scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BADIIY MATN QAHRAMONLARI NEYROLINGVISTIK TAHLILI (NAZAR ESHONQULNING "URUSH ODAMLARI" QISSASI MISOLIDA)

Otaqulova, Adiba Olimovna

Abstract

Ushbu maqolada psixolingvistika va neyrolingvistika sohalariga doir tadqiqotlardan umumiy xulosalar keltirilgan. Neyrolingvistikaning muhim jihatlariga e’tibor qaratilib, badiiy matn obrazlari misolida neyropsixologik holatlar ochib berilgan. Nazar Eshonqulning “Urush odamlari” qissasi bosh qahramoni- Normatning neyropsixik holatlari tahlil qilingan.

Full text

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 33 | 2023 https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary Scientific Journal December, 2023 101 BADIIY MATN QAHRAMONLARI NEYROLINGVISTIK TAHLILI (NAZAR ESHONQULNING “URUSH ODAMLARI” QISSASI MISOLIDA) Otaqulova Adiba Olimovna Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, filologiya fakulteti lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi magistranti ANNOTATSIYA Ushbu maqolada psixolingvistika va neyrolingvistika sohalariga doir tadqiqotlardan umumiy xulosalar keltirilgan. Neyrolingvistikaning muhim jihatlariga e’tibor qaratilib, badiiy matn obrazlari misolida neyropsixologik holatlar ochib berilgan. Nazar Eshonqulning “Urush odamlari” qissasi bosh qahramoniNormatning neyropsixik holatlari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: neyron, nutq patologiyasi, afaziya, alaliya, neyrolingvistika, psixolingvistika, nutqiy buzilish Bugungi zamonaviy tilshunoslikning diqqat markazida lingvistik kommunikatsiya, nutqiy faoliyat subyekti, ya’ni shaxs turibdi. Endilikda tilshunoslik faoliyatdagi, harakatdagi til bilan bog‘liq jarayonlarga e’tibor qaratib, tilni o‘z egasi bilan birga tadqiq etishni taqozo etmoqda. Azaldan mavjud bo‘lgan, ammo atama sifatida qayta ko‘z ochgan yangi sohalardan biri – psixolingvistika ham inson va uning nutqiy faoliyati bilan bog‘liq masalalarni tadqiqot obyekti sifatida o‘rganmoqda. Psixolingvistikada inson miya faoliyati va nutqiy jarayoni hamisha birbiri bilan bog‘liq hodisa sifatida qaraladi. Miya mexanizmlarining til sistemasi bilan aloqadorligi, miya jarohatining nutqiy faoliyat bilan bog‘liq tomonlari psixolingvistikaning yana bir tarmogi - neyrolingvistika sohasi doirasida o‘rganilib, bu soha nutqiy buzilishning miya faoliyati bilan ajralmas tomonlariga asosiy e’tiborni qaratadi. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 33 | 2023 https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary Scientific Journal December, 2023 102 Neyrolingvistikaning ildizlari Gippokrat, sharq olimlari: Ibn Sino va Beruniy ilmiy faoliyatlarida ko‘zga tashlansa-da, bu sohaga jiddiy qadamlar XIX asrdan boshlab qo‘yila boshladi. Boduen de Kurtene, R.Yakobson, V.A. Bogoroditskiy kabi olimlar tadqiqotlarida neyropsixolingvistik jihatlar e’tiborga olingan. M.Dyuron, R. Yusson ishlarida nutqiy buzilish omillari lingvistik va fiziologik oqibatlar natijasi sifatida ko‘rsatilib, neyrolingvistik tahlillar olib borilgan. Shuningdek psixolingvistlar: L.S.Vigotskiy, I.P.Pavlov, A.R.Luriyalar nutq patologiyasi, afaziyaning psixolingvistik jihatlari, nutqiy buzilishning turli shakllariga e’tibor qaratgan. Neyrolingvistikaning fan sifatida rivojlanishi A.L.Luriya ilmiy ishlari bilan bog‘liq bo‘lib, “Neyrolingvistika muammolari” kitobi ilk neyrolingvistik manba sifatida o‘rganilmoqda. Bu soha fan sifatida E. Krouell Trager, A. Xeker kashfiyotlarida 1950yillarda shakllandi. 1970-yilda AQShda Garri Uitaker tomonidan neyrolingvistika sohasi yana-da rivojlantirildi va buning natijasida 1974yilda “Brain and language” jurnali yaratildi. Bugungi kunda tilshunoslar neyrolingvistika sohasi paydo bo‘lishida A.L.Luriya, Karl Verniki, Pol Broka xizmatlarini alohida e’tirof etadilar. P.Broka tadqiqoti ko‘rsatadiki, chap yarim shar shikastlanganda, miyaning aynan shu qismi zararlanganda inson o‘z nutqini, gapirish layoqatini yo‘qotadi, ammo o‘zgalar nutqini anglay oladi. Nemis psixiatri K.Verniki miyaning shikastlanishi chakka egri yarimsharda sodir bo‘lganda, inson gapira olishi mumkinligini aytib, biroq o‘zgalar nutqini tushuna olmasligini aniqlab beradi. Inson miyasi ko‘plab neyronlardan iborat bo‘lib, nutqiy faoliyat shu neyronlar harakati orqali yuzaga keladi. Miya esa chap va o‘ng yarimshar miya sifatida insonda mavjuddir. Til, nutq va so‘z bilan bog‘liq hodisalar chap yarimshar miyada mavjud bo‘lsa, o‘ng yarimshar miyada asosiy funksiya ko‘zlar orqali bo‘lib, olamni so‘zsiz idrok etish kuzatiladi, obraz yaratish, tasvirlash o‘ng yarimshar miyada kuchli bo‘ladi. Neyrolingvistikada afaziya, alaliya kabi nutqiy buzilish turlari mavjud bo‘lib, miya qismlarining shikastlanishi bilan bog‘liq holatlarni o‘z ichiga oladi. Afaziologiya psixolingvistikada neyrolingvistik termin sifatida qo‘llanilib, keng tadqiq etilgan sohadir. Total, qisman, motor, sensor, harakat, akustik, semantik afaziyalar miyaning GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 33 | 2023 https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary Scientific Journal December, 2023 103 nutqiy zonalari bilan bog‘liq sanaladi. Alaliyaning ham uch turi bo‘lib, sensor, motor va sensomotor alaliya deb yuritiladi. Ikkinchi tur nutqiy buzilish bolalarda ko‘proq kuzatiladi, bolalarda nutqiy faoliyatning kechikishi yoki nutqning bo‘lmasligi jarayonlarini tadqiq etadi. Miya faoliyatining buzilishi nutqiy faoliyatga juda kata ta’sir ko‘rsatadi. Miya faoliyati buzilishi vaqtincha yoki doimiy, shuningdek, tug‘ma yoki orttirilgan bo‘lishi mumkin. Kuchli hayajonlanish, qattiq toliqish, ruhiy charchoq, depressiya, qo‘rquv, xavotir va spirtli ichimliklar ichish miya faoliyatining vaqtincha yoki orttirilgan buzilishlariga sabab bo‘ladi. Homilador ayolning shu jarayonlarni boshdan kechirishi esa tug‘ma nutqiy buzilishli individning tug‘ilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Nutqning shakllanishi individual va o‘ziga xos bo‘lib, har bir individda har xil sodir bo‘ladi. Biroq nutqning kechikishi uchun sabab sifatida turli yosh chegaralari belgilangan. Nutq shakllanishi intellektual salohiyat rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, uch yoshgacha nutqiy rivojlanish kechikishi mumkin, ayniqsa, og‘il bolalarda bu holat ko‘proq kuzatiladi. Alaliya uch yoshdan so‘nggina aniqlanib, bunda nutq umuman bo‘lmasligi yoki juda kech paydo bo‘lishi mumkin. Bu irsiy kasalliklar yoki kuchli ruhiy zarbalardan yuzaga kelishi fanda aniqlangan. A.A. Leontev nutqiy buzilishning muhim bo‘lgan beshta turini sanab, ong va psixika bilan bog‘liq nutqiy buzilishni alohida ta’kidlaydi. Tilshunos olimlar neyrolingvistik tadqiqotlarni badiiy asarlar doirasida olib borar ekan, qahramonlarning nutqlari (ichki nutqi ham) va yozuvchi nutqiga alohida e’tibor qaratib, ichki ruhiy holatlari va jamiyat muammolarini markaziy o‘rinda tahlil etadilar. Qahramon neyrolingvistik tahlili u tasvirlanayotgan zamon va makon bilan birga olib boriladi, ongi va ruhiyatidagi o‘zgarishlar nutqi orqali ochib beriladi. “Otabek mastlarcha kuldi: -Mmenga zarurati bo‘lmasa, kkimga zarurati bor?! - Nima bo‘lganda ham, men bu ishingizga rozi emasman! - dedi Hasanali...” (A. Qodiriy) Neyrolingvistik tadqiqot doirasida insonning nutqiy vaziyatga xos nutqni atayin buzib shakllantirishi ham o‘rganilib, bu pragmalingvistik yo‘sinda olib boriladi: “ashal GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 33 | 2023 https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary Scientific Journal December, 2023 104 qijimdan, o‘jimmi” yoki “shap-shashig‘imdan o‘gilay” (so‘zlashuv uslubida) gaplarida erkalash, suyish ma’nosida nutq ataylab buzib shakllantirilgan. Neyrolingvistika shaxs miya mexanizmini nutqiy zonalar bilan ajralmas holda o‘rganar ekan, ijtimoiy muhitni ham inobatga oladi, bu esa sotsiologiya bilan chambarchas bog‘liq tomonlarini ko‘rsatadi. Zero, insonning jamiyatda shaxs sifatida shakllanishi nutqiy va aqliy salohiyatiga qarab belgilanadi. “Sotsiofonetika nutq faoliyatiga ijtimoiy omillarning ta’sirini, har xil ijtimoiy guruhlarning talaffuzini o‘rganuvchi usullari bilan ijtimoiy lingvistikaning bir tarmog‘i hisoblanadi. Tilshunoslikning ko‘pgina yo‘nalish va tarmoqlari orasidagi aloqador nutq faoliyatining psixo-fiziologik va akustik xususiyatlari, jamiyatning ijtimoiy tabaqalari orasidagi talaffuz me’yorlari, kishining har xil ruhiy hissiyotlarini uyg‘otish, nutq va musiqaning bog‘lanishi kabi masalalarni o‘z ichiga oladi”. 1 Fanda ma’lumki, 5-6 yoshga kirgan bolalar umri davomida o‘rganishi kerak bo‘lgan so‘zlarning yarmiga yaqinini o‘zlashtiradilar. Bu paytda bolalar lug‘at boyligidagi so‘zlar belgi sifatida til sistemasida joylashgan bo‘ladi. Bu yoshda bolalar so‘zni ishlatsalar-da, aniq atash ma’nosi va uslubiy ma’nosini to‘liq bilmaydilar. Sherigini jinni deb so‘kayotgan bolaga “To‘g‘ri, u jinni sen sog‘san-a?” deb sal kinoyaliroq ohangda gapirsangiz, u “ yo‘q”, sog‘masman men falonchiman” deb ismini aytish hollari ko‘p uchraydi. Bundan ayon bo‘ladiki, bola “jinni” so‘zining ham, “sog‘” so‘zining ham ma’nosini bilmaydi. 2 Neyrolingvistika sohasi ongda sintezlanmagan til, boshqacha qilib aytganda, miya mexanizmidan tashqaridagi nutqqa asosiy e’tiborni qaratadi. Yozuvchilar badiiy asarda davr muammosini ko‘rsatishda obrazlarning ruhiy holatini ko‘proq tasvirlab, jamiyatdagi ruhiy zarbalarni qahramonlar hayotida ko‘rsatishga urinishadi. Ijtimoiy hayotdagi qiynoqlar har qanday inson hayotiga salbiy ta’sir o‘tkazadi, ayniqsa, ruhiyatiga kuchli zarba berib, miya mexanizmlariga signal bermasdan qolmaydi. Ayniqsa, urush mavzusida yozilgan asarlarda qahramonlar urush maydonlaridagi 1 Абдуазизов А. узбек тили фонологияси ва морфонологияси. – Тошкент.1992.- Б.17. 2 Муминов С. Узбек мулокот хулкининг ижтимоий – лисоний хусусиятлари. –Тошкент. 2000. –Б.38 GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 33 | 2023 https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary Scientific Journal December, 2023 105 shafqatsizliklar ta’sirida neyropsixik holatlarni boshdan kechiradi. Urushda ko‘z oldida insonlarning azobuqubat chekishi, o‘lim manzaralari, shovqinsuron va qiynoqlar har qanday jangchiga ruhiy ta’sir ko‘rsatib, ayrimlarning miya faoliyati shikastlanishiga olib keladi. Yozuvchi qahramonning ruhiy holatini yorqin ta’svirlash orqali urushning bashariyatga salbiy ta’sirini ochib beradi. Qahramonlarning miya shifastlanishi, psixik holatlari asarda berilsa-da, ko‘pincha nutqiy buzilish holatlari muloqotlarida ko‘zga tashlanmaydi. Yozuvchi o‘z nutqi orqali qahramonni neyropsixologik tasvirlaydi. Ijodkor badiiy asar qahramonining miya faoliyati shikastlanishi, psixik holatlarini matn ichida tasvirlar ekan, undagi har bir o‘zgarishni e’tibordan chetda qoldirmaydi: “Normatning oldiga borib xavfsirab qaradi. Normatning chakka tomirlari bo‘rtib chiqqan, ko‘zlarining atrofi ko‘karib ketgan, og‘zining bir chekkasida sarg‘ish ko‘pik paydo bo‘layotgan edi. -Qo‘yinglar, o‘o‘zimmm…- dedi u soldatlarga va Normatning qo‘ltig‘idan olib, turg‘izdi. Biroq u Normatni suyab qololmadi. Normat chinqirgancha, ikki qo‘li bilan chakka tomirlarini ushladi-yu, gir aylanib yerga qayta yiqildi…” (Nazar Eshonqul. “Urush odamlari” qissasi 43-bet) Miyaning chakka yarimshar qismi shikastlanganda, inson eshushini yo‘qotadi, miya mexanizmi nofaol ishlab, o‘zgalar nutqini anglamaydi. Bu paytda nutqni qabul qiluvchi miya zonalari ishdan chiqadi va miya o‘z funksiyasini to‘xtatadi. Bu to‘xtash vaqtincha sodir bo‘lib, ma’lum vaqtdan so‘ng miya funksiyasi o‘z faoliyatini davom ettiradi. Bu orttirilgan afaziya uchun har qanday kuchli hayajon, ruhiy zarba qo‘zg‘atuvchi omil sanaladi. Bilamizki, ushbu asar bosh qahramoniNormat urushga ketguncha norg‘ul, barvasta, qomatidan kuch yog‘iladigan yigit edi va u urushdan qaytgach o‘ttizdan endi oshgan bo‘lsa-da ellik yoshlar ko‘rinadi, bir oyog‘idan ajralgan deb tasvirlanadi. Yozuvchi “tez - tez sarak-sarak qilib, silkinib turadigan boshi”ga asar boshidayoq urg‘u beradi. Bundan kitobxon sezadiki, bu qahramonning boshi, ya’ni miyasi bilan bog‘liq muammosi bor. Asar so‘nggida ham qahramon neyropsixik holati tasvirlanib, miya faoliyati buzilishi oqibatida dahshatli qotilliklar yuz berishi mumkinligi ko‘rsatiladi. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 33 | 2023 https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary Scientific Journal December, 2023 106 Urushning haqiqiy fojiasi qahramon ruhiy kasalligi orqali haqqoniy ochib beriladi. “Normat uning tovushini olisdan, ming yillar naridan eshitayotgandek bo‘ldi. U allaqachon o‘ylash qobilyatini yo‘qotgan edi. Uning ko‘z oldida yenglarini shimarib olgan, uni otish, uni o‘ldirish, hayotini so‘ldirish uchun kelayotgan, u uch yil urushgan dushman askarlarini ko‘rar, miyasida boshlangan portlash va o‘q tovushlari tomirlarini kengaytirib yuborgan, ko‘z oldi changto‘zonga to‘lgan edi”. Normatda miya shikastlanishi bilan bog‘liq kasallik qo‘zg‘alganligi ushbu tasvirlarda yaqqol ko‘rinib turadi. Ammo yozuvchi qahramonni gapirtirmaydi. Faqat ruhiyati va jismida bo‘layotgan psixik o‘zgarishlarni tasvirlashda davom etadi: “Avzoyi vahimali tusga kirgan, chakka tomirlari bo‘rtib chiqqan, og‘zining ikki chekkasida sarg‘ish, quyuq ko‘pik ko‘pirayotgan edi”. Normatning kasalligi xuruj qilganda, u butunlay o‘zini yo‘qotadi. U o‘zini urushda, jangohda his etadi. Ongning, miyaning bunday buzilishi nutqsiz kechishi badiiy asarda o‘z isbotini topgan. U bu daqiqalarda kulishi, yig‘lashi, baqirishi mumkin, ammo gapirmaydi. Miya shakastlanishining bu turida nutqni yo‘qotish kuzatiladi. “Saldan keyin uning ko‘zi na miltiq ovozidan uyg‘onib, yuk taxmoni orqasida qo‘rqib yig‘layotgan Xolmat bilan Hojarni, na ko‘zlari allaqachon so‘nib bo‘lgan Mirzaqulni, na o‘ziga qo‘rquv bilan g‘ujanak bo‘lib tikilib turgan xotinini ko‘rardi. U allaqachon o‘zini urushdaman deb hisoblar va faqat qanday otishnigina o‘ylar, butun vujudi qaltqalt titray boshlagandi. U xotiniga qo‘zichoqni ko‘rgan och bo‘ridek yirtqich nazar bilan qaradi-da, qahqah urib kulib yubordi. To‘xtab - to‘xtab uzoq kuldi”. Normatning har bir harakatida ruhiy xastaligiga ishora bor. U sog‘lom emas edi, boisi o‘z farzandlarini ham ko‘rmaydi va o‘zini urushda deb his etadi. Albatta, miyasi shikastlangan bu qahramon shu lahzalarda nutqqa ega bo‘la olmas edi, chunki miya faoliyati, zamon va makonni aks ettiruvchi xotira zonalari ishdan chiqqan edi. “Uning bu kulgusi sog‘lom odamning kulgusi emasdi, vahshiyona yirtqichning bo‘kirishiga o‘xshardi”. Normat xuddi hayvon kabi ongsiz, nutqsiz edi. U faqat o‘lja tutgan yirtqichday qotilligidan rohatlanar edi. Aslida, har qanday nevrologik, psixik kasalliklarning xurujiga jamiyatdagi omillar, shaxslar sabab bo‘ladi. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 33 | 2023 https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary Scientific Journal December, 2023 107 Ushbu asarda ham Normatning jazavaga tushishiga, ruhiy kasalligi zo‘rayishiga, afaziyaning qo‘zg‘alishiga Biydi momoning gapso‘zlari ham sabab bo‘ladi. Har qanday erkak kishi xiyonatni kechira olmaydi, sevganining bevafoligidan ruhiy zarba oladi. Ammo urush odamlari orasida faqatgina Normatning hayoti shunday emas edi. Normat Mallaboyning uyida tunab, uning hayotini eshitib, xotinini kechirish niyatida uyiga qaytmoqchi bo‘lganida ham Biydi momo uni g‘urursizlikda ayblaydi, uni yana ruhiy qiynoqqa soladi. Normatni davolasa bo‘lar edimi? Avvalo, u o‘zi sevgan oilasiga qaytdi, sevgan ishi bilan shug‘ullanishni niyat qilib qaytdi. U xotinining xiyonatini kechirish haqida o‘ylagan ham edi, u bolalarini tirik yetim qilishni istamadi, ammo muhit, jamiyat unga shafqatsizlik qildi. Asar “Urush odamlari” deb nomlanadi, urush paytida boshqacha yakun topishi mumkinmidi? Urush oqibatida Normat kabi aqlli, sheryurak yigitlar ruhiy majruh bo‘lib qolgani ishonarli tasvirlangan. Bunday ruhiy xasta inson esa urush davrida yashab keta olmasligi haqqoniy ko‘rsatilgan. Urush odamlari ichida Normat kabi miya shikastlanishiga uchraganlar talaygina edi. Bu urushning eng shafqatsiz, eng fojiaviy tomonidir. Xulosa Inson miyasi uning nutqi bilan chambarchas bog‘liqligi falsafada, xususan, tilshunoslikda o‘z isbotini topgan. Miya substratida lisoniy belgi nutqiy faoliyatga, muloqotga olib kelinadi, ya’ni inson miyasi lingvistik muamala, munosabatlar bilan aloqador sanaladi. Til sistemasi inson miyasida belgilar ko‘rinishida mavjud bo‘lib, nutqiy faoliyatda kodlash va dekodlash jarayonlari yuzaga keladi, qolaversa, miya qismlarida voqeahodisalar haqidagi axborotlar kodlash va dekodlash bilan bog‘liq kechadi. Neyrolingvistika tilga ega bo‘lgan shaxsning til vositasidan miya faoliyatining buzilishi orqali chetga chiqish holatlari bilan shug‘ullanib, muloqotdagi murakkab omillarni tadqiq etadi. Bu esa har bir individning ichki holatlariga, ong va ruhiyatiga e’tibor qaratadi deganidir. Shunday qilib, neyrolingvistika nutqiy faoliyatning yuzaga kelishi, faoliyat ishtirokchilarining birbirini anglashda muhim omil bo‘lgan miya mexanizmini o‘rganuvchi sohadir. Bu fan miya neyronlarining til GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 33 | 2023 https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary Scientific Journal December, 2023 108 bilan bog‘liq funksiyalarini o‘rganib, nevrologiya, psixologiya va lingvistikaning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Neyrolingvistika tilshunoslikning zamonaviy sohasi sifatida kelgusida qator tadqiqotlarni kutib turibdi. Inson miyasini to‘liq o‘rganib bo‘lmaganidek, uning nutqini ham mukammal o‘rganib bo‘lmaydi. Ammo jamiyat taraqqiyoti bilan insonlar ongidagi rivojlanishlar bu sohaning kundan kunga kengayib borayotganini ko‘rsatadi. Bugungi kunda tibbiyot sohasi ham jadal rivojlanib bormoqda. Neyropsixologik kasalliklar chuqur o‘rganilib, muolaja, doridarmon, preparatlar ishlab chiqilmoqda. Olib borilayotgan neyrolingvistik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson miyasi nihoyatda murakkab, individual tuzilma bo‘lib, undagi lingvistik belgilar ham o‘ziga xos sistemadir. Inson miya faoliyatini tadqiq etish qadimdan qanchalik qiziqarli bo‘lgan bo‘lsa, shunchalik murakkab ham sanalgan. Endilikda tadqiqotchilar zimmasida turgan vazifa neyrolingvistik hodisalarni o‘rganish va neyropsixik kasalliklarning oldini olish va davo choralarini ishlab chiqishda ko‘maklashishdan iborat. Ushbu ishimizda “Urush odamlari” qissasi bosh qahramoni – Normatning neyropsixik holatlarini tahlil qilib, har bir individ o‘ziga xos fiziologik, ruhiy jihatlarga ega bo‘lishining, qolaversa, inson miyasiga jamiyatdagi har bir o‘zgarish, albatta, ta’sir o‘tkazishining guvohi bo‘ldik. Yozuvchi har qanday asarni hayotdan, jamiyatdan oladi. Jamiyatdagi Normat kabi miya buzilishini boshdan kechirgan insonlarga yordam berish, hayotga qaytarish jamiyat har bir vakilining burchidir. Neyrolingvistika nutq va miya faoliyatini o‘rganar ekan, har bir nutqning miya uchun ijobiy va salbiy tomonlari borligini ham nazarda tutadi. Zero har qanday til birligi miyaga ta’sir o‘tkazadi, har qanday miyada esa nutq uchun mexanizmlar ishlaydi. Shuning uchun “O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir” deyishgan. Neyrolingvistika miya hujayralari va til hodisalari birlashishidan hosil bo‘lgan psixolingvistikaning muhim tarmog‘idir. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 33 | 2023 https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary Scientific Journal December, 2023 109 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Mo‘minov S. Muloqot mezoni. –Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2004. 2. Mo‘minov S. O‘zbek muloqot xulqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari// Filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya. Toshkent-2000. 3. Psixolingvistika. O‘quvuslubiy majmua. –Toshkent: Universitet, 2011. 4. Usmonova Sh. Psixolingvistika. O‘quv qo‘llanma. –Toshkent: Universitet, 2015. 5. N. Eshonqul. Urush odamlari. –Toshkent: “Yangi nashr”,2019.-B.43,152-153.