scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TURAR JOY BINOLARI UCHUN TA'MIRLASH XARAJATLARINI ASOSLASHNING MODELI VA MEZONLARI

Muminova Gulbahor Davlatnazarovna

Abstract

Ushbu maqola turar joy binolarini ekspluatatsiya qilish jarayonida ta’mirlash (joriy va kapital) xarajatlarini iqtisodiy, texnik va tashkiliy jihatdan asoslashga bag‘ishlangan. Tadqiqot ishi ta’mirlash-qurilish ishlab chiqarishining o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek eksperimental, nazariy va amaliy izlanishlarga tayangan holda, ekspluatatsiya bosqichida qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlaydigan yaxlit metodik-tizimli yondashuvni taklif etadi. Tizimning maqsadi — resurs sarfini minimal darajaga tushirgan holda, normativ talablar va xavfsizlik ko‘rsatkichlariga mos sifatni ta’minlash, shu bilan birga binoning hayotiy sikli bo‘ylab umumiy egalik qiymatini (LCC) pasaytirishdir.

Full text

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1737 TURAR JOY BINOLARI UCHUN TA’MIRLASH XARAJATLARINI ASOSLASHNING MODELI VA MEZONLARI Muminova Gulbahor Davlatnazarovna Tadqiqotchi e-mail: [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqola turar joy binolarini ekspluatatsiya qilish jarayonida ta’mirlash (joriy va kapital) xarajatlarini iqtisodiy, texnik va tashkiliy jihatdan asoslashga bag‘ishlangan. Tadqiqot ishi ta’mirlash-qurilish ishlab chiqarishining o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek eksperimental, nazariy va amaliy izlanishlarga tayangan holda, ekspluatatsiya bosqichida qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlaydigan yaxlit metodik-tizimli yondashuvni taklif etadi. Tizimning maqsadi — resurs sarfini minimal darajaga tushirgan holda, normativ talablar va xavfsizlik ko‘rsatkichlariga mos sifatni ta’minlash, shu bilan birga binoning hayotiy sikli bo‘ylab umumiy egalik qiymatini (LCC) pasaytirishdir. Kalit so‘zlar: ekspluatatsiya, turar joy, qurilish, xarajatlarni baholash, rekonstruksiya, uy-joy fondi, smeta. МОДЕЛЬ И КРИТЕРИИ ОБОСНОВАНИЯ ЗАТРАТ НА РЕМОНТ ДЛЯ ЖИЛЫХ ЗДАНИЙ Аннотация: Настоящая статья посвящена экономическому, техническому и организационному обоснованию расходов на ремонт (текущий и капитальный) в процессе эксплуатации жилых зданий. Исследовательская работа, опираясь на специфические особенности ремонтно-строительного производства, а также на экспериментальные, теоретические и практические исследования, предлагает целостный методическийсистемный подход, поддерживающий принятие решений на стадии эксплуатации. Цель системы — при минимизации расхода ресурсов обеспечить качество, соответствующее нормативным требованиям и показателям безопасности, одновременно снижая совокупную стоимость владения (LCC) на протяжении жизненного цикла здания. Ключевые слова: эксплуатация, жилой, строительство, оценка затрат, реконструкция, жилищный фонд, смета. MODEL AND CRITERIA FOR JUSTIFYING REPAIR COSTS FOR RESIDENTIAL BUILDINGS Abstract: This article is devoted to the economic, technical, and organizational justification of repair expenditures (current and capital) during the operation of residential buildings. Relying on the specific features of repair and construction production, as well as on experimental, theoretical, and practical studies, the research proposes an integrated methodological–systemic approach that supports decision-making at the operation stage. The aim of the system is to ensure quality that ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1738 meets regulatory requirements and safety indicators while minimizing resource consumption and simultaneously reducing the life-cycle cost (LCC) of the building over its service life. Keywords: operation, residential, construction, cost assessment, reconstruction, housing stock, estimate. KIRISH Oxirgi yillarda uy-joy fondini yangilashda ekstensiv yo‘llar o‘rnini tobora ko‘proq intensiv usullar — turar-joy binolarini ta’mirlash va qayta qurish egallab bormoqda. Buning asosiy sababi shundaki, ekspluatatsiya uchun zarur bo‘ladigan bir martalik sarf-xarajatlar yangi bino qurishdagidan kam bo‘ladi. Bundan tashqari, ko‘plab megapolislarda uy-joy va fuqarolik qurilishi uchun deyarli bo‘sh maydon qolmagan. O‘zbekistonning ko‘plab shaharlarining me’moriy-tarixiy qimmati esa mazkur hududlarni saqlab qolish bilan birga, shaharsozlikni qayta tashkil etish bo‘yicha tadbirlar majmuasini amalga oshirishni va uni bosqichma-bosqich zamonaviy talablarga moslashtirishni taqozo etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.10.2022 yildagi “Qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 577-son qaroriga binoan, qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirishning asosiy maqsadlari etib shaharsozlik normalari va qoidalarini tizimlashtirish orqali qurilish sohasida ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni bartaraf etish, eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan shaharsozlik normalari va qoidalarini qayta koʻrib chiqish hamda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan uygʻunlashtirish, shaharsozlik normalari va qoidalarini amaliyotda qoʻllash bilan bogʻliq muammolarni tahlil qilish orqali takomillashtirish, shaharsozlik normalari va qoidalarini qurilishga oid xalqaro normativ-texnik hujjatlarga muvofiqlashtirish belgilanlagnligi bejizga emas 1. Ammo hozircha rekonstruksiyani rejalashtirish, loyihalash va bajarishga yagona ilmiy asoslangan yondashuv yo‘qligi tufayli ishlar tizimsiz olib borilmoqda. Buning natijasida zarur bo‘lgan va amalda bajarilayotgan rekonstruksiya hajmlari o‘rtasida nomuvofiqlik yuzaga kelmoqda. TAHLIL Yangi qurilishni tashkiliy-texnologik jihatdan tayyorlash hamda uning asosiy bo‘g‘ini — tashkiliy-texnologik loyihalash masalalariga bag‘ishlangan fundamental ilmiy izlanishlar ancha ko‘p. Qurilish fanining mazkur yo‘nalishiga bunday e’tibor, yirik ko‘lamli qurilishni boshqarish samaradorligi ko‘p jihatdan qurilishga tayyorgarlik tizimi bilan belgilanadi va bunday tayyorgarlik qurilish majmuasiga doir muammolarni tizimli yondashuv asosida hal qilishga tayanishi lozim degan xulosalar bilan izohlanadi. Jamiyatning zamonaviy ilmiy-texnologik rivojlanish darajasi, bir tomondan, qurilish ishlab chiqarishiga odatda yuqoriroq yangi talablarni qo‘yadi, boshqa tomondan esa uni takomillashtirish va yangilash uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Shu sharoitda resurslardan (energetik, moddiy, mehnat, moliyaviy) oqilona foydalanish masalasi, ularni tejash imkoniyatlarini ham inobatga olgan holda, ko‘p qavatli turar-joy binolarini qurish, ekspluatatsiya qilish, rekonstruksiya qilish va buzish jarayonlaridagi qurilish-montaj ishlari misolida yangi konseptual darajada hal etilishi lozim 2. Binolarni rekonstruksiya qilish yangi qurilishdan sezilarli darajada farqlantiruvchi qator o‘ziga xosliklarga ega: almashmaydigan konstruktiv qismlarni (devorlar, poydevorlar) saqlab qolish, ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1739 ishlarni shakllangan shaharsozlik muhitida bajarish, shuningdek, konstruksiyalar, elementlar va tizimlarni demontaj qilish, saqlanadigan tuzilmalarni mustahkamlash kabi maxsus texnologik jarayonlarni amalga oshirish talab etiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatdagi ko‘p qavatli uyjoylarning 69 foizi (ya’ni 30 mingta uylari) 1991-yilgacha qurilgan bo‘lib, shundan 10 mingga yaqin uy-joy ta’mirtalab holatda ekanligi aniqlangan [3]. Shu bois binolarni rekonstruksiya qilishda tashkiliy-texnologik tayyorgarlik hamda tashkiliytexnologik loyihalashda xarajatlarni asoslashga bo‘lgan yondashuvlar yangicha bo‘lishi kerak. Biroq hozircha rekonstruksiya jarayonida oqilona xarajatlarni hisoblash va asoslash imkonini beradigan yetuk ilmiy-uslubiy hamda normativ baza deyarli shakllanmagan. Hozirgi vaqtda jahon qurilish amaliyotida yig‘ma va monolit betonli bino hamda inshootlar o‘rtasidagi nisbat monolit foydasiga shakllanmoqda. Masalan, AQShda ular mos ravishda 37 va 63 %, Angliyada 32 va 68 %, Fransiyada esa 14 va 86 % ni tashkil etadi [4]. Shundan kelib chiqib, turar joy binolari ekspluatatsiyasida ta’mirlash xarajatlarini asosolash va bunda maqbul keladigan yechimlarni baholash va tanlash usullarini ishlab chiqish masalasi dolzarbdir. Yuqorida keltirilgan omillar ushbu ilmiy tadqiqot yo‘nalishini tanlashdan maqsadni ham belgilab berdi. O‘tkazilgan tadqiqotlar va ularning ekspluatatsion amaliyotga joriy etilishi quyidagi tahliliy mulohazaga imkon beradi: Birinchidan, xarajatlar tuzilmasini aniqlash va klassifikatsiya qilish. Turar joy binolari uchun ekspluatatsiya davridagi ta’mirlash xarajatlari (rejali-profilaktik, shoshilinch tiklash, kapital ta’mir, modernizatsiya)ning tarkibi, shakllanish omillari va ularning o‘zaro ta’siri tizimlashtiriladi. Inshootning konstruktiv yechimlari, muhandislik tizimlari, iqlimiy sharoit va foydalanish intensivligi xarajatlar profiliga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi e’tiborga olinishi lozim. Ikkinchidan, byudjetlashtirish va taqvimiy-rejalashtirish metodologiyasini qo‘llash. Ta’mirlash ishlarini ekspluatatsion jadval bilan muvofiqlashtirish, “pik” yuklamalar va mavsumiy cheklovlarni inobatga olgan holda nerytmik oqimlar asosida ish hajmlarini taqsimlash usuli ishlab chiqilishini nazarda tutadi. Bu yondashuv binolar ichida yashovchilar manfaatini (komfort va xavfsizlik), vaqtinchalik ko‘chirish zarurati, kirish-chiqish yo‘llarining bandligi hamda muhandislik tarmoqlarini vaqtinchalik qayta yo‘naltirish kabi omillarni hisobga olinishi kerak. Uchinchidan, iqtisodiy samaradorlikni baholash mezonlari hisobga olish. Ta’mirlash ssenariylarini solishtirish uchun ko‘p mezonli baholash tizimi taklif etilishi mumkin: diskontlangan xarajatlar (NPV), hayotiy sikl qiymati (LCC), bir birlik maydonga to‘g‘ri keladigan ulushli xarajat, xizmat ko‘rsatish darajasi (SLA) va ishonchlilik ko‘rsatkichlari (nosozliklar chastotasi, nosozliklar oralig‘i). Har bir ko‘rsatkich uchun oqilona qo‘llash zonalari belgilanishi hamda ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi muvozanatni ifodalovchi moslik funksiyalari taklif etilishi kerak. To‘rtinchidan, optimallik mezonlari va tanlov algoritmlarini qo‘llash. Ta’mirlash yechimlari uchun optimallikning ikki asosiy mezoni asoslanishi lozim: -ekspluatatsion sikl davomida xizmat ko‘rsatmaslik (downtime)ni minimallashtirish bo‘yicha differensial mezon; -ulushli (bir m² va/yoki bir yilga) to‘g‘ri keladigan to‘liq xarajatni minimallashtirish mezoni. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1740 Mazkur mezonlar bo‘yicha ssenariylarni tanlash va profilaktik, korrektiv, holatga asoslangan (CBM) strategiyalar kombinatsiyasini aniqlash uchun matematik modellar va optimallashtirish usullari (cheklovli optimallashtirish, sezgirlik tahlili) ishlab chiqish kerak. Beshinchidan, xavf va noaniqliklarni boshqarish. Narxlarning o‘zgarishi, materiallar yetkazib berishdagi uzilishlar, avariya ehtimollari va me’yoriy talablar yangilanishi bilan bog‘liq noaniqliklar uchun ssenariy va Monte-Karlo tahlillari [5] qo‘llaniladi. Natijada tavakkalga mos zaxira byudjeti (contingency) va ish ketma-ketligini qayta tuzish algoritmi taklif etilishi mumkin. Oltinchidan, ma’lumotlarga tayanuvchi qaror qabul qilish. Binoning raqamli pasporti, texnik ko‘rik protokollari va sensor kuzatuvlari (vibratsiya, namlik, harorat) asosida holat-indikatorlari shakllantiriladi. Shular orqali ta’mirlashning ustuvor yo‘nalishlari, “kritik tugunlar” va kapital ta’mirga o‘tish chegaralari (trigger) belgilanishi kerak. Yettinchidan, amaliy qo‘llanma va reglamentlar ishlab chiqish. Boshqaruvchilar uchun byudjet rejalashtirish shablonlari, soddalashtirilgan LCC-kalkulyator, texnik ko‘rikdan keyingi qaror daraxtlari, tender topshirig‘i (ToR) uchun minimal talablar hamda ijro nazorati ko‘rsatkichlari (KPI) majmuasi ishlab chiqilishi lozim. XULOSA Natijalar shuni ko‘rsatadiki, taklif etilgan tizim ta’mirlash xarajatlarini asoslash, ularni oldindan rejalashtirish va optimallashtirishga imkon beradi. Normativ-talab darajasidagi sifatni saqlagan holda, ekspluatatsiya jarayonida yashovchilar uchun qulaylik va xavfsizlikni ta’minlaydi hamda resurslardan oqilona foydalanishni kafolatlaydi. Kelgusida ishlar quyidagi yo‘nalishlarda davom ettirilishi maqsadga muvofiq: turar joy segmenti bo‘yicha raqamli egizak (digital twin) konsepsiyasini joriy etish, CBM strategiyalarini yanada takomillashtirish, ko‘p kvartirali uylar boshqaruv tashkilotlari uchun modul tamoyiliga asoslangan byudjetlashtirish va monitoring platformasini ishlab chiqish, shuningdek, turli iqlim mintaqalari va konstruktiv tizimlar uchun moslashtirilgan normativ-uslubiy paketni kengaytirish. Davlatimiz rahbari ham bir qator nutqlarida shaharsozlik qoidalarini takomillashtirish hamda xalqaro me’yorlarga moslashtirish zarurligini ta’kidlagan [5]. Ushbu ilmiy tadqiqot ishi davomida ishlab chiqilgan ilmiy qoidalar, uslubiy yondashuvlar va amaliy tavsiyalardan har xil turar joy binolari (ko‘p qavatli, blokli, monolit-karkasli, tarixiy meros obyektlari va b.)da tashkiliy-texnologik tayyorgarlik, loyihalash, ta’mirlash, rekonstruksiya va modernizatsiya jarayonlarida qo‘llanilishi mumkin va nugungi kun talablariga mos keladi. Shu bilan birga, boshqaruv kompaniyalari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari va mahalliy ijro organlari amaliyotida ham samarali natija beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati/Список использованных литератур/References: 1. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2022-y., 09/22/577/0907-son; 01.04.2024y., 09/24/177/0258-son 2. Дьячкова О. Н. Системная оценка параметров технологий возведения жилых многоэтажных зданий. Автореферат дисс. кан. тех. наук. - Санкт-Петербург: 2009 (дата обращения: 10.10.2025). ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1741 3. Umarov B. Ko‘p kvartirali uylarni boshqaruv organlari tomonidan aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni qo‘llab quvvatlashni takomillashtirish. Vol. 3 No. 8 (2025): «Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot» jurnali. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.16787846. 4. Щерба В. Г. Развитие теории и практических методов возведения многоэтажных монолитных жилых зданий на слабых грунтах в стесненных условиях. Автореферат дисс. кан. тех. наук. - Москва: 2010 (дата обращения: 12.10.2025). 5. Манапов А. З. Алгоритмы метода Монте-Карло для моделирования работы и ресурса строительных конструкций // Известия КазГАСУ. 2010. №1 (13). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/algoritmy-metoda-monte-karlo-dlya-modelirovaniya-raboty-iresursa-stroitelnyh-konstruktsiy (дата обращения: 18.10.2025). 6. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2022-yil 6-iyul kuni arxitektura, qurilish va shaharsozlik bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishihttps://president.uz/oz/lists/view/5319.