KONCHILIK SOHASIGA TEGISHLI FANLARNI INTERFAOL METODLARIDAN FOYDALANIB O'QITISH
Abstract
Mazkur tezisda konchilik sohasiga tegishli fanlarni o’qitishda interfaol usullardan foydalanish va ularning ta’lim berishda samarali yo’llari haqida va shu bilan birgalikda nafaqat konchilik sohasidagi balki texnika va metallurgiya sohasidagi fanlarni o’qitishda qo’llash mumkinligi haqida yoritib berilgan.
Full text
Oktabr, 2025-Yil 401 KONCHILIK SOHASIGA TEGISHLI FANLARNI INTERFAOL METODLARIDAN FOYDALANIB O’QITISH Dauletov Kalniyaz Abatbaevich Nukus davlat texnika universiteti “Konchilik va metallurgiya” kafedrasi boshlig’i, ilmiy rahbar. Rametullayeva Mehriban Polatbek qizi Nukus davlat texnika universiteti magistranti. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17486813 Annotatsiya. Mazkur tezisda konchilik sohasiga tegishli fanlarni o’qitishda interfaol usullardan foydalanish va ularning ta’lim berishda samarali yo’llari haqida va shu bilan birgalikda nafaqat konchilik sohasidagi balki texnika va metallurgiya sohasidagi fanlarni o’qitishda qo’llash mumkinligi haqida yoritib berilgan. Kalit so’zlar: Dars, Interfoal metod, interfaol usul, mahorat, SWOT metodi. Hozirgi kunda ta`lim jarayonida interfaol uslublardan foydalanib, ta`limning samaradorligini ko`tarishga bo`lgan qiziqish, e`tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo`llanilgan mashg`ulotlar o`quvchilar egallayotgan bilimlarni o`zlari qidirib topishlariga, mustaqil o`rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o`zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O’qituvchi bu usulni dars mobaynida qo’llash davomida boshqaruvchilik va yo`naltiruvchilik kabi vazifalarga diqqat etadi. Interfaol usullarni qo‘llash natijasida talabalarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Interfaol metod – ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. “Interaktiv” (interfaol)-inglizcha so‘z bo‘lib, “interact”- “inter”-bu o‘zaro, “act”-bu “harakat qilmoq” ma’nosini anglatadi. Umumlashtirganda esa “Interaktiv” (interfaol) –“o‘zaro harakat qilmoq” ma’nosini anglatadi. Interfaol metod bir qancha xususiyatlardan iborat bo’lib, shu xususiyatlarga tayangan holda fanlarni o’qitish ta’limning na’tiyjaliligini oshirishga yordam beradi. Individualizatsiya-talaba shaxsining individual xususiyatlari va qobilyatlari nuqtai nazaridan ta’lim olish jarayoni tashkil qilinadi. Talabalarning qiziqishi va berilgan mavzuni qiyinlik darajasi ham shunga bog’liq. Tadqiq qilishga o’rgatish-mazkur talabning bajarilishi talabada umrbod kerak bo’ladigan birlamchi ko’nikma va malakalarning shakllanishiga olib keladi hamda talabani tahlil qilish, umumlashtirish, xulosa qilish, o’z bilim va malakalarini zarur xollarda ishlatishga o’rgatadi. Motivatsiya-individual va jamoaviy faollik uchun motivatsiya bo’lishi kerak. O’qituvchi motivatsiyasi uchun: Professionalizm, ijodiylik, doimiy raqobatning mavjudligi, darsning o’yinga aloqadorligi, emotsional qoniqish, o’qituvchi faoliyati natiyjasida vujudga keladigan ijobiy emotsiyalar uni yanada kengroq va chuqurroq ish olib borishga undash.
Oktabr, 2025-Yil 402 Texnika, metallurgiya va konchilik sohasiga tegishli fanlarni o’qitishning boshlang`ich ta`limida talabalarning, savodxonlik darajalari, shaxsiy tabiatlariga ko`ra didaktik o`yinlar orqali, evristik suhbatlar loyihalashtirish asosidagi metodlar keng qo`llanilmoqda. Ushbu metodlardan biri SWOT –universal tahlil qilish metodi bo’lib bu metod jamoaviy va yakka tartibda ham ishlash bilan birgalikda tez o’ylashni talab qiladi. SWOTuniversal tahlil qilish metodi Ushbu metod maqsadlarda qo‘llaniladigan metodlardan biri hisoblanadi. Uning nomi inglizcha so‘zlarning birinchi harfidan olingan bo‘lib, Strengths – kuchli tomonlar, Wearnesses – kuchsiz tomonlar yoki muammolar, Opportunetiss –tashqi imkoniyatlar, Threats-tashqi muhitda mavjud xavf-xatarlar. Masalan: bu metodni “Burg’ilash va portlatish ishlari’ fanidan “Portlovchi modda va portlash ishining ish bajarish qobilyatini aniqlash” mavzusini o’qitish uchun foydalanish mumkin. S Portlovchi moddalardan foydalanishning kuchli tomonlari 1. Mexanik qazish usullariga nisbatan tezroq va tejamkorrroq bo‘ladi. 2. Katta hajmdagi ishni kam ishchi kuchi bilan amalga oshiradi. W Portlovchi moddalardan foydalanishning kuchsiz tomonlari 1. Portlash natijasida chang, tutun, gaz va shovqin ko‘tariladi. 2. Yer osti suvlari yo‘nalishini o‘zgartirib yuborishi mumkin. O Portlovchi moddalardan foydalanishda mavjud imkoniyatlar (ichki imkoniyatlar) A. Tajribali va bilimli kadrlar mavjudligi. B. Zamonaviy portlovchi moddalar va detonatsiya tizimlari. T Portlovchi moddalardan foydalanishga nisbatan mavjud bo‘lgan tashqi xavf-xatarlar A. Aholi punktlariga salbiy ta’sir. B. Ekologiyaga salbiy ta’siri. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Bеspаlhkо V.P. Slаgаеmые pеdаgоgichеskоy tехnоlоgii. M: «Pеdаgоgikа», 1999, 2. Ishmuhamedov R., Abduqolirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsiln tehnologiyalar. Toshkent, 2008. 3. Ishmаtоv Q. O’qitishning intеrfаоl mеtоdi. Nаmаngаn, NаmMPI, 2004 4. Gulyamоv S.S., Mibаrtоvа L. I., Аbdullаеv. Nоvые pеdаgоgichеskiе tехnоlоgii. 5. Klаrin M. V. Pеdаgоgichеskаya tехnоlоgiya v uchеbnоm prоtsеssе. M.: Znаniе, 1989. 6. Matlab Tilavova “Texnologiya va uni o’qitish metodikasi”. Toshkent “Muharrir nashriyoti”. 2019 7. Rеkоmеndаtsii pо оrgаnizаtsii distаntsiоnnоgо оbuchеniya. (Pоd rеd. аkаd. Gulyamоvа S. S.). Tаshkеnt, 2002