scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

Surxon vohasi tojiklarining milliy kiyim-kechaklari va zeb-ziynat buyumlarining an'anaviy tasnifi.

Nasriddinov Dilovar Muslixadim o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada Surxon vohasida yashovchi tojik aholisining mahalliy urf-odat va an’analari, milliy kiyim-kechaklari hamda ularning tayyorlanish jarayonlari o‘rganiladi. Shuningdek, kiyinish va tikilish uslublaridagi o‘xshash hamda farqli jihatlar, matolarni tayyorlash va bo‘yash usullari tahlil qilinadi.

Full text

PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 262 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Surxon vohasi tojiklarining milliy kiyim-kechaklari va zeb-ziynat buyumlarining an’anaviy tasnifi. Nasriddinov Dilovar Muslixadim o‘g‘li Termiz davlat pedagogika instituti stajyor-o‘qituvchisi Annotatsiya. Ushbu maqolada Surxon vohasida yashovchi tojik aholisining mahalliy urf-odat va an’analari, milliy kiyim-kechaklari hamda ularning tayyorlanish jarayonlari o‘rganiladi. Shuningdek, kiyinish va tikilish uslublaridagi o‘xshash hamda farqli jihatlar, matolarni tayyorlash va bo‘yash usullari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Sina, Xonjiza, Xo‘jaasmin, Chosh, Hurvatan, Kishtut, Debodom, Desurx, Pushtivaraq, Maland, Xufar, Bo‘z, Beqasam, Feranji Abstract: This article explores the traditional customs and cultural practices of the Tajik population residing in the Surkhan Valley, with particular attention to their national attire and the processes involved in its creation. The study analyzes the similarities and distinctions in clothing and tailoring styles, while also examining the techniques of fabric production, ornamentation, and dyeing that have been preserved within the Tajik communities of the region. Through this analysis, the article aims to highlight the cultural significance and historical continuity of traditional dress as an element of the Surkhan Valley’s intangible heritage. Keywords. The traditional Tajik settlements and fabric types such as Sina, Khonjiza, Khojaasmin, Chosh, Hurvatan, Kishtut, Debodom, Desurkh, Pushtivaraq, Maland, Khufar, as well as fabrics like Boz, Beqasam, and Feranji, Surxon vohasida istiqomat qiluvchi tojiklarining an’anaviy kiyimlari uzoq tarixiy jarayonlar davomida, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda urf-odat, marosimlar, an’analar tasirida asrlar o‘tishi davomida o‘ziga xos bo’lgan xususiyatlarda shakllanib, rivojlanib kelgan. Shuningdek, insonlarning jismoniy va jinsiy ayirish hamda estetik bezak berish kabi vazifalarni bajargan. Kiyimlar asrlar o‘tishi bilan, ijtimoiy siyosiy rivojlanish jarayonida o‘ziga xos bo’lgan tarzda rivojlanib boradi. Bu esa etnograf olimlardan kiyimlarning tarixini o‘rganish va uni yoritishda ma’suliyat talab etadi. Chunki xar bir xalqning etnik tarkibini o‘rganishda hamda ilmiy asoslanishda kiyimlarning davrlar o‘tishiga qaramasdan o‘z milliyligini saqlab qolganligi o‘ziga xos o‘ringa ega ekanligi namoyon bo’ldi. Xususan, XVI asr miniatura san’atida tasvirlanlgan O‘rta Osiyo xalqlari kiyimlarida o‘tgan asr oxiri (ya’ni XIX asr oxiri)gacha o‘zbek va tojik kiyimlariga o‘xshashaligi bilan tavsiflanadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek uzoq ijtimoiy-siyosiy, tarixiy davrlar o‘tishi bilan kiyimlar PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 263 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us o‘zgargan bo‘lsada biroq kiyimlardagi bichish va tikish uslublari o‘ziga xos darajada o‘zgarmagan. Yana shuni ta’kidlash joyizki, kiyimlar tabiiy iqlim sharoitiga qarab turlicha bo‘lgan. Masalan, tog‘li hudud bilan cho‘l mintaqalarida ayrim tomonlari farq qilgan. An’anaviy xalq kiyimlari asrlar osha takomillashib, shakllanib kelgan. Mato tayyorlash usullari O‘zbekiston hududi, qolaversa Surxon vohasida asosan uy sharoitida tayyorlangan. Vaho aholisi dehqonchilik va chorvachilik bilan ko‘proq mashg‘ul bo‘lganligi uchun matolar paxta va jundan, ma’lum miqdorda esa pilladan tayyorlangan. Denov markazi, Sangardak, Xonjiza, Sina, Nelu, kabi hududlarda teriga ishlov berib, bosh, ustki va oyoq kiyimlar hamda shu kabi boshqa kiyimlar ishlab chiqarish o‘ziga xos tarzda rivojlangan 1 . Surxon vohasi tojik aholisining kiyimlari haqida to‘xtalganda shuni inobatga olish kerakki, vohaning Boysun, Oltinsoy, Denov, Sariosiyo, Sherobod tumanlarida Sina, Xonjiza, Xo‘jaasmin, Chosh, Hurvatan, Kishtut, Debodom, Desurx, Pushtivaraq, Maland va Xufar kabi qishloqlaridagi tojiklarning kiyim tikishidagi marosim va urfodatlari har xil bo‘lsa-da, lekin kiyimlarning tikilish uslubi deyarli bir xil bo‘lgan 2 . Bo‘z-qadimiy matolardan biri bo‘lib, asosan erkaklar uchun kiyimlar tikilgan. Ilgari ayollar kiyimi uchun ishlatiladigan mato chitdir. Chitning qizil, xavorang, yashil kabi turlari mavjud bo‘lib ola ya’ni yo‘llari mayda va tor bo‘lgan. Beqasam - yo‘l-yo‘l mato bo‘lib, to‘qishda orqog‘i urishidan yo‘g‘onligi uchun yuzida ko‘ndalang chiviqlar hamda o‘ziga xos tovlanma naqshlar mavjud. Beqasamning o‘rish iplari to‘qishdan oldin, bo‘yaganligi bois uning naqshi ikki tomonlama, xilmaxil va turli-tumandir. Beqasamdan tuman aholisi chopon, kamzul hamda ko‘rpachalar tikishda foydalanganlar. Feranji – paranji (arabcha-faraji-keng ko‘ylak) ko‘pchilik musulmon ayollarining yopinchig‘i, chachvon bilan ansambl’ xosil qilgan. Ayollar gavdasini boshidan oyoq yashirib turishga xizmat qiladi. Bichimi keng to‘n shaklida bo‘lib, yelkadan pastga tomon torayib boruvchi uzun bandagi (engi) etakka yaqin joyda bir-biriga chatib birlashtiriladi. Ayol yuzini chachvon to‘sib turadi. Avra-astrali qilib tikiladi. Avrasi baxmal kimxob, banoras, olacha va boshqa matolardan tikilib, chetlari kashta tikib, kashtali jiyaklar tutib bezatiladi. Astari chit, satindan tayyorlanadi, hamda chetlariga zangori, pushti yoki sidirg‘a shoyidan adip qilinadi. 1 S.N.Tursunov,T.R.Pardayev,N.Maxmadiyorova Surxondaryo etnografik makon. Termiz , 2012 –S. 84. 2 Axmedov Sardor. Surxon vohasi tojiklarining etnomadaniy jarayonlardagi o‘rni ( xx asrning oxiri va xxi asrning birinchi yarmi). PhD dissertatsiya PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 264 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Matolarga rang berishda qora, qizil, sariq ranglarda uy sharoitida, yashil rangli bozorlarda maxsus bo‘yoqchilarga ya’ni nilchilarga bo‘yatishgan. Shuningdek Panjib qishlog’ida ayollar orasida sariq rangli matodan ko’proq foydalanilgan. Qora rangni tayyorlash uchun anor, yong‘oq po‘stlog‘idan, sariq rangni chechak o‘simligidan, qizil rangni ruyan o‘simligiing qurutilgan ildizidan foydalanilgan. Shuningdek jundan tayyorlangan iplarning tabbiy ranglari (oq, qora) rangda bo’lgan. Tuya junidan malla rangli kiyimlar, asosan chakmonlar tikilgan. Tabiiy bo’lgan rangni olish tartibi asosan tabiatda sof xolda o‘sadigan ayrim o‘to‘lanlarning tomir va ildizlaridan, meva-sabzavotlar, daraxtlar barglaridan, po‘choq hamda po‘stloqlaridan olingan 3 . Chunki bu usulda olingan ranglar asrlar osha bo‘lsada, o‘z tabiiy xususiyatlarini yo‘qotmaydi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. S.N.Tursunov,T.R.Pardayev,N.Maxmadiyorova Surxondaryo etnografik makon. Termiz , 2012 –S. 84. 2. Axmedov Sardor. Surxon vohasi tojiklarining etnomadaniy jarayonlardagi o‘rni ( xx asrning oxiri va xxi asrning birinchi yarmi). PhD dissertatsiya 3. S.N.Tursunov,T.R.Pardaev,N.Maxmadiyorova Surxondaryo etnografik makon . Termiz, 2012 –S. 92. 3 S.N.Tursunov,T.R.Pardaev,N.Maxmadiyorova Surxondaryo etnografik makon . Termiz, 2012 –S. 92.