scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QORAQALPOQ DOSTONLARINI O'QISH TALABALARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH VOSITASI SIFATIDA

Seytmuratov Berdiyar Genjemuratovich; Karlibaeva Aziza Kenesbay qizi

Abstract

Mazkur maqolada Qoraqalpoq xalq dostonlarini o’qishning talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan .Unda dostonlarning nafaqat adabiy yodgorlik ,balki xalqning ma’naviy,madaniy va axloqiy merosining ajralmas qismi sifatida yosh avlod tarbiyasida tutgan o’rni ko’rsatib o’tilgan.Mualliflar talabalarning dostonlarini o’qish va tahlil qilish orqali milliy qadriyatlar tarixiy an’analar hamda estetik tafakkurni o’zlashtirishi badiiy nutq va ijodiy tafakkurni rivojlantirishi shuningdek maqolada qoraqalpoq dostonlarini ijro etishdagi qiyinshiliklar-yodlash emotsional ifoda ritmni saqlash sahna qo’rquvi va talaffuzdagi muammolari tahlil qilinadi hamda ularning yechimlari taklif etiladi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 671 QORAQALPOQ DOSTONLARINI O’QISH TALABALARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH VOSITASI SIFATIDA Seytmuratov Berdiyar Genjemuratovich NDPI Musiqiy talim kafedrasi assistant o‘qituvchisi. Karlibaeva Aziza Kenesbay qizi NDPi musiqiy talim talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17490607 Annotasiya. Mazkur maqolada Qoraqalpoq xalq dostonlarini o’qishning talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan .Unda dostonlarning nafaqat adabiy yodgorlik ,balki xalqning ma’naviy,madaniy va axloqiy merosining ajralmas qismi sifatida yosh avlod tarbiyasida tutgan o’rni ko’rsatib o’tilgan.Mualliflar talabalarning dostonlarini o’qish va tahlil qilish orqali milliy qadriyatlar tarixiy an’analar hamda estetik tafakkurni o’zlashtirishi badiiy nutq va ijodiy tafakkurni rivojlantirishi shuningdek maqolada qoraqalpoq dostonlarini ijro etishdagi qiyinshiliklar-yodlash emotsional ifoda ritmni saqlash sahna qo’rquvi va talaffuzdagi muammolari tahlil qilinadi hamda ularning yechimlari taklif etiladi. Kalit so’zlar: Qoraqalpoq dostonlari, ijodiy qobiliyat, baxshichilik, milliy qadriyat, emotsional ifoda, talabalarning rivojlanishi. Annotation. This article highlights the importance of reading Karakalpak folk epics in developing students' creative abilities. It shows the role of epics not only as literary monuments but also as an integral part of the people's spiritual, cultural, and moral heritage in educating the younger generation. Through reading and analyzing students' epics, the authors analyze national values, historical traditions, and the development of aesthetic thinking, developing artistic speech and creative thinking, as well as the difficulties in performing Karakalpak epics - memorization, emotional expression, maintaining rhythm, stage presence, and pronunciation problems, and propose solutions. Keywords: Karakalpak dastans, creative abilities, epic singing,national values,emotional expression,student development. Аннотация. В данной статье раскрывается значение чтения каракалпакских народных дастаных в развитии творческих способностей студентов. Отмечается что дастаны представляют собой не только литературные памятники но и неотъемлемую часть духовного культурного и нравственного наследия народа. Авторы подчеркивают что через чтение и анализ дастанов студенты осваивают национальные ценности исторические традиции и естетическое мышление развивают художественную речы и творческое воображение статье также анализируются трудности исполнения каракалпакских эпосов такие как запоминание выражение эмоций поддержание ритма страх сцены и произношение а также предлагаются пути их решения. Ключевные слова: Каракалпакские дастаны творческие способности бахшичилик национальные ценности эмоциональное выражение развитие студентов. O‘zbek milliy baxshichilik va dostonchilik san’atining noyob namunalarini asrabavaylash va rivojlantirish, uni keng targ‘ib qilish, yosh avlod qalbida ushbu san’at turiga hurmat va e’tibor tuyg‘ularini kuchaytirish, turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 672 mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniyma’naviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda yanada kengaytirish maqsadida muhtaram Prezidentimiz SH. Mirziyoyevning 2018-yil 1noyabrdagi “Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida har ikki yilda bir marta baxshichilik san’ati festivali tashkil etilmoqda [1] 2022/2023 o’quv yilidan boshlab talim muassasalarida o’quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko’nlikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bulgan muhabbatini shakillantirish, yosh istedotlarni aniqlash qullab-quvvatlashga qaratilgan quydagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilansin: Dostonlar, ayniqsa, xalq og‘zaki ijodi sifatida, nafaqat adabiy yodgorlik, balki ijtimoiy, ma’naviy va madaniy merosning ajralmas qismi sifatida talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda katta rol o'ynaydi. Dostonlarni o’qish va tahlil qilish orqali talabalar bir nechta foydali jihatlarni o’zlashtirishi mumkin. Dostonlarni oqish talabalarga o’z xalqining tarixi, madaniyati, qadriyatlari va urfodatlarini o’rganish imkonini beradi. Masalan, "G’arip-ashiq", "Gorog’lu", "Sayatxan-Hamra" kabi dostonlar orqali talabalar o’z xalqining azaliy qadriyatlari, adolat, or-nomus, sevgining kuchi kabi masalalar bilan tanishadilar. Bu esa ularning dunyoqarashini kengaytiradi va ma’naviy qadriyatlarni shakllantiradi. Dostonlar badiiy til, so‘z san'ati, tasviriy ifoda va stilistik vositalar bilan boy. Talabalar dostonlarni o’qish orqali tilning boyligini his qilishlari, so’zlarni nozik va maqsadli ishlatishni o’rganadilar. Ijodiy tafakkur va obrazli fikrlashni rivojlantiradi. Masalan, dostonlarda keltirilgan obrazlar, metaforalar va boshqa badiiy uslublar talabaning fikrini chuqurlashtiradi va badiiy fikrlashni o’rgatadi. Dostonlar ko’pincha muhim ijtimoiy va axloqiy masalalarni ko’taradi. Masalan, dostonlarda qahramonlar adolat, vatanparvarlik, do’stlik, jasorat kabi qadriyatlarni namoyon etadilar. Talabalar bunday masalalarni o’qish orqali ularni o’z hayotida qo’llashni, qarorlar qabul qilishda ahloqiy me'yorlarga asoslanishni o’rganadilar. Dostonlarda ko’plab kuchli va qahramonlik obrazlari mavjud. Talabalar bu obrazlarni tahlil qilish orqali o’zlarini anglashadi, shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirishda ham ulardan ilhom olishadi. Doston qahramonlarining xulq-atvori, faoliyati va kurashlari talabalarga o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida ruhiy kuch va qat'iyatlilikni o‘rgatadi. Dostonlarni o‘qish va tahlil qilish ijodiy yozuv ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. Talabalar dostonning tuzilishini, syujetini va personajlarini tahlil qilish orqali o‘z ijodiy yozuvlarini yanada boyitishadi. Bunday mashqlar o‘z qahramonlarini yaratish, badiiy hikoyalar yozish kabi ijodiy faoliyatlarga ilhom beradi. Dostonlar ko‘pincha kuchli emotsional ranglarga ega bo‘ladi. Talabalar bunday asarlarni o‘qish orqali turli hissiyotlarni chuqurroq anglaydilar, ularni tushunish va ifodalashda yaxshilanishadi. Bu ijodiy va shaxsiy rivojlanish uchun juda muhimdir, chunki badiiy ijodda emotsional ziddiyatlar va nozikliklarni boshqarish juda kerak bo‘ladi. [2] Qoraqalpoq dostonlarini ijro etishdagi qiyinchiliklari ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 673 [3] Ajiniyoz nomidagi NDPI Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti 1a-kurs talabasi Tilepbaev Azamatning Doston ijrosidagi qiyinchiliklari 1. Yodlash va eslab qolish qiyinchiliklari Dostonni yod olgan vaqitta eng birinchi dostonni boshidan oxirigacha bir-ikki marta o’qibolish kerak. Chunki u dostonning manosini tushunmaguningcha sen u dostonga qiziqmaysan, va kirishmaysan. Faqat dostonni o’qib chiqqan bilan uning manosini tushingan boshqa aytilish yo’llari boshqa bo’ladi. Dostonni yodlab olish uni qunt bilan o’qish yarin yo’ldan tashlab ketmaslik kerak. Eslab qolish uchun etiborli bo’lish yaxshilab o’z ustida ishlashi kerak. Dostonlar ko‘pincha uzun, ko‘p qismli va ritmik tuzilishga ega. Ularni yodlash juda katta e'tibor va mashaqqat talab etadi. Talaba yoki ijrochiga bir dostonni to‘liq yodlash va uni sahnada yoki auditoriya oldida ijro etish juda mushkul bo‘lishi mumkin. Yodlash jarayonida ba'zida so‘zlar o‘rnini adashtirish yoki gaplarning tartibini unutish mumkin. 2. Emotsional ifodaning yetishmasligi Emotcional holatning qiyinchiligi ko’pincha yosh baxshilarning, ijrochilarning dostonni o’rganish vaqtidagi ustozlardan yetarlicha o’ziga so’rab olmaganligi, ustozlarning ko’pincha audio yozuvlarini yoki qo’shiqlarini aytgan vaqtdagi o’sha ustozlar bergan emotcialarni yaxshi o’zlashtirmaganligi o’z ustida ishlamaganligi o’sha narsani o’ziga singdirmaganligi shular ko’pincha odamni qiynaydi Dostonlarda har doim kuchli emotsional izlanishlar, qahramonlarning ichki konfliktlari yoki tashqi dunyo bilan kurashlari bo‘ladi. Agar ijrochi bu hissiyotlarni to‘g‘ri ifodalashda qiyinchilikka duch kelsa, dostonning ta'siri susayishi mumkin. Dostonni faqat so‘zlar bilan aytish emas, balki uning ichki ruhini, kayfiyatini ham izhor etish zarur. 3.Dostonni ijro etgan vaqitta bir-ikki soatlab aytasang va hu vaqt ichida sening ovozing charchaydi va o’sha vaqtda ovozning charchamasligi uchun to’g’ri nafas olib bilib va 7. Jamoat oldida turgan psixologik to‘siqlar ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 674 uni to’g’ri sarflashimiz kerak bo’lib hisoblanadi. Dostonda keltirib o’tilgan har bir so’zni to’g’ri aytishimiz kerak. Dostonlarda ba'zan murakkab so‘zlar, qiyin talaffuzga ega bo‘lgan so‘zlar yoki dialektik ifodalar bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda talaffuzda xatoliklar, ovozning noto‘g‘ri ishlatilishi dostonning tushunilishini qiyinlashtiradi. 3. Ritm va tembrni saqlash Qo’shiqlarni ritmga tushib ijra etishning o’zi qiyin bo’lib hisoblanadi. Dostonda kamida 15 qo’shiq bo’lsa shularni ketma ket ritmga, melodiyasiga, qo’shiqning bo’g’inlariga qarab joylashtiriladi. Endi bu yerda ritmning o’zini aniq bir tempda ushlab aytish qiyin, chunki qoshiqni cho’zib ushlab aytadigan joydi bo’ladi va shu vaqtda ritmni ushlab turish qiyinroq bo’ladi.Bu ko’pincha qoraqalpoq qo’shiqlarida ko’pincha uchraydi. Dostonlar ko‘pincha maxsus ritmik tuzilmada aytiladi. Dostonning ritmi o‘zgarsa, uning ta'siri ham pasayishi mumkin. Ayrim holatlarda, ijrochi ritmni saqlashda muammolarga duch kelishi mumkin, ayniqsa, dostonning tezligi yoki ovozning balandligi o‘zgarib ketsa, tinglovchi diqqatini yo‘qotish xavfi mavjud. 4. Sahnada yoki auditoriya oldida qo’rquv Ko’pchilik insonlarda sezaman saxnaga chiqmasdan oldin qo’rquv va dovdirashlik bo’ladi. Shu qatori menda ham dovdirovchilik bo’ladi va uni tomoshabinlarga sezdirmaslikka harakat qilaman. Keyinchalik qo’rquv yo’qola boshladi sababi ko’p vaqittan beri sahnada qo’shiq aytib o’zimni erkin sezaman. Doston ijrosida sahnada yoki auditoriya oldida bo‘lish ba'zan ijrochi uchun qo‘rquv yoki stressni keltirib chiqarishi mumkin. Bu holat ijroning sifatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin, chunki ijrochi o‘zini erkin his qilmasligi va so‘zlarni tabiiy ravishda ifodalashda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. 5. Ijodiy tafakkur va xatoliklar Dostonni ijro etgan vaqtda faqat dostonda qanday qilib yozilgan bo’lsa shunday qilib aytish degani emas. Sababi dostonni ijro etayotganda obrazga kirib aytayotganda ham o’z o’zidan qo’shimcha so’zlar qo’shila boshlaydi bu dostonni yanada boyitishga yordam beradi. Ammo ko’shimcha so’zlardan ko’p ko’shmaslik kerak, o’zining manosiga qarab qo’shishga bo’ladi. Doston ijrosida ba'zida ijrochi ijodiy tafakkurini ifodalashda muammolarga duch kelishi mumkin. Har bir doston o‘zining nozikliklari, ko‘pgina qatlamlari va obrazlari bilan ajralib turadi. Ijrochining barcha ma'nolarni to‘g‘ri va aniq ifodalashda xatoliklar yuzaga kelishi mumkin. 6. Jamoat oldida turgan psixologik to‘siqlar Ko’pchilik odamlarda ko’raman jamoat oldida qo’shiq aytishga qo’rqadi, yoki uyaladi. Chunki u jamoat oldida, ko’pchilikning oldida qo’shiq aytib o’rganmagan bo’lishi mumkin va shu yerda u o’zining zaif tomonlarini ko’rsatib qo’yadi. Bu muammo ko’pchilikning yoki jamoat oldida qo’shiq aytmanaglikdan odamlar bilan chiqishib ketmaslikdan bo’ladi. Ko‘p hollarda talabalar yoki ijrochilar jamoat oldida ijro etishda o‘zini noqulay his qilishadi. Bunday holatda, ijrochi o‘zining kuchli tomonlarini namoyish etishdan ko‘ra, qo‘rquv va stress tufayli diqqatini jamlay olmaydi ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 675 Xulosa: Qoraqalpoq dostonlarini oqish talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish muhim o‘rin tutadi . Dostonlarda mujassam bo‘lgan xalq og‘zaki ijodi, badiiy tasvir vositalari qahramonlarning ruhiy olami va ma’naviy qadriyatlar yoshlarning estetik didini tafakkurini va tasavvur doirasini kengaytiradi.dostonlar bilan tanishish jarayonida talabalar tahlil qilish, obraz yaratish mustaqil fikr bildirish hamda ijodiy yozma ishlar tayyorlash ko‘nikmalarini egallaydi. Shuningdek bu jarayon milliy madaniyat va an’analarni chuqur anglash, ma’naviy merosni qadrlash hamda o‘z ijodiy salohiyatlarini namoyon etish uchun keng imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, qoraqalpoq dostonlari talabalarning ijodiy fikrlashni shakllantirish estetik tarbiyasini rivojlantirish va milliy o‘zlikni anglash samarali vosita hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 02.02.2022 yildagi PQ-112 sonli qarori. 1. Yechimi: Dostonni kichik qismlarga ajratib, har bir qismni alohida yodlash va unga o‘rganish tavsiya etiladi. Shuningdek, dostonning ritmi va mavzusini tushunish, unga chuqurroq kirish ijro jarayonini osonlashtirishi mumkin. 2. Yechimi: Dostonni kichik qismlarga ajratib, har bir qismni alohida yodlash va unga o‘rganish tavsiya etiladi. Shuningdek, dostonning ritmi va mavzusini tushunish, unga chuqurroq kirish ijro jarayonini osonlashtirishi mumkin. 3. Yechimi: Ijrochi talaffuzni to‘g‘ri o‘rganish uchun mutaxassislar bilan mashq qilish, ovozini kuchaytirish va uning aniq eshitilishi uchun tahlil qilish lozim. 4. Yechimi: Ritmni saqlash uchun dostonni bir necha marta mashq qilish va uning ritmik tuzilmasini yaxshi o‘rganish zarur. Ijrochi bu jarayonni o‘zining ovozini va so‘zning uzunligini kuzatib mashq qilishi kerak. 5. Yechimi: Sahna qo‘rquvini yengish uchun muntazam mashq qilish, nafas olish texnikalarini o‘rganish va ishonchni oshirish lozim. Ijrochi o‘zini tabiiy holatda tutish uchun doimiy mashg‘ulotlar o‘tkazishi kerak. 6. Yechimi: Sahna qo‘rquvini yengish uchun muntazam mashq qilish, nafas olish texnikalarini o‘rganish va ishonchni oshirish lozim. Ijrochi o‘zini tabiiy holatda tutish uchun doimiy mashg‘ulotlar o‘tkazishi kerak. 7. Yechimi: Sahna qo‘rquvini yengish uchun muntazam mashq qilish, nafas olish texnikalarini o‘rganish va ishonchni oshirish lozim. Ijrochi o‘zini tabiiy holatda tutish uchun doimiy mashg‘ulotlar o‘tkazishi kerak. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 676 2. ESTETIKA ASOSLARI E. DMAROV, R. KARIMOV, M. MIRSAIDOVA, G. OYXO‘JAYEVA 3. NADIROVA A.B. Qaraqalpaq muzıka tarıyxı 24-25 betlar 4. "Musiqa Badiiyligi va Estetikasi" Komiljon Toshmatov 5. "Dutor va Uning Ijro Usullari" Shuhrat Mirzayev 6. "Maqom.uz" – Oʻzbek maqomlari va dutor ijrochiligi haqida videolar va maqolalar. 7. "Dutor Masterclass" (YouTube) – Turgʻun Alimatov, Shuhrat Mirzayev kabi ustalarning darslari. 8. "Oʻzbekiston Milliy Kutubxonasi" – Musiqa nazariyasiga oid elektron kitoblar.