KUSHON IKONOGRAFIYASIDA BOSH KIYIM VA HARBIY TIMSOLLAR: TANGALAR, HAYKAL VA DEVORIY SURATLAR ASOSIDA TAHLIL
Abstract
Maqolada Kushonlar davrida shakllangan harbiy va siyosiy ikonografiyaning asosiy unsurlari — bosh kiyimlar, dubulg‘alar va ularning ramziy mazmuni tahlil qilingan. Tadqiqotda tangalar, haykallar hamda devoriy suratlar asosida hukmdor timsolining siyosiy va diniy mohiyati yoritiladi. Har bir bosh kiyim shakli, bezagi va undagi timsollar orqali hokimiyatning ilohiy legitimatsiyasi, qudrat va osmoniy himoya g‘oyalari ifodalangan. Muallif Kushon ikonografiyasida harbiy libos va atributlarning davlat mafkurasi bilan uzviy bog‘liqligini asoslaydi. Ushbu yondashuv Kushon san’atini nafaqat estetik, balki ideologik tizim sifatida ham baholash imkonini beradi.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 733 KUSHON IKONOGRAFIYASIDA BOSH KIYIM VA HARBIY TIMSOLLAR: TANGALAR, HAYKAL VA DEVORIY SURATLAR ASOSIDA TAHLIL Ozodjon Eliboyev FA Tarix instituti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17492295 Annotatsiya. Maqolada Kushonlar davrida shakllangan harbiy va siyosiy ikonografiyaning asosiy unsurlari — bosh kiyimlar, dubulg‘alar va ularning ramziy mazmuni tahlil qilingan. Tadqiqotda tangalar, haykallar hamda devoriy suratlar asosida hukmdor timsolining siyosiy va diniy mohiyati yoritiladi. Har bir bosh kiyim shakli, bezagi va undagi timsollar orqali hokimiyatning ilohiy legitimatsiyasi, qudrat va osmoniy himoya g‘oyalari ifodalangan. Muallif Kushon ikonografiyasida harbiy libos va atributlarning davlat mafkurasi bilan uzviy bog‘liqligini asoslaydi. Ushbu yondashuv Kushon san’atini nafaqat estetik, balki ideologik tizim sifatida ham baholash imkonini beradi. Kalit so‘zlar: Kushon davri; Gandhara san’ati; Ajanta rasmlari; podshoh ikonografiyasi; oyoq kiyimi; etik; kiyim madaniyati; san’at va mafkura; ramziy ma’no; ijtimoiy maqom; tangalar; haykaltaroshlik an’analari; diniy tasvirlar; siyosiy ifoda; madaniy o‘zaro ta’sir. Аннотация. В статье анализируются основные элементы военной и политической иконографии кушанского периода — головные уборы, шлемы и их символическое значение. На основе нумизматических, скульптурных и настенных изображений раскрывается идеологическое содержание образа правителя. Форма и орнаментация головных уборов, а также используемые эмблемы отражают идеи божественной легитимации власти, могущества и небесной защиты. Автор обосновывает взаимосвязь военного костюма и царских атрибутов с государственной идеологией кушанской эпохи. Такой подход позволяет рассматривать кушанское искусство не только как эстетический феномен, но и как важный элемент политикорелигиозной системы империи. Ключевые слова: Эпоха Кушанов; искусство Гандхары; росписи Аджанты; царская иконография; обувь; сапоги; культура одежды; искусство и идеология; символическое значение; социальный статус; монеты; скульптурные традиции; религиозные образы; политическая экспрессия; культурное взаимодействие. English. The article analyzes the main elements of Kushan military and political iconography — headgear, helmets, and their symbolic meanings. Based on numismatic, sculptural, and mural evidence, it reveals the ideological message embodied in the ruler’s image. The form, ornamentation, and emblems of the headgear reflect concepts of divine legitimacy, royal power, and celestial protection. The author argues for a close interrelation between military costume, royal insignia, and the state ideology of the Kushan period. This approach allows Kushan art to be understood not merely as an aesthetic phenomenon but as an essential component of the empire’s politico-religious system. Keywords: Kushan period; Gandhara art; Ajanta paintings; royal iconography; footwear; boots; dress culture; art and ideology; symbolic meaning; social status; coins; sculptural tradition; religious imagery; political expression; cultural interaction.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 734 Kirish Kushon sulolasi chog‘i nafaqat siyosiy va iqtisodiy jihatdan, balki madaniy, diniy hamda san’at sohasida ham muhim sintez davri bo‘ldi. Ayniqsa, Kushon hukmdorlik ikonografiyasida tangalar, haykaltaroshlik va devoriy tasvirlar orqali ifodalangan hokimiyat timsollari, bosh kiyimlar va harbiy atributlar davlat mafkurasi va ilohiy legitimatsiya g‘oyalarining muhim ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur maqola Kushon ikonografiyasida aks etgan bosh kiyimlar, oyoq kiyimlari va ularning siyosiy-ideologik mazmunini manbashunoslik va arxeologik materiallar asosida tahlil qilishga qaratilgan. Asosiy qism Miloddan avvalgi 2-yuzyillikning ikkinchi yarmi va milodiy 1-yuzyillik boshlarida Turon siyosiy jarayonini tubdan o‘zgarish davrini boshdan kechirdi. Bu davrda Turon tarixida muhim rol o‘ynagan Yue-chjilar, xitoy manbalarida Da-ruziy (Da Yue-chji ) 1 nomi bilan qayd etilgan va sharqiy Turkiston hamda Tangritog‘ (Tyan-Shan) tog‘larining g‘arbiy etaklaridan boshlab, astasekin Janubiy Turon tomon siljiy boshladilar va Janubiy Turonda Kushon sulolasi shakllanishiga olib keldi. Buning asosiy sabi esa yuechjilar Usunlar va Hunlarning qoʻshma qoʻshinlari tomonidan magʻlubiyatga uchrashi edi. Bu haqida aniqroq ma’lumotlar qadimgi Xitoy manbalarda uchraydi. Xususan Hunnu qabilasi o‘rtasidagi mojaroni qayd etadi. Bu to‘qnashuv taxminan miloddan avvalgi 209–207 yillarda boshlangan va “Xanshu” manbasiga ko‘ra, Xunnu sardori Modu Yue-chji boshlig‘ining kallasidan sharob idishi (qadah) yasatgani bilan tugagan 2 . Aynan shu mojaro natijasida Yue-chji o‘z hududlarini Gansu viloyatini (Tarim havzasining sharqiy chegarasi) tark etishga majbur bo‘ldilar. G‘arbga siljigan Yue-chji avval Tyan-Shan tog‘laridagi Urumchi atrofida yoki undan ham g‘arbda Ili vodiysi va Balxash ko‘li yaqinlarida vaqtincha joylashdilar. Ammo ular bu yerda ham miloddan avvalgi 174 yilda Xunnu yoki Usun (Vusun) qabilalari tomonidan yana hujumga uchradilar va mag‘lubyatga uchradi. Aynan shu voqealardan so‘ng Yuechjilar janubiy Turonga ko‘chib kela boshladi. Dastlab ular Sak (massaget) va To‘xar qabilalari bilan to‘qnash kelib, asta-sekin Amudaryoning quyi havzalarida joylashgan Boxtardagi hujum qildi. Buning natijasida miloddan oldingi 2-yuzyillik oxirlariga kelib Boxtarda Yunon hukumronligi chog‘i yakun topdi, o‘rniga Yuechjilarning qabilalar ittifoqi vujudga keldi. Bu o‘rinda bu g‘alabalarga asosiy sabablardan biri 100 000 dan ziyod otli qo’shini bazi manbalarda o‘q yoy o‘tuvchilari borligi 3 . 1 Хўжайев А. Ўзбек халқи ва давлатчилиги тарихи манбалари туркистон Хитой ёзма манбаларид. Тошкент. 2024. – Б. 365 2 Skinner, Michael. Marks of Empire: Extracting a Narrative from the Corpus of Kuṣāṇa Inscriptions. 2017. Pp. 2526.; Хўжайев А. Ўзбек халқи ва давлатчилиги тарихи манбалари туркистон Хитой ёзма манбаларид. Тошкент. 2024. – Б. 372. 3 Хўжайев А. Ўзбек халқи ва давлатчилиги тарихи манбалари туркистон Хитой ёзма манбаларид. Тошкент. 2024. – Б. 372; Акеров Т. А. Усуни-кыргызы Кыргызы на просторах Евразии (Мигрatsiонные и этнические процессы кочевников Притяньшанья и сопредельных регионов в VIIIXIV вв.). Бишкек. 2020. - C. 108. Nikonorov V. P. The Armies of Bactria. Vol. I. Yorkshire, UK. 1997. P. 50.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 735 Arxeologik va yozma manbalarga ko‘ra, dastlabki bosqinchilik davrida Yue-chjilar bir necha mustaqil qabilalarga bo‘lingan bo‘lib, ularning har biri Amudaryoning janubiy va shimoliy qirg‘oqlarida o‘z hududini mustahkamlashga intilgan. Milodiy 1-yuzyillik kelib, Yuechjilarning beshta qabilasi ichida eng kuchlisi Guyshuan (Kushon) qabilasi yabgʻusi Syujsyue (Kujula Kadfiz) qolgan toʻrt qabilalarni o‘ziga bo‘ysundiradi. Shu tariqa Kushonlar davlati shakllanadi va uning asoschisi sifatida Kujula Kadfiz tilga olinadi 4 . Yuechjilarning g‘arbga siljishi va ularning siyosiy ustuvorligi natijasida shakllangan yangi siyosiy tuzilma Kushon davlati, o‘z mohiyatiga ko‘ra, harbiy an’analar va mahalliy madaniy unsurlarning sinteziga asoslangan edi. Bu sintez nafaqat boshqaruv va harbiy tizimda, balki davlat timsollarida, hokimiyat ifodasida ham yaqqol namoyon bo‘ldi. Ayniqsa, hukmdorlik ikonografiyasida (tangalardagi tasvirlar, haykal va devoriy suratlarda) siyosiy qudrat, ilohiy himoya va saltanat g‘oyalarining ramziy ifodasi o‘z aksini topgan. Shu boisdan Kushon davrining moddiy madaniyati, xususan harbiy kiyimlar va bosh kiyimlar tizimi, ularning siyosiy mafkurasi va hokimiyat konsepsiyasini o‘rganishda muhim manba vazifasini o‘taydi. Kushon imperiyaning davlat boshqaru harbiy boshqaruv tizimiga asoslangani tufayli devoriy suratlarda ham jang sahnalari va gʻalaba tasvirlarini juda koʻp uchratishimiz mumkin. Ular orqali shu davr ijtimoiy munosabatlar va odamlarning kiyinish tarzlarini aniqlashimiz mumkin. Xususan bu suratlarda harbiy kiyimlar haqida ma’lumotlar nisbatan koʻproq, xususan Xolchayondagi tasvirlarida Kushon jangchilari liboslari oʻziga xos boʻlib, ular quyidagicha tavsiflanadi: Qizil yoki och yashil rangli kaftanlar zich toʻqilgan matodan tayyorlangan, beldan pastga qarab kengayadigan, dumaloq yoki uchburchak yoqali. Boʻyin qismida ilgaklar bilan yopiladigan ruba qorin yoki koʻkrak qismida tugma yoki ilgak bilan mahkamlanadi. Koʻkrakdan belgacha kamar bilan bogʻlangan, bu jihat askarning harbiy holatini bildiradi. Shalvarlar – keng, dumba va son qismlarida doka bilan bezatilgan, toʻpiqqa yaqin qismlarda bogʻlangаn 5 . Kushon davrida oyoq kiyimlari tanaga yopishadigan, harakatga qulay tarzda tikilgan bo‘lib, ular nafaqat amaliy, balki marosimiy maqsadga ham xizmat qilgan. Bu kiyimlar shakl va bezak jihatidan nafis, shu bilan birga erkin harakatlanishga imkon beruvchi xususiyatga ega edi. Kushon tangalarida podshohlar baland etik kiygan holda tasvirlangan. Shuningdek, Ajanta g‘orlaridagi devor rasmlarida ham oyoqni to‘liq yopuvchi etik va oyoq kiyimlari bilan tasvirlangan shaxslar uchraydi 6 . Tuproq qal’adan ham topilgan devoriy suratda harbiy jangchilar tasviri hаm bor. Uning ahamyatli chihati harbiy jangchilar antrapologik jihatidan shimoliy Hindiston odamlariga oxshаydi 7 . 4 Зиё А. Ўзбек давлатчилиги тарихи. Тошкент. 2001. – Б. 368.; Хўжайев А. Ўзбек халқи ва давлатчилиги тарихи манбалари туркистон Хитой ёзма манбаларид. Тошкент. 2024. – Б. 373. Ставийский Б.Я. Кушанская Бактрия: Проблемы истории и культуры. М., 1977. - C. 17.; Ртвеладзе Э.В., Алимова Д.А. Ўзбек давлатчилиги тарихи. 1-жилд. Тошкент. 2021. – Б. 220. 5 Пугаченкова.Г. Скульптура Халчаяна. Москва. 1971. С. 64. 6 Siddiqui K. S., Hakal M. Depiction of Footwear in Gandhara Art: An Appraisal //Journal of Asian Civilizations. – 2018. – Т. 41. – №. 1. P. 82. 7 Rosenfield, John M. The Dynastic Arts of the Kushans. Berkeley: University of California Press, 1967. pp. 68-69.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 736 Bosh kiyimlar va belgilar: dubulgʻalar yuzasida ikki metall yarim gumbazdan iborat boʻlib, old va orqa tomondan uzluksiz tasma yoki qavariq chiziq bilan bogʻlangan. Bundan tashqari bu dubulgʻalar quloqni toʻliq yopib turgan. (xususan, Halchayan va Surx-Kotalda). Tangalarda ham bosh kiyimlar aks etgan bo‘lib, bular Huvishka tangalarida podshoh tasvirlarida namoyon etilgan murakkab bosh kiyimlar hukmdorlik shukuhi va saroy dabdabasining yuqori darajada rivojlanganini ko‘rsatadi. Eng e’tiborga molik unsurlar dubulg‘alar bo‘lgan. Ularning bir necha turlari Huvishka, shuningdek, Vima va Kanishka tangalarida uchraydi. Biroq bu dubulg‘alar Kushon davri haykaltaroshlik yodgorliklarida kamroq aks etgan. Ushbu bosh kiyimlarning ayrim qismlarining ramziy ma’nosi hozircha aniq emas, hattoki ularning shakl va tuzilishi ham ba’zan to‘liq tushunilmaydi. Quyida ularning asosiy turlari tasnif va tavsif asosida keltiriladi 8 . Birinchi tur — baland gumbazsimon, silindr shaklli dubulg‘a bo‘lib, uning old qismida g‘ayrioddiy tarzda oldinga chiqib turgan soyabonli qismi mavjud. Yon tomonlari to‘lqinli naqshlar bilan bezatilgan, tepasida esa e’tiborga molik cho‘qqi bezagi joylashgan. Bu turdagi dubulg‘a faqat Vima tangalarida uchraydi. Ikkinchi tur — past, qopqoqsimon bosh kiyim bo‘lib, uning qirrasi ehtimol qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. Yon tomonida to‘lqinli naqsh va tepasida cho‘qqi bezagi mavjud. Bu shakl Kanishka I davrining eng keng tarqalgan turi hisoblanadi. Uchinchi tur — past, uchli qopqoqsimon bosh kiyim bo‘lib, shaklan Frigiya bosh kiyimiga o‘xshaydi, biroq yanada mustahkam tuzilgan. Uning yon tomonlarida doira shaklidagi bezaklar, yuqorisida esa cho‘qqi bezagi bor. Bu tur Kanishka I hamda Huvishka tangalarida uchraydi. To‘rtinchi tur — tor, cho‘qqisi yumaloq dubulg‘a, shaklan Parfiya shohi Mitridat II dubulg‘asiga o‘xshash. Uning peshonasida pat va qimmatbaho toshdan yasalgan nishon mavjud. Cho‘qqi atrofida marvarid naqshi o‘tkazilgan, yon tomonida esa doira shaklidagi, ehtimol oy timsolini eslatuvchi bezak joylashgan. Bu turdagi bosh kiyim faqat Huvishka tangalarida kuzatiladi. Beshinchi tur — baland, uchli bosh kiyim bo‘lib, orqa tomonida burchakli chiqindisi bor. Peshona qismidan yuqoriga cho‘zilgan, tog‘ echkisi shoxiga o‘xshash to‘g‘ri shoxi bilan ajralib turadi. Uning tomonlarida to‘rtburchak shaklli flaplar (qopqoqchalar) mavjud bo‘lib, ular iyak ostida bog‘lanadi. Shu shoxsiz turdagi bosh kiyim Huvishka, Vasudeva I va Kanishka III tangalarida ham uchraydi. Oltinchi tur — to‘rtinchi turga o‘xshash, biroq har ikki yonida uchburchak shaklli qopqoqchalar bo‘lib, ular iyak ostida tutashadi. Peshonadagi bezak mukammal doira shaklida bo‘lib, ehtimol markazida tosh bilan bezatilgan g‘ildirak ko‘rinishidagi nishon bo‘lgan. Ushbu bosh kiyim cho‘qqi bezagiga ega bo‘lib, yonlari va peshona qismi marvaridli chet bilan bezatilgan. 8 Rosenfield, John M. The Dynastic Arts of the Kushans. Berkeley: University of California Press, 1967. P. 70.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 737 Yettinchi tur — yumaloq dubulg‘a, shaklan birinchi turga o‘xshash, ammo soyabon o‘rnida peshonasida ikki tishli (vilkasimon) nishon joylashgan. Uning yonida ochiq doira shaklidagi naqsh, tepasida cho‘qqi bezagi va marvaridli diadem (yoki tasma) mavjud 9 . Ushbu bosh kiyimlar turining xilma-xilligi Kushon hukmdorlik ikonografiyasida hukmdor timsolining nafaqat siyosiy, balki diniy-majoziy mazmun kasb etganini ko‘rsatadi. Bosh kiyimlardagi shox, marvarid, g‘ildirak, pat va qimmatbaho toshlar bilan bezaklar hokimiyat qudrati, osmoniy himoya va ilohiy legitimatsiya g‘oyalarini ifodalagan bo‘lishi mumkin Xulosa Kushon ikonografiyasidagi bosh kiyim va harbiy timsollar davlat hokimiyatining siyosiy va diniy g‘oyalarini aks ettiruvchi muhim belgilar bo‘lgan. Tangalar, haykallar va devoriy tasvirlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, hukmdorlar obrazida ilohiylik va qudrat birlashgan holda namoyon etilgan. Bosh kiyimlarning shakl, bezak va ramziy elementlari hokimiyatning qonuniyligi, osmoniy himoya va g‘alaba timsoli sifatida ishlatilgan. Shu jihatdan Kushon san’ati nafaqat estetik, balki mafkuraviy-ma’naviy mazmunni ham mujassam etgan bo‘lib, u imperiya siyosiy ideologiyasining muhim ifodasi sifatida tarixiy ahamiyat kasb etadi. Adabiyotlar: 1. Хўжайев А. Ўзбек халқи ва давлатчилиги тарихи манбалари туркистон Хитой ёзма манбаларид. Тошкент. 2024. 2. Skinner, Michael. Marks of Empire: Extracting a Narrative from the Corpus of Kuṣāṇa Inscriptions. 2017. 3. Акеров Т. А. Усуни-кыргызы Кыргызы на просторах Евразии (Мигрatsiонные и этнические процессы кочевников Притяньшанья и сопредельных регионов в VIIIXIV вв.). Бишкек. 2020. 4. Nikonorov V. P. The Armies of Bactria. Vol. I. Yorkshire, UK. 1997. 5. Зиё А. Ўзбек давлатчилиги тарихи. Тошкент. 2001. 6. Ставийский Б.Я. Кушанская Бактрия: Проблемы истории и культуры. М., 1977. 7. Ртвеладзе Э.В., Алимова Д.А. Ўзбек давлатчилиги тарихи. 1-жилд. Тошкент. 2021. 8. Пугаченкова.Г. Скульптура Халчаяна. Москва. 1971. 9. Siddiqui K. S., Hakal M. Depiction of Footwear in Gandhara Art: An Appraisal //Journal of Asian Civilizations. – 2018. – Т. 41. – №. 1. 10. Rosenfield, John M. The Dynastic Arts of the Kushans. Berkeley: University of California Press, 1967. 9 Rosenfield, John M. The Dynastic Arts of the Kushans. Berkeley: University of California Press, 1967. pp. 70-71.