi. Xulosa (Conclusion) XX asr boshlarida Oʻzbekiston musiqashunosligining shakllanish jarayoni Sharq va Gʻarb ilmiy anʼanalari sintezi asosida kechdi. Fitrat va rus olimlarining hamkorligi milliy musiqani ilk bor ilmiy tizimga solishga xizmat qildi. Bugungi kunda ushbu ilmiy meros milliy oʻzlikni anglash, madaniy qadriyatlarni tiklash va ularni zamonaviy ilm-fan nuqtayi nazaridan talqin etishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1659 Shunday ekan, XX asr musiqashunoslik anʼanalarini chuqur oʻrganish va ularni mustaqil davr talablari asosida davom ettirish zamonaviy ilmiy vazifa sifatida dolzarbdir. Mazkur yillar ilmiy merosini tiklash uchun, hali koʻplab zamonaviy ilm-fan yutuqlariga asoslangan izlanishlar olib borish maqsadga muvofiq. A.Fitrat yoki V.Uspenskiy, M.Xarratov yoki Gʻ.Zafariy, V.Belyayev yoki A.Semyonovlarning ilmiy ishlari qanchalik qiziqarli va maʼnodor boʻlmasin, bari-bir zamon oʻtishi bilan qaysidir jihatlari eskiradi, ayrim taraflari esa davr talablariga mos kelmay qolishi mumkin. Ana shu jihatdan 80-90 yil oldin yaratilgan tadqiqotlar tegishli izoh va tushuntirishlarni talab qiladi. Buning uchun 1920-40 yillarda milliy maʼrifatparvarlar hamda rusiyzabon ziyolilar boshlagan saʼy harakatlarni chuqur va atroflicha oʻrganib, ular koʻzlagan gʻoyalar mohiyatini tushunib, ibratli jihatlarini bugungi ehtiyojlar xizmatiga qaratish borasidagi ishlarni uzluksiz davom ettirish lozim. Milliy maʼrifatparvar va rusiyzabon olimlarning bugungi kun talablariga mos keladigan asarlarini tanqidiy nuqtayi nazardan hamda Mustaqillik mafkurasi talablariga muvofiq izohli nashrlarni yaratish ustida keng va atroflicha izlanishlar olib borish lozim. Xulosa qilib aytganda, XX asr boshlaridagi oʻzbek va rus musiqashunos olimlari oʻrtasidagi ilmiy hamkorlik milliy musiqashunoslik fanining shakllanishida hal qiluvchi omillardan biri boʻldi. Bu jarayon natijasida milliy musiqa ilmi ilk bor nazariy tizimga solindi, tarixiy manbalar ilmiy asosda tahlil etildi va musiqiy fikrlash madaniyati yangi bosqichga koʻtarildi. Bugungi kunda ushbu fidoiy olim va maʼrifatchilarning ilmiy merosi yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ular qoldirgan asarlar milliy qadriyatlarning ilmiy ifodasi sifatida qayta kashf etilmoqda. Demak, mazkur ilmiy anʼana bugungi musiqashunoslikka nafaqat tarixiy tajriba, balki yangi ilmiy ruh bagʻishlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar (References): 1. Uspenskiy V.A., Belyayev V.M. Oʻzaro yozishmalar. Qoʻlyozma. Sanʼatshunoslik ilmiytadqiqot instituti kutubxonasi. T., 1958. 2. Matyoqubov O. “Maqomot”. Toshkent: Maʼnaviyat, 2004. 3. Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Toshkent, 2000. 4. Tashpulatov M. The Place and Significance of N.N. Mironov's Creative Activity in the History of Uzbek Music Culture. The European Journal of Arts, 2024, No. 2, DOI: 10.29013/EJA-24-2-153-156. 5. Музыковедение / Большая советская энциклопедия. Москва: Сов. энциклопедия, Т.17, 1974.