scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XIVADAGI MADRASALAR VA ULARDA TA'LIM JARAYONI

Boltayeva, Poshshajon Rashidovna

Abstract

Ushbu maqolada XIX asr oxiri XX asr boshlarida Xivadagi madrasalar va ulardagi ta’lim jarayonlari haqida qisqacha ma’lumot berilgan.

Full text

ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 69 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17489780 XIVADAGI MADRASALAR VA ULARDA TA’LIM JARAYONI Boltayeva Poshshajon Rashidovna «Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi bo‘lim mudiri ANNOTATSIYA Ushbu maqolada XIX asr oxiri XX asr boshlarida Xivadagi madrasalar va ulardagi ta’lim jarayonlari haqida qisqacha ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar: Arab Muhammadxon, Sherg‘ozixon, Olloqulixon, Muhammad Rahimxon, Ogahiy, Bayoniy, Abdulla Boltaev, Muhammad Yusuf Hoji-Doiy. MADRASAS IN KHIVA AND THE EDUCATIONAL PROCESS IN THEM ABSTRACT This article provides brief information about the madrasas in Khiva and the educational processes in them in the late 19th and early 20th centuries. Keywords: Arab Muhammadxon, Sherg‘ozixon, Olloqulixon, Muhammad Rahimxon, Ogahiy, Bayoniy, Abdulla Boltaev, Muhammad Yusuf Hoji-Doiy. Xivadagi Arab Muhammadxon, Sherg‘ozixon, Olloqulixon, Muhammad Rahimxon soniy madrasalari madrasai oliya maqomiga ega bo‘lgan madrasalardir. Ularning dovrug‘i Buxoro, Samarqand, Qo‘qon va Sharqning boshqa mamlakatlarida ma’lum va mashhur edi. Xiva tarixchilari Ogahiy va Bayoniyning bergan ma’lumotiga ko‘ra, XIX asr o‘rtalarida Xivadagi madrasalar soni 22 taga еtgan. XX asr boshlariga kelib esa ularning soni 130 dan oshgan va 9300 talaba tahsil olgan. Masjid va xonaqohlar qoshida 1500 dan ortiq boshlang‘ich maktablar ishlab turgan. Ularda 45 ming o‘quvchi ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 70 yoshlar ta’lim va tarbiya olgan. Maktab va madrasalarda ta’lim tizimi avvalgi tartib asosida davom etgan. Bu davrga kelib ta’lim tizimida asosiy e’tibor islomiy ilmlarga: Qur’oni Karim, hadis, islom huquqshunosligi kabi ilmlarni o‘rgatishga qaratiladi. Shuningdek, madrasalarda tarix, adabiyot, mantiq, falsafa, musiqa va xattotlik ilmi ham o‘rgatilgan. Riyoziyot, astronomiya, tabobat va boshqa aniq fanlardan umumiy tushunchalar berilgan. Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligidan farqli o‘laroq, Xiva madrasalarida o‘qitish ko‘pchilik hollarda turkiy tilda, qisman arab va fors tillarida olib borilgan. Islomiy fanlar arab tilida bo‘lganligidan arab tili va grammatikasini o‘rganishga ko‘p vaqt ajratilgan. Madrasalarning tuzilishi o‘ziga xos. Har bir hujrada 2-3 talaba yashagan, barcha hujra eshiklari hovliga qarab solingan va har bir hujrada o‘choq o‘rnatilgan. Yashash sharoitlari nisbatan yaxshi tashkil etilgan. Madrasalarda diniy va dunyoviy ilm berilgan, ayni paytda ko‘ngilochar o‘yinlar, shuningdek ashula aytish man qilingan. Madrasalarda o‘qish muddati chegaralanmagan bo‘lib, ayrim talabalar bir kursda 3-4 yil, ayrimlari esa 8-10 yillab o‘qishgan. O‘qish esa uch kursda olib borilgan: «adno» – boshlang‘ich, «avsat» – o‘rta va «a’lo» – oxirgi kurs. Boshlang‘ich kursda arab grammatikasi, mantiq, shariat qoidalari, diniy urf-odatlar, arab va fors tilidagi adabiyotlar o‘rgatilgan. Qolgan ikki kurs davomida talabalar «taxsib» (mantiq), ilohiyot, huquqshunoslik va boshqa fanlarni qunt bilan o‘rganishgan. Madrasalar qurib bitkazilishi bilan xon tomonidan ularga maxsus vaqf еrlari ajratilib, barcha mol-mulk shayxulislom tomonidan muhrlanib, qonuniylashtirilgan. Madrasaga 15 yoshga to‘lgan har bir musulmon farzandi, savodi va iqtidori inobatga olingan holda qabul qilinardi. Ularni «mulla» yoki «tolibul ilm» deb ataganlar. Madrasalarga davlat xazinasidan va xayriya hisobidan ham mablag‘ ajratilgan. Xiva tarixchisi, naqqosh Abdulla Boltaevning bergan ma’lumotiga qaraganda, XIX asr ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 71 o‘rtalarida Xiva madrasalari va muqaddas joylarga vaqf qilingan ekin maydonlarining umumiy hajmi 170-175 ming tanobni tashkil etgan. Arab Muhammadxon madrasasi. Ichanqal’a ansamblidagi me’moriy yodgorlik (1616). Arab Muhammadxon madrasani dastlab bir qavatli, oddiy sinchli, trapesiya shaklida qilib qurdirgan. Serhasham ishlangan ayvon Xiva muzeyida saqlangan. Madrasa 20 talabaga mo‘ljallangan tarzda qurilgan. Madrasa chubkori (Xivada buni nigirik deydi) edi. Olloqulixon davrida qaytadan pishgan g‘ishtdan qurilgan. Bu madrasada Muhammad Yusuf Hoji-Doiy mudarrislik qilgan. Hozir bu madrasada Ichanqal’a qo‘riqxonasining fondi joylashgan. Sherg‘ozixon madrasasi. Rivoyatlarga qaraganda, Sherg‘ozixon madrasani Xurosonga muvaffaqiyatli yurishidan juda ko‘p qullar olib kelgach qurdirgan. Xon madrasa tugallanishi bilan qullarga ozodlik berishni va’da etgan. Lekin xon madrasa qurilishini jo‘rttaga cho‘zib yuborgan, bundan g‘azablangan qullar Sherg‘ozixonni o‘ldirganlar. Qutlug‘murod inoq madrasasi. Saroy tarixchisi Xudoyberdi ibn Qo‘shmuhammad Xivaqiy o‘zining «Dili g‘aroyib» asarida: «Xevaq ko‘p marotaba vayron qilingan va qayta tiklangan. Janobi oliylarining (Olloqulixon) rahmatli otasi va joylari jannatda bo‘lsin Abulg‘oziy Muhammad Rahimxon va uning ukasi Qutlug‘murod inoq tomonidan shahar obod qilindi, ularning sa’yi harakatlari bilan katta gumbazli maqbara (Pahlavon Mahmud maqbarasi 1810-1825) barpo etildi»,–deb yozadi . Olloqulixon madrasasi. Olloqulixon 8 ta madrasa bunyod etgan. Bundan tashqari, manbalarning shohidlik berishicha, Olloqulixon o‘zidan oldin qurilgan barcha madrasa binolarni ta’mirlatgan yoki qaytadan bino qildirgan. Muhammad Aminxon madrasasi. 1851-1855 yillarda Xiva xoni Muhammad Aminxon (1845-1855) tomonidan Ichanqal’aning g‘arbida Ko‘hna Arkni janubida bunyod etilgan. Madrasani qurdirish uchun 1851 yilda tanlov e’lon qilingan va ustaboshi Abdulla «jin» chizgan loyiha manzur bo‘ladi. Bu madrasa Xivadagi eng katta madrasalardan biri hisoblangan. Madrasaning o‘lchamlari: 71.7 x 60.0 m; hovlisi ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 72 38x387 m; darsxona 5.6 x 5.5 m; masjid 9.4 x 8.4 m. Madrasa pishiq g‘ishtdan qurilib, uning devorlarini qalinligi 1,5 metrga еtadi. Muhammad Rahimxon soniy madrasasi. Ko‘hna Ark darvozasi qarshisida Muhammad Rahimxon II tomonidan 1871 yilda qurdirilgan va 1876 yilda ishga tushirilgan. 1289/1872-1873 yili Xivada bir madrasa qurilgan. Bu haqda Ogahiy bunday deb yozadi: «Ushbu yil Xivaq dorussaltanasining ichkari qal’asida, ark darvozasining muqobilasida bir madrasa oliy imorat qildurdikim,…bu madrasa imoratining ishi o‘tgan yili boshlanib qish fasli kelgani uchun notamom qilmish erdi, ushbu yil itmomg‘a еtti» . Muhammad Rahimxon II davrida Xiva xonligida 106 ming xonadonda 742 ming kishi yashagan. Shulardan 30 ming xonadonli turkmanlarning soni 150 ming kishini tashkil etgan. Bu davrda 1500 maktabda o‘rtacha 30 o‘quvchidan yiliga 45000 ming o‘quvchi savodini chiqarib, 130 madrasada o‘rtacha 50 talabadan yiliga 6,5 ming kishi oliy ma’lumotli darajaga еtishgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Маньковская Л. Хива. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1982. 2. M. Turaeva. Milliy ta’lim tarixidan. // Fan va Turmush. №5. 2000. 3. Абдурасулов А. Хива (Тарихий-этнографик очерклар). – Тошкент: Ўзбекистон, 1997. 4. Рахимов Р.Р. Традитсионное началное обучение детей у народов Средней Азии (конес ХIХ начало ХХ вв). //Сборник музея антропологии и этнографии ХVIII. АН СССР. - Л.: Наука. 1989. 5. Ivanov P.P. Ocherki po istorii Sredney Azii. Moskva-1958. 6. Uzbekistan xalqlari tarixi. T.: «FAN» 1993. II jild. 7. Abdullaev V. A. Uzbek adabiyoti tarixi. II kitob ( XUP asrdan XX asrning ikkinchi yarmigacha).- T.: Ukdguvchi. 1980