scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

1927–1930-YILLARDAGI "HUJUM" HARAKATI VA PARANJI TASHLASH JARAYONINING IJTIMOIY OQIBATLARI

Yodgoraliyev Diyorbek Kamoliddin o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada 1927–1930-yillarda O‘zbekistonda o‘tkazilgan “Hujum” harakati va “paranji tashlash” jarayonining ijtimoiy, madaniy hamda psixologik oqibatlari tahlil qilingan. Sovet hokimiyatining ayollarni ozod etish siyosati tashqi tomondan modernizatsiya ramzi sifatida ko‘rinsada mahalliy an’ana va diniy qadriyatlar bilan to‘qnash kelgan. Arxiv manbalari asosida ko‘plab ayollarning zo‘ravonlik va tazyiqlarga uchragani, ammo shunga qaramay, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligi ortgani yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra “Hujum” harakati O‘zbekiston tarixida ayollar taqdirini tubdan o‘zgartirgan murakkab, ammo burilish davri sifatida baholanadi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 714 1927–1930-YILLARDAGI “HUJUM” HARAKATI VA PARANJI TASHLASH JARAYONINING IJTIMOIY OQIBATLARI Yodgoraliyev Diyorbek Kamoliddin o’g’li https://doi.org/10.5281/zenodo.17491999 Annotatsiya. Ushbu maqolada 1927–1930-yillarda O‘zbekistonda o‘tkazilgan “Hujum” harakati va “paranji tashlash” jarayonining ijtimoiy, madaniy hamda psixologik oqibatlari tahlil qilingan. Sovet hokimiyatining ayollarni ozod etish siyosati tashqi tomondan modernizatsiya ramzi sifatida ko‘rinsada mahalliy an’ana va diniy qadriyatlar bilan to‘qnash kelgan. Arxiv manbalari asosida ko‘plab ayollarning zo‘ravonlik va tazyiqlarga uchragani, ammo shunga qaramay, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligi ortgani yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra “Hujum” harakati O‘zbekiston tarixida ayollar taqdirini tubdan o‘zgartirgan murakkab, ammo burilish davri sifatida baholanadi. Kalit so‘zlar: Hujum harakati, paranji tashlash, ayollar ozodligi, sovet siyosati, ijtimoiy o‘zgarish, madaniy to‘qnashuv, O‘zbekiston tarixi. Аннотация. В статье рассматриваются социальные и культурные последствия кампании «Худжум», проводившейся в Узбекистане в 1927–1930 годах, направленной на «освобождение женщин» и отказ от паранджи. Автор, опираясь на архивные источники, анализирует противоречивую природу этой политики, которая, несмотря на декларируемые цели модернизации, сопровождалась насилием, протестами и человеческими трагедиями. Показано, что «Худжум» стал не только политической акцией, но и глубоким социально-психологическим сдвигом, навсегда изменившим положение женщин в узбекском обществе. Ключевые слова: Худжум, паранджа, женское освобождение, советская политика, социальные реформы, традиции, история Узбекистана. Abstract. This article examines the social, cultural, and psychological consequences of the “Hujum” campaign carried out in Uzbekistan between 1927 and 1930, which aimed to liberate women and abolish the wearing of the paranji. Based on archival documents, the study reveals that while the Soviet policy of emancipation was officially framed as a modernization effort, it often clashed with local traditions and religious values, leading to violence and tragedy. Despite these hardships, the movement marked a historical turning point in the lives of Uzbek women, fostering their gradual participation in public, educational, and political life. Keywords: Hujum campaign, veil abolition, women’s emancipation, Soviet policy, social transformation, cultural conflict, history of Uzbekistan. XX asrning 20-yillar oxiri O‘zbekiston tarixida murakkab va ziddiyatli davr bo‘ldi. 1927yildan boshlab sovet hokimiyati tomonidan o‘tkazilgan “Hujum” harakati rasmiy jihatdan ayollarni ozod qilish ularning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi rolini oshirishga qaratilgan edi. Biroq bu jarayon ko‘plab hollarda majburiy tus olib mahalliy an’analar, diniy qadriyatlar va jamiyatning ichki ruhiyatiga zid tarzda amalga oshirildi. Natijada “paranji tashlash” jarayoni ayrim hududlarda fojeali oqibatlarga olib keldi. 1926-yil sentyabr oyida O‘rta Osiyo partiya komitetlari huzurida xotin-qizlar bo‘limlari kengash yig‘ilishi o‘tkazilib “ayollar ozodligi” masalasi kun tartibiga qo‘yildi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 715 Shu asosda 1927-yil 8-martdan boshlab butun O‘zbekiston bo‘ylab “Hujum” harakati rasman boshlangan. Bu kampaniya doirasida ayollarni paranjidan voz kechishga, jamoat ishlariga jalb etishga, savodsizlikni tugatish kurslariga qatnashishga undash siyosiy majburiyat darajasiga ko‘tarildi. “Hujum” siyosati O‘zbekistonning deyarli barcha hududlariga yoyilgan bo‘lsa-da, uning eng keskin qarshilikka uchragan joylari aynan diniy e’tiqod kuchli bo‘lgan mintaqalar edi. Ayniqsa Farg‘ona vodiysida (Andijon, Marg‘ilon, Shahrixon) paranji tashlagan ayollar ko‘p hollarda jamoa bosimi, diniy rahbarlarning tahdidi yoki qarindosh-urug‘lar tomonidan jazolangan. Arxiv manbalariga ko‘ra, 1929-yilning yanvar–aprel oylarida Farg‘ona okrugining Marg‘ilon rayonida ikki ayol og‘ir yaralangan, Andijon okrugi Muxunbek qishlog‘ida esa faol ayol imom tomonidan o‘ldirilgan. Shuningdek, Shahrixon tumanida 2 Surxondaryoda 4 Zarafshon okrugida 2 Xorazmda 1 Samarqandda 3 va Toshkent okrugida 2 ayol o‘ldirilgani qayd etilgan. Umumiy hisobda shu davrda 20 nafar ayol o‘ldirilgan, 5 nafari esa og‘ir tan jarohati olgan. Bu holatlar bo‘yicha 20 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Oradan bir necha yil o‘tgach ham “Hujum” siyosatining og‘riqli izlari yo‘qolmagan. 1939-yil 2-fevralda O‘zbekiston SSR prokuraturasining 56-sonli buyrug‘i e’lon qilinib ayollarga qarshi jinoyatlar hali ham davom etayotgani haqida ogohlantirilgan. Bu hujjatda prokurorlar ayollarga qarshi sodir etilgan hujumlar tahdidlar va qotilliklarni doimiy nazoratda ushlash shuningdek ayollarni davlat tashkilotlariga kengroq jalb etish zarurligi alohida ta’kidlangan. Bu buyruqdan ko‘rinadiki “Hujum” nafaqat siyosiy tashabbus balki ijtimoiypsixologik siljishlar davri ham bo‘lgan. Ayrim joylarda ayollarning paranji tashlashi “kofirlik” deb baholangan, ayrim hududlarda esa bu harakatni “ozodlik belgisi” sifatida qabul qilganlar ham bo‘lgan. Jamiyatda keskin tafovut qaramaqarshi qarashlar va qo‘rquv muhitining mavjudligi tufayli ayollar huquqlari masalasi 1930yillarning oxirigacha dolzarb bo‘lib qolgan “Hujum” siyosati dastlab zo‘ravonlik norozilik va qarshiliklar bilan kechgan bo‘lsada vaqt o‘tishi bilan u O‘zbekiston jamiyatida ayollar hayotiga sezilarli o‘zgarishlar olib kirdi. Tarixiy hujjatlar shuni ko‘rsatadiki 1927-yilning bahoriga kelib mamlakat bo‘ylab 100 mingdan ortiq ayol paranji tashlagan. Bu son ko‘p jihatdan tashviqot va partiya majburiyati ta’siri bilan yuzaga kelgan bo‘lsada ayrim ayollar uchun bu haqiqiy ozodlik timsoli edi. Biroq erkinlik yo‘lida boshlangan harakat ko‘plab fojialar bilan qorishib ketdi. 1927– 1928-yillarda 2,500 dan ortiq faol xotin-qizlar — muallimalar kolxoz faollari mahalla yetakchilari va savodsizlikka qarshi kurash markazlarida ishlagan ayollar - o‘z hayotidan ayrilgan. Shunga qaramay bu davrda ayollar ijtimoiy-siyosiy hayotda tobora faol bo‘la boshladilar. 1928-yilda ayollarga nisbatan noqonuniy harakatlar uchun 671 kishi qamoqqa olingan shulardan 7 nafari otuvga hukm qilingan. Bu ko‘rsatkichlar hukumat tomonidan ayollar himoyasi masalasiga nisbatan nazorat kuchaytirila boshlaganidan dalolat beradi. 1930-yillarga kelib “Hujum”ning ijobiy tomonlari ham asta-sekin ko‘rina boshladi. 1937yilgacha o‘tkazilgan “savodsizlikni tugatish kurslari”ni muvaffaqiyatli tamomlagan o‘zbek ayollari soni 273,637 nafarga yetdi. Shuningdek 1927–1929-yillarda sud xalq maslahatchilari orasida 563 nafar o‘zbek ayoli faoliyat yuritgan. Bu raqamlar shuni ko‘rsatadiki “Hujum” jarayoni og‘riqli qonli va bahsli bo‘lgan bo‘lsada u ayollar taqdirini abadiy o‘zgartirgan. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 716 Ular endi faqat oilaviy doira bilan cheklanmay ijtimoiy hayot, siyosat, ta’lim va madaniyat sohalarida ham o‘z o‘rnini egallay boshladilar. 1920–1930-yillarda O‘zbek jamiyatida amalga oshirilgan paranji tashlash siyosati ayollar ozodligi g‘oyasi bilan bog‘liq bo‘lsa-da, uning amalga oshirilish jarayoni mahalliy sharoit va qadriyatlarni hisobga olmagani sababli og‘riqli oqibatlarga olib keldi. Bu davr jamiyat tafakkurida islohot va an’ana o‘rtasidagi keskin to‘qnashuvni keltirib chiqardi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy o‘zgarishlar inson qadr-qimmati va madaniy qadriyatlarni inobatga olgan holda amalga oshirilgandagina ijobiy natija beradi. Paranji tashlash voqealari tarixiy saboq sifatida, ayollar huquqlari, erkinlik va bag‘rikenglik masalalariga e’tibor qaratish zarurligini yana bir bor eslatadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Rossiya Federatsiyasi davlat arxivi. (n.d.). Fond 374, ro‘yxat 27, ish 1708, varaqlar 86–87. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni arxivi. (n.d.). Fond 58, ro‘yxat 2, ish 1153. 3. O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchimetodik markaz arxivi. (n.d.). Arxiv materiallari. 4. Karimov, I. A. (2008). Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat nashriyoti. 5. Saidov, U. (2021). O‘zbek jamiyatida modernizatsiya jarayonlari va an’anaviy qadriyatlar to‘qnashuvi. Ijtimoiy fanlar jurnali, 5(3), 22–29. 6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi. (n.d.). Fond 276, ro‘yxat 5, ish 91. 7. Edgar, A. L. (2003). Emancipation of the unveiled: Turkmen women under 8. Soviet rule, 1924-29 [PDF]. Retrieved from https://islamspring2012.voices.wooster.edu/wp9. content/uploads/sites/192/2018/09/edgar_empancipation-of-the-unveiled.pdf 10. Kahn, R. (2022). The mask wars and social control: Lessons from the 1927 unveiling campaign in Soviet Uzbekistan (U of St. Thomas Legal Studies Research Paper No. 22-28). Retrieved from https://scholarlycommons.law.cwsl.edu/cgi/viewcontent.cgi?article=2037&c ontext=cwilj 11. Mardiyeva, G. K. (2023). O‘zbek xotin-qizlari: ijtimoiy o‘zgarishlar sovet hukmronligi davrida. [Article]. Retrieved from https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbek-xotin-qizlariijtimoiy-o-zgarishlarsovet -hukumronligi-davrida