scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'RTA OSIYODA BIRINCHI RENESANS DAVRI

Usmonova, Umida Isakjonovna

Abstract

Ushbu maqolada O‘rta Osiyoda vujudga kelgan uyg‘onish davri haqida, arab xalifaligi davrida vujudga kelgan – “Bayt ul – hikma” da ijod qilgan allomalar haqida ma’lumotlar berilgan. Buyuk mutaffakirlarimizning yozgan asarlaridan hozirda nafaqat Osiyo balki, Yevropa mamlakatlarida ham foydalanib kelinmoqda.

Full text

ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 65 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17489770 O‘RTA OSIYODA BIRINCHI RENESANS DAVRI Usmonova Umida Isakjonovna «Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi ilmiy xodimi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada O‘rta Osiyoda vujudga kelgan uyg‘onish davri haqida, arab xalifaligi davrida vujudga kelgan – “Bayt ul – hikma” da ijod qilgan allomalar haqida ma’lumotlar berilgan. Buyuk mutaffakirlarimizning yozgan asarlaridan hozirda nafaqat Osiyo balki, Yevropa mamlakatlarida ham foydalanib kelinmoqda. Kalit so‘zlar: «Uyg‘onish davri», J. Vazari, Renessans, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Marvoziy, Farobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd, Bag‘dod. THE FIRST RENAISSANCE PERIOD IN CENTRAL ASIA. ABSTRACT This article provides information about the Renaissance that occurred in Central Asia, about the scholars who created the "Bayt ul-hikma" that arose during the Arab Caliphate. The works written by our great thinkers are currently being used not only in Asian but also in European countries. Keywords: "Renaissance", J. Vazari, Renaissance, Muhammad Al-Khwarizmi, Ahmad Ferghani, Marvazi, Al-Farabi, Ibn Sina, Ibn Rushd, Baghdad. Fanda «Uyg‘onish davri» deb nomlangan davr G‘arbiy va Markaziy Yevropadagi mamlakatlarda XIV–XVI asrlardagi rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalash uchun ishlatilgan. Birinchi marta «uyg‘onish» atamasini XVI asr italyan rassomi va tarixchisi J. Vazari o‘z asarlarida qo‘llaydi. Lekin bu atama XIV–XVI asr ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 66 ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanish mohiyatini ochib bermasdan, ko‘proq antik davr merosini, ya’ni, antik madaniyatga o‘xshash madaniyatning qaytadan «tirilishi», «uyg‘onishi» va «jonlanishi» ma’nosida ishlatila boshlandi. Keyinchalik bu atama fanda keng qo‘llanildi. Shu ma’noda ko‘pchilik tadqiqotchilar IX–XII asrlar O‘rta Osiyo xalqlari tarixida madaniyatning rivojlanishiga xos xususiyatlarini ham «uyg‘onish» davri deb atalishi yuqorida qayd qilinganidek, shartlidir deb hisoblaydilar. Haqiqatda XV–XVII asrlarda Yevropa mamlakatlarida birin–ketin madaniy yuksalish ko‘zga tashlanadi. Bu madaniy yuksalish, birinchi navbatda, ijtimoiy–iqtisodiy o‘zgarishlar bilan, jamiyat hayotida shaharlarning, shahar madaniyatining hunarmandchilik ishlab chiqarishining rivoj topishi bilan uzviy bog‘liq edi. Renessans madaniyati birinchi bo‘lib Italiyada boshlangan. Ma’lumki, Italiya o‘sha davrda O‘rta yer dengizda, temir va havo yo‘llari bo‘lmagan bir davrda, suv yo‘li orqali savdo-sotiqni rivojlantirish, boshqa mamlakatlar bilan turli iqtisodiy–madaniy aloqalarni avj oldirishda markaziy o‘rinlardan birini egallar edi. Italiya suv yo‘li orqali bevosita rivoj topgan sharq davlatlari, xususan, arab davlatlari bilan yaqindan aloqada bo‘lishga intildi. IX–XII asrlarda Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari, musulmon Sharqi madaniyatning yuqori cho‘qqiga ko‘tarilgani tarixdan ma’lum. Italiyaning bu davlatlar bilan iqtisodiy– madaniy aloqalari Yevropada Renessans madaniyatining vujudga kelishida muhim rol o‘ynagan. Italiyaning Sharqiy qo‘shnisi bo‘lgan Ispaniyada esa musulmon madaniyatini bevosita rivoj ettirgan arab davlati–Qordova xalifaligi deyarli XV asrlarga qadar davom etdi. Bularning barchasi Italiyada boshlangan Renessans, Uyg‘onish madaniyati shakllanishida IX-XII asrlarda Yaqin va O‘rta Sharq Uyg‘onish davri madaniyati, fani bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi. XII-XV asrlarda Italiyada Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Marvoziy, Farobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd kabi mashhur Sharq olimlarining asarlari lotin tiliga tarjima etildi, arab ilmiy yutuqlarini o‘rganishga intilish kuchaydi. Bu asarlar Yevropaga keng tarqaldi va Renessans madaniyatining muhim qismiga aylandi. ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 67 IX-XII asrlardagi uyg‘onish davri haqida gap ketganda g‘arb olimlarining aksariyat qismida uni arab yoxud fors svilizatsiyasining sarchashmasi deya yanglish tushunchalar uchraydi. “Markaziy Osiyo sivilizatsiyasining ajoyib yutuqlariga qaramay, G‘arbda ko‘pchilik bu tarixdan bexabar. O‘sha davrning ko‘plab buyuk madaniyat va intellektual arboblari boshqa sivilizatsiyalarga mansub deb noto‘g‘ri ta’riflangan. Starr ta’kidlaganidek, u tilga olgan asarlarning ko‘p qismi arab yoki fors tillarida yozilgan va ularning mualliflari ko‘pincha arablar yoki forslar deb noto‘g‘ri talqin qilingan”. O‘rta Osiyadagi uyg‘onish davrini yevropadagi renessansga qiyoslovchi tarixchilar ikkala davrdagi kamchilik va yutuqlarni o‘z ilmiy tadqiqotlarida asosli tarzda bayon qilishgan. Unga ko‘ra, asosiy farq sinflar va siyosiy institutlarning faoliyatida kuzatiladi. Yevropadan farqli oʻlaroq Oʻrta Osiyo svilizatsiyasi parokandalik va ijtimoiy parchalanishdan holi edi. “Markaziy Osiyo bu jihatdan tanazzulga uchramagan mintaqadir va shuning uchun bo‘lsa kerak, islom sivilizatsiyasi qulashi davrida ushbu mintaqa muhim rol o‘ynadi va markazni qayta tikladi”. Ya’ni, aynan arab xalifaligi har tamonlama zaiflashganda O‘rta Osiyo allomalari bu jarayonni mo‘tadillashtira olishdi. Endilkda, musulmon sharqi va g‘arbida ijtimoiy rivojlanishga bo‘lgan shart-sharoitlar yaratildi. Ba’zi g‘arb tarixchilari buni inkor etishsada shaharlarning funksiyanal vazifasi va mavqeyi ham bir qadar ortdi deyish mumkin. “Somoniylar sulolasi davrida Buxoro 200 yildan ortiq, milodiy 800-yillardan 1000yillargacha Islomning madaniy poytaxti sifatida Bag‘dod bilan raqobatlasha boshladi”. Bu sharq uyg‘onish davrida Markaziy Osiyo svilizatsiyasining o‘rni beqiyos ekanligining yana bir dalilidir. XII asr o‘rtalarigacha bo‘lgan besh asrlik davr vatanimiz xalqlari ma’naviy– madaniy hayotida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu davrda madaniyat, uning deyarli barcha sohalari yuksak darajada rivoj topdi va O‘rta Osiyoning dunyo madaniyati tarixiga qo‘shgan hissasini belgilab berdi. Movarounnahr, Xuroson xalqlari qadimiy madaniy an’analarga boy va ma’naviy mavqei jihatidan yuqori edi. Shu sababli O‘rta Osiyo arab xalifaligiga, musulmon dunyosiga kirgandan so‘ng VIII – XII asrlar davomida barcha musulmon o‘lkalari madaniyati rivojida yetakchi ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 68 o‘rinlardan birini egalladi. Islom dini, adabiyot, tabiiy fanlar, tarixnavislik, san’at, falsafa, huquqshunoslik, ijtimoiy tafakkur kabi madaniyatning barcha sohasida ham bu davrda buyuk siymolar, mutafakkir olimlar, zamonasining ilg‘or kishilari yetishib chiqdilar. Bu davrda birinchi akademiya – «Donolik uyi» tashkil topdi va bu yerda turli ilmlarning rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratildi, arab xalifasi Ma’mun uning rivojiga maxsus mablag‘ ajratib turdi. Akademiya – «Donolik uyi»da xalifalikning turli o‘lkalaridan kelgan arab, yahudiy, fors, turk, hind, yunon olimlari birgalikda ish olib bordilar. Uning faoliyatida O‘rta Osiyodan borgan olimlar ham muhim rol o‘ynadi. O‘rta Osiyoning Buxoro, Marv, Samarqand, Termiz, Urganch, Xo‘jand, Aksikent, Marg‘ilon, Binkent, Kesh (Shahrisabz), Nasaf (Qarshi) kabi shaharlari o‘z davrining taraqqiy etgan shaharlari va savdo markazlari sifatida ma’lum bo‘ldi. Shunday qilib, IX – XII asrlarda Markaziy Osiyoda fan va madaniyat bobida shu qadar ajoyib fan kashfiyotlari va tadqiqotlari yaratildiki, bu o‘tmish ajdodlarimizning jahon madaniyati xazinasiga qo‘shgan bebaho hissasigina bo‘lib qolmasdan, ularning aqlzakovatining nihoyatda yuksakligidan ham dalolat beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Метс А. “ Мусульманский ренесанс” М. 1966. 2. ‘’Uyg’onish davri’’O’zME.U-harfi.Birinchi jild.Toshkent,2000-yil 3. Сагдуллаев А. ва бошқалар. Ўзбекистон тарихи: давлат ва жамият тарақкиёти. - Тошкент: Академия, 2000. 4. Ҳасан Ато Абуший. Туркий қавмлар тарихи. – Тошкент, 1993. 5. Ўзбекистон тарихи. Р. Муртазаева таҳрири остида. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2003. 6. F. Sulaymonova. Sharq va G‘arb. O‘zbekiston. – T.: O‘zbekiston. 1997.