scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XIZR OBRAZI VA BADIIY MAHORAT "FAVOYID UL-KIBAR"

Tirkasheva Muxlisa Shomurza qizi

Abstract

Maqolada Alisher Navoiyning Mukammal asarlar to‘plami oltinchi jildi, “Xazoyin ul-maoniy”ning to‘rtinchi devoni hisoblangan “Favoyid ul-kibar”da Xizr obrazining qo‘llanilishi va uning poetik vazifalari ilmiy-irfoniy jihatdan baytma-bayt olib tahlil qilingan.

Full text

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1840 XIZR OBRAZI VA BADIIY MAHORAT “FAVOYID UL-KIBAR” Tirkasheva Muxlisa Shomurza qizi +998975780198 tirkashevamuxlis[email protected] Annotatsiya: Maqolada Alisher Navoiyning Mukammal asarlar to‘plami oltinchi jildi, “Xazoyin ul-maoniy”ning to‘rtinchi devoni hisoblangan “Favoyid ul-kibar”da Xizr obrazining qo‘llanilishi va uning poetik vazifalari ilmiy-irfoniy jihatdan baytma-bayt olib tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Xizr obrazi, obi hayot, abadiy hayot, tiriklik suvi, abadiy tiriklik, hayot chashmasi, ishqi ilohiy, xatt-u la’l, yashillik, toqi xazro, no‘shi zilol, ilohiy ishq chashmasi, zulmat, zulmat diyori. Alisher Navoiyning ma’naviy qudrati uning ijodiy mulkidan,yuksak saviyali asarlarining ma’nolar xazinasidan namoyon bo‘ladi.Uning asarlarining ma’naviy xazina ekanligini yaqqol ko‘rsatib bergan obrazlar tizimi Navoiyni sevishga, uni qalban kashf etishga birlamchi vosita bo‘lib, baytlarini nafis badiiy liboslarda harakatga keltiradi. Kulliyot tarkibidagi to‘rtinchi devon “Favoyid ul kibar”da esa bu obrazga shoirning qaynoq munosabati yana-da ortgan, ya’ni birgina Xizr obraziga aynan shu tusda 34 marotaba murojaat etgani ilmiy ishimiz uchun ahamiyatlidir. Bu hali hammasi bo‘lmay “Chashmayi hayvon”, “Obi hayvon”, “Obi hayot”, “Obi zindagoniy”, “Hayvon suyi” va shu kabilar ham Xizr obrazi haqida ifodalar hisoblanib, ularni ham e’tiborga olsak Navoiyning bu obrazga qalb qo‘rining taftidan paydo bo‘lgan muhabbati o‘zgacha ekanligining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Va bu jarayonda biz imkon qadar mazkur obrazning shoir ijodidagi poetic funksiyasi, badiiy ta’siri, qo‘llanilish o‘rni kabilarning tahliliga tutindik, imkonimiz yetkuniga qadar. Ammo hammasiga emas: Tye harfida 74g‘azal 4-bayt, 88-g‘azal 2-bayt;Hye harfi 103g‘azal Xizru Masih g‘azali, 108g‘azal 6-bayt; Dol harfi 118g‘azal 8-bayt, 120g‘azal 5-bayt; Rye harfi 171,176g‘azallari 1baytlari , 192g‘azal 6-bayti; Shin harfi 249g‘azal 1-bayti; Sin harfi 275g‘azal 5-bayti; Zod harfi 278g‘azal 2-bayt; Qof harfi 312g‘azal 3-bayt; Kof harfi 323g‘azal 2-bayt; Gof harfi 340g‘azal 3-bayti, 360g‘azal 5-bayti; Lom harfi 364g‘azal 2-bayti, 370g‘azal 3-bayti; Nun harfi 447g‘azal 3-bayti, 453g‘azal 7-bayti, 462g‘azal 3-bayti; Hye harfi 539g‘azal 5-bayti, 542g‘azal 5-bayti; Yo harfi 581g‘azal 8-bayti, 589g‘azal 2-bayti, 591g‘azal 7-bayti, 641g‘azal 4-bayti, 646g‘azal 4-baytilarida va 1-Soqiynoma 12-misrasida, 29-misrasida; 16Soqiynoma 4-misrasida; 25-Soqiynoma 2-misrasida; 12-qit’a 1baytlarida Xizr obrazi qo‘llangan. Birgina Xizr obrazini “Favoyid ul-kibar” devonida aynan Xizr shaklida 34 marotaba uchrashi fikrimizning tasdig‘I bo‘lib turibdi. Bu hali hammasi emaski, Xizr obrazining mazmunini beruvchi yoki unga ishora qiluvchi detallar-da mavjud bo‘lib, ular ham aynan mazkur obrazga, u bilan bog‘liq diniy-tarixiy voqeaga yoki bo‘lmasam diniy-falsafiy mazmunga ulaydi. Eng muhimi shoir o‘zga bir ijod tajribasida kuzatilmagan tarzda bu timsollardan radif sifatida foydalangan. “Alisher Navoiy lirik devonlarida “Xizru Masih” radifli bittasi sakkiz, ikkinchisi yetti baytdan iborat bo‘lgan ikkita g‘azal uchraydi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, bunday tajriba, ya’ni tarixiy-afsonaviy yoki adabiy qahramonlar timsoli orqali radif yaratish Sharq, jumladan, o‘zbek she’riyatida nihoyatda kam uchraydigan hodisalardandir. “munfail”, “xijil”, ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1841 “muttasil”, “o‘ylabil”, “munfail”, “mustaqil”, “muzmahil”, “muntaqil” so‘zlari qofiya vazifasini o‘tagan”[Usmon Qobilov.2024; 11;5] Navoiy qalb xazinasining ko‘zgusi bo‘lgan devon-“Favoyid ul-kibar”da Xizr obrazi qo‘llangan ilkinchi-birinchi kelgan g‘azal 74-g‘azal 4-baytida Nega zulmatqa inar Xizr suyi, Topmasa no‘shi zilolingdin uyat! deya Xizr obrazini qalb gavharini to‘kmak uzra yo‘lchi yulduz kabi qo‘llaydi, ya’ni bu misralarda Xizr suvining Iskandar va Xizrlar birgalikda qidirib zulmat diyoriga ya’ni yer ostiga (qarang-a aynan nega yer osti) kirganliklari va u yerdan bu obi hayvon aynan yolg‘izgina Xizrga nasib etganligiga talmeh etmoqda. Bayt umumiy mazmunida “boldan shirin va pok zilolingdan ya’ni suvingdan, obi hayvoningdan uyat topmasaydi, uyalmaganida Xizr suvi –obi hayvon zulmatqa tushib olmasdi” degan fikrlar kelmoqda. Mashaqqatlar makonidan topilgan, olamshumul sir asrorga ega bo‘lgan Xizr suvi yor no‘shi zilolilablari tasvirini yana-da inja qilib ochib berishda qalb oshiyonini yoritgan nurdek taralib turibdi, baytda. Xuddi shu kabi Xizr obrazi qo‘llangan baytlar devonda bisyor bo‘lib, navbatdagisi 88-g‘azalning 2-baytidir. Unda tasvir yaratganga ta’rifdek boshlanadi va Buyuk zotning yuksak sifotlarini aynan Xizr obrazini qo‘llayarak ochib bermoqchi bo‘ladi. Aynan Xizr obrazi orqali Ollohning sifotlarini ochib berishga borish ham Xizr obrazimizning Navoiy ijodidagi ahamiyatini, yuksak o‘rnini yaqqol namoyon qilayotgan ijodiy o‘ziga xoslik va badiiy mahorat namoyondasi bo‘la oladi. Ey musallam, sanga har yaxshi sifot, Bu sifoting bila yo‘q sen kebi zot. Xat sanga Xizru labing — chashmai Xizr, Nutqung — ul chashma aro obi hayot. She’riy matndan ilk ko‘zga tashlanadigan umumiy mazmun quyidagicha: “ Ey barcha salomlar egasi bo‘lgan zot, har qaysi, har qanday yaxshi sifatlar barchasi seniki, bu sifatga ega bo‘lgan sendan o‘zga zot yo‘q. Bitik(xat) sanga Xizr-u labing Xizr chashmasi, so‘zlashing ul chashma aro obi hayotdir”. Bunda xat so‘zi o‘zining xoslik ma’nosida, ya’ni g‘ayb olami-ruhlar olami, ilohiy dargoh ma’nosida qo‘llanilib, mus’hafni ham nazarda tutib yangicha assotsiatsiya bermoqda, shuningdek, abadiylik olami bilan bog‘liqligini aynan Xizr obrazi bilan berishi abadiylik suvini ichgan hayotijovidoniylik ma’nosiga suyanib qo‘llamoqda. Labing Xizr chashmasi deganda esalab yorning so‘zi, ilohiy so‘ziga ishora berilib, “yuksaklik dargohidan indirilgan xat ro‘yobga chiqishi, so‘zlanishi Xizrning chashmasiga mengzalishida hayot suvini ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1842 ichib ilohiy ishqqa erishgan Xizr va uning tuganmas bulog‘I keltirilib yuksaklik dargohidan inayotgan xat va so‘zlar ham tuganmas va badiydir”[11;8] kabi mazmunni ochish uchunam Xizr obrazidan foydalanmoqda. Bu borada , xususan, mazkur bayt haqida ustoz Ismoilov Ilyos o‘zining “Navoiy ijodida Iskandar va obi hayot” nomli maqolasida shunday yozadi: “Navoiy “Favoyid ul-kibar”ning 88-g‘azalida aytadiki, Xizryorning xati, Xizr chashmasi-yorning labi, obi hayot esa yorning nutqidir…biz uchun muhimi yor xatining Xizr, yor so‘zining esa obi hayot ekanidir. Modomiki, Xizr obi hayot tomon yo‘l boshlar ekan, xat yor so‘ziga ishora qiladi”. Xatsoliklar nazdida ruxlar olamining namoyon bo‘lishiga ishora yoki xatdan murod, yuksaklik, ya’ni yolg‘iz ruhlar olamidir…xat jon olami sabzazori sifatida ham qo‘llaniladi, shu bois uni “Dori hayvon”, ya’ni hayot uyi deb ham nomlashadi. Shabustariy aytib o‘tganidek, bu yerda yuz xudo husnining mazharidir, xat(mo‘y)dan maqsad esa yuksaklik dargohini ifodalashdir”(Sajjodiy) bundan kelib chiqadiki, Navoiy xat detalini tasavvufiy ma’noda oshiqning ma’shuq visoliga yetishish (so‘fining Alloh jamoli, marhamatiga erishuvi) yo‘ldagi eng muhim belgi, ya’ni jamol zohir bo‘lganligining ilk belgisi sifatida qo‘llaydi. Xizr xatingning - mo‘yingning yam-yashil, shod-xurram ekanligiga hayron emasman, chashmayi hayvon(yor so‘zi)dan doimiy tarzda qonib ichgach, xurram bo‘lishi tabiiy, deydi. Bu yerda yana bir e’tiborli jihatlardan yana biri shundaki, nima uchun mo‘y (xat)aynan Xizr(yashil va tiriltiruvchi) bilan birikma sifatida kelayotganligidir. “Yashil rang hayot timsoli, hayot bo‘lganida ham bahoriy va eng xushnud damlarga ishora qiluvchi rang”[11;9]. Xat yor jamoli zohir bo‘lishining ilk belgisi bo‘lgani, yorning oshiqqa jon bag‘ishlovchi so‘zlariga ishora qilgani uchun ham yashil tusli va abadiy hayot sohibi ma’nolariga ega so‘z Xizr bilan birgalikda qo‘llaniladi. Zero, yor jamolining zohir bo‘lishi ham oshiqqa “mutlaq komil”lik baxsh etadi. O‘rni kelganda aytib o‘tish joizki, lab ustidagi mo‘y, ya’ni xat ilohiy so‘z yoki ilohiy sifat, ruhlar olami(yuksaklik dargohi)ni namoyon qiladi. Ruhlar olamining shohidi bo‘lish darajasiga yetish, oshiq nazdida asil muddaodir. Aslida Xizr obrazi Navoiy lirikasida Yorga yetishgan inson, haqiqiy ishq vakili va shu bahramandlik tufayli abadiy tirik qolgan timsol deya tasvirlanadi. Aslini olganda oshiqlar maslagida haqiqiy ishqqa noyil bo‘lish ham abadiyat qozonish deb qabul qilingan. Xattu la’li qoshida asrang adab, Kelmang, ey Xizru Masiho, gustox. Biz fikr yuritayotgan devonda navbatdagi Xizr obrazi e’tirof etib o‘tilgan g‘azal 108-g‘azal 6baytidir. Bundan oldingi 103-g‘azal “Xizru Masih” radifli g‘azal ustozimiz, Samarqand davlat universiteti professori Usmon Qobilov tomonidan atroflicha izohlanib, undagi mazkur Xizr obrazini “Alisher Navoiy she’riyatida Xizr obrazi badiiy talqiniga doir” nomli maqolasida atroflicha sharhlab o‘tganlar. Bu yuzdan 108-g‘azalga to‘xtalsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mazkur g‘azal baytida Xattu la’l haqida yuqoridagi g‘azallarda aytib o‘tdik, so‘z yuritildi deya olamiz. Shuning uchun baytdagi o‘ziga xos qo‘llangan Xizru Masih va gustox qo‘llanimlari sayqallariga to‘xtalamiz. Baytda qo‘llangan “gustox” so‘zi “O‘zbek tili izohli lug‘ati” (35821ta so‘zli)2018-yildagi(mobil ilova uchun offline) da forschadan olingan bo‘libbeadab, dadil, qo‘rqmas. Kitobiy uslublarda odobsiz, beadab, beandisha, surbet, betakalluf kabi ma’nolarda ko‘rsatgan. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1843 Mazkur so‘z g‘azallarda qo‘rqmas, dadil ma’nolarda ham qo‘llangan bo‘lishiiga qaramay aynan biz keltirayotgan g‘azalda adabsiz, betakalluf, beandisha ma’nolarini zohir qilib kelmoqda. Baytdagi Xattu la’l va Xizru Masih so‘zlari bir-biriga bog‘liq holda namoyon bo‘lmoqda.ya’ni “Ey Xizr va Masihlar (Masiho), siz biringiz “yuz yilliq o‘luk”ni tiriltira olasangiz ham, birining hayot suvini ichib abadiy hayotga erishgan bo‘lsangiz ham bu Xat va la’l oldiga betakalluf kelmaysiz, hurmat-ehtirom, e’zoz-ikrom bilan kelasiz” –gustox kelmang. Yorning labi Masih kabi jonbaxsh, yorning xati Xizrdek abadiylikka ulashib ketgan demoqdan maqsad yorga bo‘lgan ishqi haqiqiyning tasviri teranligiga erishishdir. Bu kabi mazmun uchun Xizrdek sadaf obrazdan o‘zgasi oraga tusholmas edi. “Favoyid ul-kibar”ning Dol harfi bilan tugovchi g‘azallari sirasidan joy olgan navbatdagi Xizr obrazi poetic yoritim bergan g‘azal 118-g‘azalning 8-bayti va mazkur obrazga ishora unsuri-obi hayot qo‘llangan quyidagi 7-baytlariga nazar solsak: Soqiyo, obi hayoti may bila kulbam yorut, Kim, firoq o‘tidin anda zulmatoso bo‘ldi dud. Rost ul yanglig‘ki zulmat ichra Xizr o‘lg‘ay nihon, Xayli mazlum ohidin bu toqi xazro bo‘ldi dud. Masala “ey Soqiy, hayot suvidek may bilan kulbamni yorut, Chunki firoq o‘tidan tutun zulmatdek bo‘ldi. Rosti ul zulmat ichra Xizr g‘oyib bo‘lgandek, mazlumlar to‘dasi ohidan bu toqi xazro tutun bo‘ldi” kabi oydinlasha boradi. Haqiqiy ishqqa mubtalo bo‘lgan qalb egasi uchun ishq mayi obi hayotdekdir. Xizr ham Yorga yetishgan haqiqiy ishq vakili, bahramandlik sababli abadiy tirik qolgan timsoldir. Baytlar mazmunida ham abadiylikka shung‘itadigan ilohiy maying bilan-ishqing bilan ko‘ngil kulbasini yorit, chunki uning kuyidaishtiyoqida, firog‘ida zulmatdek qorong‘u bo‘lib qoldi. Firoq so‘zi soqiy so‘zi bilan aloqador bo‘lib, baytlarda soqiy murid ma’nosida keladi. 8-baytda “…rosti ul zulmat ichra Xizr g‘oyib bo‘lganga o‘xshab, xayli mazlumOlloh ishqida firoq chekkanlar ittifoqi –toqi xazro tutun bo‘ldi” mazmunda navo etmoqda. Bu yerda Xizr abadiy ishq izlab zulmatqa kirgan , g‘oyib bo‘lgan sanalmoqda va shuday ishq muhlislariga misol tariqasida keltirilmoqda. Bu ham Alisher Navoiyning Xizr obraziga munosabati qay darajada ekanligini yana bir bor namoyon etishda o‘ziga xos isbot o‘laroq muhim ahamiyat kasb etmoqda. “Mukammal asarlar to‘plamining oltinchi tomi hisoblangan “Favoyid ul-kibar”devonida keltirilgan va Xizr obraziga murojaat etilgan qator g‘azallardan yana biri, o‘z navbati bo‘yicha 120-g‘azalning 5-bayti ham diqqatimiz markazidadir. Umr yanglig‘ bevafodur xalq, go‘yo, ey Xizr, ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1844 Chekti Zulqarnayn Ya’juji vafo ollig‘a sad. Mazkur g‘azal bevafo dunyo, o‘tkinchi hayot, hech narsa insonga vafo qilmasligi haqida so‘z boradi. Insonga jabr-u jafo qilishi turli badiiy tasvir vositalari, turli tashbehlar asnosida yoritilgan. Biz keltirgan baytda Xizr obrazining har qancha favqulodda sohib chiqqani g‘aybotlari ham vafo qilmagani haqida so‘zosti fikrlar anglashilmoqda. “Ey Xizr, umr-ku bevafo va bunga o‘xshab xalq ham, umum moddiyliklar ham bevafodir, Go‘yo Zulqarnayn vafo yajuji oldiga devor tortganidek, tutib qolmoqchi bo‘lamiz, lekin Iskandarga ham, uning devoriga ham, hatto Xizrga abadiy umri ham vafo qilmaganining guvohi bo‘lib qolamiz”[Bir g‘azal sharhi; google] degan mazmunga yetaklaydi. Xulosa qilib aytish joizki, Alisher Navoiy Xizr obrazini “Xazoyin-ul maoniy” kulliyotida yuz bor, shundan o‘ttiz to‘rt martasi “Favoyid-ul kibar”da qo‘llagan va bundan anglashiladiki, Navoiy Xizrning jisman bo‘lmasa-da ruhan doimo mavjudligiga, u bilan birgaligiga ishongan, mehr muhabbati yuksak darajada bo‘lgan. Umuman olganda, bularning barchasi buyuk ijodkor, ilohiy ishq sohibi Alisher Navoiyning, ma’naviy olamining yana bir qirrasini ochib beradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. To‘rtinchi jild. Xazoyin ul-maoniy. Favoyid ulkibar. – Toshkent: O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi G‘.G‘ulom nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi, 2012. – 840 b. 2. Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo.16b. 3. Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. Birinchi jild. Xazoyin ul-maoniy. G‘aroyib ussig‘ar. – T.: O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012. – 804 b. 4. Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. Ikkinchi jild. Xazoyin ul-maoniy. Navodir ushshabob. – Toshkent: O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi G‘.G‘ulom nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi, 2012. – 768 b. 5. Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. Uchinchi jild. Xazoyin ul-maoniy. Badoye’ ulvasat. – Toshkent: O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi G‘.G‘ulom nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi, 2012. – 764 b. 6. Alisher Navoiy dostonlarida Xizr obrazi. “Alisher Navoiy ijodi va taraqqiyot masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy konferensiya materiallari.Navoiy-2001.B 73-74. 7. Abduraimova Xafiza, Ismoilov Ilyos.Alisher Navoiy g‘azaliyotida Xizr obrazi talqinlari.-Toshkent: O‘zbek tili va adabiyoti jurnali .2024(2-son).98-119 b. 8. Навоий ғазалиёти талқинлари. (Тўпловчи, нашрга тайёрловчи Н. Жумахўжаев) – Т.: Ўзбекистон, 2018. – 368 б. 9. Навоий асарлари луғати. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1973. – 784 б. 10. Навоий асарлари луғати. Тузувчилар: П.Шамсиев ва С.Иброҳимов. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1973. – 784 б. 11. Qobilov U. Alisher Navoiy she`riyatida Xizr obrazi badiiy talqiniga doir. Oltin bitik nashriyoti, 2024.- 15 b. 12. Rahmonov Vahob. Mumtoz asarlar lug`ati. – Toshkent: Akademnashr, 2019.- 277 b.