SHIRIN QALAMPIRNING DAR-TOSHKENTA NAVINI YETISHTIRISH AGROTEXNIKASI VA KASALLIKLARGA QARSHI KURASH CHORALARI
Abstract
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasida 2025-yilda o‘tkazilgan tajribalar natijalari keltirilgan. Tadqiqotda “Dar Toshkenta” shirin qalampir navining o‘sish, rivojlanish va hosildorligiga turli agrotexnik tadbirlarning ta’siri o‘rganildi. Shuningdek, o‘simlikka xos asosiy kasalliklar aniqlanib, ularga qarshi samarali biologik va kimyoviy kurash choralari ishlab chiqildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, agrotexnik tadbirlar majmuini to‘g‘ri qo‘llash o‘simlikning hosildorligini 18–22% ga oshirdi.
Full text
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 51 UDK 635.649:631.5:632 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17486335 SHIRIN QALAMPIRNING DAR-TOSHKENTA NAVINI YETISHTIRISH AGROTEXNIKASI VA KASALLIKLARGA QARSHI KURASH CHORALARI Eshboboyev Murodullojon Yunus o‘g‘li Sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasi ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari E-mail: [email protected] Xoliqulova Nasiba Sherali qizi Sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasi, agrotexnika va o‘simliklarni himoya qilish laboratoriyasi bo‘lim boshlig‘i E-mail: [email protected] ANNOTATSIYA Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasida 2025-yilda o‘tkazilgan tajribalar natijalari keltirilgan. Tadqiqotda “Dar Toshkenta” shirin qalampir navining o‘sish, rivojlanish va hosildorligiga turli agrotexnik tadbirlarning ta’siri o‘rganildi. Shuningdek, o‘simlikka xos asosiy kasalliklar aniqlanib, ularga qarshi samarali biologik va kimyoviy kurash choralari ishlab chiqildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, agrotexnik tadbirlar majmuini to‘g‘ri qo‘llash o‘simlikning hosildorligini 18–22% ga oshirdi. Kalit so‘zlar: Shirin qalampir, Dar Toshkenta navi, agrotexnika, kasallik, hosildorlik.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 52 АННОТАЦИЯ В статье приведены результаты исследований, проведённых в 2025 году на Кашкадарьинской научно-опытной станции Института овощеводства, бахчевых культур и картофелеводства в Китабском районе. Изучалось влияние агротехнических приёмов на рост, развитие и урожайность сорта сладкого перца «Дар Тошкента». Определены основные болезни растения и разработаны эффективные меры борьбы. Установлено, что правильное применение комплекса агротехнических мероприятий повышает урожайность на 18–22%. Ключевые слова: Сладкий перец, сорт Дар Тошкента, агротехника, болезни, урожайность. ABSTRACT This article presents the results of experiments conducted in 2025 at the Kashkadarya Experimental Station of the Research Institute of Vegetable, Melon and Potato Crops in Kitob district. The study examined the effect of agrotechnical practices on the growth, development, and yield of the sweet pepper variety “Dar Toshkenta.” Major diseases of the crop were identified, and effective biological and chemical control measures were developed. Results showed that proper implementation of agrotechnical practices increased yield by 18–22%. Keywords: sweet pepper, Dar Toshkenta variety, agrotechnics, diseases, yield. Kirish. Shirin qalampir (Capsicum annuum L.) — Solanaceae oilasiga mansub, oziqaviy va iqtisodiy ahamiyati yuqori bo‘lgan sabzavot ekinidir. Respublikamizning deyarli barcha hududlarida, xususan Qashqadaryo viloyatida keng ekiladi. So‘nggi yillarda qalampir yetishtirishda yuqori hosildor navlarni tanlash, o‘g‘itlash tizimini takomillashtirish hamda kasallik va zararkunandalarga qarshi integratsiyalashgan kurash choralari dolzarb masalaga aylandi.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 53 Ilmiy manbalarda [1,2] ta’kidlanishicha, shirin qalampirning hosildorligi va sifat ko‘rsatkichlari asosan agrotexnik tadbirlarning to‘g‘ri qo‘llanishiga bog‘liq. Ayniqsa, ko‘chat sifatini yaxshilash, me’yorida sug‘orish va oziqlantirish natijasida hosil 20– 25% ga oshadi. Shuningdek, qalampirda uchraydigan asosiy kasalliklar — bakterioz, fusarioz, fitoftoroz va virusli mozaika kasalliklariga qarshi kompleks choralar qo‘llash samarali natija beradi [3, 4]. Mazkur tadqiqotda Kitob tumanining iqlim sharoitida “Dar Toshkenta” navi uchun eng maqbul agrotexnika tizimini aniqlash va o‘simlik kasalliklariga qarshi samarali himoya usullarini ishlab chiqish maqsad qilingan. Tadqiqot materiallari va uslublari. Tajriba 2025-yilda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasining dalalarida o‘tkazildi. “Dar Toshkenta” navi uchun ekish sxemasi va agrotexnik ko‘rsatkichlar (1-jadval) № Nav nomi Tajriba maydoni Ekish sxemasi Ekilgan kun Sug‘orish usuli O‘g‘itlash me’yori, 1 Dar Toshkenta 0,05 ga. 70 × 30 sm. 15 may ariqdan 60 t/ga go‘ng, N120P90K60 kg/ga Kasalliklar monitoringi vegetatsiya davomida har 10 kunda olib borildi. Tajriba uch variantda uch qaytariqda tashkil etildi: Shirin qalampir o‘stirishda qo‘llanilgan agrotexnik va himoya usullari (2-jadval) № Variant nomi Agrotadbirlar 1 Nazorat (ishlovsiz) O‘g‘it va himoya choralari qo‘llanilmagan 2 Intensiv agrotexnika (kimyoviy himoya bilan) O‘g‘itlash, sug‘orish, begona o‘tga qarshi ishlov, himoya choralari bilan 3 Biologik kurash O‘simlik himoyasida biologik preparatlar (Trichodermin, Gaupsin) qo‘llangan
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 54 Tadqiqot natijalari. Tajriba natijalariga ko‘ra, shirin qalampir (“Dar Toshkenta” navi) hosildorligi qo‘llanilgan agrotexnik va himoya tizimlariga bevosita bog‘liqligi aniqlangan. Nazorat variantida (ishlovsiz holda) hosil miqdori 22,4 t/ga ni tashkil etdi, bu minimal natija bo‘lib, o‘g‘it va himoya choralari qo‘llanilmagan sharoitda o‘simliklarning past mahsuldorligini ko‘rsatadi. Intensiv agrotexnika (kimyoviy himoya bilan) varianti eng yuqori natija berdi — 27,2 t/ga, bu nazoratga nisbatan 4,8 t/ga yoki 21% yuqori ko‘rsatkichdir. Ushbu variantda o‘g‘itlash, sug‘orish va kasalliklarga qarshi kimyoviy himoya choralari qo‘llanilgani sababli o‘simliklarning o‘sishi va meva hosil bo‘lish jarayoni sezilarli darajada faollashgan. Biologik kurash variantida hosildorlik 26,5 t/ga ni tashkil etib, bu nazoratga nisbatan 4,1 t/ga yoki 18% yuqori natijani ko‘rsatdi. Ushbu variantda Trichodermin va Gaupsin kabi biologik preparatlarning qo‘llanishi natijasida o‘simliklarda kasalliklar bilan zararlanish kamaygan, ildiz tizimi yaxshilangan va tabiiy immunitet kuchaygan. Turli himoya tizimlari va agrotexnik tadbirlarning shirin qalampir hosildorligiga ta’siri (3-jadval) № Variantlar O‘rtacha hosil (t/ga) Hosil o‘sishi, t/ga Nazoratga nisbatan, % 1 Nazorat (ishlovsiz) 22,4 - 100 2 Intensiv agrotexnika (kimyoviy himoya bilan) 27,2 +4,8 121 3 Biologik kurash 26,5 +4,1 118 Umuman olganda, olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, himoya tizimlarining qo‘llanilishi hosildorlikni 18–21% ga oshiradi, bunda biologik himoya vositalari kimyoviy usullarga yaqin natija berib, ekologik jihatdan xavfsizroq hisoblanadi.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 55 Asosiy kasalliklarning tarqalish darajasi (%) (4-jadval) № Kasallik nomi Nazorat (ishlovsiz) Intensiv agrotexnika (kimyoviy himoya bilan) Biologik kurash 1 Bakterioz 14.5 6.3 7.1 2 Fitoftoroz 10.2 3.5 4.2 3 Virusli mozaika 9.1 2.8 3.1 O‘tkazilgan tajriba natijalariga ko‘ra, shirin qalampir o‘simliklarida uchraydigan asosiy kasalliklar — bakterioz, fitoftoroz va virusli mozaika — turli himoya tizimlarida sezilarli farq bilan namoyon bo‘ldi. Nazorat (ishlovsiz) variantida kasalliklar bilan zararlanish eng yuqori darajada qayd etildi. Xususan, bakterioz bilan zararlanish 14,5%, fitoftoroz 10,2%, virusli mozaika esa 9,1% ni tashkil etdi. Bu holat o‘simliklarda himoya choralari qo‘llanilmaganda tabiiy infeksiya bosimi yuqori bo‘lishini ko‘rsatadi. To‘liq agrotexnika (kimyoviy himoya bilan) variantida barcha kasallik turlari bo‘yicha zararlanish darajasi keskin kamaydi: bakterioz — 6,3%, fitoftoroz — 3,5%, virusli mozaika — 2,8%. Bu natijalar kimyoviy himoya vositalarining patogenlarga qarshi yuqori samaradorligini tasdiqlaydi. Biologik himoya variantida ham kasalliklar bilan zararlanish darajasi nazoratga nisbatan ancha past bo‘lib, bakterioz 7,1%, fitoftoroz 4,2%, virusli mozaika 3,1% ni tashkil etdi. Ushbu natijalar Trichodermin va Gaupsin kabi biologik preparatlar o‘simliklarning tabiiy immunitetini oshirish, ildiz zonasida foydali mikroflorani shakllantirish va patogenlarning rivojlanishini bostirishda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi. XULOSA O‘tkazilgan tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, shirin qalampirning “Dar Toshkenta” navi Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani tuproq-iqlim sharoitiga yaxshi moslashgan va yuqori hosildorlik qobiliyatiga ega navlardan biri hisoblanadi.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 56 Tajribada qo‘llanilgan turli agrotexnik tadbirlar hamda himoya tizimlari hosildorlik va o‘simliklarning sog‘lom rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. To‘liq agrotexnika majmuasining (o‘g‘itlash, sug‘orish, begona o‘t va kasalliklarga qarshi kimyoviy himoya choralari) qo‘llanilishi hosildorlikni nazorat variantiga nisbatan 21 foizga oshirgan bo‘lsa, biologik preparatlar (Trichodermin va Gaupsin) asosida o‘tkazilgan himoya choralari o‘simlik kasalliklari tarqalishini 2–3 baravar kamaytirgan hamda ekologik jihatdan xavfsiz va barqaror natijani ta’minlagan. Tajriba davomida aniqlanishicha, “Dar Toshkenta” navi uchun 70×30 sm ekish sxemasi, 60–120–90 kg/ga (NPK) o‘g‘itlash me’yori va ariq orqali sug‘orish usuli eng maqbul agrotexnik sharoit hisoblanadi. Ushbu omillarni uyg‘un qo‘llash shirin qalampirning hosildorligini oshirish, kasalliklarning tarqalishini kamaytirish hamda ekologik toza mahsulot yetishtirish imkonini beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Xolmatov A.A., Qodirov Sh. “Sabzavot ekinlari yetishtirish agrotexnikasi”, Toshkent, 2018. 2. Rahimova N.N. “Shirin qalampir yetishtirishda agrotexnika omillarining ahamiyati”, TDIU jurnali, 2020. 3. Hasanov B.B. “Qalampir ekinlarida asosiy kasalliklar va ularning oldini olish”, O‘zA, 2022. 4. Jo‘rayev M.M. “Qalampirning yangi navlarini sinovdan o‘tkazish natijalari”, Sabzavotchilik va polizchilik jurnali, 2024. 5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi metodik ko‘rsatmalari, 2023-yil.