YER OSTI KON LAHIMLARIDA MARKERLAR YORDAMIDA QUDUQDAGI KON JINSLARINING DEFORMATSIYA MIQDORINI O'LCHASH
Abstract
Mazkur maqolada yer osti kon lahimlarida kon jinslarining siljish miqdorini chuqurlik markerlari yordamida aniqlashning marksheyderlik-geofizik usullari ko‘rib chiqildi. Tadqiqotda kon jinslari massividagi deformatsiyalarni, yoriqlar ochilishini, qatlamlanish va kuchlanish holatini o‘lchash uchun qo‘llaniladigan zamonaviy asbob-uskunalar tahlil qilindi. Olingan ma’lumotlar kon lahimlarining barqarorligi, yer osti inshootlarining xavfsizligi hamda kon monitoringi tizimlarining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Full text
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 13 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 31 DOI: https://10.5281/zenodo.17489046 YER OSTI KON LAHIMLARIDA MARKERLAR YORDAMIDA QUDUQDAGI KON JINSLARINING DEFORMATSIYA MIQDORINI O‘LCHASH Abdiazizov Asliddin Adham o‘g‘li Qarshi davlat texnika universiteti Neft-gaz va geologiya fakulteti E-mail: [email protected] Ruzibayeva Dildora Akramovna G‘ayratova Madinabonu Zaxriddin qizi ANNOTATSIYA Mazkur maqolada yer osti kon lahimlarida kon jinslarining siljish miqdorini chuqurlik markerlari yordamida aniqlashning marksheyderlik-geofizik usullari ko‘rib chiqildi. Tadqiqotda kon jinslari massividagi deformatsiyalarni, yoriqlar ochilishini, qatlamlanish va kuchlanish holatini o‘lchash uchun qo‘llaniladigan zamonaviy asbobuskunalar tahlil qilindi. Olingan ma’lumotlar kon lahimlarining barqarorligi, yer osti inshootlarining xavfsizligi hamda kon monitoringi tizimlarining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: quduq, chuqurlik markerlari, kon jinsi massivi, deformatsiya, yuksizlantirish usuli, inklinometr, deformometr, marksheyderlik monitoringi. ИЗМЕРЕНИЕ ВЕЛИЧИНЫ ДЕФОРМАЦИИ ГОРНЫХ ПОРОД В СКВАЖИНЕ С ПОМОЩЬЮ МАРКЕРОВ В ПОДЗЕМНЫХ ГОРНЫХ ВЫРАБОТКАХ АННОТАЦИЯ В данной статье рассмотрены маркшейдерско-геофизические методы определения величины смещения горных пород в подземных горных выработках с помощью глубинных маркеров. В исследовании проанализированы современные приборы и методы, применяемые для измерения деформаций в массиве горных пород, раскрытия трещин, слоистости и напряженного состояния. Полученные данные имеют важное значение для повышения устойчивости горных выработок, безопасности подземных сооружений и эффективности систем горного мониторинга. Ключевые слова: скважина, глубинные маркеры, массив горных пород, деформация, метод разгрузки, инклинометр, деформометр, маркшейдерский мониторинг.
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 13 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 32 KIRISH Kon jinslarining deformatsiyasi xosil boʻlishi bosqichi ketma — ketligi boʻyicha elastik, plastik va moʻrt deformatsiyalarga boʻlinadi. Ular kon jinslarining elastikligi, plastikligi va moʻrtligi hususiyatlaridan kelib chiqadi. Elastik deformatsiya tashqi kuchlar taʼsirida kon jinslari shakli va hajmining oʻzgarishi va shu kuchlar taʼsiri toʻxtagandan keyin birlamchi holatiga qaytishidan iborat boʻladi. Bunday deformatsiya tashqi kuchlar kattaligi elastiklik chegarasidan oshmaganda sodir boʻladi. Agar kon jinslariga taʼsir qiluvchi tashqi kuchlar kattaligi elatiklik chegarasidan ortiq boʻlib, bunda ularning yaxlitligi buzilmasa, tashqi kuchlar toʻxtagandan keyin hajmiy va shakliy oʻzgarishlar birlamchi holatiga qaytmasa, qoldiq deformatsiya hosil boʻladi va u plastik deformatsiya deb yuritiladi. Bu deformatsiya kristalli jinslardagi minerallar kristal panjaralari qatlamlarining bir — biriga nisbatan qaytmas siljishi bilan bogʻliq. Tashqi kuchlar taʼsiri toʻxtagandan keyin ular yangi muvozanat sharoitida xosil boʻlgan vaziyatini saqlab qoladi. Qoldiq deformatsiya kon jinslarining yaxlitligini buzilishi (darzliklar hosil boʻlishi, parchalanish) orqali sodir boʻlsa moʻrt deformatsiya rivojlanadi. Kon lahimlari va kon jinslari massividagi deformatsiya va siljish jarayonlarini aniqlash konchilik ishlarining xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Kon jinslari siljishi va ularning fizik-mexanik xususiyatlarini nazorat qilish orqali yer osti inshootlarining barqarorligini baholash, avariyalarni oldini olish hamda kon texnologiyalarini optimallashtirish mumkin. Mazkur ishda chuqurlik markerlari, inklinometrlar va deformometrik o‘lchov asboblari yordamida quduqlarda kon jinslari siljish miqdorini o‘lchash texnologiyalari tahlil qilinadi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT METODI Kon jinslari massivining deformatsiyalanganlik holati asosan marksheyderlikgeofizik nazorati ostida amalga oshiriladi. Kon jinslari massivi holatini nazorat qilish uchun quyidagi asosiy kuzatuv turlari qo‘llaniladi: ✓ chuqurlik reperlari va inklinometrlar yordamida siljish parametrlarini o‘lchash; ✓ fizik-mexanik xususiyatlarni aniqlash; ✓ kuchlanish-deformatsiyalanish holatini baholash; ✓ kon bosimining dinamik namoyon bo‘lishini qayd etish. Bu maqsadlarda qo‘llaniladigan asboblar orasida PSK, TT4, ShIIS-1, DSI-1, “UK-PROGNOZ”, RVP kabi o‘lchov tizimlari muhim o‘rin tutadi. Ular yordamida kon jinslarining yoriqlanish, cho‘zilish, siqilish va siljish jarayonlari aniqlanadi. Chuqurlik markerli kuzatish usuli 1 mm dan 1150 mm gacha bo‘lgan siljishlarni ±1% aniqlikda qayd etish imkoniyatiga ega. Deformatsiyalarni induktiv yoki torli o‘lchagichlar (7D-02, USD, SA-10, SYALEB, Itersyl, CANMET) yordamida o‘lchash imkonini beradi. Bu asboblar quyidagi qiymatlarni aniq o‘lchash imkoniyatiga ega: - bo‘ylama deformatsiyalarni aniqlash (εl);;
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 13 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 33 - radial siljishlarni aniqlash (εr); - cho‘zilish va siqilish koeffitsiyentlarini aniqlash imkonini beradi. O‘lchov natijalari simsiz uzatish tizimlari orqali dispetcherlik markazida qayd etiladi. Masalan, “Massiv” deformometrik nazorat tizimi kon lahimlaridagi real vaqtli monitoringni ta’minlaydi. Kon jinslarining mexanik xususiyatlari sifatida quyidagi guruhlarga bo‘lib aniqlanadi: ❖ Mustahkamlik ko‘rsatkichlari: σsiq, σcho‘z, τsiljish, c, f; ❖ Deformatsion parametrlari: Yung moduli (E), Puasson koeffitsiyenti (μ), siqilish moduli (K); ❖ Akustik parametrlari: elastik to‘lqin tezligi (U), so‘nish koeffitsiyenti (a); ❖ Reologik xususiyatlari: siljuvchanlik, relaksatsiya; ❖ Kon-texnologik xususiyatlari: mustahkamlik koeffitsiyenti (fkr), g‘ovaklanish (Kr), ishqalanish (fo), ilashish (Kz). Bu ko‘rsatkichlarni PPEI-4, BP-14, BU-39, BP-3, SHIEMS kabi asboblar yordamida 2–10% aniqlik bilan o‘lchash imkonini beradi. Kon jinslari massividagi kuchlanishlarni o‘lchashda bir nechta yuksizlantirish va kompensatsiya usullari qo‘llaniladi: 1. Yuksizlantirish usuli (VNIMI, Xast, Liman) – burg‘ilangan quduqdagi deformatsiyalarni DM-18, UKR-72, UU-1, DM-15 asboblari yordamida o‘lchash asosida kuchlanish holatini baholaydi. 2. Kompensatsion yuklama usuli – quduq devoridagi bosimni GD-6M markali gidrodomkrat yordamida qayta tiklash orqali aniqlash. 3. Bosimlar farqi usuli – quduqqa o‘rnatilgan ballon deformatsiyasini manometr orqali qayd etish (1-rasm sxemasi). 1-rasm. Bosimlar farqi usuli bilan kuchlanishlarni aniqlash sxemasi: 1 - gidrodatchik; 2 - quvur; 3 - o‘ziyozar manometr; 4 - ventilli qurilmalar; 5 - presssarf o‘lchagich; 6 - manometr; 7 - qo‘l nasosi
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 13 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 34 4. Akustik va ultratovush usullari – kon jinslarida elastik to‘lqinlarning tezligini SHUP-1, SB-22 (ShUS) asboblarida o‘lchash orqali kuchlanish holatini baholaydi. 5. Elektr va radiometrik usullar – solishtirma qarshilik va gamma-nurlanish oqimi intensivligi bo‘yicha kuchlanishlarni baholash. Bu usullar yordamida o‘lchangan ma’lumotlar kon jinslari massividagi nisbiy deformatsiyalar (10⁻⁶ – 10⁻³ birlik) darajasida aniqlanadi. NATIJALAR VA TAHLIL Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki: • Kon lahimlari va kon jinslari massivi o‘zaro ta’sirda bo‘lib, deformatsiyalarni doimiy monitoring qilish zarur. • Beqaror (III toifa) va o‘rtacha barqaror (II toifa) jinslarda uzluksiz yoki diskretuzluksiz o‘lchov tizimlarini qo‘llash eng samarali hisoblanadi. • Radiometrik datchiklar, inklinometrlar va torli deformometrlar yordamida uzluksiz ma’lumot olish kon xavfsizligini oshiradi. • Massivdagi kuchlanishlar dinamik o‘zgaruvchan bo‘lib, ularni vaqt bo‘yicha kuzatish yer osti inshootlarining mustahkamligini baholash imkonini beradi. • Massivdagi kon jinslarining fizik mexanik xususiyatlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘lchash imkoniyati mavjud bo‘ladi. XULOSA Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki chuqurlik markerlari yordamida kon jinslari siljishini aniqlash kon marksheyderlik ishining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Zamonaviy deformometrik, akustik va radiometrik asboblar massivda deformatsiyalarni yuqori aniqlikda qayd etish imkonini beradi. O‘lchov ma’lumotlarini masofadan uzatish asosida markazlashtirilgan nazorat tizimlari konchilik xavfsizligini sezilarli darajada oshiradi. Kon jinslarining fizik-mexanik parametrlarini kompleks tahlil qilish kon lahimlari barqarorligini bashorat qilishda ishonchli metodik asos yaratadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Ардашев К.А., Ахматов В.И., Катков Г.А. Методы и приборы для исследований проявления горного давления. – М.: Недра, 1981. – 128 с. 2. Баклашов И.В., Картозия Б.А. Механика подземных сооружений и конструкции крепей. – М.: Недра, 1992. 3. Бондарик Г.К., Ярг Л.А. Природно-технические системы и их мониторинг. Инж.геол. 1990. – № 5. – С. 3-9. 4. Вознесенский А.С. Средства передачи и обработки измерительной информации: Учебное пособие. – М.: МГГУ, 1999. – 267 с.
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 13 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 35 5. Гальперин А.М., Фельстер В., Шеф Х. –Ю. Техногенные массивы и охрана окружающей среды. – М.: МГГУ, 1997. – 534 с. 6. Епишин В.К., Трофимов В.Т. Литомониторинг – система контроля и управления геологической средой. Теоретические основы инженерной геологии. Социально-экономические аспекты / Под ред. Е.М. Сергеева. – М.: Недра, 1985. – С. 243-250. 7. Жуков В.В., Чернов Е.В., Довченко Г.Н. Напряженно-деформированное состояние слоистого массива. – Л.: Наука, 1973. – 132 с. 8. Королев В.А. Мониторинг геологической среды: Учебник / Под ред. В.Т. Трофимова. – М.: МГГУ, 1995. – 272 с. 9. Левкин Ю.М. Мониторинг подземных горных выработок повторной эксплуатации. – Горный информационно-аналитический бюллетень. – М.: МГГУ, 2000. – № 6. – С. 127. 10. Левкин Ю.М. Геоэкологический контроль окружающей среды при повторной эксплуатации подземных горных выработок. Роль науки и образования в третьем тысячелетии. Тез. докл. / Четвёртая международная экологическая конференция студентов и молодых учёных. – М.: МГГУ – 16-18 апреля 2000. – Том 1. – Смоленск: Ойкумена, 2000, с. 158-160. 11. Левкин Ю.М. Использование геодинамического районирования в условиях вторичной эксплуатации подземного пространства угольных шахт. Y1 Международная конференция: Экология и развитие Северо-Запада России. 1116 июля 2001г. – СПб: Международная академия наук экологии, безопасности человека и природы (МАНЭБ), 2001, с. 164. 12. Левкин Ю.М. Факторы, определяющие целесообразность многоцелевого использования подземного пространства угольных шахт. – М.: ГИАБ, 2004. – № 2, с. 15-18. 13. Турчанинов И.А., Иофис М.А., Каспарьян Э.В. Основы механики горных пород. – Л..: "Недра" 1989. – 488 с.: ил. 14. VNIMI. Metodika marksheydersko-geofizicheskogo kontrolya gornogo massiva. Moskva, 1988. 15. Skochinskiy nomidagi KTI ilmiy ishlanmalari. 16. Dnepropetrovsk IGTM SKTB texnik qo‘llanmalari. 17. MGGU, SoyuzTsMA – Deformatsion nazorat tizimlari bo‘yicha ilmiy hisobotlar, 2010. 18. Apatiti sh. Kola ilmiy markazi – Kon jinslarining deformatsion o‘lchov metodlari, 2005.