MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA ILM FAN VA TABIAT MARKAZIDAGI FAOLIYATNI TASHKIL ETISH USULLARI
Abstract
Ushbu maqolada Maktabgacha ta’lim tashkilotida Ilm fan va tabiat markazini tashkil etish orqali bolalarda tabiatga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish, tabiatga nisbatan ongli munosabatni shakllantirish,kuzatish va tajriba o‘tkazish metodikalari haqida ma’lumotlar berilgan.
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 960 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA ILM FAN VA TABIAT MARKAZIDAGI FAOLIYATNI TASHKIL ETISH USULLARI Haqberdiyeva Zamira Rajabboyevna Samarqand pedagogik mahorat markazi Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodkalari kafedrasi oʻqituvchisi zamira.ha[email protected] tel:+99890-606-84-22 Annotatsiya: Ushbu maqolada Maktabgacha ta’lim tashkilotida Ilm fan va tabiat markazini tashkil etish orqali bolalarda tabiatga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish, tabiatga nisbatan ongli munosabatni shakllantirish,kuzatish va tajriba o‘tkazish metodikalari haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: tabiat, bolalar ,tajriba, rivojlanish markazlari, kuzatish didaktik material, o‘yin , syujetli o‘yinlar, til. Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularda atrof-muhitga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, tabiatga mehr va g‘amxo‘rlik ruhida tarbiyalash eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Fan va tabiat markazi orqali bolalarning kuzatuvchanligi, fikrlash faolligi, mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalari shakllanadi. Bu markaz bolalarga real hayot hodisalarini o‘rganish, ilmiy tasavvurga ega bo‘lish va tabiat hodisalari bilan bevosita tanishish imkonini yaratadi. Bugungi globallashuv va ekologik muammolar kuchayib borayotgan bir davrda bolalarni kichik yoshdan boshlab fan va tabiat sir-asrorlari bilan tanishtirish nafaqat tarbiyaviy, balki axloqiy ahamiyatga ham egadir. Shu bois, maktabgacha ta'lim muassasalari guruhlarida fan va tabiat markazlarini samarali tashkil etish hamda u yerda faoliyatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish dolzarb masalaga aylangan. “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga muvofiq, mavzuli rejalashtirish maktabgacha yoshdagi bolalar uchun moʻljallangan rivojlanish markazlarida taʼlimiy va tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishni koʻzda tutadi. Bu pedagoglarga har bir bolaning oʻziga xosligi va benazirligini hisobga olgan holda oʻqitish va tarbiyaga yakka tartibda yondashuvni amalga oshirish, ularning individual qiziqish va ehtiyojlarini qoʻllab-quvvatlash imkoniyatini beradi. Maktabgacha taʼlim tashkiloti guruhi xonasida rivojlanish markazlarini tashkil etishda tarbiyalanuvchilarning rivojlanishida oʻyin faoliyatini yetakchi rolini inobatga olish kerak. Bu esa, oʻz navbatida, har bir bolaning hissiy farovonligini taʼminlaydi, unda ijobiy tuygʻularni shakllantiradi, dunyoga, insonlarga, oʻziga toʻgʻri munosabatda boʻlish, turli hamkorlik shakllariga kirishish koʻnikmalarini rivojlantiradi – bu esa maktabgacha taʼlimning asosiy maqsadlari hisoblanadi. Ilm fan va tabiat markazi: Atrof-muhit madaniyat bo‘yicha didaktik materiallar, “Tabiat va odam” rasmlari va illyustratsiyalari, valiologiya bo‘yicha maketlar, tabiiy materiallarning xususiyatlarini o‘rganish uchun materiallar, to‘plamlar, tadqiqotlar va tajribalar uchun, bilim to‘plamlari, o‘ynash uchun o‘yin mavzulari to‘plamlari – uy va yovvoyi hayvonlar, dengiz hayoti, hasharotlar qushlar: Ilm-fan va tabiat markazida, tajriba sinov maydonchasida o‘tkazilayotgan tajribalar bolalarda qiziqish uyg‘otadi va ularni yangi ixtirolar qilishga undaydi. Bu markaz bolalarni tabiat va undagi hodisalarni bilish uchun eng katta imkoniyat markazi hamdir. Markaz faoliyati to‘g‘ri tashkil etilsa bolalar tabiat
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 961 haqidagi bilimlarning 90%ini o‘zlashtiradi. Markaz nafaqat bolalarda balki pedagoglarda ham qiziqish uyg‘otadi. Hayotimiz davomida ishlatiladigan narsalarni qayerdan kelganligini, ulardan nimalar olinganligi haqidagi ma'lumotlar bolalarning o‘z qo‘llari bilan Tabiatshunoslikka qiziqtirishda tarbiyachi avval boshdan bolalarning ma’lum narsa va hodisani kuzatishlariga yordam berishdan iborat bo‘ladi. Asta-sekin bolalar predmet va voqealarni to‘liq o‘rganganlaridan so‘ng ularga qandaydir yangiliklar kerak bo‘ladi. Tarbiyachining vazifasi o‘yin va ish uchun qiziqarli materiallarni topishdan iborat. Materiallarning yangi turiga duch kelganda bolalar odatda uchta oldindan aytish mumkin bo‘lgan bosqichni bosib o‘tadilar. Avval tajriba qilish bosqichi o‘tadi, uning davomiyligi bolaning yoshi, qobiliyatlari va oldingi tajribasiga bog‘liq. Ikkinchi bosqich yangi materiallar bilan bog‘liq zarur lug‘atni kiritish. Lug‘atni, yaxshisi, yangi materiallar faol foydalanilayotgan paytda kiritgan ma’qul. Tarbiyachi sen bu haqda nima deya olasan, sen buni qanday qilmoqchisan, bu yerda qanday yo‘l tutgan yaxshiroq kabi savollarni beradi. Suhbat davomida tarbiyachi bolaning dunyoga nisbatan nuqtai nazarini ijobiy baholaydi, bolaning so‘zlari va g‘oyalarida ifodalangan ijodiy fikrlarni diqqat bilan eshitadi. Tarbiyachi bolani yangi so‘zlar bilan tanishtiradi, ular haqidagi kitoblarni o‘qiydi. Uchinchi bosqich muammoni ajratib olishni taqozo etadi, odatda bu muhokama paytida tug‘ilgan savoldir. Muammo ajratib olinganidan so‘ng tarbiyachining ish vazifasi bolani yechimlar va javoblar topishga motivatsiyalashdan iboratdir. MTT guruhlaridagi rivojlanish markazlari – bu pedagogik jarayonni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan estetik, psixologik-pedagogik shartlar majmuasi boʻlib, oʻquv muhiti oqilona tashkil etilgan, turli xil oʻyin va oʻquv materiallari bilan taʼminlangan rivojlantiruvchi muhit. Tashkil etilgan rivojlanish markazlarida maktabgacha yoshdagi bola faol bilimga asoslangan ijodiy faoliyatga jalb qilinadi, uning qiziqishi, tasavvuri, aqliy va badiiy qobiliyatlari, muloqot malakasi rivojlanadi, eng muhimi – shaxsning uygʻun rivojlanishi amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti yoshidagi bolani tabiat bilan tanishtirishda uni zavqlantirish, estetik his-tuyg‘ularni hosil qilish oson ish emas. Uning tabiat go‘zalliklarini ko‘ra bilishi, ulardan baxramand bo‘lishi, qalbida havas, qiziqish, hayajonlanish hislarining uyg‘onishi uchun oylar, yillar kerak bo‘ladi. Bolani estetik tarbiyalashni tabiatga sayohat, sayrlar yoki maktabgacha ta’lim tashkiloti hovlisidagi hushmanzara gullarni, chiroyli bog‘ hovlilarini kuzatish orqali amalga oshirsa bo‘ladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tabiat orqali estetik ruxda tarbiyatashni tabiatning istagan faslida amalga oshirish mumkin. Tabiat vositasida bolalarga axloqiy tarbiya berishning yo‘llari juda ko‘p va xilma-xildir. Biz yuqorida faqat uning ba’zi birlarini eslatdik, xolos. Uni har bir tarbiyachi o‘z sharoiti, o‘z milliy urf-odatlari asosida amalga oshirsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi. Bolalarning o‘simliklar o‘stirish va xayvonlarni parvarish qilishda ishtirok etishlari ularda har bir ishda javobgarlikni his qilishga va mehnatsevarlikka o‘rgatadi. Fan va tabiat rivojlanish markazi bolalarning diqqatini markazda yashovchi bir necha hayvonlarga, ularning o‘ziga xos belgilariga qaratish va shu bilan bolalarning chuqur, mustahkam bilimga ega bo‘lishlariga imkon yaratadi. Tabiatda bolalar uchratadigan hayvon va o‘simliklarning xilma-xilligi ular hayotidagi umumiy, ahamiyatli hamda qonuniy tomonlarni ajratib ko‘rsatishni qiyinlashtiradi. Cheklangan miqdordagi maxsus tanlangan ob’ektlar bilan tabiat burchagida tanishtirish bu murakkab hamda muhim vazifani hal etish imkoniyatini beradi.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 962 Fan va tabiat rivojlanish markazida yashovchilarning msofaviy yaqinligi ham ahamiyatlidir. Bolalar, masalan, akvariumdagi baliklarni yaxshilab ko‘rish, ularni uzoq muddat davomida kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Jonli tabiat burchagi uchun o‘simlik va hayvonlarni tanlashda bir qator talablarni nazarda tutish lozim. Ular quyidagilardir: - o‘simlik yoki hayvon u yoki bu ekologik guruhga xos bo‘lishi lozim. Bunda bolalarni o‘simlik va hayvonlarning katta guruhi uchun xarakterli bo‘lgan, asosiy, o‘ziga xos belgilari, yashash sharoitlari bilan tanishtirish imkoni yaratiladi; - tabiat burchagida yashovchilarni parvarish qilish, qilinadigan mehnatning sifati, xarakteri, unga sarflanadigan kuch va vaqtiga ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshiga mos (tarbiyachining ishtiroki va rahbarligi ostida) bo‘lishi lozim. Shuning uchun «beor» o‘simliklar va ovqatni tanlamaydigan hayvonlar tanlanadi; - tabiat burchagidagi hayvon va o‘simliklar tashqi ko‘rinishidan yorqin, jozibador, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning hali unchalik barqaror bo‘lmagan diqqatini o‘ziga jalb qila oladigan bo‘lishi kerak; - tabiat burchagida bu turdagi o‘simlik va hayvonlarning bir necha xili mavjud bo‘lishi lozim. Chunki bolalar kuzatish ob’ektida faqat umumiy belgilarnigina emas, balki o‘ziga xos xususiyatli belgilarni ham ko‘ra olishlari kerak. Bu bolalarning tirik organizmlarning xilma-xilligi hamda takrorlanmasligini bilib olishlariga yordam beradi; - tabiat burchagida o‘simlik va hayvonlar tamoman xavfsiz bo‘lishi, bolalarning sog‘liqlariga hech qanday zarar yetkazmasligi lozim; - o‘simlik va hayvonlarning bolalar tashkiloti binosidagi hayot faoliyati, o‘sishi va rivojlanishida binoning doimiy haroratini, karbonat angidrit gazining konsentratsiyasini, quruqligini, shovqin-suronning mavjudligini hisobga olish lozim. Hayvon va o‘simliklarni tabiat burchagiga joylashtirishda, birinchi navbatda, ularning biologik xususiyatlari hamda ehtiyojlariga e’tibor berish lozim. Masalan, ba’zi xona o‘simliklari (chiroqgul, kaktus va boshqalar) quyosh nurini ko‘proq bo‘lishini talab qiladi, shuning uchun ularni eng yorug‘ joyga qo‘yish lozim, ba’zilari esa (masalan, uzambarg gunafshasi) tik tushib turuvchi quyosh nuriga bardosh bera olmaydi. Shu bilan birga jonli tabiat burchagi ko‘zni quvontirishi, bezashi lozim. Bunda, ob’ektlarni shunday joylashtirish kerakki, bolalar ularning yoniga bemalol kela otishlari, kuzata olishlari va unda mehnat qila olishlari mumkin bo‘lsin. Fan va tabiat markazlari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning tabiat bilan tanishishiga, real hayot hodisalarini amaliy kuzatish va tushunishga imkon beruvchi samarali o‘quv-tarbiya muhitini yaratadi. Ushbu markazlar orqali tarbiyalanuvchilar nafaqat tabiatga oid bilimlarni egallaydilar, balki o‘z kuzatuvlariga asoslangan holda tahlil qilish, xulosa chiqarish, fikr bildirish kabi ko‘nikmalarni ham shakllantiradilar. Xulosa qilib aytganda, fan va tabiat markazi maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar uchun o‘ziga xos laboratoriya vazifasini bajaradi. Ular bu markazda o‘zlarining kichik kashfiyotlarini amalga oshiradilar, atrof-muhitni anglaydilar, tabiat hodisalarini tushunadilar va eng asosiysi – tabiatga mehr bilan qarashni o‘rganadilar. Tarbiyachining asosiy vazifasi esa ushbu markazni to‘g‘ri tashkil etish, bolalar qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning ilmiy qiziqishini uyg‘otishga xizmat qiluvchi muhitni yaratishdir. Foydalanilgan adabiyotlar
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 963 2.O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim Vazirligi “Ilk qadam” maktabhacha ta’lim tashkilotsining maktab o‘quv dasturi. 2022 yil; 3.“Maktabgacha ta’lim metodikasi va nazariyasi” 2020 yil 5-soni. 4. Salimov D.«Tabiatga muhabbat – vatanga muhabbat» Maktabgacha ta'lim – Toshkent, 2010 5. G`ulomov P., Mirzaxmatova SH. Atrofimizdagi olam. Cho‘lpon T.:2010 6. Ravshanova N. «Ekologik ta'lim-tarbiyada interfaol usullardan foydalanish» Xalq ta'limi. – Toshkent, 2018 yil