DAVLATLARNING JAVOBGARLIGI MASALALARIDA XALQARO ODAT HUQUQINING O'RNI VA AHAMIYATI
Abstract
Ushbu maqolada xalqaro huquq tizimida davlatlarning javobgarligi institutining shakllanishi va unda xalqaro odat huquqining o‘rni tahlil qilinadi. Muallif xalqaro odatlarning manba sifatidagi ahamiyatini, ularning davlat amaliyoti va opinio juris orqali shakllanish mexanizmini yoritadi. Maqolada, shuningdek, BMT xalqaro huquq komissiyasi tomonidan 2001-yilda qabul qilingan “Davlatlarning xalqaro huquqbuzarliklari uchun javobgarligi to‘g‘risidagi maqolalar” hamda xalqaro sud amaliyotining mazkur sohaga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Natijada xalqaro odat huquqi davlatlarning javobgarligini belgilashda muhim manba sifatida e’tirof etilgan.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 631 DAVLATLARNING JAVOBGARLIGI MASALALARIDA XALQARO ODAT HUQUQINING O‘RNI VA AHAMIYATI Sharifov Eldor Xamidovich Toshkent Davlat Yuridik universiteti xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakultetining “B” potok 2-kurs talabasi. Tel:88-380-02-50 [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17490444 Annotatsiya. Ushbu maqolada xalqaro huquq tizimida davlatlarning javobgarligi institutining shakllanishi va unda xalqaro odat huquqining o‘rni tahlil qilinadi. Muallif xalqaro odatlarning manba sifatidagi ahamiyatini, ularning davlat amaliyoti va opinio juris orqali shakllanish mexanizmini yoritadi. Maqolada, shuningdek, BMT xalqaro huquq komissiyasi tomonidan 2001-yilda qabul qilingan “Davlatlarning xalqaro huquqbuzarliklari uchun javobgarligi to‘g‘risidagi maqolalar” hamda xalqaro sud amaliyotining mazkur sohaga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Natijada xalqaro odat huquqi davlatlarning javobgarligini belgilashda muhim manba sifatida e’tirof etilgan. Kalit so‘zlar: xalqaro javobgarlik, odat huquqi, opinio juris, xalqaro huquqbuzarlik, xalqaro sud amaliyoti, BMT xalqaro huquq komissiyasi. Аннотация. В данной статье рассматривается формирование института ответственности государств в системе международного права и роль международного обычного права в этом процессе. Автор анализирует значение международных обычаев как источника права, их формирование через государственную практику и opinio juris. Особое внимание уделено статьям Комиссии международного права ООН 2001 года об ответственности государств за международно-противоправные деяния, а также практике международных судов. В результате показано, что международное обычное право играет ключевую роль в определении ответственности государств. Ключевые слова: международная ответственность, обычное право, opinio juris, международное правонарушение, практика международных судов, Комиссия международного права ООН. Abstract. This article examines the formation of the institute of state responsibility within the international legal system and analyzes the role of customary international law in this process. The author explores the significance of customary norms as a source of law, focusing on their development through state practice and opinio juris. Particular attention is given to the 2001 Articles on the Responsibility of States for Internationally Wrongful Acts adopted by the UN International Law Commission, as well as to relevant international court practices. The study concludes that customary international law serves as a fundamental source in determining state responsibility. Keywords: international responsibility, customary law, opinio juris, internationally wrongful act, international court practice, UN International Law Commission. Kirish Hozirgi globallashuv jarayonida xalqaro huquq tizimi xalqaro barqarorlikni ta’minlashning eng muhim mexanizmlaridan biri sifatida qaralmoqda.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 632 Siyosiy, iqtisodiy va ekologik sohalarda yuz berayotgan o‘zgarishlar davlatlardan xalqaro majburiyatlarga qat’iy rioya etishni, ularning xatti-harakatlari uchun javobgarlikni aniq belgilashni talab qiladi. Shu jihatdan, xalqaro odat huquqi xalqaro huquq manbalari orasida alohida o‘rin tutadi, chunki u yozma shartnomalarga qaramasdan, davlatlarning uzoq yillik amaliyoti va huquqiy e’tiqodi natijasida shakllanadi. O‘zbekiston Respublikasi ham xalqaro maydonda faol ishtirok etib, o‘z tashqi siyosatini xalqaro huquqning asosiy tamoyillariga tayanib olib boradi. Davlatimiz xalqaro shartnomalarga qo‘shilish bilan bir qatorda, xalqaro odat huquqining normalarini ham o‘z amaliyotida qo‘llaydi. Masalan, O‘zbekistonning BMT doirasidagi tinchlikparvarlik, suveren tenglik va davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillariga sodiqligi odatiy xalqaro normalarni hurmat qilishning yaqqol namunasidir. Tadqiqotning maqsadi — davlatlarning xalqaro javobgarligi masalalarida xalqaro odat huquqining mohiyati, manbalari va amaliy ahamiyatini tahlil qilishdir. Vazifalar esa quyidagilardan iborat: 1. Xalqaro odat huquqining shakllanish mexanizmini va nazariy asoslarini o‘rganish; 2. Davlatlarning javobgarligi institutida odatiy normalarning o‘rnini aniqlash; 3. O‘zbekistonning xalqaro-huquqiy amaliyotida odat huquqining qo‘llanishini tahlil qilish. Tadqiqotning metodlari sifatida tarixiy-huquqiy, taqqoslash, tahliliy va qiyosiy yondashuv usullaridan foydalaniladi. Mavzu doirasidagi markaziy ilmiy munozaralar shundan iboratki, ayrim olimlar xalqaro odat huquqini xalqaro shartnomalardan ustun qo‘yadi (I.Brownlie, M.Shaw), boshqalar esa uni faqat yordamchi manba sifatida baholaydi (A.Cassese, G.Yuldasheva). Ushbu ishda ana shu yondashuvlar solishtirilib, davlatlarning javobgarligi masalalarida odat huquqining haqiqiy o‘rni aniqlanadi. ILMIY–NAZARIY QISM Xalqaro huquq tarixan ikki asosiy manbaga tayanadi: xalqaro shartnomalar va xalqaro odat huquqi. Ularning o‘zaro uyg‘unligi xalqaro munosabatlarda barqarorlik va izchillikni ta’minlaydi. “Xalqaro odat huquqi — bu davlatlarning takrorlanuvchi amaliyoti hamda ushbu amaliyotning huquqiy majburiyat sifatida tan olinishi (opinio juris) natijasida shakllanadigan qoidalar tizimidir” 1 . Mazkur tushunchani ilk bor tizimli tarzda ingliz olimi Malkolm Shou o‘zining “International Law” asarida ifodalagan. Unga ko‘ra, “odat huquqi yozma shaklga ega bo‘lmasada, u xalqaro huquqning yashovchanligini ta’minlaydigan manba sifatida doimo faol harakatda bo‘ladi” 2 . Shuningdek, mashhur xalqaro huquqshunos Brigitte Stern xalqaro odatni “xalqaro huquqning yuragi” deb ataydi. Uning fikricha, xalqaro shartnomalar ko‘pincha odat normalariga tayanadi va ularni aniqlashtiradi, ammo o‘z navbatida yangi huquqiy majburiyatlarni yaratmaydi, balki mavjud odatlarni mustahkamlaydi. 1 Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari. (2024, 22 may). Namangan davlat universiteti. 2 Shaw, M. N. (2021). International Law (9th ed.). Cambridge University Press.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 633 Shu bois, Brigitte odat huquqini shartnomaviy huquqdan avval paydo bo‘lgan va bugungi kunda ham shartnomalar bilan bir qatorda amalda bo‘lgan manba sifatida baholaydi. 3 Biroq bu nuqtai nazarga Antonio Cassese tanqidiy yondashadi. Uning fikricha, odat huquqi “davlatlar irodasini ifodalovchi dinamik jarayon bo‘lsa-da, yozma shartnomalar bilan solishtirganda aniqligi va huquqiy chegaralari jihatidan noaniqdir”. Cassese, ayniqsa, davlatlarning javobgarligi masalalarida odat normalarini qo‘llash murakkabligini ta’kidlab, har bir vaziyatda odatning mavjudligini alohida aniqlash zarurligini qayd etadi. 4 O‘zbekistonlik olima G.Yuldasheva ham xalqaro odat huquqiga o‘ziga xos yondashuvni ilgari surgan. Unga ko‘ra, odat huquqi xalqaro huquqning milliy huquq tizimlari bilan uyg‘unlashuvini ta’minlovchi “ko‘prik” vazifasini bajaradi. Yuldasheva ning fikricha, O‘zbekistonning xalqaro-huquqiy siyosati — bu xalqaro normalarni, jumladan, odatiy huquqni milliy huquq tizimiga singdirish jarayonidir. Shu jihatdan, u “odat huquqi xalqaro majburiyatlarni milliy qonunchilik bilan muvofiqlashtirishda muhim rol o‘ynaydi” deb ta’kidlaydi. 5 Nazariy jihatdan, xalqaro odat huquqining mavjudligi ikki asosiy element bilan belgilanadi: 1. Davlatlarning doimiy amaliyoti (usus): bir xil turdagi xatti-harakatlarning muntazam takrorlanishi. 2. Huquqiy e’tiqod (opinio juris): davlatlar o‘z xatti-harakatlarini huquqiy majburiyat sifatida bajarayotganiga ishonishi. Masalan, 1951-yildagi BMT Xalqaro sudining “Baliqchilik ishi” (Buyuk Britaniya – Norvegiya) bo‘yicha qarorida sud aynan shu ikki elementni alohida ajratib ko‘rsatgan. Sud fikricha, “odat normalarining shakllanishi uchun faqat amaliyot yetarli emas, balki ushbu amaliyotni huquqiy majburiyat sifatida tan olish zarur”. Bu yondashuv hozirgacha xalqaro odat huquqining asosiy nazariy modeli sifatida e’tirof etiladi. 5 Davlatlarning javobgarligi institutida esa xalqaro odat huquqi muhim o‘rin tutadi. Chunki ko‘plab xalqaro nizolar, ayniqsa inson huquqlari, ekologiya yoki diplomatik aloqalar sohasida, aynan odat normalari asosida hal qilinadi. Masalan, davlatning xalqaro javobgarligini belgilovchi “Ex injuria jus non oritur” (nohaqlikdan huquq tug‘ilmaydi) prinsipi ham odat huquqidan kelib chiqqan. Bu tamoyil keyinchalik 2001-yilda qabul qilingan “Davlatlarning xalqaro huquqbuzarliklari uchun javobgarligi to‘g‘risidagi maqolalar”da huquqiy shaklga ega bo‘ldi. 6 O‘zbekiston Respublikasining xalqaro huquq amaliyotida ham ushbu nazariy asoslar o‘z ifodasini topgan. Mamlakatimiz xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish bilan birga, xalqaro odat huquqining asosiy tamoyillariga amal qiladi: suveren tenglik, tinchlikni saqlash, hududiy 3 l Stern, B. (2001). Custom at the heart of international law. 11 Duke Journal of Comparative & International Law, 89–108 4 Cassese, A. (2000). The Martens Clause: Half a Loaf or Simply Pie in the Sky? 11 European Journal of International Law (1), 511-529. 5 Yuldasheva, G. (muharrir). (2018). Xalqaro huquq. Darslik (450 b.). Toshkent: TDYuU nashriyoti. Retrieved from 6 International Law Commission. (2001). Draft articles on Responsibility of States for Internationally Wrongful Acts, with commentaries. United Nations
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 634 yaxlitlik va ichki ishlariga aralashmaslik. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatdagi obro‘sini mustahkamlaydi. Shunday qilib, ilmiy-nazariy nuqtayi nazardan xalqaro odat huquqi xalqaro javobgarlik tizimining nazariy tayanchidir. U yozma manbalardan farqli ravishda, davlatlar amaliyoti orqali doimo rivojlanib boradi va xalqaro huquqning “tirik manbasi” sifatida o‘z dolzarbligini saqlaydi. HUQUQIY ASOSLARI Davlatlarning xalqaro javobgarligi masalalarini tartibga soluvchi huquqiy manbalar ichida xalqaro odat huquqi bilan bir qatorda, yozma xalqaro shartnomalar, xalqaro tashkilotlar qarorlari va milliy qonunchilik muhim o‘rin tutadi. Birinchi navbatda, BMT Nizomi xalqaro javobgarlik institutining poydevorini belgilaydi. Nizomning 2-moddasida barcha a’zolar “davlatlarning suveren tengligi, hududiy yaxlitligi va ichki ishlariga aralashmaslik” tamoyillariga rioya etishga majbur ekani qayd etilgan. 7 Bu tamoyillar nafaqat shartnomaviy, balki odat huquqiy norma sifatida ham xalqaro amaliyotda mustahkam o‘rnashgan. Shu bois BMT Nizomi xalqaro javobgarlik masalalarida normativ va odat huquqi o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlikni ta’minlovchi manba sifatida baholanadi. 2001-yilda BMT Xalqaro huquq komissiyasi tomonidan qabul qilingan “Davlatlarning xalqaro huquqbuzarliklari uchun javobgarligi to‘g‘risidagi maqolalar” (Draft Articles on Responsibility of States for Internationally Wrongful Acts) ushbu sohadagi eng muhim hujjatlardan biridir. Ushbu maqolalar majmuasi xalqaro odat huquqining kodifikatsiyasi sifatida e’tirof etilgan. Chunki unda ilgari faqat sud amaliyotida va odatiy qoidalarda mavjud bo‘lgan prinsiplarga huquqiy shakl berilgan. Masalan, 1-moddada “har bir xalqaro huquqbuzarlik davlatning xalqaro javobgarligini keltirib chiqaradi” degan norma mavjud bo‘lib, bu qoidaning ildizi odat huquqidan kelib chiqadi. 8 Shuningdek, 30–31-moddalarda belgilanishicha, davlat xalqaro majburiyatni buzgan taqdirda, u huquqbuzarlikni to‘xtatish va yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini oladi8. Bu tamoyil, o‘z navbatida, xalqaro adolat va tenglik prinsiplarining odatiy ko‘rinishidir. Ian Brownlie, bu haqda shunday degan: “Davlatning xalqaro javobgarligi – bu faqatgina majburiyatni buzish emas, balki xalqaro hamjamiyatdagi ishonch tizimini himoya qilish vositasidir. 9 ” Xalqaro shartnomalar tizimida odat huquqi bilan bog‘liq yana bir muhim hujjat — 1969yilgi Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasidir. Uning 38-moddasida aniq belgilangan: “shartnomada belgilangan qoida xalqaro odat huquqining bir qismi sifatida tan olingan taqdirda, u shartnomaga a’zo bo‘lmagan davlatlarga ham tatbiq etilishi mumkin.” 10 Bu norma xalqaro odat huquqining universalligini, ya’ni barcha davlatlar uchun majburiy kuchga egaligini ko‘rsatadi. 7 United Nations. (1945, June 26). Charter of the United Nations. San Francisco: United Nations. Retrieved from 8 International Law Commission. (2001). Draft Articles on Responsibility of States for Internationally Wrongful Acts, with commentaries. United Nations. 9 Brownlie, I. (2008). Principles of Public International Law (7th ed.). Oxford University Press. Retrieved from 10 United Nations. (1969, May 23). Vienna Convention on the Law of Treaties. United Nations Treaty Series, Vol. 1155, p. 331. Retrieved from
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 635 Davlatlarning javobgarligi institutida xalqaro sud amaliyoti ham muhim huquqiy manba sanaladi. Masalan, BMT Xalqaro sudi 1949-yildagi “Reparations for Injuries” (BMT agentlariga yetkazilgan zarar) ishida shunday degan edi: “Har qanday xalqaro subyekt o‘z majburiyatini buzgan taqdirda, u xalqaro javobgarlikka tortiladi.” Bu qaror xalqaro odat huquqining amaliy tasdig‘i sifatida e’tirof etilgan 11 . Endi O‘zbekiston Respublikasining milliy-huquqiy asoslariga to‘xtalsak, mamlakatimiz xalqaro majburiyatlarni, shu jumladan odatiy huquq normalarini bajarish borasida mustahkam siyosiy-huquqiy pozitsiyaga ega. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida: “O‘zbekiston xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalarini hurmat qiladi” 12 , deb belgilangan. Bu norma xalqaro odat huquqining milliy huquq tizimida bevosita qo‘llanishi mumkinligini anglatadi. Bundan tashqari, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonun (2019-yil 22-aprel) ham xalqaro huquq manbalariga nisbatan ochiq yondashuvni ta’minlaydi. Qonunning 3-moddasida xalqaro majburiyatlarning manbalari sifatida “xalqaro shartnomalar va xalqaro odatlar” tilga olinadi 13 . Bu, o‘z navbatida, odat huquqining milliy huquq amaliyotida tan olinishi va qo‘llanishini huquqiy jihatdan tasdiqlaydi. O‘zbekistonning xalqaro-huquqiy faoliyatida ham odat normalari muhim rol o‘ynaydi. Masalan, O‘zbekistonning BMT Tinchlikni saqlash tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashi, suv resurslarini adolatli taqsimlash bo‘yicha mintaqaviy hamkorlikni ilgari surishi, diplomatik aloqalarda immunitet va daxlsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishi — bularning barchasi xalqaro odat huquqining amaliy qo‘llanilishidir. Shunday qilib, xalqaro va milliy-huquqiy asoslar o‘zaro uyg‘unlashgan holda, davlatlarning javobgarligi masalalarida xalqaro odat huquqining normativ asosini tashkil etadi. Bu uyg‘unlik xalqaro huquqning barqarorligini ta’minlash bilan birga, O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatdagi ishonchli huquqiy hamkor sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi. SUDLOV ORGANLARI AMALIYOTI Xalqaro odat huquqi xalqaro sudlar faoliyatida eng ko‘p murojaat qilinadigan manbalardan biridir. Xalqaro sudlar, ayniqsa BMT Xalqaro sudi (International Court of Justice, ICJ), odat normalarini aniqlash va qo‘llashda muhim rol o‘ynaydi. BMT Xalqaro sudi 1969-yildagi “Shimoliy dengiz kontinental shelfi” (North Sea Continental Shelf) ishida xalqaro odat huquqining shakllanishi uchun zarur bo‘lgan ikki elementni aniq belgilab berdi 14 : 1. Davlat amaliyoti (usus) – davlatlarning bir xil yo‘nalishda, muntazam amalga oshiradigan xatti-harakatlari; 2. Huquqiy e’tiqod (opinio juris) – davlatlarning bu xatti-harakatni huquqiy majburiyat sifatida bajarishiga ishonchi. 11 International Court of Justice. (1949, April 11). Reparations for Injuries Suffered in the Service of the United Nations, Advisory Opinion. ICJ Reports 1949, p. 174–185. Retrieved from 12 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (2023). 17-modda 13 O‘zbekiston Respublikasi. (2019). O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida Qonun. 14 International Court of Justice (ICJ). (1969). North Sea Continental Shelf Cases (Federal Republic of Germany v. Denmark; Federal Republic of Germany v. Netherlands). I.C.J. Reports 1969, p.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 636 Sudning bu qarori xalqaro odat huquqining nazariy modelini amaliyot bilan mustahkamlab berdi. Sud shunday degan edi: “Faqat odatdagi amaliyotning o‘zi yetarli emas, balki ushbu amaliyotni davlatlar o‘zini huquqiy majburiyat sifatida bilgan holda amalga oshirishi zarur. 14” Bu qaror xalqaro huquq tarixida odat huquqini aniqlashning universal mezoni sifatida qabul qilingan. Keyingi yillarda xalqaro sud amaliyoti odat huquqining rivojlanishida yanada muhim o‘rin tutdi. Masalan, 1998-yildagi “Gabcikovo–Nagymaros” (Vengriya–Slovakiya) ishi bo‘yicha BMT Xalqaro sudi shartnomalarni izohlashda odat huquqiga murojaat qilgan. Sudning fikricha, “shartnomani bajarishda xalqaro odat huquqi tamoyillari, xususan ekologik muvozanatni saqlash majburiyati, davlatlarning umumiy amaliyoti asosida shakllangan norma sifatida amal qiladi 15 ”. Bu holat shuni ko‘rsatadiki, xalqaro odat huquqi yozma shartnomalarga tayanmasdan ham xalqaro javobgarlik masalalarida asosiy huquqiy mezon bo‘la oladi. Sudlar odat huquqini faqat xalqaro nizolarda emas, balki inson huquqlari va gumanitar huquq masalalarida ham qo‘llab kelmoqda. Masalan, Xalqaro jinoiy sud (ICC) o‘z qarorlarida “insoniyatga qarshi jinoyatlar” tushunchasini aniqlashda odat huquqiga asoslanadi 16 . Bu norma dastlab odatiy huquqdan kelib chiqqan bo‘lsa-da, keyinchalik Rim Statutida yozma shaklga kiritilgan. Shu tariqa, odat huquqi xalqaro jinoyat javobgarligini belgilashda ham tayanch manba bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ham xalqaro sud amaliyotida ilgari surilgan ushbu tamoyillarni o‘z huquqiy faoliyatida tatbiq etmoqda. Masalan, O‘zbekistonning BMT va MDH doirasidagi hamkorlikdagi bayonotlari, xalqaro arbitrajlar ishtirokidagi pozitsiyasi ham xalqaro odat huquqining prinsiplariga sodiqlikni ko‘rsatadi. Ayniqsa, suv resurslarini adolatli taqsimlash, ekologik barqarorlik va diplomatik daxlsizlik masalalarida O‘zbekiston xalqaro huquqdagi odat normalarini amalda qo‘llab kelmoqda 17 . O‘zbekiston amaliyotida xalqaro odat huquqining ifodalarini quyidagicha ko‘rish mumkin: O‘zbekistonning BMT Nizomi tamoyillariga qat’iy rioya qilishi; Xalqaro odat asosida shakllangan suveren tenglik va ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplarini tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida tan olishi; 1993-yildan buyon BMTning xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash bo‘yicha rezolyutsiyalarini izchil qo‘llab-quvvatlashi. O‘zbekistonlik olim Ravshan Xakimov bu borada shunday yozadi: “O‘zbekiston xalqaro huquqni nafaqat tashqi siyosatida, balki ichki huquqiy tartibotida ham amalga oshirib, xalqaro odat huquqining milliy huquq tizimiga tabiiy singib kirishini ta’minlaydi. 18 ” 15 International Court of Justice. (1997). Gabcikovo–Nagymaros Project (Hungary v. Slovakia), Judgment of 25 September 1997 16 Sadat, L. N. (2025). Crimes Against Humanity and Customary International Law. SSRN. 17 O‘zbekiston Respublikasi. (n.d.). Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish siyosati. LEX.UZ. 18 Xakimov, R. (n.d.). O‘zbekistonning milliy huquqiy tizimi va xalqaro huquq. arxiv.uz.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 637 Bu yondashuv shuni anglatadiki, O‘zbekiston xalqaro odat huquqining asosiy tamoyillarini bevosita amaliy faoliyatida qo‘llab, ularni milliy qonunchilik bilan uyg‘unlashtirgan. Shunday qilib, xalqaro va milliy sud amaliyoti xalqaro odat huquqining faolligini tasdiqlaydi. Xalqaro sudi va tribunallar qarorlari, shuningdek O‘zbekistonning xalqaro hamkorlikdagi pozitsiyasi, davlatlarning javobgarligi masalalarida odat huquqining hayotiy va huquqiy kuchga ega ekanini ko‘rsatadi. XULOSA Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, xalqaro odat huquqi xalqaro huquq tizimining “tirik asosi” bo‘lib, u yozma shartnomalardan mustaqil tarzda amal qiladi va davlatlarning xattiharakatlari orqali doimiy ravishda takomillashib boradi. Odat huquqining ahamiyati, ayniqsa, davlatlarning xalqaro javobgarligi masalalarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Chunki bu sohada ko‘plab munosabatlar shartnoma bilan emas, balki uzoq yillik amaliyot va umumiy e’tiqod asosida tartibga solinadi. Ilmiy munozaralar tahlilidan ma’lum bo‘ldiki, I.Brownlie va M.Shaw odat huquqini xalqaro huquqning tayanch manbasi sifatida ko‘rishadi, Cassese esa uning noaniqliklari haqida ogohlantiradi. Shu o‘rinda, G.Yuldashevaning yondashuvi O‘zbekiston amaliyotiga eng yaqin: u xalqaro odat huquqini milliy qonunchilik bilan uyg‘unlashuv jarayonida ko‘prik sifatida baholaydi. Ushbu pozitsiya O‘zbekistonning xalqaro huquqdagi faol ishtiroki va BMT doirasidagi tashabbuslari orqali amalda ham o‘z isbotini topgan. Huquqiy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, xalqaro odat huquqi BMT Nizomi, Vena konvensiyasi va Davlatlarning javobgarligi haqidagi maqolalar orqali xalqaro tizimda huquqiy legitimlikka ega bo‘lgan. Bu hujjatlar xalqaro javobgarlik institutini mustahkamlaydi, biroq ularning asosida yotgan qadriyat — bu odatiy huquqning o‘zidir. Shu bois, xalqaro adolat tamoyillari, jumladan “Ex injuria jus non oritur” (nohaqlikdan huquq tug‘ilmaydi) prinsipi, har qanday davlat uchun majburiydir. Xalqaro sudlarning qarorlari — ayniqsa Shimoliy dengiz shelfi va Gabcikovo– Nagymaros ishlarida — odat huquqining amaliy qo‘llanilishini tasdiqlaydi. Bu ishlar orqali xalqaro huquq sudlov organlari odatni nafaqat tasdiqlaydi, balki uni dinamik manba sifatida rivojlantiradi. Shu jihatdan, xalqaro odat huquqi xalqaro javobgarlik tizimini barqarorlashtiruvchi mexanizm vazifasini o‘taydi. O‘zbekiston amaliyoti ham xalqaro odat huquqining dolzarbligini yaqqol tasdiqlaydi. Mamlakatimiz BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda, xalqaro normalarning amaliy tatbiqini ta’minlab kelmoqda. Masalan, diplomatik munosabatlarda immunitet, suv resurslarini adolatli taqsimlash, chegaralarni tinch yo‘l bilan belgilash, hamda xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash yo‘nalishidagi faoliyatlar — bularning barchasi xalqaro odat huquqi prinsiplariga sodiqlik namunasidir. Tanqidiy nuqtayi nazardan qaraganda, bugungi global muhitda xalqaro odat huquqining asosiy muammosi — uni barcha davlatlar tomonidan bir xilda qo‘llashdagi tafovutlardir. Shu bois, xalqaro hamjamiyat oldidagi asosiy vazifa — odat huquqi me’yorlarini aniqlik va universallikka yo‘naltirishdir.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 638 Shunday qilib, xalqaro odat huquqi va davlatlarning javobgarligi o‘zaro chambarchas bog‘liq ikki institutdir. Odat huquqi xalqaro huquq tizimining tarixiy ildizi, javobgarlik esa uning zamonaviy ifodasidir. Ularning uyg‘unligi xalqaro huquqning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. O‘zbekiston esa bu jarayonning faol ishtirokchisi sifatida, xalqaro huquqning asosiy tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish orqali nafaqat milliy manfaatlarini, balki global adolatni ham himoya qilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Xalqaro huquq nazariyasi va asosiy tushunchalar 1.1 Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari. (2024, 22 may). Namangan davlat universiteti. https://namdu.uz/media/Books/pdf/2024/05/22/NamDU-ARM-1573Hozirgi_zamon_xalqaro_huquqi_nazariyasi_asoslari.pdf 1.2 Shaw, M. N. (2021). International Law (9th ed.). Cambridge University Press. https://books.google.com/books/about/International_Law.html?id=lKJCxQEACAAJ&utm _source=chatgpt.com 1.3 Yuldasheva, G. (Ed.). (2018). Xalqaro huquq. Darslik (450 b.). Toshkent: TDYuU nashriyoti. https://namdu.uz/media/Books/pdf/2024/05/29/NamDU-ARM-2329Xalqaro_xuquq.pdf 1.4 Brownlie, I. (2008). Principles of Public International Law (7th ed.). Oxford University Press. https://books.google.com/books/about/Principles_of_Public_International_Law.html?id=mmA 3AQAAIAAJ 2. Xalqaro odat huquqi va unga taalluqli nazariy materiallar 2.1 Stern, B. (2001). Custom at the heart of international law. Duke Journal of Comparative & International Law, 11, 89–108. https://scholarship.law.duke.edu/cgi/viewcontent.cgi?article=1214&context=djcil 2.2 Cassese, A. (2000). The Martens Clause: Half a Loaf or Simply Pie in the Sky? European Journal of International Law, 11(1), 511–529. https://www.ejil.org/pdfs/11/1/511.pdf 2.3 Sadat, L. N. (2025). Crimes Against Humanity and Customary International Law. SSRN. https://papers.ssrn.com/sol3/papers.cfm?abstract_id=5183587 2.4 United Nations. (1969, May 23). Vienna Convention on the Law of Treaties. United Nations Treaty Series, Vol. 1155, p. 331. https://treaties.un.org/doc/publication/unts/volume%201155/volume-1155-i-18232-english.pdf 3. Xalqaro huquqiy amaliyot va sud qarorlari 3.1 International Court of Justice. (1949, April 11). Reparations for Injuries Suffered in the Service of the United Nations (Advisory Opinion). ICJ Reports 1949, 174–185. https://www.icj-cij.org/en/case/4 3.2 International Court of Justice (ICJ). (1969). North Sea Continental Shelf Cases (Federal Republic of Germany v. Denmark; Federal Republic of Germany v. Netherlands). I.C.J. Reports 1969, p. 3. https://www.icj-cij.org/case/52
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 639 3.3 International Court of Justice. (1997). Gabcikovo–Nagymaros Project (Hungary v. Slovakia), Judgment of 25 September 1997. https://www.icj-cij.org/case/92 3.4 International Law Commission. (2001). Draft articles on Responsibility of States for Internationally Wrongful Acts, with commentaries. United Nations. https://legal.un.org/ilc/texts/instruments/english/commentaries/9_6_2001.pdf 3.5 United Nations. (1945, June 26). Charter of the United Nations. San Francisco: United Nations. https://www.un.org/en/about-us/un-charter/full-text 4. O‘zbekiston Respublikasining milliy huquqiy konteksti va xalqaro odat huquqi 4.1 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (2023). 17-modda. https://lex.uz/docs/-6445145 4.2 O‘zbekiston Respublikasi. (2019). O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida Qonun. https://lex.uz/docs/-4193761 4.3 O‘zbekiston Respublikasi. (n.d.). Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish siyosati. LEX.UZ. https://www.lex.uz/docs/-1316112 4.4 Xakimov, R. (n.d.). O‘zbekistonning milliy huquqiy tizimi va xalqaro huquq. arxiv.uz. https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/huquqshunoslik/ozbekistonning-milliy-huquqiytizimi-va-xalqaro-huquq