scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'RTA OSIYO OLIMLARINING GRAFIKA FANINING RIVOJLANISHIGA QO'SHGAN HISSASI

To'lanboyeva, Layloxon Iqboljon qizi

Abstract

Ushbu maqolada O‘rta Osiyo olimlarining grafika fanining shakllanishi va rivojlanishiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr al-Farobiy, Abul Vafo Buzjoniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Kamoliddin Behzod, Jamshid al-Koshiy va zamonaviy ustalarning ilmiy merosi grafik tasvirlar, geometrik yasash usullari va proyeksiya metodlari nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Maqola O‘rta Osiyoda ilm-fan va san’atning rivojlanishida grafik tafakkurning tutgan o‘rni hamda uning hozirgi davr muhandislik va texnik ta’limidagi ahamiyatini yoritadi.

Full text

ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 26 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17486194 O‘RTA OSIYO OLIMLARINING GRAFIKA FANINING RIVOJLANISHIGA QO‘SHGAN HISSASI To‘lanboyeva Layloxon Iqboljon qizi Andijon davlat pedagogika instituti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishi talabasi [email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada O‘rta Osiyo olimlarining grafika fanining shakllanishi va rivojlanishiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad alFarg‘oniy, Abu Nasr al-Farobiy, Abul Vafo Buzjoniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Kamoliddin Behzod, Jamshid al-Koshiy va zamonaviy ustalarning ilmiy merosi grafik tasvirlar, geometrik yasash usullari va proyeksiya metodlari nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Maqola O‘rta Osiyoda ilm-fan va san’atning rivojlanishida grafik tafakkurning tutgan o‘rni hamda uning hozirgi davr muhandislik va texnik ta’limidagi ahamiyatini yoritadi. Kalit so‘zlar: grafika, O‘rta Osiyo, chizma geometriya, proyeksiya, tarix, Farobiy, Beruniy. ABSTRACT This article analyzes the contribution of Central Asian scholars to the formation and development of graphic science. The scientific heritage of Muhammad alKhwarizmi, Ahmad al-Farghani, Abu Nasr al-Farabi, Abul Wafa al-Buzjani, Abu Rayhan al-Biruni, Abu Ali Ibn Sina, Kamoliddin Behzod, Jamshid al-Kashi, and ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 27 modern masters is studied from the perspective of graphic representation, geometric construction methods, and projection techniques. The article highlights the role of graphic thinking in the development of science and art in Central Asia and its importance in modern engineering and technical education. Keywords: graphics, Central Asia, descriptive geometry, projection, history, Farabi, Beruni. АННОТАЦИЯ В данной статье анализируется вклад учёных Средней Азии в становление и развитие графической науки. Научное наследие Мухаммада аль-Хорезми, Ахмада аль-Фаргани, Абу Насра аль-Фараби, Абу-ль-Вафы Бузжани, Абу Райхана Беруни, Абу Али ибн Сины, Камолиддина Бехзода, Джамшида аль-Каши и современных мастеров рассматривается с точки зрения графических изображений, методов геометрических построений и проекционных технологий. В статье раскрывается роль графического мышления в развитии науки и искусства Средней Азии, а также его значение в современном инженерном и техническом образовании. Ключевые слова:графика, Средняя Азия, начертательная геометрия, проекция, история, Фараби, Беруни. Grafika — inson tafakkurining moddiy ifodasi, ilm-fan, san’at va texnikaning ajralmas qismi hisoblanadi. O‘rta Osiyo olimlari nafaqat matematika, astronomiya va falsafa sohalarida, balki grafika fanining nazariy asoslarini yaratishda ham ulkan hissa qo‘shganlar. Ularning chizmalar orqali ifodalangan ilmiy qarashlari keyinchalik chizma geometriya, muhandislik grafikasi va texnik loyihalashning rivojlanishiga zamin yaratdi. Grafikaning rivojlanishiga yunon olimlaridan kam bo‘lmagan darajada hissa qo‘shganlar. Amerikalik sharqshunos D. Sarton ta’riflaganidek, «Barcha zamonlarning buyuk matematiklaridan biri, algebra fanining asoschisi. astronomi ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 28 o‘zbek xalqining farzandi Muhammad al-Xorazmiydir (783-850)». 1 U Arifmetika, astronomiya, tarix, geografiya, tibbiyot va boshqa sohalarga doir asarlar yozdi, o‘rta asr sharqida birinchi bor Sayyoralar-ning harakatini aniq hisoblab, zij matematik va astranomik jadvallarni tuzdi. Shu bilan birga, Xorazmiy grafikaning rivojlanishiga beqiyos hissa qo‘shdi. U o‘zining matematikaga doir risolalarini formulalar yordamida emas, balki chizmalar yordamida talqin etdi. U «Yer surati» asaridagi xaritalarni o‘zi chizdi va unga sharhlar yozdi. Xorazmiy yaratgan «Al-Jabr Al-Muqobalandan yer o‘lchash, kanallar qazish va boshqa ishlarda foydalanildi. U «Muqobil va algebrani hisoblash» nomli kitobida kub, parallelepiped, konus, piramida sirtlarini kvadrat va uchburchak asosida chizmalar yordamida aniqlashni maslahat berdi. Buyuk o‘zbek astronomi, matematigi va geografi O‘rta asr Yevropa ilmiy adabiyotida Al’fraganus deb atalgan Abul Abbos Ahmad Farg‘oniy (IXasr) Bog‘doddagi «Bavt-ul-hikmat qoshidagi rasadxonaning olib borilgan kuzatuv ishlarida qatnashgan. Uning asarlarida juda ko‘p chizmalar bo‘lib, ulardan biri astur-lob va markaziy proyeksiyalash uskunasi ko‘pchilikka ma’lum. Buyuk qomuschi olim xalq orasida ikkinchi Aristotel deb atalgan Abu Nasr al-Farobiy (873-950) fanning deyarli hamma sohasi bo‘-yicha 180 dan ortiq risola yozgan va tadqiqotlar qilgan. Ularning ichida grafikaga bevosita alo-qador bo‘lgan geometriya, stereometriya, as-tronomiya, optika, mexanika, arxitektura va boshqa sohalar bo‘yicha asarlari bor. Uning fikricha geometrik chizma (ilm-alHandasa) hamma fanlar bilan uzviy bog‘liq. Farobiyning «Fanlarning kelib chiqishi va tasnifi» nomli asari ik-kinchi qismining grafikaga bevosita bog‘liq bo‘lgan qismida geometriya haqida, uchinchi qismida esa kuzatish haqidagi fan (optika) haqida ma’lumot berilgan. Hozirda u chiziqli perspektiva deb o‘rganiladi. Farobiy arxitektura loyihasining asosini muhim geometrik yasash usullari tashkil etishini aniqlab, o‘zining «Ma’naviy mohir usullari va geometrik shakllarning tabiiy nozik sirlaris kitobini yozdi. Unda turli geometrik shakllar doira, uchburchak, to‘rtburchak, kvadrat, kub, ko-nus, silindr, prizma, sferalarni hamda parabola va boshqalarni chizish us-ullari ustida 1 “Amerikalik sharqshunos D. Sarton ta’riflaganidek, «Barcha zamonlarning buyuk matematiklaridan biri, algebra fanining asoschisi… Muhammad al-Xorazmiydir (783–850)».” ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 29 to‘xtaladi. Farobiyning «Kitob al-Xiyal ar-ruxoniyma va as-ror attabiiyya fida koik alashkal al-Xansiyya» nomli 10 kitobdan iborat asarida geometrik yasashning 130 ta masalalari turli variantlarda keltiril-gan va ularni yechishning eng oson yo‘llari chizmalar orqali ko‘rsatilgan. Olim moddiylikning xarakterli xususiyati va belgisi deb uchta o‘l-chovni bo‘yi, eni va chuqurligini hisoblaydi. Me’morchilikdan yaxshi xabardor bo‘lganligi sababli uning «Ilm-al-Xiyal kitobi amaliy san’at, shu jumladan, arxitekturani ham o‘z ichiga oluvchi juda keng ma’noga ega asardir. Shunga ko‘ra, alFarobiy «Ko‘p sonli geometrik mohir usullar borki, ular а - asturlob shaklini hosil qilishda qo ‘llangan va Ahmad al-Farg ‘oniy teoremasiga bajarilgan IX asr chizmasi; b - shu chizmaning aksonometrik talqini. orasida rayisa -al-bina, ya’ni bino va inshootlarning loyihasini chizish orqali qurilishga rahbarlik qilish san ‘ati yotadi» degan. Farobiyning «Fazilatli madaniyat (shahar) ahli» nomli kitobida shahaming tarkib topishi haqida fikr yuritilgan. U fozil shaharni sog‘lom tanaga o‘xshatadi, insonlami yashash uchun ideal sharoit yaratishini ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 30 orzu qiladi. Uning arxitektura haqidagi tadqiqot va fikrlari Sharq arxitekturasi shu jumladan, Markaziy Osiyo arxitekturasi tadqiqotlarida muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari u Yevklidning «Negizlannga., Ptolomeyning «Almagest» asariga sharhlar yozgan. Uning asarlari, tadqiqotlari grafikaning rivojlanishiga bevosita muhim ta’sir ko‘rsatdi. Grafikaning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shgan buyuk olimlardan yana biri Xurosonlik matematik Abul Vafo Muhammad ibn Yah’yo ibn Abbos al Buzjoniy 1 (940-998) dir. U avvalo qadimgi yunon olimlarining asarlarini tarjima qilish bilan shug‘ullandi. U yaratgan ilmiy asarlari matematika va grafika fanini yanada rivojlantirshda muhim rol o‘ynadi. Ushbu asarlarda chizmachilikning nazariy asoslari berilgan. Uning «Hunarmandlar uchun geometrik handasaviv yasashlar haqida»gi 13 bobdan iborat risolasi «Chizg‘ich», «Sirkul va uchburchaklik haqida» nomli boblar bilan boshlangan. Unda shu asboblar va ulami yasash to‘g‘risida keng ma’lumotlar berilgan. Asaming mazmuni, asosan, geometrik yasashlarga bag‘ishlangan. Abul Vafo Buzjoniy ham Al-Farobiy kabi yonuvchi oynaklarga tegishli bo‘lgan ikkita parabola shablonlarini yasash metodlarini keltirib o‘tdi. Geometrik yasashga doir usullar yer o‘lchash, me’morchilik va hunarmandchilikka doir masalalar asosida tarkib topgan. Buzjoniy o‘z kitoblarida 200 ga yaqin geometrik naqshlar yechimi to‘g‘risida yozib qoldirgan. Ulardan birida qurilish va geometrik naqsh yechimlari to‘g‘risida yozilgan va u hozirda Parijdagi muzeyda saqlanmoqda. Buzjoniy o‘zining kitoblarida aylanani uchga, beshga bo‘lishning eng sodda yo‘llarini keltirgan. Bu o‘sha davr uchun katta ahamiyatga ega. O‘rta asrning buyuk siymolaridan yana biri olim Abu Rayhon Beruniy Ibn Ahmad (973-1048) dir. Bu buyuk qomuschi olim hamma fanlar bilan mukammal shug‘ullangan va bu fanlarning rivojlanishiga o‘zining yuzdan ortiq ilmiy kashfiyotlari bilan katta hissa qo‘shgan. Yevklidning «Negizlar» nomli va Ptolomeyning «Almagest» nomli asarini hind tili - sanskrit tiliga tarjima qildi. Panjobda Nandna qal’asi yonida Yer shari meridiani bir gradusning uzunligini o‘lchadi va u 110,895 km ekanligini aniqladi. U hozirgi zamonaviy asboblar bilan o‘lchanganda 111,1 km ga teng. Beruniy yoshlik chog‘laridayoq astronomik asbob-devor kvadratlarini yasagan. 1 “Buzjoniy o‘z kitoblarida 200 ga yaqin geometrik naqshlar yechimi to‘g‘risida yozib qoldirgan.” ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 31 U o‘zi yasagan asboblari yordamida astronomik o‘lchash ishlarini olib borgan. Astronomiyaga oid bo‘lgan trigonometriya va sferik trigonometriyada qilgan ko‘p kashfiyotlari «Qommi M a ‘sudiy» nomli shoh asarida bayon qilingan. «Hindiston» asarining XV, XXIII va XXIV boblarida geometriyaga doir masalalar bayon etilgan. Uning ko‘p asarlaridan talaygina grafik tasvirlar o‘rin olgan. «Geodeziya» asarida 69 ta chizmaning illustratsiya tarzida berilishi chizmalar mohiyatini juda qadimdan tan olinganligini bildiradi. Beruniyning matematikaga tegishli «Trigonometrik funksiyalarni soddalashtirish», « Yulduzlarni tekislikda tasvirlash», «Sferik yoyni aniqlash haqida», «Sfera nuqtalarini tekislikda tasvirlash», «Yevklid ishlariga izohlar» kabi asarlari ham grafika bilan bevosita bog‘liqdir. Abu Rayhon Beruniy o ‘z ilmiy ishlarida proyeksiyalar metodini tatbiq etib, chizmalar chizgan va ulardan foydalangan. U biror jismni tasvirlovchi chizmani chizishda uning ko‘rinishlariga e’tibor berilishiga to‘xtalib shunday deydi: «To‘g‘ri burchakli oltiyoqlik ichida uning biror tarafiga qarab bir jonivor turibdi deb faraz qilinsa, и holda yoqlar jonivorning oldi, orqasi, о ‘ngi, so ‘li, usti va osti bo ‘ladi». Beruniy o‘z ilmiy ishlarida foydalangan asboblami chizmalar yordamida yasagan. Uning 1257-yilda yozilgan «Attaxim» kitobida Yer sathining Sharqiy yarim shar xaritasi tasviri berilgan. Tasvir hozirgi zamonning shu taxliddagi xaritalariga solishtirish mumkin bo‘lishi uchun asl nusxa 180° ga burilgan holatda berilgan. Olim markaziy proyeksiyalash usulidan foydalangan holda o‘zining «Mas ‘udqonuni» asarida kartografik proyeksiyalar usuliga keng to‘xtalib o‘tgan. Bu asarda u Yemi go‘yo shar qiyofasidagi bir geometrik jism deb qarab, uning tekislikdagi tasvirini hosil qilish borasida ko‘p ishlar qilgan. U Yemi doira orqali tasvirlash uchun 90 ta konsentrik aylana va shu aylanalar markazidan tarqaluvchi 300 ta nur ishtirokida hosil qilingan. proyeksiya orqali ifoda etishni taklif qilgan. Bunda konsentrik aylanalar, parallellar markazidan tarqaluvchi nurlar meridianlar vazifasini o‘tagan. Hozirgi paytda bu usul Beruniydan deyarli 500 yil keyin yashab o‘tgan Postelning nomi bilan bog‘liq bo‘lgan holda «Postelning qutbiy azimutalproyeksiyasi» deb ataladi. Abu Rayhon Beruniy fazoviy obyektlami tavsiflashda Farobiy kabi uchta o‘lchovdan keng foydalangan. «Mineralogiya» nomli mashhur asarida minerallaming qiyofasini ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 32 ta’riflashda konus, ko‘pyoq, nuriya, havoiy so‘zlaridan foydalanadi. Bu yerda «Nuriya» (alangasimon) sirt arabcha «tetraedr», «havoiy» esa «oktaedr» ma’nosida berilgan. Abdurahmon al-Xaziniy o‘zining «Hikmatlar mezoni» kitobida o‘z davriga mansub (XII asr) fizikaga doir bir qancha asboblaming chizmalarini beradi. Sharqning ilk o‘rta asr buyuk olimlaridan yana biri o‘z davrining yetuk tabibi Abu ali ibn Sino (980-1037)dir. U meditsina sohasida yirik asarlar yaratish bilan birga astronomiyaga tegishli va falsafiy asarlar yaratdi, ilmiy kashfiyotlar qildi. Ibn Sino o ‘z ilmiy faoliyatida tasvirlar chizish nazariyasini kashf etib, ancha yuqori darajadagi chizmalar chizishni tavsiya qilgan. Uning «Me ‘yorul Okul» kitobida 8 ta qiyshiq burchakli proyeksiya bilan tasvirlangan chizmalar mavjud. Bu chizmalarda aksonometrik proyeksiya, kompleks chizma va sxemalardan foydalangan. Ibn Sino o‘zining risolasida doiraviy silindr sirtida qanday qilib vint chizig‘ini hosil qilish mumkinligini bayon qiladi. Uning «Ong о’Ichami» nomli kitobi mashina mexanikasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda beshta sodda detal chizmasi berilgan: mashina darvozalari, blok, richag, dastak, vint va ponalar mavjud. Alisher Navoiyning zamondoshi buyuk o‘zbek musavviri Kamoliddin Behzodning ham grafikaning rivojlanishida hissasi katta. Uning shoh asarini Qohiradagi san’at muzeyida saqlanayotgan Sa’diyning «Bo‘ston», «Guliston» asari tarkibida, Nizomiyning «Hamsa», Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»si tarkibida uchratishimiz mumkin. Uning asarlaridan yirik to‘plam tuzilgan bo‘lib, «Muqaddam gulshan» nomi bilan Istambuldagi«Guliston» nomli kutubxonada saqlanmoqda. K.Behzodning «Kitob al-Javohir fi m a ‘rifat al» asaridagi rasm va chizmalar holatini olimlar tahlil qilishga uringanlar. Uning bir asarida 19 ta qurilishga oid hunar egalarini ko‘ramiz. Bu asardagi markaziy planda bino qurilishining bosh me’mori tasvirlangan. Uning qo‘lida qurilayotgan binoning maketi. Demak, eski ustalar binoni qurishda oldindan tayyorlab qo‘yilgan maket va chizmalardan foydalanishgan. K. Behzodning miniaturasida tasvirlar ikkilamchi proyeksiyalar orqali ifoda etilgan. Demak, chizmada aksonometrik proyeksiyalami tatbiq etishda, chizmalar birdaniga emas, ikkilamchi proyeksiyalar vositasida ham hosil qilingan. Ayniqsa, ko‘plab asarlarida aksonometrik proyeksiyalarning talqin ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 33 qilinishi uning ijodi chizma geometriya qoidalariga bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Xalq me’morchiligida «Muhandislar sultoni» nomli unvonga sazovor bo‘lgan atoqli matematik, astronom Jamshid ibn Mas’ud ibn Mahmud G‘iyosiddin Koshiy (XV asr) ham fanning ko‘p sohalari bilan, shu jumladan, grafika bilan ham shug‘ullangan. AlKoshiyning «Aylana haqida risola» asari aylana uzunligining o‘z diametriga nisbati, ya’ni « п » sonini hisoblashga bag‘ishlangan. U «п» (pi) sonining 17 xonali qiymatini shu sohadagi Yevropa olimlaridan 200 yil ilgari topgan. Uning asarlari shuni ko‘rsatadiki, o‘rta asrlarda 0 ‘rta Osiyodagi fanning rivojlanish darajasi o ‘sha davrdagi G‘arbiy Yevropadan bir necha yuz yillar o‘tib ketgan. Al-Koshiy o ‘zining «Hisob kaliti» asarida ko‘p burchaklar haqida shunday deydi: «Ko‘pburcluik bu shunday sirtdan iboratki, to‘rltadan ortiq, to‘g‘ri chiziqlar bilan chizilgan. Masalan, beshburchak, oltiburchak, yettiburchak, sakkizburchak va hokazo. Ular teng tomonli va teng burchakli yoki har xil tomonli voxud bir xil lari teng, ayrimlari esa har xil yo‘nalgan. Birinchisida kо’pburchak tomonlariga urinma bo ‘Igan doira chizish mumkin, uni ikkinchisidan ayrimlariga ham о ‘tkazish mumkin (G‘. Koshiy «Hisob kaliti», 114-119-betlar). Al-Koshiyning asarida bayon qilinishicha, to‘g‘ri burchakli uchburchak va muntazam ko‘pburchaklami, shu jumladan, qavariq va yulduzcha ko‘rinishidagi shakllami yasash, aylanani 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 bo‘lakka bo‘lishdan kelib chiqadi. Aniq yasash mumkin bo‘lgan ko‘pburchaklar quyidagilardir: 3, 4, 5, 6, 8, 10, 12, 15, 16, 17, 20, 24 burchak va hokazo. Aniqlikda yasalishi uchun qoidasi bo‘lmagan ko‘pburchaklar quyidagilar: 7, 9, 11, 13, 14, 18, 19, 21, 22, 23 burchak va hokazo. Bu bayonda o‘rta asr matematigi asosiy shakllarga: to‘rtburchakni, «ikki qo‘lli», «ikki oyoqli», «arpa doni», «chasha» va «bodom»larga qo‘shishi qiziqarlidir. Al-Koshiy me’morlar va duradgorlarga bu shakllami qurilish ishlarida ko‘plab tatbiq qilishni dalil sifatida chizib ko‘rsatadi. Uning geometrik shakllarning yuzasini hisoblash usuli bino devorlarini suvash ishlarida muhim bo‘lib, «Qobusnoma» (XI asr)da aytilgan eskicha, istalgan shaklni uchburchaklarga bo‘lib, yuzasini aniqlash qoidasiga mos keladi. ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 34 Xulosa O‘rta Osiyo allomalari grafika fanining shakllanishi va rivojlanishida beqiyos hissa qo‘shganlar. Ularning ilmiy ishlari nafaqat o‘z davrida, balki bugungi zamonaviy chizma geometriya, muhandislik grafikasi va kartografiya fanlarining poydevorini yaratgan. Muhammad al-Xorazmiy – matematik formulalarni chizmalar orqali ifodalash, xaritalar chizish va geometrik shakllarni tahlil qilishda yangi usullarni joriy etgan. Ahmad al-Farg‘oniy – astronomik kuzatishlarda grafik tasvirlardan foydalangan, asturlob qurilmasining chizmalarini yaratgan va markaziy proyeksiya usulini qo‘llagan. Abu Nasr al-Farobiy – geometrik shakllar yasashning nazariy asoslarini ishlab chiqqan, optika va proyeksiya qonunlarini izohlagan, chiziqli perspektiva g‘oyasini ilgari surgan. Abul Vafo Buzjoniy – chizmachilik asboblari (sirkul, chizg‘ich, uchburchak) bilan geometrik yasash usullarini ishlab chiqqan, 200 dan ortiq geometrik naqshlarning chizmalarini yaratgan. Abu Rayhon Beruniy – proyeksiya metodini ilmiy ishlarida qo‘llab, Yerning xaritasini markaziy proyeksiyada chizgan, geometrik va sferik tasvirlarni aniq matematik asos bilan bog‘lagan. Abu Ali ibn Sino – proyeksion chizmalar va aksonometrik tasvirlardan foydalangan, mexanik qurilmalarning chizmalarini ishlab chiqqan. Kamoliddin Behzod – miniatyura san’atida chizma geometriya tamoyillarini qo‘llagan, aksonometrik proyeksiyalar orqali fazoviy ifodani kuchaytirgan. Jamshid al-Koshiy – geometrik shakllarni aniqlash va o‘lchash usullarini ishlab chiqqan, ko‘pburchaklarning chizilish va hisoblash metodikasini takomillashtirgan. O‘rta Osiyo allomalari merosi grafika fanining tarixiy ildizi va rivojlanish manbai sifatida beqiyos ahamiyat kasb etadi.