JAZODAN OLDIN SHARTLI OZOD ETISH: MAZMUNI, JARAYONI VA QO'YILADIGAN TALABLAR
Abstract
The manifestation of the principle of humanity in the criminal law of the Republic of Uzbekistan can also be seen in the institution of conditional release from serving a sentence. Conditional release from serving a sentence is used in cases where the intended purpose of the sentence has been achieved. It is these grounds that indicate that the convicted person has lost his social dangerousness and has recovered without having to serve the full sentence imposed by the court.
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 970 JAZODAN OLDIN SHARTLI OZOD ETISH: MAZMUNI, JARAYONI VA QO‘YILADIGAN TALABLAR Rustamov Xumoyun Akbarjanovich O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi Probatsiya faoliyati 337-guruh kursanti Аннотация: Проявление принципа гуманизма в уголовном праве Республики Узбекистан находит также отражение в институте условно-досрочного освобождения от отбывания наказания. Условно-досрочное освобождение от отбывания наказания применяется в случаях, когда достигнута цель наказания. Именно эти основания свидетельствуют об утрате осужденным общественной опасности и его выздоровлении без отбытия полного срока наказания, назначенного судом. Abstract: The manifestation of the principle of humanity in the criminal law of the Republic of Uzbekistan can also be seen in the institution of conditional release from serving a sentence. Conditional release from serving a sentence is used in cases where the intended purpose of the sentence has been achieved. It is these grounds that indicate that the convicted person has lost his social dangerousness and has recovered without having to serve the full sentence imposed by the court. Annotatsiya: O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunida insonparvarlik prinsipining namoyon bo‘lishini jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish institutida ham ko‘rishimiz mumkin. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish jazodan ko‘zlangan maqsadga erishilgan hollarda qo‘llaniladi. Аynan ushbu asoslar jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinishida mahkumning ijtimoiy xavfliligini yuqotganligini va sud tomonidan tayinlagan jazoni to‘la o‘tamasdan tuzalganligini bildiradi. Kalit so‘zlar: jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, umrbod ozodlikdan mahrum etish, retsidivistlar, jinoyat qonunchiligi, jazoni ijro etish, jazo muddati, jamoat xavfsizligi, xalqaro huquqiy meyorlar, jazo samaradorligi, axloqiy tuzatish jarayoni, afv etish, adolatli jazo, terrorizmga qarshi kurash, ijtimoiy xavflilik. Muddatdan ilgari shartli ozod qilish, huquqiy institutning mohiyati shundan iboratki, mahkumni kelajakdagi jazoni o‘tashdan shartli ravishda ozod qilishda ifodalanadi. Uning shartli xarakteri shuki, u qonunda ko‘rsatilgan shartlar asosida amalga oshiriladi. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishning qoidalariga rioya qilmaslik belgilangan jazo muddatini to‘liq yoki qisman o‘tashga olib keladi. Uni qo‘llashning dastlabki sharti hukm qilingan mahkumning tuzalganligi to‘g’risidagi sud tomonidan o‘rnatilgan holatlarning mavjudligi va mahkum tomonidan jazoning maʼlum bir qismini o‘taganligi hisoblanadi. Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish (JMI.Sh.O.) - bu jazo muddatini tugamasdan, muayyan shartlar asosida mahkumni ozod etishdir. Bu tushuncha jinoyat-qonunchiligining muhim jihati bo‘lib, mahkumlarni jamiyatga qaytarishga qaratilgan. Tartibi va shartlari Jinoyat kodeksida belgilangan, jumladan, jazo muddatining ma'lum qismini o‘tagan bo‘lishi, jamoat xavfini tugatganligi va odobaxloq qoidalariga rioya etganligi kabi shartlar mavjud.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 971 Tushunchasi. Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish (JMI.Sh.O.) - bu mahkumga qonun hujjatlarida belgilangan jazo muddatini to‘liq o‘tamagan holda, muayyan shartlarga rioya etganligi taqdirida ozodlikka chiqish imkoniyatini berishdir. Bu mahkumni jamiyatga reintegratsiya qilishning muhim vositasi bo‘lib, uning tarbiyasi va tuzatishini rag'batlantiradi. Tartibi. JMI.Sh.O. uchun mahkum sudda ariza beradi. Ariza ko‘rilayotganda, mahkumning tarbiyasi, jamiyatga xavf tug'dirmasligi, ishchanlik holati va boshqa shartlar inobatga olinadi. Agar sud mahkumning ozod qilinishi to‘g'risida ijobiy qaror qabul qilsa, u ozod etiladi. Agar mahkum ozod qilingandan so‘ng belgilangan shartlarni buzsa, unga ozodlikdan mahrum qilish jazosi yana qo‘llanilishi mumkin. Shartlari. a) Jazo muddatining ma'lum qismini o‘tagan bo‘lishi: Ozod etilayotgan shaxs, jinoyatning og'irligiga qarab, belgilangan jazo muddatining ma'lum qismini o‘tashi kerak. b) Jamiyat uchun xavf tug'dirmasligi: Mahkumning xulq-atvori, jamiyatga xavfli ekanligi tugatgan deb hisoblanishi kerak. c) Odob-axloq qoidalariga rioya etganligi: Mahkum qamoqxonada ham, tarbiyaviy tadbirlarda ham o‘zini yaxshi tutgan bo‘lishi, qoidabuzarlik sodir etmagan bo‘lishi kerak. d) Tarbiyaviy tadbirlarda qatnashganligi: Jamoat foydali ishlarda qatnashganlik, ta'lim olganlik, kasbiy malakasini oshirganlik kabi holatlar ijobiy holat hisoblanadi. Qonuniy asos. JMI.Sh.O. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Qonun hujjatlarida ozodlikka chiqish huquqi bo‘yicha qo‘shimcha shartlar va imkoniyatlar ham belgilanishi mumkin. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga oid qonunlarni qoʻllashda sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: 1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga oid qonun talablarini aniq va ogʻishmay bajarish mahkumlarni qayta tarbiyalash, takroran jinoyatlar sodir etilishining oldini olish hamda insonparvarlik kabi jinoyathuquqiy prinsipni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 2. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish (JK 73, 89-moddalari) va jazoni yengilroq jazo turi bilan almashtirishga oid (JK 74, 90-moddalari) masalani sudlar har bir mahkumga alohida yondashuvni taʼminlagan holda hal etishlari lozim. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, jazoni yengilroq jazo bilan almashtirish, faqat sud tomonidan tayinlangan jazoning qonunda nazarda tutilgan qismini oʻtash paytida (hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar ushlab turilgan, qamoqda, uy qamogʻida saqlangan vaqtni hisobga olgan holda) oʻrnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda boʻlgan mahkumlarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin. Jazoni ijro etish muassasasining yoki jazoni ijro etuvchi boshqa organning ma’muriyati tegishli asos bo‘lgan taqdirda, mahkumga nisbatan amnistiya aktini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomani sudga kiritish haqida prokurorga taqdimnoma yuborishi shart va quyidagi normativ hujjatlar daqdim etiladi:
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 972 O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. 143-son.16.03.2021-y. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i. 2495-son. 29.07.2013-y Xulosa qilib shuni aytish mumkinki bugungi kunda sud-huquq islohotlari natijasida jinoyat qonunchiligi normalari yanada liberallashtirilmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda javobgarlik va jazodan ozod qilish asoslari soddalashtirildi, ayrim turdagi jinoyatlar bo‘yicha sanksiyalar yengillashtirildi va javobgarlikdan ozod etishga qaratilgan rag‘batlantiruvchi normalar joriy etildi. Shuningdek, insonparvarlik akti sifatida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan yengilroq jazo tayinlash, shu jumladan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish amaliyoti yanada kengaytirildi. Bu esa, o‘z navbatida, insonparvarlik tamoyilini amalda ta’minlashga xizmat qilmoqda. Xususan, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan va jazo yengilrog‘i bilan almashtirilgan shaxslar tuzalish yo‘liga o‘tmasdan va sodir qilgan jinoyatidan tegishli xulosa chiqarmasdan qayta jinoyat sodir etmoqda. Demak, sudlar tomonidan shaxslarga qo‘llanilayotgan jazolar shaxslarning axloqan tuzalishi uchun yetarli bo‘lmayapti. Buning ustiga, shaxslarning muddatidan ilgari shartli ozod qilinishi holatlari yangi jinoyatlarni sodir etish uchun yo‘l ochyapti. Fikrimizni yanada aniqroq ifodalaydigan bo‘lsak, jazo siyosatidagi yengilliklar ba’zi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmoqda. Shunga ko‘ra, tayinlangan jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish hamda jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish uchun talablarni oshirish maqsadga muvofiq. Bunda, jazodan maqsad jinoyat sodir etgan shaxsni jazolash orqali undan o‘ch olish emas, balki uni axloqan tuzatish, sodir etgan qilmishining oqibatlarini tushuntirish, anglatish va qayta tarbiyalashga qaratilganligini inobatga olish lozim. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Jinoyat huquqi. Umumiy qism: Darslik (Toʻldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashri) / R. Kabulov, A. A. Otajonov va boshq. - T.: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. 414-b. 2. Rustamboev M.X. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharh [Qayta ishlangan va toʻldirilgan ikkinchi nashr. 2016 yil 1 noyabrgacha boʻlgan oʻzgartirish va qushimchalar bilan] umumiy qism / M. Rustamboev. Toshkent: Adolat, 2016. 520-b. 3. Rustamboev M.X. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharh [Qayta ishlangan va toʻldirilgan ikkinchi nashr. 2016 yil 1 noyabrgacha boʻlgan oʻzgartirish va qushimchalar bilan] umumiy qism / M. Rustamboev. Toshkent: Adolat, 2016. 580-b. 4. Qarang: O‘zbekiston Respublikasinining Jinoyat-ijroiya kodeksi, 164-moddasi beshinchi qismi 5. https://lex.uz/docs/-111453 (Jinoyat kodeksi) 6. Rustamboev M.X. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharh [Qayta ishlangan va toʻldirilgan ikkinchi nashr. 2016 yil 1 noyabrgacha boʻlgan oʻzgartirish va qushimchalar bilan] umumiy qism / M. Rustamboev. Toshkent: Adolat, 2016. 580-b.