scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

EUROPAL 5 TO'NTARMA PLUGINI ISHGA TAYYORLASHNI OʻRGANISH

To'xliyev Azamat Mingboyevich Qarshi davlat texnika universiteti

Abstract

Ushbu maqolada europal 5 to‘ntarma plugını ıshga tayyorlashnı oʻrganısh haqida so`z yuritilgan bo`lib, mashg‘ulot o‘tkazishdan maqsad tezkor to‘ntarma plugni ishga tayyorlash tartibini talabalarga o‘rgatib, ularga tegishli ko‘nikma berish hissoblanadi. Kalit so`zlar: g‘ildirakli traktor (misol uchun, Nyu Xolland), EurOpal 7 pluglarining O‘zbekiston sharoitlariga mos etib ishlab chiqarilgan varianti, traktor g‘ildiraklari va plug tayanch g‘ildiragi ostiga qo‘yiladigan tirgaklar, ruletka, chilangarlik asboblari, plakatlar, plug modeli

Full text

Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 15–to’plam 2025 y. 58 EUROPAL 5 TO‘NTARMA PLUGINI ISHGA TAYYORLASHNI OʻRGANISH To‘xliyev Azamat Mingboyevich Qarshi davlat texnika universiteti Annotatsiya: Ushbu maqolada europal 5 to‘ntarma plugını ıshga tayyorlashnı oʻrganısh haqida so`z yuritilgan bo`lib, mashg‘ulot o‘tkazishdan maqsad tezkor to‘ntarma plugni ishga tayyorlash tartibini talabalarga o‘rgatib, ularga tegishli ko‘nikma berish hissoblanadi. Kalit so`zlar: g‘ildirakli traktor (misol uchun, Nyu Xolland), EurOpal 7 pluglarining O‘zbekiston sharoitlariga mos etib ishlab chiqarilgan varianti, traktor g‘ildiraklari va plug tayanch g‘ildiragi ostiga qo‘yiladigan tirgaklar, ruletka, chilangarlik asboblari, plakatlar, plug modeli. O‘qituvchi talabalarga: plug bilan yerga ishlov berishdan asosiy maqsad bu begona o‘tlarni yo‘qotishdir. Buning uchun plug korpusi tuproq palaxsasini ma’lum burchakka ag‘darib, begona o‘tlarni chuqur ko‘mib ketadi. Frontal plug korpusi ma’lum qalinlikdagi tuproq palaxsasi qirqib oladi va 180° ga to‘ntarib, uni olingan joyiga yotqizadi, begona o‘t kafolatli ko‘miladi, chirindiga aylantiriladi (3.1-a rasm). Ishlov berilayotganda tuproq maydalanib yumshatiladi, hajmi birmuncha ko‘payishi sababli, yumshatilgan palaxsa o‘z joyiga sig‘maydigan bo‘lib qoladi. Shu sababli, bunday usul sayozroq shudgorlashda foydalaniladi. Ammo ekin ildizi to‘liq rivojlanishi uchun chuqurroq shudgorlash ma’qul bo‘ladi. Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 15–to’plam 2025 y. 59 Shu sababli, palaxsani to‘liq to‘ntarmasdan uni 130°-140° ga burib yonboshlatib ag‘darish ma’qul topilgan (3.1-b rasm). To‘g‘ri ag‘darilgan palaxsalar chegaralarida begona o‘t rivojlanishi uchun sharoitlar saqlanib qoladi. Begona o‘tlarga qarshi sifatliroq kurashish uchun, plug korpuslarini oldiga chimqirqar o‘rnatish ma’qul topilgan (3.1c rasm). Chimqirqar o‘rnatilsa, ag‘darilgan palaxsalar chegaralarida begona o‘t paydo bo‘lmaydi. Xullas, plugdan foydalanishdagi maqsadni amalga oshirish uchun, plugni tuproq palaxsasini sifatli ag‘daradigan qilib ishga tayyorlash talab qilinadi. d a-180° ga to‘ntarish; b-ag‘darish; c-chimqirqar o‘rnatish; d-ag‘darilgan palaxsalar umumiy ko‘rinishi. 3.1-rasm. Plug bilan tuproq palaxsasiga ishlov berish Mashg‘ulot o‘quv joyida mavjud bo‘lgan EurOpal 5 turkumidagi plug nusxasi yordamida o‘tkaziladi (3.2-rasm). Plug ishchi qismlari hisoblanadigan asosiy korpus 1, chimqirqar 2, rama 4 da joylashtirilib qotirilgan. Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 15–to’plam 2025 y. 60 1 va 1` o‘ng va chap tomonga ag‘daradigan korpuslar; 2-chimqirqar; 3tayanch g‘ildirak; 4-rama; 5Optiquick mexanizmlari; 6plug ustuni; 7plugni to‘ntaradigan gidrosilindr; 8pastki bo‘ylama tortqilarni ulaydigan barmoq; 9markaziy tortqi ulanadigan cho‘ziq va dumaloq teshiklar: 3.2-rasm. Europal 5 2+1 plugini umumiy ko‘rinishi: Plug to‘ntarma bo‘lganligi sababli, navbat bilan navbat ishlatiladigan o‘ng hamda chap tomonga tuproqni ag‘daradigan ishchi qisimlari ramaga bir biriga nisbatan 180°ga aylantirib o‘rnatilgan. Plugning yordamchi qismlari rama 4, tayanch g‘ildirak 3, Optiquick mexanizmlari 5 lar hisoblanadi. Tezkor korpus deyarli uzun bo‘ladi, plugdagi korpuslar oralig‘i yon tomonidan qaraganda oddiy pluglarga nisbatan kattaroq (l=100 sm) qo‘yilgan, chunki tezkor korpus ɣ0burchagi kichik bo‘lishi tufayli ag‘dargich uzun bo‘ladi. Bitta korpusni uning ustuni atrofida yon tomoniga birmuncha burib qamrov kengligini b1=33 sm; b2=38 sm; b3=44 sm va b4=50 sm etib o‘zgartirish imkoni mavjud. Buning uchun korpus ustuni ramaga A va B boltlari bilan qotiriladi (3.3-rasm). Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 15–to’plam 2025 y. 61 1-rama brusi; 2-korpus ustuni burultiriladigan, joyi o‘zgartirilmaydigan bolt A; 3korpus ustuni burultirilganidan so‘ng yangi joyga qotiradigan bolt B: 3.3-rasm. Korpusni ramaga nisbatan burib o‘rnatish vositasini ko‘rinishi: Korpus qamrov kengligini o‘zgartirish uchun B bolt bo‘shatilib olinadi va qisman bo‘shatilgan A bolt atrofida korpus ustuni buriltiriladi va u yerda ko‘rsatilgan raqamga mos teshikka B bolt qotiriladi. Chimqirqar ishlov beradigan chuqurlik uning ustunini ramadagi teshiklarning past-balandiga o‘rnatish bilan o‘zgartiriladi. Xo‘jalikda mavjud bo‘lgan traktor plugni kamida 10 km/soat tezlikda sudrashga uning tortish quvvati yetarli bo‘lishi tahminan baholanadi. Yetarli bo‘lishi aniqlansa hechnarsa o‘zgartirilmaydi. Yetarsiz deb hisoblansa oxirgi korpus osongina yechib olinadi. O‘zbekistonda nisbatan og‘ir tuproqlar Yevropaga nisbatan chuqurroq haydaladi. Shu sababli, plugning sudrashga qarshiligi Respublikamizda kattaroq bo‘ladi hamda uni agregatlash uchun katta tortish quvvatiga, ya’ni katta tezliklarda ham katta tortish kuchiga ega bo‘lgan traktorlar elimizda ko‘p bo‘lmaganligini e’tiborga olib, “Lemken” firmasi Europal 5 2+1, Europal 5 3+1, Europal 5 4+1, pluglarni ishlab chiqarmoqda. Bu pluglarning oxirgi korpusini osongina yechib olib, uni tegishli tezlikda agregatlash imkoni tug‘iladi. Tezkor korpus ishchi sirtini shakli tuproqni sifatli ag‘darishi uchun agregat ishchi tezligi kamida 10-11 km/soat bo‘lishi lozim. Katta tezlikda plugning sudrashga qarshilig kuchi keskin oshib Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 15–to’plam 2025 y. 62 ketmaydi, chunki plugning sudrashga qarshiligini aniqlashda ishlatiladigan Goryachkin formulasining (P=Mgf+Kabn+ɛabv2n) faqat uchinchi qismi tezlikka bog‘liq. Ammo plugni sudrashga sarflanadigan quvvat (N=PV=(Mgf+Kabn)V+ɛabv3n) tez o‘sadi. Shu sababli, 11 km/soat tezlikda plugni sudrash uchun traktorni tortish kuchi yetarli bo’lib, tortish quvvati yetarsiz bo‘lishi mumkin. Shu sababli, xo‘jalikda mavjud bo‘lgan traktorning tortish quvvatiga moslab ishlatish uchun Europal 5 plugini korpuslar soni har xil qilinadi (3.1-jadval). 3.1-jadval Europal 5 pluglarning texnik ko’rsatkichlari Texnik ko‘rsatkichlari Plug variantlari Europal 5 2+1 Europal 5 3+1 Europal 5 4+1 Vaziyatga qarab korpus kengligini o‘zgartirish 33; 38 44; 50 33; 38 44; 50 33; 38 44; 50 Vaziyatga qarab korpuslar soni, dona 2 yoki 3 3 yoki 4 4 yoki 5 Plug qamrov kengligi, sm 99-150 132-200 165-250 Massasi, kg 810 1080 1446 Korpuslar oralig‘i (yon ko‘rinishida), sm, 100 100 100 Lemken firmasi tuproq palaxsasini sifatli ag‘darib begona o‘t qoldiqlarini to‘liqroq ko‘mishga asosiy e’tibor berganligi uchun plugdagi korpusni vertikal o‘q atrofida yon tomonga birmuncha burib, uning qamrov kengligini b1=33sm; b2=38 sm; b3=44 sm yoki b4=50 sm etib o‘rnatish imkoniyatini yaratgan. Bunga sabab, palaxsani sifatli ag‘darish uchun haydash chuqurligi a korpus qamrov kengligi b Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 15–to’plam 2025 y. 63 ning 79 % dan oshmasligi, a/b<0.79 bo‘lishi kerak. Yoki qo‘yilayotgan chuqurlik a ga mos etib tanlanadigan korpus qamrov kengligi b≥1,27a bo‘lishi talab qilinadi: Fermer o‘zi ekadigan ekin uchun eng qulay chuqurlikni tanlab, keyin korpus qamrov kengligini b≥1,27a hisoblab topadi. Misol uchun, a=25 sm qabul qilingan bo‘lsa korpus qamrov kengligi b=1,27×25=32 sm va undan kattaroq bo‘lishini aniqlaydi. Demak, plug korpusini b1=33 sm bo‘ladigan holatda ramaga qotiradi. Ammo b/a kasirning miqdori 1,27 dan qanchalik kattaroq bo‘lsa, palaxsa to‘liqroq ag‘dariladi. Demak, a=25 sm bo‘lgan vaziyat uchun korpus qamrov kengligi b2=38 sm, b3=44 sm va hatto b4=50 sm holatida ishlatilsa ham bo‘ladi. Ammo b/a miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, keng palaxsani uzoqroq masofaga irg‘itib, bundan ilgari ag‘darilgan palaxsaga tegadigan qilib joylashtirish uchun, palaxsani irg‘itishda ko‘p energiya sarflanadigan bo‘ladi. Shu sababli, haydash chuqurligi a1 20–25 sm gacha qo‘yilganda b1=33 sm, a226-29 sm gacha qo‘yilsa b2=38 sm, a330-34sm bo’lsa b3= 44 sm va a4=35-39 sm bo‘lsa b4=50 sm o‘rnatilgani ma’qul bo‘ladi. Korpus qamrov kengligi o‘rnatilganidan so‘ng plugning qamrov kengligi aniqlanadi va tahminan uning sudrashga qarshiligi Pп hisoblanib, xo‘jalikda mavjud traktorning V=11 km/soat tezligidagi tortish kuchi Pt bilan solishtiriladi. Agar Pп˃Pt bo‘lib chiqsa plugning orqa korpusi yechib olinadi. Agar baribir Pп˃Pt bo‘lib tursa ishlov berish chuqurligi qisman kamaytiriladi. Xullas, palaxsalarni sifatli ag‘daraoladigan plugni traktor kamida 10 km/soat tezlikda sudray oladigan holatga erishiladi. Plug qamrov kengligi aniqlanganidan so‘ng uni traktorga ulab sozlash kerak. Sozlashni tez va sifatli amalga oshirish maqsadida plugga Optiquick tizimi o‘rnatilgan (3.4-rasm). 1. Birinchi korpusni traktor orqa g‘ildiragiga nisbatan optimal masofada joylashtirish, aniqrog‘i, birinchi korpus qamrov kengligi b1 ni tog‘ri o‘rnatish talab qilinadi (3.4-rasm). Traktorning old va orqa g‘ildiraklari agregatning oldingi yurishidan qoldirilgan shudgor tubida yuritiladi. G‘ildirak shudgor devori D-D ga tegmasdan, uni buzmasdan yurishi uchun C=10-12 sm atrofidagi masofada yuritiladi. Ikkinchi tomondan, plug korpuslari ramaga o‘zaro qamrov kengliklarini Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 15–to’plam 2025 y. 64 +Δb25 mm miqdorida qoplaydigandek joylashtirilgan. Shu sababli, birinchi korpus lemexini oxiri oldingi yurishidan qolgan D-D shudgor devoriga +Δb25 mm ga botirilgan xolda yuritilsa, uning qamrov kengligi ramaga qotirilgan korpuslar qamrov kengligiga teng bo‘ladi. Mazkur sozlashni to‘gri bajarish muhim hisoblanadi. Agar plugning ishchi qamrov kengligini konstruktiv qamrov kengligidan bir muncha kattaroq bo‘lsin deb +Δb=0 (xatto -Δb) qilib o‘rnatilsa, birinchi korpus ag‘dargan palaxsa agregatning oldingi yurishida ag‘darilgan oxirgi palaxsalar P-P ga yetib bormaydi, unga zich jipslashib tushmaydi, ag‘darilgan palaxsalar oralig‘iga me’yoridan chuquroq jo‘yak paydo bo‘ladi. Shudgor yuzasining tekislik darajasi ATT ga nisbatan pasayadi. Keyinchalik ekin ekishga bunday dalani tayyorlash qiyinlashadi a b 3.4-rasm. Plug tayanch g‘ildiragi ustunini ramaga qotirish tartibini ko‘rsatadigan raqamli jadval: Tuprog‘i nisbatan yumshoq dalaning ikki chetida buriltirilgan plug ishchi holatga tushurilib yuritilganida u to‘liq chuqurlikka tezroq botib, to‘liq chuqurlikda ishlov berilmagan yo‘lak keng bo‘lmasligi uchun, markaziy tortqini yuqoriroqdagi teshikka ulash ma’qul bo‘ladi. Markaziy tortqi pastki teshiklarga ulansa plug to‘liq chuqurlikka botib ulgurishi uchun katta yo‘l bosib o‘tilgan bo‘ladi. Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 15–to’plam 2025 y. 65 Plugni agregatlayotgan traktorning o‘ng yoki chap g‘ildiraklari shudgor tubiga yurtiladi. Shu sababli, traktor yon tomoniga engashtirilib yuritiladi. Plug ramasi esa doimo gorizantal (yer yuzasiga parallel) bo‘lishi shart, aks holda korpuslar xar xil chuqurlikda ishlaydigan bo‘ladi. Shu sababli, plug osilgan traktor kompyuteriga haydash chuqurligi kiritilgandan so‘ng, traktorning, misol uchun, o‘ng tomonidagi oldingi va orqa g‘ildiraklarini ko‘tarib, ostiga haydash chuqurligi a ga nisbatan 2-3 sm pastroq bo‘lgan tagliklarga qo‘yiladi. Traktor va uning osish qurilmasiga o‘rnatilgan plug yon tomonga engashib qoladi. Osish qurilmasidagikashaklarining uzunliklarini o‘zgartirib plug ko‘ndalang yo‘nalishda gorizontal holatiga keltiriladi. Plug tayanch g‘ildiragi tagiga ham a- (2-3 sm) balandlikdagi taglik o‘rnatiladi. Markaziy tortqi uzunligini o‘zgartirib, plug ramasi uzunasiga ham gorizontal holatiga keltiriladi. O‘ng va chap tomonga ag‘daradigan korpuslar bir xil chuqurlikda ishlashi uchun maxsus vintli tiraklar balandligi sozlanadi. Ushbu tiraklarning chap tomondagisi 3.4rasmda ko‘rsatilgan. G‘ildirakli traktor asosida tuzilgan agregatdan foydalanishda faqat plug ravon harakatiga erishish yetarli bo‘lmaydi, traktor ham yon tomonlariga burilishiga intilmasdan to‘ppa-to‘g‘ri yo‘nalishda ravon yurishiga erishish talab qilnadi. Buni tekshirish uchun plugli agregat dalada ishlatilishi kerak. Agar rul chambaragini ushlamasdan yuritilganidatraktorning old g‘ildiraklari yon tomonga burilishga intilmasdan harakatlansa 3.4-rasmdagi 4–7 vintli zveno uzunligi to‘g‘ri qo‘yilgan bo‘ladi. Agar oldingi g‘ildiraklar haydalgan tomonga surilishga intilib yursa plug qarshilik kuchlaring yig‘indisi Pxy traktor orqa g‘ildiraklari bosim markazi M ning o‘ng tomonidan o‘tayotganini bildiradi. Demak, 3.4rasmdagi 4-7 vintli zvenoni uzaytirish kerak, chunki 6-sharnir atrofida burilgan plug qarshilik kuchlari yig‘indisining ta’sir chizig‘i chap tomonga burilib, traktor orqa g‘ildiraklarining o‘rtasidan o‘tadigan bo‘ladi. Orqa g‘ildiraklar bir xil qarshilikda ishlab, traktor oldingi g‘ildiraklari yon tomonga sirpanishga intilmaydigan bo‘ladi. Agar, old g‘ildiraklar haydalmagan tomonga surilishga intilsa, 4-7 qisqartirish talab qilinadi. Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 15–to’plam 2025 y. 66 FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI 1. Shoumarova M., Abdillayev T. Qishloq xo‘jalik mashinalari, “Toshkent”, “Fan va texnologiya” nashriyoti 2019., 410 b. (Darslik). 2. Temurov Sh. Uzumchilik. Toshkent. “O‘zbekiston milliy ensklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 2002. 3. Abrorov Sh., Sultonov K., Normuratov I.. O‘zbekistonda zamonaviy intensev olma bog‘lari. -Toshkent : Baktria press, 2016. 4. Mamatov F.M., Temirov I.G‘. Qishloq xo‘jalik mashinalari. Toshkent. «Voris-nashriyot» 2019 y. -630 b. 5. Shaymardonov B., Dustqulov A., Shavazov Q., Borotov A. Bog‘dorchilik va sabzavotchilik mashinalaridan praktikum, O‘quv qo‘llanma. – T.: TIQXMMI, 2021. -178 bet. 6. Xamidov A. Qishloq xo‘jalik mashinalarini loyihalash. –Toshkent, 1994. – 245 s. (darslik). 7. Ilmiy monografiyalar, maqolalar, dissertatsiyalar. 8. Qishloq xo‘jaligi mashinalari. Darslik. www.DIT centr.uz. 9. Sug‘orishni mexanizatsiyalash. www.netafim.ru. 10. www.ziyonet.uz 11. www.rambler.ru 12. www.google.com 13. www.agroilm.uz