scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUHAMMAD HAKIM TERMIZIYNING LINGVISTIK QARASHLARI XUSUSIDA

Shohista MAXMARAIMOVA

Full text

172 MUHAMMAD HAKIM TERMIZIYNING LINGVISTIK QARASHLARI XUSUSIDA Shohista MAXMARAIMOVA, Termiz davlat universiteti, filologiya fanlari doktori, professor [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17488872 Annotatsiya. Maqolada buyuk ilmiy meros sohibi Hakim Termiziyning lingvistik qarashlari va ularning O‘rta asr arab tilshunosligi rivojiga ta’siri tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida Termiziyning so‘z va ma’no masalasiga yondashuvi keng qamrab olinadi. Hakim Termiziyning lingvistik nazariyasi nafaqat o‘z davrida, balki zamonaviy tilshunoslikda ham so‘zning ma’no va funksiyasi tahlilida muhim ilmiy-metodologik ahamiyatga ega bo‘lgan. Kalit so‘zlar: Hakim Termiziy, arab tilshunosligi, semantika, sinonimiya, lingvistik nazariya. Manbalarda Hakim Termiziyning tugʻilgan va vafot etgan sanalari toʻgʻrisida aniq ma’lumotlar yoʻq, shunga qaramay, bu haqdagi fikrlarni tarixchi olim J.Choʻtmatov ikki toifaga ajratadi: 1) u zot II-VIII asrning oʻrtalarida tugʻilib, III-IX asrning oʻrtalarida vafot etgan; 2) u zot III-IX asrning boshlarida tugʻilib, IV-X asr birinchi yarmida vafot etgan (taxminan 205-318/820-932 ) yoki taqr. h. 205–215 / m. 820–830 – h. 295–300 / m. 907–912[Aiyub Palmer, 2015]. Ma’lumki, yurtimizdan Qur’oni Karim tafsiri bilan shugʻullanib, bu borada ulkan mashhurlik qozongan allomalar talay. Ular qatorida «Kashshof an haqoiqi va uyunil aqovili fiy vujuhit-ta’viyl» tafsiri muallifi Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Muhammad Zamaxshariy, «Ta’vilot ahl as-sunna» tafsiri muallifi Imom Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud Abu Mansur Moturidiy Samarqandiy, «Madorikut tanzil va haqoiqut ta’vil fit tafsir» («Tafsirdagi nozil boʻlish va ta’vil haqiqatlarini anglash kitobi») asari muallifi Imom Abul Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud Nasafiy, «Bahr al-ulum» tafsiri muallifi Abu Lays Samarqandiy kabi taniqli allomalarning muhim oʻrni bor. Shu singari, Movarounnahr miqyosida Qur’oni Karim ma’nolariga bagʻishlangan ilk manbalardan biri boʻlgan yana bir muhim asar Hakim Termiziy tomonidan yaratilgan «Tahsilu nazoir al-Qur’on» nomli kitobdir. Unda Qur’oni Karimda ishlatilgan va alohida tanlab olingan 81 soʻzning lugʻaviy va yashirin ma’nolari tilshunoslik, mantiq va islom ilmlari asosida hikmat bilan tahlil etilgan. Asarni oʻzbek tiliga tarjima qilgan olim, tarixchi Joʻrabek Choʻtmatov, xususan, Qur’oni Karimni tadabbur bilan tilovat qiluvchi har bir kishi yaxshi anglab oladiki, bu Kitob oyatlari ma’no, lugʻat, balogʻat-u fasohat jihatdan har qancha tafsir qilinsa, shuncha ozdek tuyuladi va uning purma’noligidan inson ojiz qoladi, deya ta’kidlaydi[Ҳаким Термизий, 2024: 7]. 173 Sulaymon Kayya allomaning «Kitob al-Amsal min al-Kitob va as-Sunna», «Tafsir oyati la sharqiyya va la gʻarbiyya ma’a ta’vil arba’ina hadisan», hamda «alMasoil al-Maknuna» kabi asarlarini tafsir sohasi bilan bogʻliq ishlar sifatida baholaydi. Biroq «Tahsili Nazoir al-Qur’an» nomli asari uning Qur’onga oid toʻgʻridan toʻgʻri sharh va ta’villarini oʻz ichiga olgan yagona asosiy tafsiriy asari sifatida e’tirof etilgan[Sadreddin Konevî, 2018]. Hakim Termiziyning asarlari orasida «Tahsilu nazoir al-Qur’an» nomli asari uning Qur’onni tafsir qilishga boʻlgan yondashuvini tushunishda eng muhim manba hisoblanishini yozadi va allomaning umumiy tafsir konsepsiyasi ikki asosiy tamoyilga qurgilanligini ta’kidlaydi[Sadreddin Konevî, 2018]. Bular: har bir tushunchaning asosiy, ildiz ma’nosi mavjud, degan da’vo. Hakim Termiziyning bu da’vosi shunday shaklda ifoda etilishi mumkin: koʻp ma’noli soʻzning turli holatlarda oladigan ma’nolari (vujoʻh) aslida shu soʻzning uni boshqa soʻzlardan farq qiluvchi ildiziy ma’nosidan kelib chiqqan. Hakim Termiziyning bu qarashi uning «Tahsili Nazoir al-Qur’an» nomli asarining qisqacha muqaddimasida bayon qilingan boʻlib, bu asar Qur’on tafsiri an’anasida bizgacha yetib kelgan eng ilk yozma manbalardan biri hisoblangan vujoʻh va nazoir turkumiga mansub boʻlib, uning bu fikrni dastlab aynan oʻsha muqaddimada bayon qilishi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Qur’oniy ma’nolarni izohlashda ramziy-botiniy (simvolik va ichki) ma’nolarni ustuvor deb bilish[Sadreddin Konevî, 2018] Hakim Termiziyning muhim qarashlaridan biri bo‘lgan.Hakim Termiziyning bu qarashlari oʻz davridagi ilmiy va madaniy muhit bilan uzviy bogʻliq ekanligi aniq koʻrinadi. Uning lafzlarning asl ma’nosini aniqlashga qaratilgan yondashuvi oʻsha davrda tilshunoslikdagi qizgʻin muhokamalar – sinonimiya (taraduf) va farqlar (furuq) atamalarning belgilanishi (vaz’) kabi mavzular bilan bogʻliq edi. Bu kontekstda Hakim Termiziy har bir nomlanuvchi narsaning oʻz ismi boʻlishi kerak, degan qarashni ilgari suradi. Ramziy va botiniy yondashuv Hakim Termiziyning Qur’on va hatto sunnatga asoslangan mazmunlarda ham ichki ma’nolarni ochishga intilishini, shuningdek, uning botinni ta’vil qilishda qadimiy madaniyatlar ta’siri bilan bogʻliq yondashuvga ega ekanligini koʻrsatadi[Sadreddin Konevî, 2018]. Chunki Hakimning ushbu yondashuvi Qur’onni ishoriy/botiniy ma’noda talqin qilish – ya’ni ezoterik, ma’naviy tafsir yoʻnalishi uchun zamin yaratadi va vujoʻh va nazoir kabi tafsiriy adabiyot an’anasida tasavvufiy talqin nuqtayi nazaridan muayyan bir burilish nuqtasini vujudga keltiradi. Qur’oni karim lafzlarini oʻrganuvchi ilmlardan biri – Quroni karimdagi ayrim soʻzlarning tafsirlarini oʻrganuvchi «ilm al-vujuh van-nazoir» ilmi hisoblanadi. Imom Abul Faraj ibn Javziy «Nuzhat al-a’yun an-navazir fiy ilm al-vujuh van-nazoir» (Vujuh va nazoir ilmi borasida nazar qiluvchi koʻzlar quvonchi) asarida: «Bilginki, 174 vujuh va nazoirning ma’nosi bunday: bir soʻz Qur’oni karimning turli oʻrinlarida bir xil keladi. Ammo undan har bir oʻrinda boshqa ma’no iroda etiladi. Endi bu oʻrinda zikr qilingan soʻz lafzan boshqa bir oʻrinda kelgan shu kabi soʻzning lafziga «nazir» – ya’ni u bilan bir xil boʻladi. Har bir soʻzning boshqasidan farqli boʻlgan tafsiri esa vujuh, ya’ni oʻsha soʻzning turli jihatlaridir. Demak, «nazoir» lafzlar (soʻzlar) uchun, «vujuh» esa ma’nolar uchun ismdir» deya qayd etadi. Bu ilm Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zamonlarida mavjud boʻlgan. Termiziyshunos olim Sulaymon Kaya oʻzining «Tahsîlu Nezâiri’l-Kur’an’ı Bağlamında. Hakîm Tirmizî’de vücûh ve nezâir» nomli asarida mazkur ilmning yuzaga chiqish sababini va davrini shunday ta’riflaydi: «Musulmonlarning Qur’onga boʻlgan tasavvuri arab tili sohasidagi tadqiqotlarni uyushtirish uchun ragʻbatlantiruvchi bir omil boʻlgan, natijada esa bu sa’y-harakatlar hijriy ikkinchi asrdan boshlab, tabiiy ravishda Qur’onni tilga bogʻliq tarzda tushunish borasida yangi bir yoʻnalishning paydo boʻlishini ta’minlagan va bu mavzudagi ta’sirlar ikki tomonlama ravishda davom etgan». Shuningdek, Sulaymon Kaya istilohning oʻzini shunday sharhlaydi: «Vücûh» « هوجو»,» vech» (هجو) soʻzi koʻplik shaklidir. Har bir soʻzda boʻlgani kabi, «vech» tushunchasi ham «yuz, chehra, jihat, taraf, har qanday narsaning old tomoni, yoʻnalish, yoʻl, shakl, maqom» kabi koʻplab tushunchalar bilan tushuntirilgan. «Yoʻnalish» ma’nosini ham oʻz ichiga olgan bu tushuncha, «Vücûhu’l-kelâm» tarzida ishlatilayotgani bilan «soʻzning yoʻnaltirilgan tomoni yoki soʻzdan maqsad qilingan ma’no»ni ifoda etadi. «Nezoir» « رئاظ» esa, «n-z-r» (رظن) – «nazir-nozira» ( ةريظن - ريظن ) soʻzining koʻpligi boʻlib, «shakl, axloq, amal va soʻzda ikki narsa orasidagi tenglik yoki tenglik darajasiga yetgan oʻxshashlik»ni ifoda etish uchun ishlatiladi. «Misl» (لثم) va «savâ» (ءاوس) soʻzlari bilan tushuntiriladigan boʻlib, bir turdagi tenglikni ifoda etishga urgʻu berilgan. Hakim Termiziydan oldingi davrda tushuncha bilan bogʻliq asarlarda koʻrib chiqilmagan. Biroq tushunchalarning ma’nolari tushuntirilayotganida, shu tushuncha anglatadigan ma’noning oʻxshashligini ifoda etish uchun «misl», «savâ», «ke-kavlihî» iboralari bilan birga «naziruhâ/hu» shaklida ham ishlatilgan»[ Süleyman Kaya, 2016: 55]. Fuat Sezginning koʻrsatishicha, Qur’onga oid birinchi tadqiqotlar lafzlarning harakatiga oid boʻlgan va bu, shunday qilib, Abu al-Asvad ad-Dualiy (h. 69/688) bilan boshlangan, uning shogirdi Nasr bin Asim (h. 89/707) va Yahyo bin Ya’mar (h. 129/746) bilan davom etgan[Sezgin, 1993]. Ta’kidlangani kabi, Muhammad Hakim Termiziy rahmatullohi alayh «Tahsilu nazoir al-Qur’on» asarida 81 ta soʻz ma’nosiga toʻxtaladi. Garchi bu miqdor oʻzga tafsir mualliflarida (Muqotil ibn Sulaymon asarida 174 yoki 186 atama, Horun ibn Muso (vafoti: 170/786) asarida 210, Yahyo ibn Sallam asarida 115, Hakim Termiziy asarida esa 81 atama mavjud). Hakimdan keyingi davrda Hiyri asarida 540 atama, 175 Damagʻaniy (Dâmeğânî) (vafoti: 478/1085) 529, Ibn-ul-Javziy esa 324 atamani muhokama qilgan. Demak, asarlarda koʻrilgan atama soni boʻyicha bir xil tuzilma mavjud emas, jarayon davomida atama sonida nisbiy oʻsish kuzatilgan[Süleyman Kaya, 2016: 86]) 540 ta atamaga qadar ixtilofga ega. Hakim Termiziydan oldingi davrga mansub asarlar uchun hech qanday kirish yoki tushuntirishsiz bevosita atamaning vujuhlariga oʻtilganlik xos. Kirish maqsadidagi tushuntirishni birinchi marta Hakim Termiziy asaridan koʻrishimiz mumkin. Hakim Termiziy, keyinchalik beriladigan qisqa tushuntirishda koʻrsatilganidek, asarini qaysi asosiy qarash nuqtasidan koʻrib chiqishini qisqacha tushuntirib, uni boshlaydi. Shunga oʻxshash kirish shakli keyingi davrda deyarli urfga kirgan[Süleyman Kaya, 2016: 89]. Vujuh va nazoir ilmidagi asarlardan farq qiluvchi bu asari bilan alloma sinonimiya hodisasini qat’iy rad qiladi. Buni asarni nashr ettirgan Husni Nasr Zaydon Hakim Termiziyning quyidagi fikrlari bilan asoslaydi. Ya’ni: «Agar bir lafz boshqasiga mutlaq sinonim boʻlib, ma’nosi bir-biriga qoʻshilib ketsa, bu uning tub ma’nosini tushunishda ixtilofni yuzaga keltiradi. Chunki bir kishi uning ma’nosi borasida bir lafzni, boshqasi esa oʻzga bir lafzni ishlatishi mumkin, bu esa uning asl ma’nosi qolib, turlicha tushunilishiga olib keladi». Bu bilan alloma «Sinonimiya – ifodalash doirasini kengaytiradi hamda nazm va nasr imkoniyatini oshiradi. Maqsadga dalolat qilish lozim boʻlgan oʻrinda ikki ibora bir-biri bilan teng kelib qolganda, ularning qulayi bilan ishlash imkonini beradi», deya da’vo qiluvchilarga qarshi chiqadi. Masalan, «zikr» atamasi avvalgi asarlarda oʻn besh-oʻn olti umumiy ma’noda koʻrib chiqilgan boʻlsa, Hakim Termiziy ushbu atamani toʻqqiz ma’noda sharhlagan. Shuningdek, «as-su’» (ءوسلا) atamasi oʻn bir ma’noda berilgan boʻlsa, Hakim buni sakkiz ma’noda izohlagan. Yana «fasod» atamasi olti ma’noda tahlil qilingani holda, Hakim uni toʻrt ma’noda koʻrib chiqqan; «mashy» (yurish) atamasi toʻrt ma’noda berilgan boʻlsa, Hakim buni ikki ma’noda taqdim qilgan. Asarning noyob jihati shunda ham koʻzga tashalanadiki, Hakim Termiziy hazratlari semasiologiya shakllana boshlagan 19-asrdan 9 asr muqaddam soʻz ma’nosining boʻlinuvchanlik xususiyatini payqagan. Buni uning asar muqaddimasida keltirgan: «...Shundan soʻng, albatta, biz Qur’ondagi soʻzlar borasida bitilgan ushbu kitobga nazar qildik. Unda ma’lum bir soʻz turli ma’nolarda tafsir etilganiga guvoh boʻldik. Soʻng buni tadabbur qilib koʻrsak, bir soʻzni izohlovchi ushbu tafsirlarda lafzlar faqat tafsir jihatdan turlicha boʻlib, ularning tub ma’nosi bir qancha shoxobchalarga boʻlinib ketgani va ushbu hollarda Allohning Kitobi faqat ma’lum vaqtdagi voqea-hodisalar sababidangina bu lafzlar ila turlicha soʻzlagani tufayli sirtdan qaraganda tafsir lafzlari turlicha boʻlib qolgan» degan soʻzlari dalillaydi. 176 Hakim Termiziyning til qonuniyatlariga doir qarashlari uning barcha asarlarining mundarijasida kuzatiladi. Bu esa allomaning oʻz mustaqil, hech bir allomaning lingvistik farazini takrorlamagan lingvistik ta’limotga ega yirik olim ekanini tasdiqlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Aiyub Palmer. The Social and Theoretical Dimensions of Sainthood in Early Islam: AlTirmidhī’s Gnoseology and the Foundations of Ṣūfī Social Praxis: A dissertation submitted in partial fulfillment of the requirements for the degree of Doctor of Philosophy (Near Eastern Studies) In the University of Michigan, 2015. 2. Абу Абдуллоҳ Муҳаммад ибн Али ибн Ҳасан ибн Бишр Ҳаким Термизий. Таҳсилу назоир ал-Қуръон. Таржима ва изоҳлар муаллифи: Жўрабек Чўтматов. – Термиз: Kitob Nashr, 2024. – 368 б. 3. Sadreddin Konevî. Tasavvuf, Felsefe ve Din. Necmettin Erbakan Üniversitesi. Aralık, 2018. Bunda: Süleyman Kaya. Hakîm Et-Tirmizî’nin Kur’an’i Yorum anlayişi. S. 519. 4. Süleyman Kaya. Tahsîlu Nezâiri’l-Kur’an’ı Bağlamında. Hakîm Tirmizî’de vücûh ve nezâir. – İstanbul, 2016. 5. Sezgin F. Geschichte des arabischen Schrifttums IX. Grammatik, Leiden 1984. For the early period, see C.H.M. Versteegh, Arabic Grammar and Qur’ānic Exegesis in Early Islam, Leiden 1993.