RAQAMLI IQTISODIYOT VA UNING RIVOJLANISHI: RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR, E-TIJORAT VA ULARNING IQTISODIYOTGA TA'SIRI
Abstract
Maqolada raqamli iqtisodiyotning mamlakat iqtisodiy tizimlarining rivojlanishida tutgan o‘rni bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari aks ettirilgan. Shuningdek, sanoatni raqamlashtirish, elektron tijorat sohalarining mamlakat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida fikrlar hamda aloqa, axborotlashtirish va axborot iqtisodiyoti bo‘yicha statistik tahlil natijalari keltirilgan.
Full text
Oktabr, 2025-Yil 441 RAQAMLI IQTISODIYOT VA UNING RIVOJLANISHI: RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR, E-TIJORAT VA ULARNING IQTISODIYOTGA TA'SIRI Boirova Nargiza Shuhrat qizi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Iqtisodiyot yo'nalishi 4-bosqich talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17488283 Annotatsiya. Maqolada raqamli iqtisodiyotning mamlakat iqtisodiy tizimlarining rivojlanishida tutgan o‘rni bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari aks ettirilgan. Shuningdek, sanoatni raqamlashtirish, elektron tijorat sohalarining mamlakat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida fikrlar hamda aloqa, axborotlashtirish va axborot iqtisodiyoti bo‘yicha statistik tahlil natijalari keltirilgan. Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, tizim, raqamlashtirish, sanoat, elektron tijorat, ishlab chiqarish, raqamli boshqaruv. Kirish Raqamli iqtisodiyot yangi rivojlanishga asoslangan tushunchalar, yangi texnologiyalar tomonidan boshqariladigan, axborot tarmoqlari va platformalarini qo'llashga tayanadi hamda zamonaviy iqtisodiy tizimni qurishning muhim poydevori sifatida yuqori sifatli va barqaror rivojlanishni maqsad qiladi. Raqamlashtirish iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish jarayonlari va faoliyatining aksariyat qismiga ta'sir qiladi. Raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanayotgan davrda uning ahamiyati iqtisodiy va ijtimoiy sohalar bilan chuqur integratsiyalashuv, raqamli transformatsiyani rag'batlantirish va doimiy ravishda yangi texnologiyalar, yangi modellar va yangi sanoat jarayonlarini joriy etishda namoyon bo'lmoqda. Raqamlashtirish zamonaviy iqtisodiy taraqqiyotning obyektiv namunasiga aylanib bormoqda. Raqamlashtirish iqtisodiyotdagi aksariyat ishlab chiqarish jarayonlari va faoliyatlarga ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan birga, tadqiqotlarda iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonlarining iqtisodiy o'sish va ijtimoiy farovonlik darajasiga ta'siri yetarlicha tahlil qilinmayapti. Raqamli globallashuv tovarlar savdosidan ko'ra iqtisodiy o'sishga ko'proq ta'sir ko'rsatmoqda. Ma'lumotlar va raqamli intellektning o'sib borayotgan qiymati ularning yuqori bozor kapitallashuvida namoyon bo'ladi va ularning ortib borayotgan roli barcha iqtisodiy faoliyat uchun keng miqyosli ta'sir ko'rsatadi. Raqamli iqtisodiyot global iqtisodiy jarayonlarning ajralmas qismiga aylanib, kompaniyalarning o'sishi va rivojlanishining dvigateliga aylanmoqda [1]. Asosiy qism Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan raqamli iqtisodiyot ikki jihatda namoyon bo'ladi: sanoatlashtirish va sanoatni raqamlashtirish. Raqamli sanoatlashtirish deganda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun asos bo'lgan axborot sanoati (Internet, katta ma'lumotlar, sun'iy intellekt va boshqalar) tushuniladi. Iqtisodiy tizimlar rivojlanishida raqamli iqtisodiyotning ahamiyatini ko'rib chiqamiz. Sanoatni raqamlashtirish deganda, ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli darajada oshirish uchun raqamli texnologiyalar yordamida asosiy milliy sanoat tarmoqlarini (qishloq xo'jaligi, sanoat va xizmatlar) rivojlantirish tushuniladi.
Oktabr, 2025-Yil 442 Raqamli iqtisodiyotda ma'lumotlarning ahamiyati, ishlab chiqarish omillari tizimini o'zgartirmoqda, ma'lumotlar endi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omiliga aylanmoqda. Qiymatga asoslangan ma'lumotlar elementlari ta'siri ostida an'anaviy ishlab chiqarish omillari, masalan, yer, mehnat, kapital raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga ko'maklashish maqsadida yanada optimallashtirildi va qayta tashkil etildi [2]. Ishlab chiqarish munosabatlarini rivojlantirish nuqtai nazaridan raqamli iqtisodiyotning ahamiyati boshqaruv rejimida innovatsiyalarni kiritish, boshqaruv tizimini takomillashtirish va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda boshqaruv salohiyatini oshirish orqali erishilgan raqamli boshqaruvni rivojlantirishda namoyon bo'ladi. Raqamli boshqaruv raqamli iqtisodiyotning tez va sog'lom rivojlanishini ta'minlaydi. Raqamli boshqaruv - bu qaror qabul qilish, nazorat qilish va amalga oshirish tizimi va mexanizmini o'z ichiga olgan murakkab tizim hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot davrida, ko'plab elektron tijorat korxonalari paydo bo'lishi bilan xaridorlar va sotuvchilar tezkor operatsiyalarni amalga oshiradilar, resurs samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkoniyati paydo bo'ladi. Elektron tijorat platformalari iste'molchilar uchun sifatli mahsulotlarni topish xarajatlarini, muzokaralar narxini va tranzaksiyalar xavfini sezilarli darajada kamaytirish uchun onlayn baholash va axborot bilan bog'lanish kabi integratsiyalashgan tizimlarga ega. Tranzaksiya xarajatlarining sezilarli darajada qisqarishi tufayli bozor qamrovi yanada kengayadi, mehnat taqsimoti yanada rivojlanadi va resurslarni taqsimlash samaradorligi ortib boradi [3]. Xulosa Xulosa qilib aytganda iqtisodiyot tarmoqlarining barchasida raqamli iqtisodiyot ulushi sezilarli darajada o'sib kelmoqda, bu o'z navbatida sohalarda raqamli transformatsiyaning oshishiga olib kelmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng miqysoda foydalanish mamlakatning iqtisodiyot ulushida raqamli iqtisodiyotning oshishiga olib kelishiga guvohi bo'lmoqdamiz. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi. 2017-yil 19-sentabr. 2. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 08.01.2019-yildagi PF-5614-son. 3. Razzoqov A., Toshmatov Sh., O'rmonov N. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi. Darslik (lotin yozuvida). - T. "Iqtisod-moliya", 2007. -320 b. 4. Ayupov R.X., Urunov R.S. O'zbekistonda raqamli iqtisod va 4.0 Industriyaning rivojlanish tendentsiyalari. Iqtisodioytning tarmoqlarini innovatsion rivojlanishida AKT ning axamiyati, Respublika ilmiy-texnik anjumanining ma'ruzalar to'plami, 3-qism, 2019 yil. 14-15 mart, 399-401 betlar. 5. Gulyamov S.S va boshqalar. Raqamli iqtisodiy otda blokcheyn texnologiyalari. T.: "Iqtisod Moliya" nashriyoti, 2019. 386 bet.