scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SUN'IY INTELLEKT TARAQQIYOTI VA TARJIMA LUG'ATLARIDAN FOYDALANISH MASALALARI (O'ZBEKCHA-RUSCHA LUG'AT MISOLIDA)

Sojida ABDUXAKIMOVA

Full text

225 SUN’IY INTELLEKT TARAQQIYOTI VA TARJIMA LUG‘ATLARIDAN FOYDALANISH MASALALARI (O‘ZBEKCHA-RUSCHA LUG‘AT MISOLIDA) Sojida ABDUXAKIMOVA, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institute kichik ilmiy xodim DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17488968 Annotatsiya. Mazkur maqolada sun’iy intellekt rivojlanayotgan davrda tarjima lug‘atlardan foydalanish masalalari, an’anaviy lug‘atlar va AI asosidagi tizimlar taqqoslanishi, o‘zbekcharuscha lug‘atlar misolida muammolar va ularning yechimlari keng yoritiladi. Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, mashinaviy tarjima, SI tizimlari, neyron tarmoqlar, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), Google Translate, Yandex Translate, ChatGPT, tarjima sifati, mashinaviy o‘rganish, leksik tahlil, semantik tafovut, tarjima muammolari. XXI asrning boshlarida globallashuv, xalqaro integratsiya va raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida millatlararo muloqotga bo‘lgan ehtiyoj yanada kuchaydi. Bugungi kunda turli xalqlar o‘rtasidagi madaniy, ilmiy, iqtisodiy va diplomatik aloqalar samaradorligi ko‘p jihatdan til vositalaridan foydalanish darajasi bilan belgilanadi. Shubhasiz, tarjima lug‘atlari tarixan ikki xalq o‘rtasida bilim, madaniyat va tajriba almashish vositasi bo‘lib kelgan. Shu jihatdan o‘zbekcha-ruscha lug‘atlar mamlakatimizda eng faol qo‘llanuvchi muhim tarjima vositasi desak xato bo‘lmaydi. O‘zbekcha-ruscha lug‘atlar faqat so‘z va iboralarning izohini emas, balki ular orqali o‘zbek tilining milliy o‘ziga xosliklari, madaniy merosini ham aks ettiradigan manbadir. Biroq bugungi kunda sun’iy intellekt texnologiyalarining tez sur’atda rivojlanishi bu lug‘atlardan foydalanish masalasiga yangicha yondashuvni talab qilmoqda. Mashinaviy tarjima, neyron tarmoqlar, intellektual korpuslar va avtomatik lug‘atlar an’anaviy lug‘atlarga nisbatan tezkorlik va qulaylik bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, SI texnologiyalarida tilning madaniy konteksti, ko‘pma’nolilik va sintaktik murakkabliklarni to‘liq aks ettira olish masalasi hanuz dolzarbligicha qolmoqda. Sunʼiy intellekt yoki sunʼiy idrok (SI; inglizcha “artificial intelligence” – AI) – inson intellektiga taqlid qilishga qodir boʻlgan mashinalar yaratishga qaratilgan fan va texnologiya sohasi [uz.wikipedia]. So‘nggi yillarda sun’iy intellekt texnologiyalari dunyo miqyosida (O‘zbekistonda so‘nggi 4-5 yilda) ilm-fan, ishlab chiqarish va ta’lim tizimlarining ajralmas qismiga aylandi. Uning til sohasidagi roli ham ahamiyatlidir. SI tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), kompyuter lingvistikasi, ovozli yordamchilar, mashinaviy tarjima, chat-botlar va ko‘plab boshqa yo‘nalishlarda keng qo‘llanmoqda. Bugungi kunda SI asosida yaratilgan mashinaviy tarjima tizimlari (Google Translate, Yandex Translate, DeepL) lug‘atlarning zamonaviy shakliga 226 aylanib bormoqda. Ular foydalanuvchiga so‘z va iboralarning turli kontekstdagi tarjimalarini taklif qiladi, lekin an’anaviy lug‘atlardagi madaniy va uslubiy izohlarni berishda hali ham sustlik qilayotganini ta’kidlash lozim. Sun’iy intellektning tilni o‘zlashtirish jarayoni insonlardan farqli maxsus algoritmlar asosida amalga oshadi. Unda mashinaviy o‘rganish uslubidan foydalaniladi. Mashinaviy o‘rganish katta miqdordagi ma’lumotni qisqa muddatda o‘zlashtirish, tahlil qilish, tizimlashtirishda SI tizimidagi dasturlarga yordam beradi. Shuning uchun bugungi kunga kelib SI asosidagi dasturlar tarjima sohasida ham keng qo‘llanmoqda. Bunday tarjima usullari mashinaviy tarjima usuli deb nomlanadi. Mashinaviy tarjimaning asosiy turlari quyidagilardir: • Statistik mashinaviy tarjima – 1949-yilda Uorren Uiver tomonidan taqdim etilgan. Asosan gap tuzilishi o‘xshash bo‘lgan tillarga mos keladi. 2016-2017yillargacha Google Translate, Microsoft Translator, SYSTRAN, Yandex Translate dasturlarida qo‘llangan. • Misollar asosidagi mashinaviy tarjima – yaponiyalik olim Makoto Nagao tomonidan 1984-yilda taqdim etilgan. Bu statistik mashinaviy tarjimadan farqli ravishda parallel ikkita tilli korpusdan tashkil topgan va tarjima yuklangan misollar orqali amalga oshiriladi. • Qoidalarga asoslangan mashinaviy tarjima – ikkita tilning grammatik, sintaktik, morfologik va semantik qonuniyatlarini o‘z ichiga oladi va bu usul o‘zidan oldingi usullardan afzalligi bilan ajralib turadi. • Neyron tarmoqlarga asoslangan mashinaviy tarjima – sun’iy mashinaviy tarjimaning asosiy qismidan foydalanadi va statistik mashinaviy tarjimaga qaraganda xotirada ancha kam joyni egallaydi. Shuningdek, bir til doirasida o‘zi mustaqil o‘rganish va uni amalda qo‘llash imkoniyatiga ega. • Gibrid (aralash) mashinaviy tarjima, ya’ni bir nechta yondashuvlarni birlashtiruvchi tizim – yuqorida keltirilgan mashina tarjimasi turlarining eng yaxshi jihatlarini jamlashga urinadi [Головко, 2020]. SI mashinaviy tarjimani o‘rganishida, uni amalda qo‘llash jarayonida insonlar singari so‘zlarni eslab qolmaydi. U bu so‘zlarni, gap qurilmalarini maxsus kodlar orqali xotirada saqlab qolishga harakat qiladi. Bu usul juda katta miqyosdagi ma’lumotni eslab qolishga, uni tez tahlil qilishga yordam beradi. Mazkur tadqiqotimizda SIning yuqoridagi xususiyatlarini inobatga olgan holda, ayrim so‘zlarning an’anaviy o‘zbekcha-ruscha lug‘atda berilgan tarjimasi bilan SIning tarjimasini taqqoslab, tarjima dasturlari so‘zning mazmunini qanchalik to‘g‘ri ochib berishini o‘rganib chiqamiz. Tahlil uchun Google Translate, Yandex Translate va ChatGPT dasturlari tarjima variantlari tanlandi. MADDOH 227 O‘zbekcha-ruscha lug‘atda: MADDOH 1 рел. маддах (уличный рассказчик житий святых; профессиональный рассказчик священных историй); 2 перен. презр. апологет, панегирист, восхвалитель; Dushman firibin yеma va ~ xushomadin chin dema (Navoiy) Не поддавайся вражескому обману и лесть восхвалителя не принимай за правду. “Google Translate”dagi tarjima - хвалить – определения; Выражать одобрение кому-чему-н. за какие-н. качества, достоинства. “Хвалить ученика” Yandex Translate – маддох; ChatGPT - maddoh — льстец, подхалим, честолюбец, тот, кто чрезмерно хвалит других (в зависимости от контекста). Ushbu so‘zning kontekstda keltirilgan variantini “U maddohlik qildi” gapi orqali qay tarzda tarjima qilishini ham ko‘rib chiqamiz: “Google Translate”dagi tarjima - он похвалил; Yandex Translate - он был безумным; ChatGPT - он льстил (so‘zma-so‘z tarjima: “U maddohlik qildi” — “Он занимался лестью.”) Lug‘atda berilgan illyustrativ misolning tarjimalarini ham ko‘ramiz. Misol: “Dushman firibin yеma va maddoh xushomadin chin dema.” “Google Translate”dagi tarjima - Не обманывайтесь врагом и не обманывайтесь лестью. Yandex Translate - Враг мошенник йема и мэддох льстит чин Дема. ChatGPT - Не верь обману врага и не принимай лесть льстеца за правду. Ko‘rinadiki, tarjima dasturlari ichida ChatGPTning tarjimasi so‘zning asl ma’nosiga ancha yaqinlashgan. “Google” ning tarjimon dasturi esa kontekst ichidagi ma’nosini to‘g‘ri chiqarib berdi. “Yandex” dasturi esa umuman berilgan vazifani bajara olmadi. Keyingi misolimiz: TABIAT 1 природа; 2 натура; характер, нрав настроение; 3 перен. желание, воля; намерение; 4 перен. вкус; ♦ ~i tortadi (или ko‘taradi) он не брезгает, bu suvni ~ing tortadimi (или ko‘taradimi)? не брезгаешь ли ты этой водой?; можешь ли ты вы пить эту воду?; buni ~im ko‘tarmaydi (или tortmaydi), я не переношу этого; я не могу перенести (вы нести) это, я брезгаю этим. “Google Translate”dagi tarjima – природа; Yandex Translate - природа; ChatGPTприрода. Tarjimani to‘ldirish so‘ralganidan keyin esa: 228 “So‘z tabiat o‘zbek tilida bir nechta ma’nolarga ega, shuning uchun rus tiliga tarjimasi ham turlicha bo‘ladi: 1. Природа – dunyodagi tabiiy olam, o‘simliklar, hayvonot, tog‘lar va hokazolar haqida gap ketganda. o Tabiat go‘zal — Природа красивая. o Tabiat hodisasi — Явление природы. 2. Характер, натура, сущность – inson yoki narsaning ichki mohiyati, fe’l-atvori haqida. o Uning tabiati yumshoq — У него мягкий характер. o Inson tabiati — Человеческая натура. 3. Суть, естество, естественная природа – falsafiy yoki diniy kontekstda. o Tabiat qonunlari — Законы природы. o Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabat — Взаимоотношение природы и общества. Xulosa qilib aytganda, “tabiat” so‘zining asosiy tarjimalari: природа, характер, натура, сущность, естество.” Bu so‘zning ko‘chma ma’nosi ham bor. Shuning uchun ko‘chma ma’nosi bilan berilgan misollarni ham tarjima qilib ko‘rdik – “Buni tabiatim ko‘tarmaydi”: “Google Translate” – Моя натура не может этого вынести. Yandex Translate – Я не могу этого вынести. ChatGPT – Моя натура этого не выносит yoki Я этого не переношу по своей натуре. Bu ibora “menga bu narsa yoqmaydi, fe’lim bunga toqat qilolmaydi” degan ma’noda ishlatiladi. Keyingi misolimiz: JAVOB 1 ответ; 2 мат. физ. ответ, решение; 3 разрешение, освобождение; отпуск; “Google Translate” – ответить; Yandex Translate – ответить; ChatGPT – javob (ot) 1. ответ o Savolga javob ber — Ответить на вопрос 2. реакция o Uning javobi tez bo‘ldi — Его реакция была быстрой 3. возражение o Javob qaytardi — Возразил 4. ответственность o Ishiga javob beradi — Отвечает за свою работу 229 5. результат, наказание, последствие o Qilgan ishining javobini topdi — Получил наказание / результат за свой поступок. “Xotinining javobini bermoq”: “Google Translate” – дать ответ жены Yandex Translate – дать ответ жены ChatGPT – Xotining javobini bermoq — bu o‘zbek tilida ajrashmoq, xotinini taloq qilmoq degan ma’noni anglatadi. Rus tilida: Развестись с женой yoki so‘zma-so‘z: Дать жене развод. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, SI asosidagi tarjima tizimlari tezkorlik va qulaylik jihatidan an’anaviy lug‘atlarga nisbatan ustun bo‘lsa-da, tilning madaniy, uslubiy va ko‘chma ma’nolarini to‘liq aks ettira olmaydi. Ayniqsa, ko‘p ma’noli so‘zlar (“maddoh”, “tabiat”, “javob”) tarjimasida inson tafakkuriga xos semantik noziklik yetishmaydi. Sun’iy intellektga asoslangan mashina tarjimasi til kontekstini aniqlashda neyron tarmoqlar orqali o‘zini takomillashtirib borayotgani aniq sezilyapti. Biroq madaniy-semantik moslikni to‘liq ta’minlash uchun inson omili va lingvistik tahlil zarurligicha qolmoqda. Shu sababli SI tizimlarini an’anaviy lug‘atlar bilan integratsiyalash ularning aniqligini oshirish va til o‘rganish jarayonida samaradorlikni kuchaytirishning istiqbolli yo‘nalishidir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Головко Д.Р. Особенности и виды машинного перевода // Вестник МИТУ-МАСИ. – № 4 / 2020. 2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Sun%CA%BCiy_intellekt 3. Ўзбекча - русча луғат / Акобиров С.Ф. ва Михайлов Г.Н. таҳрири остида. – Тошкент, 1988. 4. Ревзи И.И., Розенцвейг В.Ю. Oсновы общего машинного перевода. –Москва, 1964.