scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TURLI XIL OLMA NAVLARINI QAYTA ISHLAB CHIPSLI MAHSULOTLAR OLISH TEXNOLOGIYASI

Karimova Gulrux Shavkat qizi,Karimova Dilnoza Zafarjanovna

Abstract

Ushbu tezisda turli xil olma navlaridan foydalanib, chipsli mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tajriba sharoitida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida quritish haroratining mahsulot sifatiga ta’siri o‘rganildi. Olingan natijalar asosida olma chipslari ishlab chiqarish jarayonida optimal harorat rejimi 70°C atrofida bo‘lishi eng maqbul natijalarni bergani aniqlangan. Tadqiqot natijalari sog‘lom va tabiiy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Full text

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1845 TURLI XIL OLMA NAVLARINI QAYTA ISHLAB CHIPSLI MAHSULOTLAR OLISH TEXNOLOGIYASI Karimova Dilnoza Zafarjanovna, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti kafedra dotsenti, PhD., Karimova Gulrux Shavkat qizi Toshkent davlat agrar universiteti magistranti Annotatsiya : Ushbu tezisda turli xil olma navlaridan foydalanib, chipsli mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tajriba sharoitida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida quritish haroratining mahsulot sifatiga ta’siri o‘rganildi. Olingan natijalar asosida olma chipslari ishlab chiqarish jarayonida optimal harorat rejimi 70°C atrofida bo‘lishi eng maqbul natijalarni bergani aniqlangan. Tadqiqot natijalari sog‘lom va tabiiy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: olma, chips, quritish texnologiyasi, oziq-ovqat mahsulotlari, sifat ko‘rsatkichlari, tajriba sharoiti, harorat rejimi. Annotation :This thesis discusses the issues of improving the technology of producing chip products using different varieties of apples. In experimental conditions, the effect of drying temperature on the quality of the product was studied. Based on the results obtained, it was found that an optimal temperature regime of around 70 °C provides the best outcomes in the production process of apple chips. The research results contribute to the development of technologies for producing healthy and natural food products. Keywords: apple, chips, drying technology, food products, quality indicators, experimental conditions, temperature regime. Аннотация :В данной тезисной работе рассмотрены вопросы совершенствования технологии производства чипсовых продуктов из различных сортов яблок. В экспериментальных условиях изучено влияние температуры сушки на качество продукции. На основании полученных результатов установлено, что оптимальный температурный режим около 70°C обеспечивает наилучшие показатели при производстве яблочных чипсов. Результаты исследования способствуют развитию технологий производства здоровых и натуральных пищевых продуктов. Ключевые слова: яблоко, чипсы, технология сушки, пищевые продукты, показатели качества, экспериментальные условия, температурный режим. Kirish :So‘nggi yillarda sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan e’tibor ortib bormoqda. Hozirgi kunda quritilgan mahsulotlar jahon aholisining oziq-ovqat tarkibida muhim ahamiyat kasb etmoqda va eksport uchun etakchi mahsulotlardan biri hisoblanadi Shu boisdan sun’iy qo‘shimchalarsiz, tabiiy xomashyodan tayyorlangan yengil oziq-ovqat mahsulotlariga talab yuqori. Jahonning ko‘plab mamlakatlarida mevalarni quritish texnologiyalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Turkiya, Eron, AQSH, Italiya, Ispaniya, Xitoy va Hindiston olimlari mevalarni quritish usullarini takomillashtirish bo‘yicha izlanishlar olib borishgan. Bu tadqiqotlar mevalarni ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1846 quritish jarayonlarini optimallashtirish, sifatini oshirish va saqlash muddatlarini uzaytirishga qaratilgan. Mamlakatimiz olimlari ham mevalarni quritish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Shunga qaramay, quritish usullarining tayyor mahsulot sifatiga ta’siri bo‘yicha ilmiy tajribalar hali etarli darajada emas. Shu sababli mevalarni quritishning ilg‘or usullarini ishlab chiqib, iste’molchilarni sifatli, xavfsiz va arzon mahsulotlar bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biridir. Meva chipslari, xususan, olma chipslari — vitamin va minerallarni saqlagan holda, tabiiy ta’mga ega bo‘lgan mahsulot hisoblanadi. Olma O‘zbekiston sharoitida keng tarqalgan, iqtisodiy jihatdan arzon va foydali xomashyo bo‘lgani sababli uni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish dolzarb masalalardan biridir. Tadqiqot metodologiyasi:Tadqiqotning ob’ekti sifatida O‘zbekistonda rayonlashtirilgan olmaning “Golden Delishes”, “Saltanat” va “Red Delishes” navlari hisoblandi Tadqiqot tajriba sharoitida o‘tkazildi. Mevalar yuvilib, 2–3 mm qalinlikdagi bo‘lakchalarga bo‘lindi va 50°C, 60°C hamda 70°C haroratlarda quritildi. Harorat rejimining ta’siri namlik miqdori, rang, ta’m, hid va tekstura kabi sifat ko‘rsatkichlari orqali baholandi. Baholash organoleptik usulda va laborator o‘lchovlar asosida amalga oshirildi. Tadqiqot natijalari:Tadqiqot natijalariga ko`ra quritish jarayonining birinchi bosqichida, ya’ni 120 daqiqa davomida 70°C haroratda quritilganda, barcha navlar tarkibidagi qand miqdori konsentratsiyasi sezilarli darajada oshdi va o‘rtacha 50% ga yaqin ko‘tarildi. Bu hodisa asosan yuqori harorat ta’siri natijasida ro‘y berdi. Ikkinchi bosqichda harorat 55°C ga tushirildi va suvsizlanish jarayoni davom etdi, lekin bu jarayonning tezligi sekinlashdi. 240 daqiqa davomidagi bu bosqichda suvning bug‘lanishi kamayib, quruq moddalar konsentratsiyasining oshish sur’ati ham pasaydi. Bu jarayonlar quritish rejimiga qarab, haroratning mahsulot tarkibiga qanchalik kuchli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Haroratning yuqori darajada bo‘lishi qand konsentratsiyasining oshishini tezlashtirsa, past haroratda suvsizlanish jarayonining uzoqroq vaqt davom etishi aniqlandi. “Golden Delishes” navi o‘zining tabiiy shirinligi va zichligi tufayli eng yaxshi sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘ldi. Shuni qayd etish kerakki, quritilgan mahsulotlar ichida eng ko‘p qand miqdori Golden delishes navida qayd etilib, o‘rtacha 83,3% ni tashkil etdi. Quritilgan mahsulotlarning o‘rtacha namlik miqdori 10–12% atrofida saqlanganida uzoq muddat saqlash mumkinligi aniqlangan. Xulosa: Tajriba natijalari shuni ko‘rsatadiki, olma chipslari ishlab chiqarish jarayonida harorat rejimini to‘g‘ri tanlash mahsulot sifatini belgilovchi asosiy omillardandir. Optimal quritish harorati 70°C bo‘lib, bu sharoitda mahsulotning tabiiy rangi, hidi va ta’mi eng yaxshi saqlanadi. Taklif etilgan texnologik yondashuv soglom va tabiiy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda, shuningdek, meva-sabzavotlarni chuqur qayta ishlash tizimini rivojlantirishda amaliy ahamiyatga ega.. Quritish samaradorligi bo‘yicha eng yaxshi natijalar Golden Delishes (14,3)navlarida qayd etildi. Shuningdek, Red Delishes (13,7%), Saltanat (12,9%) navlari ham yaxshi ko‘rsatkichlarni namoyon etdi ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1847 Foydalanilgan adabiyotlar 1. Axmedov, S.A., “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi”, Toshkent: TDYU nashriyoti, 2020. 2. Zuev, A.A., "Texnologiya konservirovaniya fruktov i ovoshchey", Moskva: Kolos, 2018. 3. FAO (2021). Postharvest Management of Fruits and Vegetables in the Asia-Pacific Region. 4. AOAC (2016). Official Methods of Analysis of AOAC International, 20th Edition 5. Karimov, B.B., “Mevalarni quritish texnologiyasi”, Samarqand: Agroilm, 2019. 6. SHoumarov X.B., Islamov S.YA. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi. – Toshkent, 2011. 7. R.Oripov, I.Sulaymonov, E.Umurzaqov “Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi”. Toshkent, “Mehnat”, 1991. 8. M.M.Mirzaev, V.V.Kuznetsov “Pomologiya Uzbekistana”. Uzbekistan, 1983. 9. X.Bo’riyev, R.Rizaev. “Meva-uzum mahsulotlari biokimyosi va texnologiyasi”. Toshkent, 1966. 10. X. Bo’riyev, R. Jo’raev, O. Alimov “Meva sabzavotlarni saqlash va ularga dastlabki ishlov berish”. Toshkent, 2002.