scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTONDA INVESTITSIYA MUHITINI YAXSHILASH BO'YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN CHORA-TADBIRLAR

Boirova Nargiza Shuhrat qizi

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda investitsiya faolligini kuchaytirishga qaratilgan sa'y-harakatlar va uning muvaffaqiyati uchun zarur shart-sharoitlarni o‘rganiladi. Unda O‘zbekiston tomonidan mahalliy va xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va tashabbuslar atroflicha o‘rganilgan. Siyosatchilar va manfaatdor tomonlar mustahkam investitsiya faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni tushunib, O‘zbekiston erishgan yutuqlarni baholashlari, muammolarni aniqlashlari va mamlakatda investitsiya imkoniyatlarini yanada oshirish va iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish strategiyalarini ishlab chiqishlari mumkin.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 738 O'ZBEKISTONDA INVESTITSIYA MUHITINI YAXSHILASH BO'YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN CHORA-TADBIRLAR Boirova Nargiza Shuhrat qizi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Iqtisodiyot yo'nalishi 4-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17492365 Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekistonda investitsiya faolligini kuchaytirishga qaratilgan sa'y-harakatlar va uning muvaffaqiyati uchun zarur shart-sharoitlarni o‘rganiladi. Unda O‘zbekiston tomonidan mahalliy va xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va tashabbuslar atroflicha o‘rganilgan. Siyosatchilar va manfaatdor tomonlar mustahkam investitsiya faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni tushunib, O‘zbekiston erishgan yutuqlarni baholashlari, muammolarni aniqlashlari va mamlakatda investitsiya imkoniyatlarini yanada oshirish va iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish strategiyalarini ishlab chiqishlari mumkin. Kalit so'zlar: Investitsiyalarni rag‘batlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, investitsion muhit, investitsiya siyosati, huquqiy baza, normativ islohotlar, investorlarni himoya qilish, rag‘batlantirish, soliq imtiyozlari, maxsus iqtisodiy zonalar, davlat-xususiy sheriklik, infratuzilmani rivojlantirish. KIRISH O‘zbekiston ichki va xorijiy investitsiyalar uchun qulay muhit yaratish orqali investitsiya faolligini oshirishga faol intilmoqda. Mamlakat investitsiyalarning kuchli oqimi iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va texnologik taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega ekanini tan oladi. Bunga erishish uchun O‘zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha turli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bularga investorlar uchun qulay siyosatni joriy etish, huquqiy va tartibga soluvchi islohotlarni amalga oshirish, imtiyozlar va soliq imtiyozlari berish, infratuzilmani rivojlantirish kiradi. Bundan tashqari, investitsiyalarni jalb qilishda siyosiy barqarorlik, bozorni liberallashtirish va xalqaro hamkorlik kabi omillar muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston ana shu shartlarga e’tibor qaratgan holda o‘zining investitsiya imkoniyatlarini kengaytirish, iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish, mahalliy va xorijiy investorlar uchun jozibador davlat sifatida o‘zini namoyon etishni maqsad qilgan. Tadqiqot metodologiyasi. Maqolada O‘zbekistonda investitsion faoliyatni kuchaytirish va uning shart-sharoitlari muhokama qilinadi. Uning asosiy tarkibiy omillari va qismlari tavsiflanadi. O‘zbekistonda investitsion faoliyatni kuchaytirish va uning shart-sharoitlari tahlili qilindi va rivojlangan davlatlar mezonlari bilan solishtirildi. O‘zbekistonda investitsion faoliyatni kuchaytirish va uning shart-sharoitlari bo‘yicha yondashuvlar o‘rganildi. Tahlil va natijalar. 0‘zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar investitsiya jarayonlarining faollashuvini taqozo etmoqda. Iqtisodiyotda yangi tarmoq va sohalarning yo‘lga qo‘yilishi, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarining kengaytirilishi, ish o‘rinlarining tashkil etilishi tobora ko‘proq mablag‘ va resurslarni jalb qilishni rag‘batlantirmoqda. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 739 Jumladan, “Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modemizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiq”. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev mamlakatimiz hududlariga salmoqli investitsiyalarni kiritishga doir muammolarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlab, Milliy bank investitsiya faoliyatiga o‘z mablag‘lari bilan birga, tashqaridan moliyalashtirish manbalarini jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishi kerakligini ham aytib o‘tdi. 2004-yilda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 2473,2 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yilga kelib bu ko‘rsatkich 36233,3 mlrd. so‘mga yetdi. Investitsiya sohasida shakllangan ijobiy dinamika iqtisodiyotning o‘sishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. Bu sohada o‘tgan davr mobaynida ko‘zga tashlanuvchi o‘ta muhim jihat – respublikamizda investitsiya faolligining sezilarli darajada oshganligidir. Ayniqsa, mamlakatimizdagi investitsiya muhitini yaxshilash va xorijiy sarmoyalarni jalb etish jarayonlariga bozor islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk huquqini himoya qilishni mustahkamlash chora-tadbirlarining ta’siri ahamiyatli bo‘ldi. “Iqtisodiyotga jalb qilingan insvestitsiyalar miqdori 16.6 mlrd dollarni tashkil qilgan, yoki 2018-yilga nisbatan 9.6 foizga oshgan. 0‘zlashtirilgan chet el investitsiyalari va kreditlari 11.3 % oshgan va 3.7 millard dollarni tashkil qildi. 164 ta katta investitsion loyihalarni amalga oshirish tugatildi, ularning umumiy qiymati 5.2 mldr dollarni tashkil qildi. “GM Uzbekistan” korxonasida yegil avtomobilning “T-250” modelini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Jizzax sement zavodining ishlab chiqarish quvvatlari kengaytirildi. Tallimarjon issiqlik energiyasi ishlab chiqarish stansiyasida 900 MVt bo‘lgan ikkita gaz-par qurilmasi ishga tushirildi. Angren TESda 150MVt quvvatga ega bo‘lgan ko‘mir bilan ishlaydigan energoblok ishga tushurildi. Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasi ishga tushurildi, uning 19 km li qismi Qamchiq dovonidan o‘tadigan tuneldan iborat. Toshket-Buxoro va Buxoro-Toshkent elektrlashtirilgan katta tezlikda yuruvchi elektropoezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Qishloq xo‘jaligini modemizatsiya va diversifikatsiya qilish natijasida uning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari o‘sishi 2019-yilda 6.6% ga oshdi, meva-sabzavot yetishtirish 11.2% ga, kartoshka yetishtirish 9.7% ga, poliz mahsulotlari ishlab chiqarish 10.4% ga oshgan. 2019-yilda 32 mingta kichik biznes subyetklari yangitdan yaratildi. Bu 2016-yilga nisbatan 18% ga ko‘pdir. Kichik biznes subyektlarining YalM mahsulotdagi ulushi 56.9% ni, bu ko‘rsatkich sanoatda 45 % ni tashkil qildi. Iqtisodiyotninng stabillashganligi oqibatida aholi daromadlarining o‘sishi 1 l% ni tashkil qilgan. Byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqlari 15% ga oshgan, 726ming kishi ish bilan ta’minlangan, shundan 438.5 kishi ta’lim sohalari bitiruvchilaridir.”Sog‘lom ona va bola yili” dasturini amalga oshirish uchun 8 trillion so‘m va 212 million AQSH dollari hajmidagi mablag‘ ajratilgan”. Bugungi kunda 0‘zbekistonda investitsion faoliyatni ta’minlash maqsadida mineral xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 40 mlrd. dollarga teng bo‘lgan 649 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi tarmoq dasturlarini o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash belgilangan. Xususan, 2019-yilda umumiy qiymati 1,0 mlrd. dollarlik 145 ta ishlab chiqarish quvvatlarini foydalanishga topshirilgan, shu jumladan: ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 740 - meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash sohasida 147 mln. dollarlik 63 ta loyiha; - rangli va qimmatbaho metallami chuqur qayta ishlash bo‘yicha 217 mln. dollarlik 6 ta loyiha; - kimyoviy xom ashyolarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha 25 mln. dollarlik 2 ta loyiha; - uglevodorod xom ashyolarini qayta ishlashni chuqurlashtirish bo‘yicha 342 mln. dollarlik 6 ta loyiha; - tayyor charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha 6 mln. dollarlik 9 ta loyiha; - farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirishga yo‘naltirilgan 24 mln.dollarlik 7 ta loyiha; - qurilish materiallari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish bo‘yicha 151 mln. dollarlik 29 ta loyiha; - tayyor to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish bo‘yicha 178 mln. dollarlik 15 ta loyiha. Xulosalar. Milliy iqtisodiyotda YalMning asosiy qismi yangidan vujudga keltirilgan mahsulot, uning sotilgandan keyingi puldagi ifodasi milliy daromad iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida sarflanadi. Keng ma’noda iste’mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni bildirib, unumli va shaxsiy iste’molga ajraladi Investitsiyalar - asosiy va aylanma kapitalni ko‘paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga pul shaklidagi qo‘yilmadir. U pul mablag‘lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag‘lari ko‘rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana shu pul mablag‘lariga sotib olish mumkin bo‘lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi. Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi. Ulardan birinchisi, investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi va keyingisi foiz stavkasi. Statistik ma’lumotlar dinamikasi shundan dalolat beradiki, mamlakatimiz iqtisodiyotiga sarflanayotgan investitsiyalar hajmi yildan-yilga o‘sib borish tendensiyasiga ega. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Shodmonov Sh.Sh., G‘afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). -Т., “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2010. - 756 b. 2. Dani Rodrik. "Globalization Paradox", 2011. 516 p 3. Paul Krugman, “Trade and the National Economy” - 1986 4. James Markusen, “ Trade and The Gains from Trade with Imperfect Competition” - 1989 5. Борисов Е.Ф. Экономическая теория: учеб. - 2-е изд., перераб. усыновить - М.: ТК Уэлби, Издво Проспект, 2010. - 544 с. 6. Зубко Н.М. Экономическая теория. - Минск: НТС АПИ, 2012. 61 с. 7. И.К. Станковская, И.А. Стрелец. Экономическая теория.: Учебник. / 3-е изд., испр. - «Эксмо», 2009. - 448 с.