scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

VILOYAT OQILOVANING IJODIY MEROSI

Nazarova Eliza,; Matluba Murodova

Abstract

O’zbek raqs san’atining mahalliy maktablarida xotin-qizlarning an’anaviy turg’un repertuar va ijro uslubiga ega bo’lgan qadimiy musiqiy raqs-san’ati yashab kelmoqda.Mavjud yo’nalishlarida faoliyat olib boruvchi xalq jamoalari turfa yerlarda turlicha ataladi.Masalan,Xorazm viloyatida-xalfa,Buxoro viloyatida-sozanda,Farg’ona vodiysida-yallachi.Mazkur hududlarda ijoddiy jamoalar odatda anchayin ixcham bo’lgan.Ular uchta cholg’uchi,ikkita raqqosa va shogirdlar.Sgunga qaramay,ijodiy jamoalar bir necha soat davomida muayyan mazmunga ega,kompozitsion yaxlit tomosha ko’rsata olgan.Bu muqaddima, uch-to’rt asosiy qism va xotimadan tashkil topgan o’ziga xos an’anaviy raqs teatri edi.Unda jonli so’z (murojaat,deklomatsiya),qo’shiq (yetakchi xonanda doirada usul berib,Xorazm viloyatida -garmonda qo’shiq boshlaydi,boshqalar jo’r bo’ladi)raqs (asosan yakkaxin raqqosa,kamdan-kam holatlarda ikki raqqosa) umumlashgan holda yagona mazmun kasb etadi.Aynan mana shu maktabning asoschilaridan sanalgan V.Oqilova bugungi kunda ham milliy raqs san’atimizning yorqin namoyandalaridan sanaladi.

Full text

CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 186 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us VILOYAT OQILOVANING IJODIY MEROSI Nazarova Eliza, “Xoreografiya jamoalari rahbari” ta’lim yоʻnalishi 2-kurs talabasi Ilmiy rahbar: Matluba Murodova O’zbek raqs san’atining mahalliy maktablarida xotin-qizlarning an’anaviy turg’un repertuar va ijro uslubiga ega bo’lgan qadimiy musiqiy raqs-san’ati yashab kelmoqda.Mavjud yo’nalishlarida faoliyat olib boruvchi xalq jamoalari turfa yerlarda turlicha ataladi.Masalan,Xorazm viloyatida-xalfa,Buxoro viloyatida-sozanda,Farg’ona vodiysida-yallachi.Mazkur hududlarda ijoddiy jamoalar odatda anchayin ixcham bo’lgan.Ular uchta cholg’uchi,ikkita raqqosa va shogirdlar.Sgunga qaramay,ijodiy jamoalar bir necha soat davomida muayyan mazmunga ega,kompozitsion yaxlit tomosha ko’rsata olgan.Bu muqaddima, uch-to’rt asosiy qism va xotimadan tashkil topgan o’ziga xos an’anaviy raqs teatri edi.Unda jonli so’z (murojaat,deklomatsiya),qo’shiq (yetakchi xonanda doirada usul berib,Xorazm viloyatida -garmonda qo’shiq boshlaydi,boshqalar jo’r bo’ladi)raqs (asosan yakkaxin raqqosa,kamdan-kam holatlarda ikki raqqosa) umumlashgan holda yagona mazmun kasb etadi.Aynan mana shu maktabning asoschilaridan sanalgan V.Oqilova bugungi kunda ham milliy raqs san’atimizning yorqin namoyandalaridan sanaladi. Viloyat Oqilovadan raqs san’atiga ota -onasi orqali kirib kelgan.Ota uyidagi san’atkorlar yig’ilishi,professional ijodkorlarning dildan suhbatlari,raqs haqidagi tundan tongga olib baxslar,bularning bari Viloyat Oqilovaning taqdirini oldindan belgilab berdi.Otasi o’zbek raqs san’atining asoschilaridan biri O’zbekiston xalq artisti Isoxor Oqilov,onasi O’zbekiston xalq artisti Margarita Oqilova qizlari Viloyat ,Zulayho va Lolani ham albatta raqqosa bo’lishini sezar edi.Ular ham o’zbek raqs san’atining asoschilaridan bo’lgan. V.Oqilova juda yoshlik davridanoq ota-onasi bilan gastrol safarlarida yurgan.Kunlarning birida(u payta yosh Viloyat endigina bir yoshni qarshilagan edi) ota-onasi bilan Andijon viloyatiga gastrol safariga yo’l oladi.Yoshgina go’daknitashlab keta olmagan Margarita Oqilova qizaloqni o’zi bilan safarga olib ketadi.Konserttadbiri boshlanib,raqqosa Margarita Oqilovasahnaga chiqishi kerak bo’ladi.Shu payt qizaloqni liboslarning ustiga yotqizib qo’yadi va o’zi sahnaga raqs ijro etgani chiqib ketadi.Liboslar bo’yicha mas’ul xodim esa kun kech bo’lib qoolganligi sabali xonaga yoyib qo’yilgan barcha sahna liboslarini sandiq ichiga solib qo’yadi. Sahnada o’z ishini yakunlagan Margarita xonaga qaytib kiradi va qizaloqni qidira ketadi.Afsuski yosh Viloyatni xonadan topa olmay esankirab qoladi.I.Oqilov va CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 187 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us M.Oqilova butun maydonni qidirib chiqadilar.Xattoki xuquq himoya qiluvchi idoralargaham murojaat qiladilar.Lekin qizaloq topilmaydi.Shu payt liboslar bo’yicha mas’ul xodim xonadagi barcha sahna kostyumlarini sandiqqa joylash paytida qandaydir og’ir libosni ham qo’shib solganini eslaydi.Darhol sandiqni ko’zdan kechiradilar.Shu payt sandiq ichida sahna liboslariga burkanganicha kichkina Viloyatni ko’rgan Margarita xursandchilikdan yig’lab yuboradi.Bugun esa Viloyat Oqilova o’sha voqealarni xotirlab ,”meni bolaligimdanoq kelajakda kim bo’lishim aniq bo’lgan.Hali yurishni o’rganmay turib,sahna liboslariga burkanganman”deydi. Inson taqdiri uning tug’ilishidan peshonasiga yozib qo’yilgan bo’ladi. Demak,sahna kishisi hamisha uning oshig’I va fidoyisi bo’lib o’tadi.Mana shunday insonlardan chinakam sahna shinavandasi,asl san’atkor chiqadi. Viloyat Oqilova ham xuddi shunday raqqosa , san’atning shaydosi va shinavandasidir. Viloyat Oqilovaningbuvisi ham raqqosa bo’lgan.Ularning oilaviy raqsga qiziqishi aslida buvisidan boshlangan.Ijodkorning buvisi Buxoro Amirining raqqosasi bo’lgan. SHundan bilish mumkinki,qonida san’atga qiziqish,tug’ma iqtidor,Olloh tomonidan yuqtirilgan iste’dod bo’lgan. Viloyat Oqilovaning aytishicha qadimda Buxoro Amirining raqqosalari faqatgina saroy ichkarisida raqs tushishgan.”Ichkari”yopiq joy ya’ni xona bo’lib,faqat ayollardan tashkil topgan. Bu yerga erkak tomoshabinlarining kirishi man etilgan. Buxoro Amirining onasi ushbu “ichkari”dagi ayollar uchun javobgar shaxs, ya’ni bu uyning bekasi bo’lgan . Uning atrofida barcha raqqosalar xirom aylagan. Agar biror raqqosaning raqsi bekaga yoqadigan bo’lsa,u shu zahotiyoq raqqosani yoniga chaqirib,o’sha ijodkorning peshonasiga tilla tanga yopishtirib qo’ygan. Viloyat Oqilovaning buvisi(Dovoro),otasi(Isoxor Oqilov),onasi(Margarita Oqilova), barcha singillari(Lola,Zulayxo Oqilova,ukasi Yusuf Oqilov) san’atkor bo’lgan. Jozibali raqqosa,san’at arbobi Viloyat Oqilova Isaharovna 1937-yilning 12oktabrida Samarqand viloyatida tavallud topgan.Viloyat Oqilovaga ota-onasi hali yurishni o’rganmasdanoq raqsga tushishni o’rgangan. V.Oqilovaning kelajakda raqqosa bo’lishini onasi sezgan va u ham raqs hayotining mazmuniga aylanishini bilgan. V.Oqilova bolaligidanoq raqs bilan shug’ullanar,har gal uyga mehmon kelsa ularni o’z raqslari bilan sevintirar edu. U yeti yoshga to’lar-yo’lmas ota-onasi bilan turli hil gastrollarda raqs ijro etishni boshlaydi. Qizaloq ota-onasi bilan turli hil gastrollarda safarlarida bo’lib qaytgan. Viloyat Oqilova juda ham kichkina bo’lganligi sabab safarlarga doim ota-onasi bilan birga borardi.3-4 yoshida Viloyat Oqilova yig’lab,sahnaga chiqishni so’raydi. 1945-yili Viloyat Oqilova sakkiz Yoshida maktabiga chiqa boshlaydi. Onasi Mrgarita Oqilova musiqa san’atiga qiziqishi balangligi rufayli,qizi Viloyatni fortepiano to’garagiga beradi. Shundan so’ng VIloyat Oqilova maktabdan so’ng CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 188 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Krilov nomidagi 2-sonli musiqa maktabida tahsil ola boshlaydi.Avvallari Konservatoriyaning binosi uch qavatli bo’lib, birinchi qavati Uspenskiy nomidagi bolalar musiqa maktabi bo’lgan.Bu vaqtlarda Viloyatning ota-onasi doim gastrol safarlarda bo’lishar edi.Viloyat esa ikkinchi sinfda,tushlikdan so’ng o’qir edi. Mazkur binoning 1-qavatida 1947-yilda Tamaraxonim nomidagi o’zbek xoreografiya maktabi ochiladi.Tez orada Viloyat bu haqidagi e’londan xabar topadi. Raqs san’atiga mehri baland bo’lgan Viloyat ota-onasi bilan maslahatlashmay,xoreografiya maktabiga xujjatlarini topshirib, ro’yxatdan o’tadi va u yerga joylashadi. Oradan ko’p vaqt o’tmay Viloyatning ota-onasi safardan qaytadi. Har kuni ertalab shoshib-pishib,maktabiga ketayotgan Viloyatni ko’rgan ota-onasi hayron bo’lishadi.Chunki avvallari Viloyat tushlikdan so’ng o’qir,maktabgacha uy yumushlariga qarashar edi.Xoreografiya maktabiga qabul qilingani haqida ota-onasiga hali xabar bermagan edi.Albatta Viloyatning ziyrak ota-onasi bu haqda darrov xabar topadi.”Ota-onam meni raqqosa bo’lishimga umuman qarshi bo’lishgan. Chunki raqs san’ati qanchalik mashaqqatli ekanligi o’z boshlaridan o’tkazishgan va bu qiyinchiliklarni farzandlari ham ko’rishini hohlamas edi. Haqiqatdan ham raqs san’ati eng og’ir kasb, ota-onam esa bu qiyinchilikni boshlaridan o’tkazishgan. Lekin men judayam raqs tushgim kelar,xatto raqs tushmasam kasal bo’lib qolgan kunlarim ham bo’lgan. Otam Isahor Oqilov yo’q deyishiga qaramay,men ham xoreografiya maktabida taxsil ola boshlaganman. 8 yil klassik raqs bo’lmida ustozlarim Zinaida Nikolayevna,Mukarrama Turg’unboyeva, Davgeliy Nina Aleksandrovna va boshqa ko’plab kuchli ustozlardan bilim oldim.1948yili maktabimizning xisobot konsertida men birinchi raqsim-“Gul o’yin” raqsini ijro etdim”.Maktab davrida mening Sivilya Xaybullayeva ismli juda go’zal va sirdosh dugonam bo’lgan. 8 yil davomida doim u bilan birga edik. U judayam chiroyli raqsga tushar edi. Maktabni tamomlaganimizdan so’ng,u A.Navoiy nomidagi Katta opera va balet teatriga ishga kirdi. 1970-yilda mening singlim Zulayxo Oqilova Manas Leviyev bilan hamkorlikda “Suxayl va Mexri” baletini sahnalashtiradi. Kompozitsiyaning “Farg’ona go’zali “ raqsini dugonam Sivilya juda katta mahurat bilan ijro etgan.”Xoreografiya maktabida ko’plab qizlar ishtirok etishgan. Dekadada biz I.Oqilov sahnalashtirgan Buxorocha raqs asarini ijro etgan edik. Xoreografiya maktabini tamomlab, 98-sonli maktabda ta’lim olishni davom ettirdim. Maktabda ham a’lo baholarga o’qib,1956-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika institutining “Rus tili va adabiyoti” fakultetiga o’qishga kirdim”-deb ma’lumot beradi VIloyat Oqilova. “ Talabalik davrimoltin davrim deb bejiz aytishmas ekan.Bu yillar mening hayotimda o’zgacha bir iz qoldirgan. Otam I.Oqilov meni bilim olib,yaxshi kasb egasi bo’lishimni istar edilar.Bu davrlarda men raqs san’atidan biroz yiroqlashdim. Ammo otamning qarshiligiga qaramay,darsdan so’ng Katta ashula va raqs ansambliga CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 189 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us borib,ularning raqslarini tomosha qilar edim.Ayrim hollarda esa bir-ikki raqs harakatlarini ham yod olar edim. Taqdir taqozosini qarangki, institutda o;qib yurgan kezlarim,oliygohimizga Indoneziya Respublikasining Prezidenti Janob Suqarna tashrif buyurdi. Oliygoh raxbariyati yosh,iste’dodli talabalarni yig’ilb,ular ishtirokida katta konsert dasturini tayyorlashgan. Bu tadbirda men ham o’z raqsim bilan ishtirok etganman. Ammo oliygoh talabalari meni raqs tushushumni,xatto raqsni men o’ynaganimni ham bilishmagan. Ular boshqa raqqosa chaqirtirilgan bo’lsa kerak deb o’ylashgan. Shunday qilib har gal institute tadbirlarida men ham ishtirok eta boshladim.Talabalar bilan paxta tergani dala maydonlariga borsak,kursdoshim G’ayrat doira chalib Berardi,men esa charchab kelgan talabalarga raqs tushib berib,ularni xursand qilar edim….”. V.Oqilova 1957-yil Moskva shahrida “Yoshlar va talabalar” VI-Xalqaro festivali bo’lgan.Shu yili institute nomidan qatnashib, Oltin medalni qo’lga kiritdim. “ Darslardan bo’shagan zahotim men har galgidek repititsiya jarayonini kuzatgani borar edim. Otam darsdan qochib kelganimni ko’rmasligi uchun, men eshikni yonidan raqs jarayonini kuzatardim. Menga o’sha paytlarda O’zbekistonda xizmar ko’rsatgan artist Dilorom Sherovaning raqs ijro etish uslubi juda yoqar edi. U juda vhiroyli raqs tushar edi. Men eshik oldidaa, uning har bir harakatini takrorlar edim. Xattoki uning raqslarini yoddan o’rganar edim”.Viloyat Oqilova raqs soxasini shunchalik yaxshi ko’rar ediki xattoki ota-onasining fikriga qarshi chiqib raqs san’ati bilan shug’ullanar edi. 1958-yil 21-yanvardan boshlab men Katta ashula va raqs ansambliga raqqosa sifatida qabul qilindi. Bu ansambl o’zbek san’atini rivojlantirish, saqlash va targ’ib qilish maqsadida 1936-yilda tashkil topgan. 1968-yil ansamblga- “Shodlik”nomi berilgan. 1997-yilda esa O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezindenti I.Karimov Qaroriga binoan ansanblga “O’zbekiton”nomi berilgan.Oliygohni 1961-yilda a’lo baholarda tamomlab,1982-yilgacha “SHodlik” raqs ansamblida faoliyat yuritgan. Bu yillar otasi I.Oqilov “Zang”raqsi asosida Buzruk maqomidan “Rok” raqsini sahnalashtirdi. Bu raqs kompozitsiyasining yakka raqslarini Viloyat Oqilova faxr tuyg’usi bilan uzoq yillar ijro etadi. Isohor Oqilov 1976-yilda “Charxi du-zonu”raqsini doira usullariga sahnalashtirgan.”Charx”- bu “charx”(aylanish),”du”-tojikchada ikki,”zonu”- fors tilida “tizza” ya’ni “ikki tizada aylanish” degan ma’noni anglatadi. Mazkur raqs ikki tizzada gir-gir aylanib ijro etiladi. Ushbu raqsni I.Oqilov o’z qizi ijro etishini juda ham xohlar edi. Kezi kelganda v.Oqilovani bunga majbur ham qilgan. Lekin bu raqs V.Oqilovaga ham yoqqanligi uchun ijro qilishni xohlardi. U raqsni o’rganib,tizzaga o’tirdi. Tizzada o’tirib aylanishlarni ya’ni “charx”larni bajardi.Raqqosa o’zini ayamas edi.Ushbu raqsni juda ko’p marotaba ijro etgani sababli sog’ligiga putur yetdi.Sababi, charx urib tizzadan sahna bo’ylab aylanish ozir-oqibat raqqosaning oyoqlarini mayib qildi. CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 190 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Oqibatda raqqosa og’ir qadam tashlay boshladi. San’atkorning birgina armoni bore di. U ham bo’sa,VIloyat Oqilovaning”Charxi du-zonu” raqsi tasmalarga yozib olinmagan. O”zMTRK oltin xazinasida saqlanib qolmaganligida edi. 1967-yilda I.Oqilov ommaviy yigit qizlar uchun ”Tantana” raqsni sahnalashtirgan,uni yakkaxon raqsini onasi Margarita Oqilova ijro etardi.Onasi vafot etgandan so’ng,Viloyat Oqilovaning o’zi ijro etgan. O’zidan so’ng singlisi Lola Oqilova ijro etgan. Viloyat Oqilova raqqosa bo’lishi bilan bir qatorda ko’plab raqslarni yaratgan baletmeyster hamdir. U ijdodiy faoliyati davomida ko’plab milliy va xorijiy raqslarni sahnalashtirgan. Raqqosalik faoliyatini 1958-1982 yillarda tugatib,1982-yilda Moskvaga Igor Moisevning ansambliga ikki yilga tajriba orttirishga yuboriladi.I.Moisev ijodiy hamkorlikda faolyat yuritib,san’atkorlar hamisha ish jarayonida birga sahna asarlarini yaratadi. V.Oqilova “Zarafshon” ansambliga rahbarlik qiladi va bu vaqtlar mobaynida repertuarlarida katta o’zgarishlar kiritadi,V.Oqilova ko’proq mehnat qilishga, ijodda yangilik yaratishga shoshayotgan baletmeyster bo’lganligi bois jamoa uchun har kuni raqs sahnalashtirar edi. Baletmeyster har lahza yangi ohang,yangicha harakatlar,sahnaviy hissiyotlar qaynab chiqar edi.Viloyat Oqilova 1979-yilda doira usullariga “Qo’sh qars” raqsini sahnalashtirgan .Bu yakka raqs bo’lib,ilk bor bu raqsni Omina Ibroximova ijro etgan.1984-yilda”Zarafshom” ansambliga doir”YUlduzlar”nomli raqs asarni sahnalashtirgan. Bu raqsni ansambl raqqosalari tuksal mahurat bilan ijro etishgan. 1982-yil “Shodlik” ashula va raqs ansambliga”Baxtli zamon” ommaviy xoreografik kompozotsiyasini sahnalshtirgan. Asarning duet raqslarini OZbekiston xalq artisti Qodir Mo’minov va O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Lola Oqilovalar ijro etishgan. Sovet va oʻzbek artisti, raqqosa,baletmeyster,xoreografchi Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1989) 2-fevral 2022-yil vafot etadi. O’zbek raqsinig rivojlanishiga juda katta hisasini qo’shgan o’zidan keyingi avlod uchun o’zgarishlar ,rivojlanishlar qoldirgan Viloyat Oqilovani o’zbek raqs ixlosmatlari hamon yodga olib u saxnalashtirigan raqslarni u ijro etgan raqslarni raqqosalar bugungi kunda ijro etib kelishmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.O’zbek raqsini o’rganish uslubiyoti “o’quv qo’llanma(Buxoro raqs maktabi) .Usmanova Gulasal Normuhammad qizi Toshkent 2022, 2. San’at olami-talabalar nigohida” mavzusidagi ilmiy -amaliy anjuman materiallariToshkent 2024 ,