BOSHOQDAGI BOSHOQCHALAR VA DON SONIGA EKISH USULI VA O'G'ITLASH TIZIMLARINING TA'SIRI
Abstract
Ushbu maqolada olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida ikki xil ekish usuli, mineral o‘g‘itlar me’yori hamda ildizdan tashqari qo‘llanilgan temir tarkibli qo‘shimcha o‘g‘itlarning boshoqdagi boshoqchalar, don soni va don shakllanishiga ijobiy ta’siri o‘rganildi.
Full text
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 42 O‘O‘T:633.31/37;631.84 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17486314 BOSHOQDAGI BOSHOQCHALAR VA DON SONIGA EKISH USULI VA O‘G‘ITLASH TIZIMLARINING TA’SIRI Nurbekov Aziz Isroilovich Toshkent davlat agrar universiteti professori Begimqulova Dilnoza Meyliyevna Sabzavot poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy tajriba stansiyasi laboratoriyasi mudiri https://orcid.org/0009-0007-6218-7906 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida ikki xil ekish usuli, mineral o‘g‘itlar me’yori hamda ildizdan tashqari qo‘llanilgan temir tarkibli qo‘shimcha o‘g‘itlarning boshoqdagi boshoqchalar, don soni va don shakllanishiga ijobiy ta’siri o‘rganildi. Kalit so‘zlar: Kuzgi bug‘doy, ekish usuli, bargdan oziqlantirish, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, bitta boshoqdagi boshoqchalar soni, bitta boshoqdagi donlar soni, boshoqchada don shakllanishi. АННОТАЦИЯ В результате научных исследований, проведенных в данной статье, изучено положительное влияние двух различных способов посадки, норм минеральных удобрений и некорневой подкормки железосодержащими удобрениями на количество колосков в колосе, количество зерен и озерненность.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 43 Ключевые слова: Озимая пшеница, способ посева, некорневая подкормка, подкормка минеральными удобрениями, число колосков в колосе, число зерен в колосе, озерненность колоса. ABSTRACT As a result of scientific research conducted in this article, the positive effects of two different planting methods, mineral fertilizer rates, and foliar application of ironcontaining fertilizers on the number of spikelets per spike, grain number, and grain formation were studied. Keywords: Winter wheat, planting method, foliar feeding, feeding with mineral fertilizers, number of spikelets per spike, number of grains per spike, grain formation in the spike. Kirish. Dunyo bo‘yicha oxirgi yillarda bug‘doy ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha boshoqli don ekinlari orasida sholi va makkajo‘xoridan keyin uchinchi, oziq-ovqat uchun ekiladigan boshoqli don ekinlari orasida esa ikkinchi o‘rinda turadi. Hozirgi kunda 220 million gektar maydonda bug‘doy yеtishtirilib, zamonaviy intensiv texnologiyalarni qo‘llash natijasida hosildorlik 3,6 t/ga va yalpi hosil 798,9 million tonnani tashkil etmoqda 1 . Boshoqli don ekinlarini tuproqqa ishlov bermasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri (No-till) ekish usulini qo‘llagan holda ekish tuproq eroziyasining oldini olib, qo‘llaniladigan asosiy o‘g‘itlar (NPK)dan foydalanish samaradorligini oshirish uchun o‘simliklar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlashtiriladigan mezo (Ca, Mg, S) va mikro (B, Mo, Cu, Zn, Fe, Mn) elementli o‘g‘itlarni bargdan oziqlantirish orqali o‘g‘itlardan nomutanosib va samarasiz foydalanish kabi ekologik muammolarni oldini oladi. Kuzgi bug‘doyning don sifatini yaxshilashda, uni oziqlantirishning o‘suv davrida ozuqa moddalariga (ayniqsa, mikroelementlarga) bo‘lgan ehtiyoj eng yuqori bo‘lgan 1 https://www.fao.org/faostat/en/#data/QCL
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 44 uchta asosiy muhim bosqichni ajratib ko‘rsatish mumkin: 1. Uchta barg (bargdan oziqlantirish o‘simlikning qishlash uchun tayyorlanishini ta’minlaydi); 2. Tuplash (barglardan oziqlantirish morfologik jarayonlarni faollashtiradi); 3. Naychalash (bargdan oziqlantirish don shakllanishi va rivojlanishi jarayonlarini sifatli tuzatadi). Shuning uchun kuzgi bug‘doy mikroo‘g‘itlar bilan oziqlanadi, odatda kuzda 3 - 5 barg fazasida va bahorda - tuplash oxirida va poyadagi ikkinchi bo‘g‘in shakllangan fazalarida [2]. Kompleks o‘g‘itlarni kuzgi bug‘doyga qo‘llanilganda, boshoq uzunligi, boshoqdagi boshoqchalar soni va asosiy boshoqdagi donlar soni ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, 1000 dona don massasi 55,0 g gacha, ya’ni nazorat variantga nisbatan 1,2 g ga yuqori bo‘lishini ta’minlagani aniqlangan [3]. Bangladeshda o‘tkazilgan tadqiqotlarda ildizdan tashqari oziqlanitirish bug‘doy barg sathi indeksi, quruq modda ishlab chiqarishi va xlorofill miqdori (18,0-18,4), 1m2 mahsuldor poyalar soni (243-250 dona), boshoqdagi boshoqchalar soni (17-18 ta), boshoqdagi don soni (47-48 ta), 1000 dona don massasi (3,2-4,6 g) va hosildorlik ko‘rsatkichlari (3,01-3,03 t/ga) nazorat variantga nisbatan ijobiy ta’sir qilgani aniqlangan [4]. Tadqiqotning maqsadi: Kuzgi yumshoq bug‘doyning bitta boshoqdagi boshoqchalar va don soniga ekish usuli va mineral o‘g‘itlar meyori ta`sirida ildizdan tashqari qo‘llanilgan temir tarkibli o‘g‘itlar bilan bargdan oziqlantirish samarali bo‘lgan agrotadbirlarini ishlab chiqish. Tadqiqot ob’ekti: Sifatida Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Ya.Omonov hududidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining tajriba uchaskasi och tusli bo‘z tuproq sharoitlari kuzgi yumshoq bug‘doy va temir tarkibli o‘g‘itlar tanlangan.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 45 Tadqiqot uslublari. Tadqiqotlar dala va laboratoriya sharoitlarida olib borildi. Dala tadqiqotlari sobiq O‘zPITI ning «Dala tajribalarni o‘tkazish uslublari»dan foydalanilgan. Natijalar: Uch yil davomida olingan natijalarga muvofiq kuzgi bug‘doy Shukrona navi bitta boshoqdagi boshoqchalar soniga urug‘larni ekish usuli hamda mineral oziqlantirish tizimi bevosita ta’sir qilgani aniqlandi. Jumladan, an’anaviy ekish usuli (SZU-3,6 seyalkada) da bitta boshoqdagi eng kam boshoqchalar soni nazorat mineral o‘g‘it (NPK) qo‘llanilmagan variantda 11,4 dona bo‘lgani aniqlandi, shuningdek, mineral o‘g‘it N180P90K60 va N210P105K75 kg/ga hisobidan qo‘llanilgan variantlarda ildizdan tashqari qo‘shimcha oziqlantirish qo‘llanilgan variant sharoitiga nisbatan kam 13,6 va 14,6 dona boshoqcha shakllangani qayd etilgan (3.5.1-jadval). Nazorat mineral o‘g‘it (NPK) qo‘llanilmagan variantda kuzgi bug‘doy o‘simligiga o‘suv davrida ildizdan tashqari qo‘shimcha oziqlantirish qo‘llanilgan variantlar sharoitida, jumladan urug‘larni an’anaviy ekish usuli, nazorat (o‘g‘it qo‘llanilmagan) variantda nazorat (suspenziya sepilmagan) variantga nisbatan bitta boshoqdagi boshoqchalar soni Karbamid o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 1,8 donaga, Temir kuporasi o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 2,2 donaga, Combi Fe o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 2,4 donaga, Temir UDK o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 2,0 donaga ko‘p bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Demak, kuzgi yumshoq bug‘doy vegetatsiya davrida an’anaviy o‘g‘itlash (bevosita tuproqqa) qo‘llanilmagan bo‘lsa ham, biroq ildizdan tashqari qo‘shimcha oziqlantirish hosil elementlari shakllanishiga ijobiy ta’siri aniqlandi.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 46 1-jadval Bitta boshoqdagi boshoqchalar va don soni, dona/o‘simlik (2022-2024 yy.) № Ekish usuli O‘g‘it me’yorlari Suspenziya turi Bitta boshoqdagi boshoqchalar soni, dona Bitta boshoqdagi donlar soni, dona Boshoqchada don shakllanishi, don/bosh-cha 1 An’anaviy ekish Nazorat (o‘ g‘ itsiz) Nazorat 11,4 26,5 2,3 2 Karbamid 13,2 33,6 2,6 3 Temir kuporasi 13,6 37,7 2,8 4 Combi Fe 13,8 38,7 2,8 5 Temir UDK 13,4 35,5 2,6 6 N180P90K60 Nazorat 13,6 34,3 2,5 7 Karbamid 14,8 45,0 3,0 8 Temir kuporasi 15,0 44,0 2,9 9 Combi Fe 15,2 48,9 3,2 10 Temir UDK 14,9 45,4 3,0 11 N210P105K75 Nazorat 14,6 38,1 2,6 12 Karbamid 15,4 50,9 3,3 13 Temir kuporasi 15,6 49,9 3,2 14 Combi Fe 15,9 54,4 3,4 15 Temir UDK 15,6 53,1 3,4 16 To‘ g‘ ridan-to‘ g‘ ri ekish Nazorat (o‘ g‘ itsiz) Nazorat 12,2 31,7 2,6 17 Karbamid 14,0 39,3 2,8 18 Temir kuporasi 14,4 41,2 2,9 19 Combi Fe 14,6 43,5 3,0 20 Temir UDK 14,2 39,7 2,8 21 N180P90K60 Nazorat 14,4 39,1 2,7 22 Karbamid 15,6 47,6 3,1 23 Temir kuporasi 15,8 48,6 3,1 24 Combi Fe 16,0 52,4 3,3 25 Temir UDK 15,7 47,9 3,0 26 N210P105K75 Nazorat 15,4 41,9 2,7 27 Karbamid 16,2 54,4 3,4 28 Temir kuporasi 16,4 54,7 3,3 29 Combi Fe 16,7 58,2 3,5 30 Temir UDK 16,4 54,2 3,3
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 47 Olingan ma’lumotlarga qaraganda kuzgi bug‘doy o‘simligining hosil elementlari optimal shakllanishi uchun mineral oziqa sharoiti yaxshilanishi (N180P90K60; N210P105K75) sari bitta boshoqdagi boshoqchalar soni ortishi kuzatildi. Mineral o‘g‘it N180P90K60 kg/ga hisobidan qo‘llanilgan variant nazorat (suspenziya sepilmagan) varianti sharoitida bitta boshoqdagi boshoqchalar soni 13,6 dona, ildizdan tashqari qo‘shimcha oziqlantirish sharoitida Karbamid o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 14,8 dona, Temir kuporasi o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 15,0 dona, Combi Fe o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 15,2 dona, Temir UDK o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 14,9 donani tashkil qilgani ma’lum bo‘lib, nazorat variantga taqqoslaganda farq bo‘lgani aniqlandi. Mineral o‘g‘it N210P105K75 kg/ga hisobidan qo‘llanilgan variant nazorat (suspenziya sepilmagan) variantida bitta boshoqdagi boshoqchalar soni 14,6 donani, ildizdan tashqari qo‘shimcha oziqlantirish qo‘llanilgan variantlarda esa mos ravishda Karbamid o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 15,4 dona, Temir kuporasi o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 15,6 dona, Combi Fe o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 15,9 dona, Temir UDK o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 15,6 donani bo‘lib, nazorat variantga taqqoslaganda farq bo‘lgani qayd etildi. Kuzgi bug‘doyni no-till ekish usulida bitta boshoqdagi eng kam boshoqchalar soni nazorat mineral o‘g‘it (NPK) qo‘llanilmagan variantda 12,2 dona bo‘lgani aniqlandi, shuningdek, mineral o‘g‘it N180P90K60 va N210P105K75 kg/ga hisobidan qo‘llanilgan variantlarda ildizdan tashqari oziqlantirish qo‘llanilgan variantga nisbatan bitta boshoqda kam 3,8 va 4,5 dona boshoqchalar shakllangani kuzatilgan. An’anaviy ekish usuli (SZU-3,6 seyalkada) da bitta boshoqdagi eng kam donlar soni nazorat mineral o‘g‘it (NPK) qo‘llanilmagan variantda 26,5 dona bo‘lgani aniqlandi, shuningdek, mineral o‘g‘it N180P90K60 va N210P105K75 kg/ga hisobidan qo‘llanilgan variantlarda ildizdan tashqari qo‘shimcha oziqlantirish qo‘llanilgan variant sharoitiga nisbatan kam 22,4 va 47,7 dona don shakllangani qayd etilgan.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 48 Nazorat mineral o‘g‘it (NPK) qo‘llanilmagan variantda kuzgi bug‘doy o‘simligiga o‘suv davrida ildizdan tashqari qo‘shimcha oziqlantirish qo‘llanilgan variantlar sharoitida, jumladan urug‘larni an’anaviy ekish usuli, nazorat (o‘g‘it qo‘llanilmagan) variantda nazorat (suspenziya sepilmagan) variantga nisbatan bitta boshoqdagi donlar soni Karbamid o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 7,1 donaga, Temir kuporasi o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 11,2 donaga, Combi Fe o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 12,2 donaga, Temir UDK o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 8,0 donaga ko‘p bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Kuzgi bug‘doy o‘simligining hosil elementlari optimal shakllanishi uchun mineral oziqa sharoiti yaxshilanishi (N180P90K60; N210P105K75) sari bitta boshoqdagi don soni ortishi kuzatildi. Mineral o‘g‘it N180P90K60 kg/ga hisobidan qo‘llanilgan variant nazorat (suspenziya sepilmagan) varianti sharoitida bitta boshoqdagi donlar soni 34,3 dona, ildizdan tashqari qo‘shimcha oziqlantirish sharoitida Karbamid o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 45,0 dona, Temir kuporasi o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 44,0 dona, Combi Fe o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 48,9 dona, Temir UDK o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 45,4 donani tashkil qilgani ma’lum bo‘lib, nazorat variantga taqqoslaganda farq bo‘lgani aniqlandi. Mineral o‘g‘it N210P105K75 kg/ga hisobidan qo‘llanilgan variant nazorat (suspenziya sepilmagan) variantida bitta boshoqdagi donlar soni 38,1 donani, ildizdan tashqari qo‘shimcha oziqlantirish qo‘llanilgan variantlarda esa mos ravishda Karbamid o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 50,9 dona, Temir kuporasi o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 49,9 dona, Combi Fe o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 54,4 dona, Temir UDK o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 53,1 donani bo‘lib, nazorat variantga taqqoslaganda katta farq aniqlandi. Kuzgi bug‘doyni no-till ekish usulida bitta boshoqdagi eng kam donlar soni nazorat mineral o‘g‘it (NPK) qo‘llanilmagan variantda 31,7 dona bo‘lgani aniqlandi, shuningdek, mineral o‘g‘it N180P90K60 va N210P105K75 kg/ga hisobidan qo‘llanilgan variantlarda ildizdan tashqari oziqlantirish qo‘llanilgan variantga nisbatan bitta boshoqda 20,7 va 26,5 donaga kam donlar shakllangani kuzatilgan.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 49 Uch yillik (2022-2024 yy.) o‘rtacha natijalarga muvofiq an’anaviy ekish usuli (SZU-3,6 seyalkada) da boshoqchadagi eng kam don shakllanishi nazorat mineral o‘g‘it (NPK) qo‘llanilmagan variantda 2,3 dona bo‘lgani aniqlandi, shuningdek, mineral o‘g‘it N180P90K60 va N210P105K75 kg/ga hisobidan qo‘llanilgan variantlarda ildizdan tashqari qo‘shimcha oziqlantirish qo‘llanilgan variant sharoitiga nisbatan kam 0,9 va 1,1 dona don shakllangani qayd etilgan. Mineral o‘g‘it (NPK) qo‘llanilmagan nazorat variantda kuzgi bug‘doy o‘simligiga o‘suv davrida ildizdan tashqari qo‘shimcha oziqlantirish qo‘llanilgan variantlar sharoitida, nazorat (suspenziya sepilmagan) variantga nisbatan boshoqchadagi donlar soni Karbamid o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 0,3 donaga, Temir kuporasi o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 0,5 donaga, Combi Fe o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 0,5 donaga, Temir UDK o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 0,3 donaga ko‘p bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Kuzgi bug‘doy o‘simligining hosil elementlari optimal shakllanishi uchun mineral oziqa sharoiti yaxshilanishi (N180P90K60; N210P105K75) sari boshoqchadagi shakllangan don soni ortishi kuzatildi. Mineral o‘g‘it N180P90K60 kg/ga hisobidan qo‘llanilgan variant nazorat (suspenziya sepilmagan) varianti sharoitida boshoqchadagi donlar soni 2,5 dona, ildizdan tashqari qo‘shimcha oziqlantirish sharoitida Karbamid o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 3,0 dona, Temir kuporasi o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 2,9 dona, Combi Fe o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 3,2 dona, Temir UDK o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 3,0 donani tashkil qilgani ma’lum bo‘lib, nazorat variantga taqqoslaganda ko‘proq don shakllangani aniqlandi. Mineral o‘g‘it N210P105K75 kg/ga hisobidan qo‘llanilgan variant nazorat (suspenziya sepilmagan) variantida boshoqchadagi donlar soni 2,6 donani, ildizdan tashqari qo‘shimcha oziqlantirish qo‘llanilgan variantlarda esa mos ravishda Karbamid o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 3,3 dona, Temir kuporasi o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 3,2 dona, Combi Fe o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 3,4 dona, Temir UDK o‘g‘iti qo‘llanilgan variantda 3,4 donani bo‘lib, nazorat variantga taqqoslaganda ko‘proq don shakllangani qayd etildi.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 50 Kuzgi bug‘doyni no-till ekish usulida boshoqchadagi shakllangan eng kam donlar soni nazorat mineral o‘g‘it (NPK) qo‘llanilmagan variantda 2,6 dona bo‘lgani aniqlandi, shuningdek, mineral o‘g‘it N180P90K60 va N210P105K75 kg/ga hisobidan qo‘llanilgan variantlarda ildizdan tashqari oziqlantirish qo‘llanilgan variantga nisbatan bitta boshoqchada 0,7 va 0,9 donaga kam don shakllangani kuzatilgan. Xulosa. Kuzgi bug‘doy o‘simligining hosil elementlari optimal shakllanishi uchun mineral oziqa sharoiti yaxshilanishi (N180P90K60; N210P105K75) kuzatilgani sari boshoqchalar soni, boshoqchadagi shakllangan don soni, boshoqchada don shakllanishi ortishi kuzatildi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. 1 https://www.fao.org/faostat/en/#data/QCL 2. Агибалов А. В., Агибалов А. А., Айдиев А. Я., Зайсева Н. В., Солодухин Е. Н. 80 с/га зерна озимой пшенисы – реалност. – Москва, 2019. – 73 s. 3. Богдан М.М. Влияние комплексных удобрений на показатели структурного анализа озимой пшенисы // Ученые записки Крымского ФУ имени В. И. Вернадского. Биология. Химия. 2012. №3 С-64. 4. M Z Rahman, M R Islam, M A Karim and M T Islam. Response of wheat to foliar application of urea fertilizer. J. SylhetAgril. Univ. 1(1):39-43, 2014.