KOMENSKIY METODINI INTERFAOL VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR BILAN UYG'UNLASHTIRISHNING SAMARADORLIGI
Abstract
Mazkur tezisda Yan Amos Komenskiy tomonidan ilgari surilgan didaktik tamoyillarni zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Komenskiy metodining “ko‘rgazmalilik”, “tabiiylik” va “bosqichlilik” g‘oyalari hozirgi innovatsion yondashuvlar – interfaol, multimodal va raqamli ta’lim metodlari bilan uzviy bog‘liqligi asoslab beriladi.
Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 177 KOMENSKIY METODINI INTERFAOL VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR BILAN UYG‘UNLASHTIRISHNING SAMARADORLIGI Bazarova Nafisa Asrarjonovna 354-sonli Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor o‘rinbosari https://doi.org/10.5281/zenodo.17485728 Annotatsiya. Mazkur tezisda Yan Amos Komenskiy tomonidan ilgari surilgan didaktik tamoyillarni zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Komenskiy metodining “ko‘rgazmalilik”, “tabiiylik” va “bosqichlilik” g‘oyalari hozirgi innovatsion yondashuvlar – interfaol, multimodal va raqamli ta’lim metodlari bilan uzviy bog‘liqligi asoslab beriladi. Kalit so‘zlar: Yan Amos Komenskiy, zamonaviy pedagogika, interfaol metod, innovatsion texnologiya, ko‘rgazmalilik, virtual sayohat, bilish jarayoni, raqamli ta’lim. Kirish Ta’lim jarayoni tarixan rivojlanib, har bir davrda jamiyat ehtiyojlariga mos yangi metodlar shakllanib borgan. Zamonaviy davrda raqamli transformatsiya, interfaol vositalar va o‘quvchilarning faolligiga tayanadigan yondashuvlar ta’limning ajralmas qismiga aylangan. Shu bilan birga, bu yangiliklarning ildizlari Yan Amos Komenskiy (1592–1670) tomonidan ishlab chiqilgan didaktik tizimda mujassamdir. U “tabiatga mos o‘qitish” va “ko‘rgazmalilik” tamoyillari orqali o‘qitish jarayonini inson psixologiyasiga moslashtirish zarurligini ta’kidlagan. Komenskiyning didaktik qarashlari shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, faol o‘qitish va o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan zamonaviy yondashuvlar uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qila oladi. Uning “ko‘rgan – eshitgandan, qilgan – o‘qigandan yaxshiroq o‘zlashtiradi” degan fikri bugungi interfaol metodlarning – “amaliy mashg‘ulot”, “rol o‘ynash”, “virtual sayohat”, “STEAM” ta’limi kabi texnologiyalarning mohiyatiga to‘la mos kela oladi. Misol uchun, maktabgacha ta’limda virtual sayohatlar orqali bolalarning bilish jarayonlarini faollashtirish Komenskiy metodidagi ko‘rgazmalilik tamoyilining yangi talqini sifatida qarashga olib keladi. Bolalar vizual va amaliy tajriba asosida o‘rganadilar, bu esa ularning tafakkur, tahlil hamda kuzatuvchanlik ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bu ko`nikmalarning rivojlanishi “Ilk qadam” davlat o`quv dasturining asosiy maqsadlarini ham qamrab oladi. Shuningdek, Komenskiy ta’limni bosqichma-bosqich va tizimli tashkil etishni taklif qilgan. Bugungi kunda bu tamoyil modulli ta’lim, spiral dastur va differensial yondashuvlar orqali amalga oshirilmoqda. Har bir bosqichda bolaning individual qobiliyati, psixologik rivojlanish darajasi va motivatsiyasi inobatga olinadi. Interfaol metodlar – “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Fishbone” yoki “Insert” texnologiyalari orqali o‘qituvchi Komenskiyning “faol o‘quvchi” g‘oyasini amaliyotga tatbiq etadi. Vizual ma’lumotlar vositasida endi bola tayyor bilimni emas, balki uni izlab topadi, solishtiradi va o‘z xulosasini chiqaradi. Bu jarayon tadqiqiy-bilish hamda mahsuldor refleksiv faoliyatni bolalarda shakllanishi natijalarida rivojlanishiga xizmat qiladi.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 178 Zamonaviy innovatsion texnologiyalar – raqamli platformalar, VR/AR dasturlar, multimedia taqdimotlari – Komenskiyning “tabiat orqali o‘qitish” prinsipini kengaytiradi. Chunki virtual muhit orqali bola tabiatni, texnologiyani yoki inson faoliyatini xavfsiz va qiziqarli tarzda o‘rganish imkoniga ega bo‘ladi. Xulosa Yan Amos Komenskiy metodini interfaol va innovatsion texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish – bu o‘tmish merosini hozirgi raqamli pedagogika bilan birlashtirish demakdir. U ilgari surgan tabiiylik, ko‘rgazmalilik va faol o‘rganishga asoslangan yondashuvlar bugungi zamonaviy ta’limning poydevori hisoblanadi. Shunday qilib, Komenskiy g‘oyalarini virtual, interfaol va multimodal metodlar bilan qo‘shish o‘quv jarayonining samaradorligini oshiradi, bolalarda mustaqil fikrlash, kuzatuvchanlik, refleksiv tahlil va ijodkorlikni rivojlantiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 05.10.2020 yildagi PF-6079-son 2. Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 30.09.2024 yildagi PF-152-son 3. O‛zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun Davlat o‛quv dasturi, /takomillashtirilgan ikkinchi nashr/ Тoshkent-2022 y 4. Ochildiyeva, N. (2021). “Interfaol metodlar orqali o‘quvchilar faolligini oshirish yo‘llari”. Ta’lim taraqqiyoti jurnali, №3, 45–50-betlar. 5. Mustafayeva N. A. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv rivojlanishni ta’minlashda zamonaviy texnologiyalarning o‘rni. – Toshkent: TDPU, 2022.