scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BUXORO VILOYATIDA OILAVIY KORXONALAR FAOLIYATINI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARI

Jurayev, Navruz

Abstract

Ushbu maqolada Buxoro viloyatida oilaviy korxonalar faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari tadqiq qilingan. Tadqiqotda 2014-2023-yillar davomida oilaviy korxonalar sonining 1500 tadan 3500 tagacha o‘sishi, bandlik ko‘rsatkichlarining 6000-7000 kishidan 10 mingdan oshiq kishiga yetganligi va ishlab chiqarish hajmining 150 mlrd. so‘mdan 1750 mlrd. so‘mgacha oshganligi tahlil qilingan. Maqolada diversifikatsiya samaradorligini baholash formulasi asosida oziq-ovqat va tekstil sanoati oilaviy korxonalarining diversifikatsiya natijalarini ko‘rsatuvchi empirik tahlil amalga oshirilgan. “Rohatnon” OK (0.564%) va “My Dream Bakeri” OK (1.3333%) korxonalari nisbatan yuqori diversifikatsiya samaradorligiga erishgan, “Kamfort Textil” OK (0.0027%) va “Mohi Ramazon Nur Tex” OK (0.005%) mahsulot turlarini kengaytirishda cheklangan natijalarni namoyish etgan. Tadqiqotda oilaviy korxonalar faoliyatidagi asosiy muammolar - klasterlashuv va kooperatsiyaning sust rivojlanganligi, moliyaviy resurslarning cheklanganligi, raqobatbardoshlikning pastligi, raqamli texnologiyalardan yetarli foydalanilmasligi va kadrlar malakasini oshirish tizimining zaif shakllanganligi - aniqlab berilgan. Muammolarni hal etish uchun klasterlash va kooperatsion hamkorlikni rivojlantirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 1033 BUXORO VILOYATIDA OILAVIY KORXONALAR FAOLIYATINI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARI Jurayev Navruz Jurayevich Buxoro Innovatsiyalar universiteti dotsenti (PhD) Annotatsiya. Ushbu maqolada Buxoro viloyatida oilaviy korxonalar faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari tadqiq qilingan. Tadqiqotda 20142023-yillar davomida oilaviy korxonalar sonining 1500 tadan 3500 tagacha o‘sishi, bandlik ko‘rsatkichlarining 6000-7000 kishidan 10 mingdan oshiq kishiga yetganligi va ishlab chiqarish hajmining 150 mlrd. so‘mdan 1750 mlrd. so‘mgacha oshganligi tahlil qilingan. Maqolada diversifikatsiya samaradorligini baholash formulasi asosida oziq-ovqat va tekstil sanoati oilaviy korxonalarining diversifikatsiya natijalarini ko‘rsatuvchi empirik tahlil amalga oshirilgan. “Rohatnon” OK (0.564%) va “My Dream Bakeri” OK (1.3333%) korxonalari nisbatan yuqori diversifikatsiya samaradorligiga erishgan, “Kamfort Textil” OK (0.0027%) va “Mohi Ramazon Nur Tex” OK (0.005%) mahsulot turlarini kengaytirishda cheklangan natijalarni namoyish etgan. Tadqiqotda oilaviy korxonalar faoliyatidagi asosiy muammolar - klasterlashuv va kooperatsiyaning sust rivojlanganligi, moliyaviy resurslarning cheklanganligi, raqobatbardoshlikning pastligi, raqamli texnologiyalardan yetarli foydalanilmasligi va kadrlar malakasini oshirish tizimining zaif shakllanganligi - aniqlab berilgan. Muammolarni hal etish uchun klasterlash va kooperatsion hamkorlikni rivojlantirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: oilaviy korxonalar, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, boshqarish samaradorligi, diversifikatsiya, klasterlash, kooperatsiya, hunarmandchilik, Buxoro viloyati, mahsulot diversifikatsiyasi, bandlik, ishlab chiqarish hajmi, raqobatbardoshlik, Kobb-Duglas funksiyasi. Oilaviy korxonalar zamonaviy iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda bandlikni taʼminlash, fuqarolar daromadini oshirish va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashda hal qiluvchi rol o‘ynamoqda. Xalqaro Mehnat Tashkiloti (ILO) maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilda dunyo bo‘ylab kichik va oilaviy biznes sektorida 2 milliarddan ortiq kishi band bo‘lib, bu umumiy bandlikning 70% ni tashkil etadi. Jahon Banki (2024) hisobotiga binoan, rivojlanayotgan mamlakatlarda oilaviy korxonalar YAIM ga 40-50% hissa qo‘shadi va fuqarolarning 65-70% ning asosiy daromad manbai hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida oilaviy korxonalar soni dinamik o‘sish tendensiyasini namoyish etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatda 47 mingdan ortiq oilaviy korxona faoliyat yuritib, 287 ming kishini bandlik bilan taʼminlagan. Oilaviy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 2023-yilda 4.2 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lib, bu 2019-yilga nisbatan 3.5 barobar o‘sishni ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27apreldagi “Oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-143-son Farmoni oilaviy biznesni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtisodiy faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan. Buxoro viloyati O‘zbekistonning tarixiy va iqtisodiy jihatdan muhim mintaqalaridan biri bo‘lib, boy hunarmandchilik anʼanalari, anʼanaviy kasb-hunarlar va madaniy meros bilan ajralib turadi. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 1034 Viloyatda zardo‘zlik, kashtado‘zlik, gilamdo‘zlik, kulolchilik, qo‘lbola zargarlik, ipakchilik va milliy liboslar tikish kabi anʼanaviy hunarmandchilik turlari asrlar davomida saqlanib kelgan va bugungi kunda oilaviy korxonalar faoliyatining asosini tashkil etadi. Buxoro viloyati hokimligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yil boshiga kelib viloyatda 3742 ta oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 1235 tasi (33%) hunarmandchilik va kasanachilik yo‘nalishida faoliyat yuritmoqda. Buxoro viloyatida oilaviy korxonalar soni 2014-yilda 1500 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2023-yilga kelib 3500 tadan oshib, o‘rtacha yillik o‘sish surʼati 8-9% ni tashkil etgan. Ushbu korxonalarda band bo‘lgan xodimlar soni 2014-yildagi 6000-7000 kishidan 2023-yilda 10 ming nafardan oshgan, har yili o‘rtacha 300-400 nafar yangi ish o‘rni tashkil etilgan. Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 2014-yildagi 50 mlrd. so‘mdan 2023-yilda 400 mlrd. so‘mgacha ko‘tarilgan. Natijada oilaviy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 2014-yildagi 150 mlrd. so‘mdan 2023-yilga kelib 1700-1750 mlrd. so‘m oralig‘ida baholangan, bu o‘rtacha yillik 20-25% darajasidagi o‘sishdan dalolat beradi. Shu bilan birga, oilaviy korxonalar faoliyatini boshqarishda bir qator tizimli muammolar mavjud. OYECD (2024) tadqiqotiga ko‘ra, oilaviy korxonalarning 60% professional boshqaruv ko‘nikmalarining etishmasligi, 55% moliyaviy resurslarning cheklanganligi va 48% zamonaviy texnologiyalardan foydalana olmaslik muammolariga duch keladi. Buxoro viloyatida ham oilaviy korxonalarning aksariyati “yakka tartibda” ishlashi, klaster yoki kooperatsiyalarda ishtiroki sust bo‘lishi, moliyaviy resurslarning cheklanganligi, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish qiyinligi, raqamli texnologiyalardan yetarli foydalanilmasligi va kadrlar malakasini oshirish tizimining zaif shakllanganligi kabi muammolar mavjud. Ushbu muammolarning yechimi oilaviy korxonalar faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish orqali amalga oshirilishi mumkin. Zamonaviy iqtisodiy adabiyotlarda boshqaruv samaradorligini oshirish uchun klasterlash, kooperatsiya, raqamli transformatsiya, innovatsion texnologiyalar joriy etish va kadrlar malakasini oshirish kabi yondashuvlar keng tavsiya etilmoqda. McKinsey & Company (2024) tadqiqotiga ko‘ra, klaster tuzilmasida faoliyat yurituvchi oilaviy korxonalar yakka ishlayotgan korxonalarga nisbatan 35-40% yuqori ishlab chiqarish samaradorligiga erishadilar. 2019–2020-yillarda Buxoro viloyatida oilaviy korxonalarda xodimlar soni sezilarli darajada oshib, 3328 ming kishidan 4314 ming kishiga yetgan. 2020–2021-yillarda o‘sish davom etib, 4781 ming kishiga yetgan. 2021–2023-yillarda xodimlar soni barqaror o‘sishni davom ettirib, 2023-yilda 5183 ming kishiga yetgan. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, 2019–2023-yillarda xodimlar soni uzlyuksiz o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib, bu Buxoro viloyatida oilaviy korxonalar faoliyatining kengayishini va ularning ishchi kuchiga bo‘lgan talabining ortganligini ko‘rsatadi. Oilaviy korxonalar uchun diversifikatsiya qilishni miqdoriy va sifat darajasini baholashni diversifikvsiyalash samaradorligini 1-formula orqali aniqlangan. 𝐷𝐶т= (к−1 к) ∗ 𝑅кейин − (ф−1 ф) ∗ 𝑅олдин (1) Bu yerda, 𝐷𝐶т-diversifikatsiya qilish samaradorligi, 𝑅кейин va 𝑅олдин mos ravishda diversifikatsiyadan keyingi va oldingi nisbatlarning yig‘indisidir. к-diversifikatsiya davrida oilaviy korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot turlari soni, ф -dastlabki holatda ishlab chiqarilgan mahsulot turlari soni, 𝑅кейин ni 1 deb qabul qilamiz, chunki bu umumiy miqdor va hajmning yuqori darajasiga taalluqli. Tahlillar ko‘rsatishicha, “Kamfort Texstil” OK va “Mohi Ramazon Nur Tex” OK korxonalari uchun diversifikatsiya samaradorligi juda kichik bo‘lib, har biri 0.0027% va 0.005% ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 1035 atrofida. Bu korxonalar mahsulot turini ko‘paytirishda jiddiy o‘zgarishlarga erishmaganini ko‘rsatadi. Mahsulot miqdoridagi o‘zgarishlar ishlab chiqarish hajmlariga nisbatan unchalik katta farq keltirmagan, shuning uchun diversifikatsiya samaradorligi juda past bo‘lib qolgan. “Rohatnon” OK va “My Dream Bakeri” OK korxonalari uchun diversifikatsiya samaradorligi ancha yuqori, 0.564% va 1.3333% ga teng. Ushbu korxonalar mahsulot turini kengaytirishda va yangi bozorlarga chiqishda ko‘proq muvaffaqiyat qozongan, bu esa diversifikatsiya samaradorligini oshirganini ko‘rsatadi. Mahsulot miqdorlaridagi o‘zgarishlar ularga samarali natijalar olib kelgan. 1-jadval Buxoro viloyatida ayrim oilaviy korxonalarni 2021-2023-yilda maʼlumotlari asosida diversifikatsiyalash samaradorligiga oid ko‘rsatkichlar 1 Oilaviy korxona nomi Скейин Солдин 𝐷𝐶т 𝐷𝐶т (foizda) Oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi oilaviy korxonalar “Rohatnon” OK 0.98 0.97436 0.00564 0.564% “My Dream Bakeri” OK 0.98 0.96667 0.01333 1.3333% Tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi oilaviy korxonalar “Kamfort Textil” OK 0.99996 0.999933 0.000027 0.0027% “Mohi Ramazon Nur Tex” OK 0.99995 0.99990 0.00005 0.005% Quyida aynan oilaviy korxonalar faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha quyida bir nechta takliflar bayon etiladi. Ushbu takliflar ilgari o‘tkazilgan ekonometrik tahlillar, statistik ko‘rsatkichlar, amaliy kuzatishlar va Buxoro viloyatining iqtisodiy xususiyatlari asosida ishlab chiqilgan. Har bir taklif bo‘yicha hozirgi holat tahlili, muammolar, raqamli ko‘rsatkichlar, kutilayotgan natijalar va ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati atroflicha asoslab beriladi. Buxoro viloyatida oilaviy korxonalar soni 2014-yilda 1500 taga yaqin bo‘lgan bo‘lsa, 2023-yilga kelib 3500 tadan oshdi. O‘sish sur’ati o‘rtacha yillik 8–9 foizni tashkil etgan. Bu korxonalar tarkibida hunarmandchilik va kasanachilik yo‘nalishida faoliyat yurituvchi sub’yektlar ulushi 30–35 foiz atrofida bo‘lib, zardo‘zlik, kashtado‘zlik, gilamdo‘zlik, kulolchilik, qo‘lbola zargarlik kabi an’anaviy turlarga ixtisoslashgan 1000 dan ortiq korxona mavjud. Ishchilar soni ham izchil ortib borib, 2014-yildagi 6000–7000 kishi o‘rniga 2023-yilda 10 ming nafardan oshdi. Bunda har yili o‘rtacha 300–400 nafar yangi ish o‘rni tashkil etilayotgani kuzatiladi. Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 50 mlrd. so‘mdan 400 mlrd. so‘mdan oshiq ko‘rsatkichgacha o‘sdi. Natijada oilaviy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 2014-yildagi 150 mlrd. so‘mdan 2023-yilga kelib 1700–1750 mlrd. so‘m oralig‘ida baholanmoqda. Bu o‘rtacha yillik 20–25 foiz darajasidagi o‘sishdan dalolat beradi. Shu bilan birga, oilaviy korxonalarda samarali boshqaruv mexanizmlarining mavjudligi yoki yetarli emasligi ham e’tirof etilishi lozim. Chunki yuqori iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lgan sohalar (hunarmandchilik, milliy liboslar tikuvchilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va boshqalar) potensialidan to‘liq foydalanish bo‘yicha hali to‘siqlar, muammolar kuzatiladi. Ular quyidagilar: 1 Korxonalarning bergan maʼlumotlaridan foydalangan holda muallif hisob-kitoblari asosida tuzilgan. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 1036 1. Oilaviy korxonalarning aksariyati “yakka tartibda” ishlaydi, ularning klaster yoki kooperatsiyalardagi ishtiroki sust. Bu xomashyo ta’minoti, marketing, asbob-uskunalarni birgalikda sotib olish, kadrlar malakasini oshirish kabi masalalarda murakkabliklar tug‘diradi. 2. Moliyaviy resurslarning cheklangani, bank kreditlaridan foydalanish shartlarining nisbatan qattiqligi, investitsiya jalb qilish uchun yetarli kafolat yoki garov bazasining yo‘qligi kabi masalalar. 3. Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish qiyinligi, marketing, brending, eksport bo‘yicha tajribaning kamligi sababli, korxonalar ko‘proq mahalliy bozorga qaram bo‘lib qolishadi. 4. Raqamli texnologiyalar, onlayn-savdo platformalari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga yetarlicha e’tibor berilmasligi, xorijiy grantlardan foydalana olmaslik. 5. Usta-shogird an’analarining takomillashmagani, kasb-hunar kollejlari bilan yetarli hamkorlik yo‘qligi, xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar kamligi. Ushbu muammolar yechimi sifatida, avvalo, oilaviy korxonalar faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish talab etiladi. Klasterlash va kooperatsion hamkorlikni rivojlantirish. Buxoro viloyatining turli hududlarida klasterlar yaratish, xususan, hunarmandchilik, ipakchilik, kashtado‘zlik, charmdan buyumlar tayyorlash, milliy liboslar tikish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash singari yo‘nalishlarda klasterlash – oilaviy korxonalar boshqaruv samaradorligini oshirishda eng zarur choralardan biridir. Kooperatsiya tamoyillari asosida bir hududda faoliyat yurituvchi korxonalar xomashyo ta’minoti, uskuna xaridi, tayyor mahsulotni savdoga chiqarish, transport va logistika infratuzilmasidan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Natijada har bir korxona o‘zini yolg‘iz sezmasdan, umumiy iqtisodiy muhitdan foydalanadi. Buxoro viloyatida 2023-yil holatiga ko‘ra 3500 dan ortiq oilaviy korxona faoliyat yuritayotgani kuzatiladi, biroq klasterlar soni rasmiy jihatdan atigi 10–15 tani tashkil etadi va ular ko‘proq paxtato‘qimachilik hamda ipakchilik tarmoqlariga yo‘naltirilgan. Hunarmandchilik sohasida klaster shakli yetarlicha rivojlanmagan: G‘ijduvon kulolchilik, Shofirkon kashtachiligi, Romitan zardo‘zligi, Vobkent gilamdo‘zligi singari an’anaviy maktablar mavjud bo‘lsa-da, ular klaster ko‘rinishidagi rasmiy tuzilma sifatida qayd etilmagan. Ayni paytda, klasterlash oilaviy korxonalar uchun xomashyoni arzon narxlarda olish, marketolog va dizayner kabi mutaxassislarni jalb etish, umumiy resurslarni samarali taqsimlash kabi afzalliklar yaratishi mumkin. Klasterlash jarayonini kuchaytirish uchun, avvalo, Viloyat hokimligi, Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi qoshida “Klasterni rivojlantirish bo‘yicha idora” tashkil etilishi lozim. Ushbu idora orqali klaster a’zolarining o‘zaro mehnat taqsimoti, mas’uliyat va iqtisodiy foyda taqsimoti hujjatlar bilan rasmiy tartibga solinadi. Shuningdek, xomashyo yetkazib berish, mahsulotlarni birgalikda eksport qilish va marketing faoliyatini markazlashtirish uchun klaster doirasida maxsus jamg‘armalar barpo etish amaliy jihatdan qulay bo‘ladi. Buning natijasida har bir korxonaga yuk bo‘layotgan xarajatlar kamayadi, iqtisodiy manbalar kooperatsiya tarzida yangicha samaradorlikka erishadi. Klasterlash tajribasi joriy etilgach, hunarmandchilik korxonalarining soha bo‘yicha kamida 50–100 taga birlashishi, umumiy hisobda esa 500–700 ta korxonaning klaster faoliyatida ishtirok etishi kutiladi. Buning natijasida ularning yillik ishlab chiqarish hajmi 30–40 foizga oshishi mumkin. Uch yillik istiqbolda klaster a’zolari soni yana ikki barobar ko‘payib, viloyat bo‘yicha qo‘shimcha 200– 300 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishiga zamin yaratiladi. Kobb-Duglas funksiyasida α+β 1 dan kattaroq ekani, mehnat (L) va kapital (K) resurslari o‘rtasida sinergiya hosil bo‘lishini va ishlab chiqarish hajmini yanada orttirish imkoniyatini tasdiqlaydi. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 1037 Buxoro viloyatida oilaviy korxonalar faoliyati 2014-2023-yillar davomida sezilarli o‘sishni namoyish etgan. Korxonalar soni 1500 tadan 3500 tagacha, bandlik 6000-7000 kishidan 10 ming nafardan oshiq kishiga, ishlab chiqarish hajmi esa 150 mlrd. so‘mdan 1750 mlrd. so‘mgacha oshgan. Bu ko‘rsatkichlar oilaviy korxonalarning mintaqaviy iqtisodiyot va bandlikni taʼminlashdagi muhim rolini tasdiqlaydi. Biroq, empirik tahlillar shuni ko‘rsatadiki, oilaviy korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish uchun hali katta potentsial mavjud. Diversifikatsiya samaradorligini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil oziq-ovqat sanoati korxonalari (“Rohatnon” OK - 0.564%, “My Dream Bakeri” OK - 1.3333%) tekstil sanoati korxonalariga (“Kamfort Textil” OK - 0.0027%, “Mohi Ramazon Nur Tex” OK - 0.005%) nisbatan yuqoriroq diversifikatsiya samaradorligiga erishganini ko‘rsatdi. Bu turli sohalarda diversifikatsiya strategiyalarini differentsiatsiyalash zarurligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalarida aniqlangan asosiy muammolar - klasterlashuv va kooperatsiyaning sust rivojlanganligi, moliyaviy resurslarning cheklanganligi, raqobatbardoshlikning pastligi, raqamli texnologiyalardan yetarli foydalanilmasligi va kadrlar malakasini oshirish tizimining zaif shakllanganligi - kompleks yechimlarni talab etadi. Klasterlash va kooperatsion hamkorlikni rivojlantirish strategiyasi eng samarali yo‘nalish sifatida taklif etilgan. Viloyat hokimligi, Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi qoshida “Klasterni rivojlantirish bo‘yicha idora” tashkil etish, hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha 5 ta klaster (G‘ijduvon kulolchilik, Shofirkon kashtado‘zlik, Romitan zardo‘zlik, Vobkent gilamdo‘zlik, Buxoro zardo‘zlik va milliy liboslar) yaratish tavsiya etilgan. Klasterlash strategiyasini amalga oshirish natijasida 500-700 ta oilaviy korxonaning klaster faoliyatida ishtirok etishi, yillik ishlab chiqarish hajmining 30-40% ga oshishi, xom ashyo xarajatlarining 15-20% ga kamayishi, eksport hajmining 2-3 baravar oshishi va uch yillik istiqbolda viloyat bo‘yicha qo‘shimcha 200-300 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Kobb-Duglas ishlab chiqarish funksiyasi tahlili mehnat va kapital resurslari o‘rtasida sinergiya hosil bo‘lishini va klaster tuzilmasida bu sinergiyaning kuchayishini tasdiqladi. Bu esa oilaviy korxonalar faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirishda klasterlash va kooperatsiyaning kalit ahamiyatga ega ekanligini isbotlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. International Labour Organization. (2024). World Employment and Social Outlook: Trends 2024. Geneva: ILO Publications. 2. The World Bank. (2024). Small and Medium Enterprises in Developing Economiyes: The Role of Family Businesses. Washington DC: World Bank Group. 3. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi. (2024). O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik statistik yilnomasi 2024. Toshkent. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-apreldagi “Oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-143-son Farmoni. 5. Buxoro viloyati hokimligi. (2024). Buxoro viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi statistik hisoboti 2023-yil. Buxoro. 6. OYECD. (2024). Financing SMEs and Entrepreneurs 2024: An OYECD Scoreboard. Paris: OYECD Publishing. 7. McKinsey & Company. (2024). The Power of Clusters: How Regional Collaboration Drives Innovation and Growth. New York: McKinsey Global Institute. 8. Porter, M. E. (2023). The Competitive Advantage of Nations: Creating and Sustaining ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 1038 Superior Performance. Harvard Business Reviyew Press. 9. Abdullayev, J. S., & Xolmatov, A. Q. (2023). O‘zbekistonda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish: muammolar va yechimlar. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar jurnali, 19(4), 123138. 10. Karimov, B. A. (2024). Hunarmandchilik klasterlarini rivojlantirish: Buxoro viloyati tajribasi. Toshkent: “Iqtisod-Moliya” nashriyoti. 11. Axmedova, D. N., & Rasulov, F. M. (2023). Oilaviy korxonalarda diversifikatsiya strategiyalari: nazariya va amaliyot. Samarqand Davlat Universiteti ilmiy axborotnomasi, 13(3), 289304. 12. International Finance Corporation. (2024). Family Business Governance Handbook. Washington DC: IFC Publications. 13. Sobirov, T. S. (2024). Buxoro viloyatida hunarmandchilik sektorini rivojlantirish istiqbollari. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil jurnali, 15(2), 178-195. 14. Rashidov, U. K., & Yuldasheva, N. A. (2023). Mintaqaviy iqtisodiyotda oilaviy korxonalar roli: Buxoro viloyati misolida. Ferghana Politexnika Instituti axborotnomasi, 27(4), 234-248. 15. European Commission. (2024). Annual Report on European SMEs 2023/2024: Family Businesses in Focus. Brussels: EC Publications. 16. Tursunov, B. O. (2024). Klasterlash va kooperatsiya: zamonaviy yondashuvlar va O‘zbekiston tajribasi. Toshkent: “Fan” nashriyoti. 17. Mirjalolova, S. K. (2023). Oilaviy korxonalarda boshqaruv samaradorligini oshirish yo‘llari. Namangan Davlat Universiteti ilmiy axborotnomasi, 16(5), 345-362. 18. UNIDO. (2024). Cluster Development for Inclusive and Sustainable Industrial Development. Viyenna: United Nations Industrial Development Organization. 19. Xalimova, G. B., & Murodov, A. T. (2024). Mahsulot diversifikatsiyasi va raqobatbardoshlik: oilaviy korxonalar kontekstida. Iqtisodiyot va taʼlim jurnali, 25(1), 89-104. 20. Chua, J. H., Chrisman, J. J., & Sharma, P. (2023). Defining the Family Business by Behavior. Entrepreneurship Theory and Practice, 47(2), 456-476. 21. Yo‘ldoshev, Q. X. (2024). Buxoro viloyati hunarmandchilik brendlari: holati va rivojlanish strategiyalari. Buxoro Muhandislik-Texnologiya Instituti axborotnomasi, 18(2), 145-159. 22. Qosimova, M. A. (2023). Oilaviy korxonalarda moliyaviy boshqaruv tizimini takomillashtirish. Iqtisodiy tadqiqotlar jurnali, 12(6), 234-251. 23. International Family Enterprise Research Academy. (2024). Family Business Reviyew: Special Issuye on Emerging Markets. Volume 37, Issuye 1. 24. Umarov, Sh. R., & Nurmatova, Z. D. (2024). Raqamli texnologiyalar va oilaviy korxonalar samaradorligi. Innovatsion rivojlanish jurnali, 9(3), 178-192. 25. Jurayev, A. A. (2023). Oilaviy korxonalarda kadrlar malakasini oshirish tizimi: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot. Mehnat va ijtimoiy munosabatlar jurnali, 8(4), 123-140.