PSIXOLINGVISTIK ASPEKT ASOSIDA MATNNI TAHLIL QILISH
Abstract
Ushbu maqolada tilshunoslikning zamonaviy sohalaridan biri psixolingvistika va uning til o‘rganishdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, chet tillarini o‘zlashtirishda psixolingvistika fanining zarurligi va inson nutqida, ongida ro‘y beradigan jarayonlar bugungi kunda psixolingvistikaning zarurligi va hali yetarlicha o‘rganilmaganligi, shuningdek, matn ustida ishlash, til o‘rganishda og‘zaki va yozma nutning rivojlanishida bu fanning naqadar zarurligi haqida so‘z boradi.
Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1897 PSIXOLINGVISTIK ASPEKT ASOSIDA MATNNI TAHLIL QILISH Zahro Fayzullayeva Annotatsiya: Ushbu maqolada tilshunoslikning zamonaviy sohalaridan biri psixolingvistika va uning til o‘rganishdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, chet tillarini o‘zlashtirishda psixolingvistika fanining zarurligi va inson nutqida, ongida ro‘y beradigan jarayonlar bugungi kunda psixolingvistikaning zarurligi va hali yetarlicha o‘rganilmaganligi, shuningdek, matn ustida ishlash, til o‘rganishda og‘zaki va yozma nutning rivojlanishida bu fanning naqadar zarurligi haqida so‘z boradi. Kalit sozlar: psixolingvistika, ontogenez, og‘zaki nutq, yozma nutq, matn, kommunikatsiya. ANALYSIS OF TEXT ON THE BASIS OF PSYCHOLINGUISTIC ASPECT Annotation: This article provides information about psycholinguistics, one of the modern areas of linguistics, and its importance in language learning. It also discusses the necessity of psycholinguistics in mastering foreign languages, the processes occurring in human speech and consciousness, the necessity of psycholinguistics today and the fact that it has not yet been sufficiently studied, as well as the necessity of this science in working on texts and the development of oral and written speech in language learning. Keywords: psycholinguistics, ontogenesis, oral speech, written speech, text, communication. Kirish. XXI asr axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda inson omili ham jadal ravishda o’zgarayotganini, o’sayotganini ko’ramiz. Shuningdek, har bir soha va fanda o‘zgarishlar inson ongida, tili va nutqida yangilanishlarni o‘zida mujassam qilib boradi, chunki hayotimizdagi har bir voqea-hodisa bevosita o‘zimiz tomonimizdan,ya’ni inson tomonidan amalga oshiriladi. Bugungi kunda jamiyatimiz talablaridan biri tilni inson bilan birgalikda qo‘shib o‘rganish, tadqiq etishdir. Endi insonning jamiyatdagi o‘rni qilgan xatti-harakatlari bilan birgalikda nutqida, muloqot va ruhiyati bilan belgilanadigan bo‘lishi tilshunoslikda psixolingvistika sohasining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Psixolingvistika – psixologiya va tilshunoslik kesishmasidagi fandir, demak bu ikkala fan til orqali inson nutqi va unda paydo bo‘layotgan o‘zgarish va rivojlanayotgan hodisalarni tadqiq qiladi. Rus tilshunosligida mazkur sohaga katta hissa qo‘shgan A.A.Zalevskaya psixolingvistikaning vazifasini “tilning amal qilinishini psixik fenomen sifatida tavsiflash va tushuntirish” bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan edi1. Tilshunoslikda tilning tafakkur bilan bog‘liq vazifalari, dastlabki psixolingvistik qarashlar XIX asrdayoq ma’lum edi. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida psixologiya fanida qator ilmiy ta’limotlar va nazariyalarning vujudga kelishi psixolingvistikaning vujudga kelishiga sharoit yaratib berdi. Ana shunday nazariyalardan biri M.Vertgeymer, K.Koffka, K.Byuler va boshqa olimlar tomonidan ilgari surilgan “psixologiya geshtalti” (nem.”gestalt” – 1Залевская А.А. Введение в психолингвистику. //Учебник для студентов высших учебных заведений. – М., 1999. – С.25.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1898 “obraz”)maktabi, deb nom olgan nazariy tadqiqot edi. Mazkur psixologiya maktabining vakillari inson psixikasidagi “kechinmalar ortida” yotadigan kechinmalar dunyosini va jismoniy dunyoni chegaralab oldilar2. Ular tafakkurni dinamik bir maydon, uning birligini esa obraz sifatida ko‘rishgan. “Psixolingvistika” termini birinchi marta amerikalik psixolog N.Pronko tomonidan 1946yilda ilmiy muomalaga kiritilgan. “Psixolingvistika” psixologiya (yunon.psyche “ruh”) va lingvistika (lotin.lingua “til”) kesishgan nuqtadagi metafan, ya’ni psixologiya va lingvistikaning sintezi hisoblanadi. Lingvistika nutq tuzilishini til qonunlariga ko‘ra o‘rganadi. Psixolingvistika esa nutq hosil qilish, nutqni qabul qilish, shuningdek, ona tili va chet tilini o‘zlashtirish jarayonlariga murojaat qiladi. Qisqa qilib aytganda, psixolingvistika umumiy tilshunoslik bilan chambarchas aloqada bo‘ladi. Bundan tashqari, u sotsiolingvistika, etnolingvistika, amaliy tilshunoslik va kompyuter lingvistikasi bilan ham o‘zaro bog‘langan. Inson tilni to‘liq egallash imkoniyatiga ega bo‘lib tug‘iladi. Biroq bu imkoniyatni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Buni qanday yuz berishini tushunish uchun psixolingvistika bolalar nutqining rivojlanishini o‘rganadi3. Psixolingvistika psixologiya va lingvistika fanlari kesishmasida paydo bo‘lgan va ko‘pgina tadqiqot va ilmiy izlanishlar natijasida sayqallanib kelgan. Kichik yoshdagi bolalarning o‘z ona tilini qanday o‘rganishi, o‘rganayotgan chet tilini esa ortiqcha qiyinchiliksiz grammatik qurilmalari va leksik bazasini shakllantirib borishi, yengil o’zlashtirishi katta yoshli insonlar bilan solishtirganda osonlikcha kechishi pisxolingvistika fanining paydo bo‘lishiga zamin yaratib bergan4. Kichik yoshdagi bola hech qanday so’roqlarsiz ham tilni bemalol o’zlashtirishi mumkin. Masalan, bola tili chiqqanidan boshlab ikki yoki undan ham ko’p tilni o’zlashtirishi mumkin. Bunga misol qilib bilingvinglarni olishimiz mumkin. Bolaning onasi o’zbek tilida, otasi rus tilida, buvisi tojik tilida kichikligidan boshlab muloqot qilganda u birdaniga bu uch tilni o’zlashtira olishi hayotiy misollar bilan asoslangan. Ya’ni grammatik va leksik qoidalarsiz va uni muhokama qilmasdan til qanday bo’lsa shundayligicha qabul qiladi va o’zlashtiradi. Bundan ko’rinadiki, til o’rganishda ham o’rgatishda ham A.A.Leontov qayd qilgan freym tushunchasiga murojaat qilinadi. Ya’ni inson nutqiy hodisa va nutqiy vaziyatdan kelib chiqqan holda tilni o’zlashtiradi. Freym u yoki bu obyekt yoxud hodisani tasvirlovchi o’lchovlar tizimini ifodalaydi. Masalan, “Ishlovchining shaxsiy varaqasi” (o’lchovlari aniq shaklda keltirilgan)da mazkur shaxsning eng kamida uni ishga qabul qilinishi bilan bog’liq xususiyatlarni tasvirlovchi freym mavjud bo’ladi. Fanda modellashtirilgan aniq hodisalar, odatda, freym tamoyiliga ko’ra tavsiflanadi. Masalan, psixologiyada aksariyat hollarda “faoliyat freymi” ishlatiladi. Unda hodisalarga muayyan savollar (Maqsad? Motiv? Sharoit? Qanday faoliyat turi? va h,k.) beriladi va mazkur o’lchovlar asosida hodisalar tavsiflanadi. Psixolingvistikadagi turli yo’nalishlar uning obyekti bo’lgan aniq nutq hodisalariga turli freymlarning “prizmasi” orqali yondashishadi5. 2Usmanova Sh. Psixolingvistika: ma’ruzalar kursi – Toshkent, 2014. 14 bet. 3Usmanova Sh. Psixolingvistika: ma’ruzalar kursi – Toshkent, 2014. 36 bet. 4Ахманова О.С. О психолингвистике. М.: Издательство Московского университета, 1957. – 64 с. 5Леонтьев А.А Основные психологические: Учебник для студ. высш. учеб. заведений. - М.: Смысл, 1999. - С. 15-16
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1899 Biroq har qanday holatda, nutqqa har qanday metodologik yondashuvda ushbu freymning tuzilishida nutq subyekti, nutq obyekti yoki adresat, motiv yoki ehtiyoj, niyat yoki nutqiy maqsad, nutqiy muloqotning mazmuni va predmeti, lisoniy yoki semiotik vositalar tavsifi e’tiborga olinadi. Xullas, psixolingvistikaning obyekti qanday tushunilishidan qat’iy nazar, har doim nutqiy hodisalar yoki nutqiy vaziyatlar majmuyidan iborat bo’ladi. Bu obyekt tilshunoslik va boshqa nutqiy faoliyat bilan bog’liq fanlar bilan umumiy hisoblanadi.6Ya’ni tilni o’zlashtirish jarayonida muayyyan bir vaziyat yuzaga keladi va u inson ongi va nutqi bilan birga shakllanadi. Bolalar nutqining rivojlanishi uch bosqichda kechadi: 1. Verballashuvgacha bo’lgan davr. Bu bosqichda bola gapirmaydi. Biroq bolada o’zining atrofidagi yaqinlari bilan so’zlashish jarayoniga qadar bo’lgan ko’nikmalar hosil qiladi, kelgusidagi nutqiy faoliyati uchun zaruriy sharoitlar yuzaga kela boshlaydi. Go’dak tilni o’zlashtirishni tovush shakllarini o’zlashtirishdan boshlaydi. Go’dakning o’zi ham g’uvur-g’uvur qilib turli tovushlar chiqaradi ( a-aa, uu-u, g’u, ag’i, ba-ba, da-da, ). Bu o’ziga xos bir o’yin bo’lib, bola undan zavqlanadi. Go’dak bir necha daqiqa davomida bir xil tovushni takrorlashi mumkin va o’zining bu harakati bilan nutq tovushlari artikulyatsiyasini sozlagan bo’ladi. Odatda, go’dakning dastlabki guvranishida onasi u bilan gaplasha boshlaydi. Bola bu tovushlarni ilg’ab oladi va uni takrorlashga harakat qiladi. Bola boshqa tovushlar orasidan nutqiy tovushlarni ajrata boshlaydi, ovozga qarab gapirayotgan shaxsni ajratadi, yaqinlarining ovozini, nutqini taniydi. Nutq ovozining xosligini baholay oladi ( jahl bilan gapirilsa yig’laydi, kulgili ohangga kulib javob qaytaradi, erkalatish yoki buyruq ohangidagi so’zlarni tushuna boshlaydi). Verballashuvgacha bo’lgan bosqich bolaning kattalar tomonidan aytilgan oddiy, sodda gaplarini tushunishi hamda passiv nutqqa kirishishi bilan yakunlanadi. 1. Bolaning aktiv nutqqa o’tishi. Bu davr, odatda, bola umrining 2-yilida kechadi. Bolaning fonematik eshitish qobiliyati rivojlanadi. U ilk so’zlarini, masalan, oyi, aya, opa, apa, ada, dada kabilarni aytadi. So’zalardagi ayrim tovushlarning tushirilishi va noto’g’ri talaffuz qilish (kel o’rniga te, ovqat o’rniga okat) hollari kuzatiladi. Ba’zan, kattalar tomonidan aytilgan so’zni bola qisqaroq yoki ayrim qismlarini ikki marta qaytarib, bo’g’inlarga ajratib talaffuz qiladi (masalan, qo’g’irchoq o’rniga choq, kompot o’rniga pot va h.k.). Bola nutqining dastlabki davrlarida takrorlanuvchi bo’g’inlardan iborat so’zlarni talaffuz qilish qiyinchilik tug’dirmaydi. Shuning uchun ham kattalar aytgan ayrim bir bo’g’inli so’zlarni bola ikkilantiradi (masalan, osh so’zi o’rniga ashsha, non so’zi o’rniga nanna). Ikki so’zni bir-biriga bog’lab ifoda hosil qilishga urinish 1,5 yoshda yuz beradi. Asta-sekin buyruq mayli o’zlashtiriladi. Bola nutqi rivojlanishining birinchi va ikkinchi bosqichlarida uning nutqining rivojlanishi uchun kattalar bilan bo’ladigan muloqot muhim omil hisoblanadi. Bola va katta odam o’rtasida emotsional kontakt vujudga keladi. Ular o’rtasida muloqot paydo bo’ladi va bu muloqot nutqiy elementlar bilan boyitiladi. 2. Nutqning muloqot uchun asosiy vositaga aylanishi. Bu bosqichda so’zlovchining maqsadi, voqealarning borish jarayoni va mazmuni aniqlashadi. Bolaning lug’at boyligi kengayib, grammatik konstruksiyalar murakkablashadi, uning talaffuzi tiniqlashadi. Ikki yoshdan so’ng bola so’zlar morfemikasi va so’z yasalish qonuniyatlariga muvofiq so’z boyligini kengaytiradi. Ikki yarim yoshli bola nutqida ikki so’zdan iborat sodda so’z birikmalari (bular ko’proq fe’liy birikmalar bo’ladi) ifodalana boshlaydi. Bola birlik va ko’plikni farqlash 6Usmanova Sh. Psixolingvistika: ma’ruzalar kursi – Toshkent, 2014. 4-bet.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1900 hamda qo’llash, ba’zi kelishik qo’shimchalarini qo’llashni o’rganadi. Uch yoshdan so’ng bola sodda gaplarni, keyin esa murakkab gaplarni nutqida qo’llay boshlaydi. Nutqiy rivojlanishi me’yorda kechgan bola uch yoshni to’ldirish arafasida taxminan 1000 ta so’zni bilsa, 6-7 yoshlarda uning so’z boyligi 3000-4000 ta so’zdan tashkil topadi. Nutqning garmmatik qurilishi bolalarda uch yoshning boshlarida shakllana boshlaydi. Bola maktba yoshiga yetar chog’ida deyarli barcha so’z yasash, so’z o’zgartirish ko’nikmalarini hosil qiladi. O’zaro bog’langan, grammatik shakllangan kontekstli nutq paydo bo’ladi. Maktab davrida bola ta’lim jarayoni orqali nuqqa ongli ravishda egalik qila boshlaydi. Yozma nutq va o’qish ko’nikmalari shakllanadi. Bu esa nutqning leksik, grammatik, stilistik tomonlarini boyishiga, og’zaki va yozma nutqning takomillashuviga olib keladi. Bolalar nutqidagi o’ziga xos hodisalardan bir egosentrik nutqdir. O’z genezisiga ko’ra egosentrik nutq maktab yoshigacha bo’lgan bolaning o’yin yoki boshqa mashg’ulotlar jarayonida o’zi bilan gaplashishdan shakllanadi. Bolaning bu nutqi suhbatdoshining bor-yo’qligidan qat’iy nazar, amalga oshadi. Jan Piaje mazkur hodisaga xos ikki holatni ajratib ko’rsatadi: 1) suhbatdoshsiz nutq (kommunikatsiyaga qaratilmagan nutq) 2) suhbatdosh fikri inobatga olinmaydigan, bolaning o’z nuqtayi nazariga asoslangan nutq. J.Piajega ko’ra, 3-4 yoshdagi bola nutqining 40%ni egosentrik nutq tashkil qiladi. Bola maktab yoshiga yetganda,bu nutq asta-sekin yo’qoladi. Umuman, bola nutqining shakllanishi 3-11 yoshgacha bo’lgan davrlarni qamrab oladi. Bolaning nutqi aynan ana shu davrlarda shakllanib, individual nutqining asosiy ko’rsatkichlarini hosil qila boshlaydi. Shunday qilib, shaxsning psixik rivojlanishi ijtimoiy rivojlanishdir. Shaxsning ijtimoiylashuv jarayoni mazkur jamiyat madaniyatining o’zlashtirilishidir. Tilni o’zlashtirish shaxsning rivojlanishi va ijtimoiylashuvi jarayonidagi hal qiluvchi omildir. Til bolaning ongiga jamoaning ijtimoiy tajribasi doirasida kirib boradi va bu ijtimoiylashuv natijalarini to’plash vositasi sanaladi.7Ko’rinadiki, mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda inson xoh kichik bo’lsin, xoh katta yoshli o’rganuvchi tilni shu tarzda sekin-astalik bilan o’raganadi. Yashayotgan muhiti, atrofida kechayotgan hodisalar tufayli uning ongida mavjud vaziyatga nisbatan qarashlar paydo bo’ladi va bu uning psixologiyasi bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq desak yanglishmagan bo’lamiz. Inson kichik yoshligidan boshlab ona tili va chet tilini o’rganganda ham, chet tilini o’rganayotgan katta yoshli individ ham tilni avval o’z nutqida shakllantiradi, tildagi so’z, so’z birikmasi, gaplarni ichida, ongida tahlil qiladi. Qay biri qaysi vaziyatda va qay holatda ishlatilishini, hattoki qanday ton, ovoz va urg’u berilishiga qadar diqqat bilan o’rganadi va muloqotga kirishadi. Masalan, tilni o’rganish jarayonida o’rganuvchi unda ham yozma ham og’zaki holatda muloqotga kirishish uchun eng avval harflarni o’rganishdan boshlaydi, keyinchalik esa harflardan bo’ginlar hosil qiladi, undan esa so’z, gap va h.k. Bu esa to’g’ridantog’ri uning psixologiyasiga ta’sir qiladi. Emotsiyalarini boshqaradi, kuzatadi. Demak til o’rganish jarayonida ham o’zlashtirish jarayonida ham ya’ni tabiiymi yoki ongli, ta’lim orqali amalga oshganda ham insonning ongida tilning eng kichik birligi harf va tovushdan boshlab, so’z, gap va matnni ichki nutqida idrok qilishga harakat qiladi. O’z navbatida bu uning har xil madaniyat, millat, urf-odat bilan bog’liq yangi so’zlar ustida ishlashga, uni idrok qilishga harakat qiladi. Qiyoslash orqali tahlil qiladi va o’rganadi. Masalan, 5-sinf o’zbek tili darsligida keltirilgan “zehnli bola” hikoyasi ichidagi bir gapni olaylik, “Shu ham tovoq bo’ldi-yu! Tovoq 7Usmanova Sh. Psixolingvistika: ma’ruzalar kursi – Toshkent, 2014. 38 bet
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1901 emas haqiqiy g’o’la” – bu yerda keltirilgan ikki so’zga e’tiborimizni qaratsak, “tovoq” va “g’o’la”. Tovoq so’zini biz bemalol tushunishimiz mumkin, ammo bu ham ayrim viloyatlarda lagan holatida ishlatiladi va bu so’zni ishlatganingizda boshqa hududdagi millatdoshimiz ham uni nimaligini tushuntirmaguningizcha tushunmaydi, o’zga tillilar esa tabiiy holatda ma’noda to’siqqa uchraydi. G’o’la esa biz tilshunoslar uchun ham anchayin murakkab hatto butun konteksni o’qiganimizda ham undan bu so’zning ma’nosini chiqarishimiz mushkul desak bo’ladi. Demak, bu kabi so’zlar albatta til o’rganuvchining psixalogiyasiga ta’sir qiladi, talaffuzda, ma’noda qiynaladi. Ichki va tashqi nutqida takrorlash orqali, uning talaffuz va ma’nosini chaqishga harakat qiladi. Ko’rinadiki, nafaqat matn balki birgina so’z ham salbiy, ijobiy, yoki yumoristik ma’no tug’dirishi va qanday anglashilganiga qarab unda qiziqish uyg’otgan holda esda qolishi, yoki umuman xotirada saqlanmasligi ham mumkin. Demak, til o’rganish jarayonida turli xil yo’llar orqali psixologiyaga ta’sir qilinishini ko’rishimiz mumkin. Psixolingvistika, shuningdek, nutqiy faoliyat va uning harakatga kelish jarayonining me’yordan chiqib ketish sabablarini tadqiq qiladi. Kattalar va bolalar nutqidagi buzilishlarni o‘rganadi. Til o‘zlashtirishda ontogenez tushunchasi muhim qarashlardan biridir. Psixolingvistikada ontogenez termini inson lisoniy qobiliyatlarining shakllanishini anglatadi. Nutq ontogenezi nutqiy faoliyat nazariyasining tarkibiy qismi bo‘lib, u individda nutq mahsulining shakllanishi, nutqiy qobiliyat ko‘nikmasining paydo bo‘lishini o‘rganadi. Nutq ontogenezi bola nutqining tug‘ilishidan to 7 (9,10) yoshgacha bo‘lgan davrida har tomonlama izchil rivojlanishida namoyon bo‘ladi. Bola nafaqat ona tilini o‘zlashtirishi balki, chet tilini tilini o‘zlashtirishi ham ontogenez asosida kechishini yaqqol ko‘rishimiz mumkin8. Hozirgi kunda til o‘rganish borasida katta amaliyot va tajriba-metodlar yo‘lga qo‘yilgan. Insonning kichik yosh davridan ya’ni: bog‘cha va boshlang‘ich ta’lim davridanoq chet tilini o‘rgatish barcha rivojlangan mamlakatlkar, shuningdek O‘zbekistonda ham yo‘lga qo‘yilgan. Bunda bola chet tilini o‘rganish jarayonida nutqi, ongi, o‘zaro kommunikatsiya va fikrlashida qanday psixik o‘zgarishlar bo‘layotganini bevosita ko‘rishimiz mumkin. “Katta yoshdagi shaxsga nisbatan til o‘rganish bolalarda oson kechisi psixolingvistika fanining yuzaga kelishiga zamin bo‘ldi” – O.S.Axmanova9. Bugungi kunda psixolingvistika fani butun bir jamiyat insonlar aloqa vositasi bo‘lgan til orqali insonlarni o‘rganishda davom etmoqda, hamda yangidan-yangi metodlar yaratilishiga asos bo‘lmoqda. Ushbu fanning yana bir yutuqli tarafi, matnni o‘rganib chiqib til o‘rganishda qanday foyda keltirishini ko‘rib chiqadi10. Aynan matnda individ ham og‘zaki, ham yozma nutqini sinaydi, rivojlantiradi, mustahkamlaydi va kengaytiradi. Masalan, inson og‘zaki nutqda ongida paydo bo‘lgan barcha fikrlarni tizimlashtirgan holda tartib bilan yetkazib berishi biroz qiyin. Ammo yozma nutq bundan mustasno, izchil tarzda fikrini bir tartibda yetkazishi va shuningdek, matn orqali ma’lumotlarni xotirasida saqlab qolishi osonlashadi. Ayniqsa, til o‘rganish jarayonida qayd etib borish va matn bilan ishlashda bu yaqqol ko‘zga tashlanadi. 1. Psixologik nuqtayi nazardan matn yaratish va uning mazmuniy idroki individning nutqiy tafakkur mahsuli, obyektiv borliqni til tizimi vositasida aks ettirish qobiliyati sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda matnning shakli va mazmuni muayyan kommunikativ vaziyat qatnashchisi – konkret shaxsning psixologik xususiyatlari asosida aniqlanadi11. 8Ayni shu kitob 34 bet. 9Ахманова О.С. О психолингвистике. М.: Издательство Московского университета, 1957. – 64 с. 10 Aimbetova M. O’zbek tili ta’limida psixolingvistik yondashuvdan foydalanish. 8 bet. 11 Usmanova Sh. Psixolingvistika: ma’ruzalar kursi – Toshkent, 2014. 64 bet.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1902 2. Matnni psixolingvistik nuqtayi nazardan tahli qilishda esa, matnni yaratadigan va uni qabul qiladigan individning til va tafakkur faoliyati, ya’ni “til sistemasi elementlari yordamida haqiqatni ongida aks ettita oladigan til shaxsi” diqqat e’tiborda bo‘ladi. Tilshunoslik matnga “faktlarni kuzatuvchi real manba, jumlalar yoki so‘zlar yig‘indisi” deb qarasa, psixolingvistika matnga “kommunikatsiya akti, muallif va retsipiyent” deb qaraydi. Bunda barcha matn aniq kommunikativ holat ramkasida o‘rganiladi, matnlarning shakli va mazmuni kommunikatsiyaning ishtirokchiklari – individlarning psixologik xususiyatlari orqali aniqlanadi12. 3. V.P.Belyaninning aytishicha, har bir o‘quvchi muayyan matn haqida o‘z interpretatsiyasiga ega bo‘lishi mumkin. Matn idroki natijasida yuzaga keluvchi interpretatsiya xarakteri faqat matnning emas, balki o‘quvchining ham psixologik xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Muallif bilan o‘quvchi psixologik jihatdan qanchalik yaqin bo‘lsa,ularning matn haqidagi talqini shunchalik muvofiq bo‘ladi13. 4. Retsipiyent matn bilan dastlab tanishganda undagi yo‘nalishni aniq belgilab olish maqsadida turli tayanchlardan foydalanadi.Notanish bo‘lgan chet tilida, hatto sun’iy tildagi matnni qabul qilayotganda so‘zlar orasidagi probellarga,tinish belgilari,takroriy ifodalarga va so‘zlarga qarab,darrov qandaydir ma’noli qismlarni ko‘rishga harakat qiladi.14 Barcha psixolingvistik tadqiqotlarda matnni qabul qilish va tushinish jarayonlarining murakkabligi va ko‘p planliligi ta’kidlanadi. Yuqorida ko‘rib turganimiz matn ustida ishlash borasidagi tushuncha va fikrlar talaygina. Ko‘rinadiki psixolingvistika faniga bugungi kunda ehtiyojimiz katta va unda qilingan ishlar ko‘lami kichik. Yuqoridagi misollardan ko’rinib turibdiki, matn tahlilida psixolingvistik aspektning roli, til o’rganishdagi o’rni katta ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, nafaqat chet tilini o’rganuvchilar balki ona tilini o’rganuvchilar uchun ham matnning tushunilish jarayonlarining xilma-xilligi psixolingvistikani o’rganishga turtki bo’ladi. Bunday tahlil matnning o'quvchiga qanday ta'sir qilishini, matnni tushunish va izohlash asosida qanday mexanizmlar yotganini va matn orqali muloqot samaradorligiga qanday omillar ta'sir ko'rsatishi mumkinligini tushunishga yordam beradi. Shaxsning lingvistik ma’lumotlarni qanday egallashi, saqlashi, qayta ishlashi va undan foydalanishini, shuningdek, til faoliyati asosida qanday psixologik jarayonlar va mexanizmlar yotganini o‘rganadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Залевская А.А. Введение в психолингвистику. //Учебник для студентов высших учебных заведений. – М., 1999. – С.25. 2. Usmanova Sh. Psixolingvistika: ma’ruzalar kursi – Toshkent, 2014. 14 bet. 3. Ахманова О.С. О психолингвистике. М.: Издательство Московского университета, 1957. – 64 с. 12 Зорькина О.С. О психологическом подходе к изучению текста // Язык и культура. - Новосибирск, 2003. -С 205-210 13 Белянин В.П. Основы психологической диагностики (модели мира в литературе).- М.: Трилова, 2000. - С 8. 14 Usmanova Sh. Psixolingvistika: ma’ruzalar kursi – Toshkent, 2014. 66 bet.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1903 4. Aimbetova M. O’zbek tili ta’limida psixolingvistik yondashuvdan foydalanish. 8 bet. 5. Зорькина О.С. О психологическом подходе к изучению текста // Язык и культура. - Новосибирск, 2003. -С 205-210 6. Белянин В.П. Основы психологической диагностики (модели мира в литературе).- М.: Трилова, 2000. - С 8 Belyanin V.P. Basic psychological diagnosis (model mira v literature). - M.: Trilova, 2000. - S 8